55
konsentratsiyada penitsillin qoʻshilsa, grammanfiy bakteriyalarning yoki
achitqilarning rivojlanishiga ta’sir etadi. Neomitsin yoki penitsillin
streptomitsin bilan birgalikda bakterial mikroflorani
nobud qiladi va
achitqilarning rivojlanishiga sharoit yaratadi. Nistatin esa aksincha,
bakteriyalarga ta’sir etmay, achitqilarning hayot faoliyatiga toʻsqinlik
qiladi.
Aeroblarning yigʻma kulturasini olish uchun oziq muhitni
kolbalarga yupqa qilib (1,5-2 sm) quyib,
tebratma uskunada
(kachalkada) oʻstiriladi. Anaerob mikroorganizmlar bilan boyitish uchun
muhit uzun probirkalarga yoki flakonchalarga toʻldirib quyiladi.
Bitta elektiv muhitning oʻziga yana ikkinchi marta qayta ekish va
ma’lum turlar uchun qulay boʻlgan sharoit yaratilishi natijasida kultura
asta-sekin kerakli xossaga ega boʻlgan mikroorganizmlar bilan boyib
boradi, birga uchraydigan formalar kamayadi.
Quyida oziq-ovqat sanoatida
ishlatiladigan amalda muhim
ahamiyatga ega boʻlgan ayrim mikroorganizmlarning, shuningdek, oziq-
ovqat mahsulotlarini buzadigan koʻp tarqalgan qoʻzgʻatuvchilarning
elektiv kulturasini olish usullari bayon etiladi.
Har bir talaba biror elektiv kulturani oladi, ya’ni mavzuning bitta
topshirigʻini bajaradi. Har qaysi topshiriq ikkita laboratoriya
mashgʻulotida bajariladi: birinchi mashgʻulotda ma’lum
bakteriyalarni
toʻplash-yigʻish uchun tajriba qoʻyiladi; ikkinchi mashgʻulotda tajriba
natijasi tahlil qilinadi.