50
Bunda, V-filtrat hajmi, m
3
; F-filtrlovchining yuza maydoni, m
2
; τ-
vaqt, s.
Filtrlanish tezligi bosim,
qoldiq qatlam qalinligiga, uning tarkibi,
suyuq faza yopishqoqligiga va shu kabi boshqa omillarga bogʻliq
boʻladi. Filtrlovchi suyuqlik ikki teshikli qatlam orqali oʻtadi: qoldiq
qatlam va filtrlovchi parda devor. Filtrlash jarayonini hisoblash uchun
suspenziya, qoldiq va filtrlovchi toʻqimalar tavsifini bilish lozim.
Filtrlovchi parda devor va qoldiqning qarshilik birligi tajribalar orqali
aniqlanadi.
Kultural suyuqliklarni filtrlash mikroorganizm – produtsent turiga,
oziq muhitining miqdoriy va sifatiy tarkibiga
hamda fermentatsiya
sharoitiga bevosita bogʻliq boʻladi.
Produtsentlar oʻlchami va hosil boʻladigan hujayraviy tarkibiga
koʻra turli xil boʻladi. Masalan, penitsillin produtsenti qalin ipli, diametri
5−50 mkm boʻlgan qalin ip bilan uzun toʻlqinsimon mitseliy hosil qiladi,
bularni kultural suyuqlikdan ajratib olish qiyinchilik tugʻdirmaydi.
Aktinomitset mitseliysi esa yupqa (0,2−1 mkm) shoxlangan iplar
boʻlib chatishib ketgan boʻladi. Fermentatsiya oxirida lizis boʻlgan
hujayralar soni keskin oshib ketishi kuzatilib,
natijada kultural
suyuqlikda mitselial hujayralar parchalaridan tuzilgan yupqa dispers
fraksiya suspenziyasi hosil qiladi.
Mitseliy amorfli, yopishqoq, shilimshiq xarakterga ega boʻlib
filtrlovchi material teshiklari tezda toʻlib qoladi. Bu filtrlanuvchi
kultural suyuqlikning dastlab filtrlanish darajasini oshirmasak amalda
filtrlab boʻlmaydi.
Kultural
suyuqlikning
filtrlanish
darajasiga
katta
ta’sir
koʻrsatadigan omillardan biri fermentatsiya sharoitidir:
xom ashyo
tarkibi, miqdori va sifati, oziq muhiti suyuqligi tarkibidagi moddalar
saqlanishi, yogʻlar, fermentatsiya davomiligi va h.k.
Masalan, soya uni bilan makkajoʻxori ekstrakti birgalikda
foydalanilsa, qoldiqning qarshiligi kamayib, filtrlanish tezligi oshadi.
51
Mabodo kultural suyuqlikda foydalanilmay
qolgan oziq muhiti
moddalari mavjud boʻlsa, filtrlanish sekinlashadi. Fermentatsiya
davomiyligi choʻzilib ketsa ham filtrlanish darajasiga salbiy ta’sir
koʻrsatadi.
Koʻpchilik antibiotiklar kultural suyuqligining filtrlanish darajasini
oshirish uchun mitseliylarni ajratishdan avval maxsus ishlov beriladi.
Kultural suyuqlikning filtrlanishini oshirish uchun issiq koagulyatsiya,
kislotali koagulyatsiya, elektrolit suyuqligi va polielektrolitlar bilan
ishlov berish, suyuqlikda bevosita toʻldirgich
koagulyantlar hosil
boʻlishi uchun filtrlash kukunlari qoʻshiladi. Odatda maqsaddagi
mahsulotni bitta usul yordamida ajratib olishning amalda imkoniyati
yoʻq. Shu boisdan bir necha usullar kombinatsiyasidan foydalaniladi.