• Kartoshka tayoqchasining yigʻma kulturasini olish.
  • 2. Toza kultura ajratib olish usullari
  • Proteylarning yigʻma kulturasini olish




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/49
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #107364
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49
    Bog'liq
    Sanoat mikrobiologiyasi

    Proteylarning yigʻma kulturasini olish. Protey nihoyatda 
    harakatchanligi bilan xarakterlanadi, mayda tayoqcha shaklida boʻlib, 
    spora hosil qilmaydi, Gram usulida boʻyalmaydi. Ayrim tur xillari toksin 
    ishlab chiqaradi. Bu bakteriyalar koʻpaygan mahsulot iste’mol qilinsa, 
    zaharlanish mumkin. Yigʻma kultura olish uchun qiya goʻsht-pepton 
    agarli probirkaga bugʻdoy donidek aynigan goʻsht tashlab, ogʻzi paxta 
    tiqin bilan berkitiladi va termostatda 30
    o
    C issiqda 1-2 kun saqlanadi. 
    Protey faol harakatlanadigan boʻlgani uchun boshqalardan oldin qiya 
    agar yuzasida chirmashib oʻsib, uning yuqori qismida oʻziga xos och 
    havorang-kulrang mayin gʻubor hosil qiladi. Ana shu gʻubor 
    (nalyot)ning eng yuqori qismidan olib “ezilgan tomchi” preparati 
    tayyorlanadi va mikroskopda qaraladi. Bunda hujayralarning shakli va 
    harakatchanligi qayd etiladi.
    Kartoshka tayoqchasining yigʻma kulturasini olish. Bacillus 
    mesentericus spora hosil qiluvchi harakatchan tayoqcha. Uning yigʻma 
    kulturasini olish sporalarning issiqqa chidamligiga va ishlatiladigan oziq 
    muhitining oʻziga xosligiga (spetsifikligiga) bogʻliq. 1 sm qalinlikdagi 
    1-2 boʻlak kartoshkani olib, hujayra shirasining kislotalarini neytrallash 


    59 
    uchun har tomoni boʻr bilan ishqalanadi. Keyin shu kartoshka 
    boʻlakchalarini Petri likopchasiga qoʻyiladi. Soʻngra likopchani Kox 
    apparatiga qoʻyib, oquvchan bugʻda 100
    o
    C da 10 minut qizdiriladi. 
    Sovitilgandan keyin termostatga qoʻyib, 30
    o
    C da 2-3 kun saqlanadi. 
    Kartoshka boʻlakchalari ustida B. mesentericus jigarrang mayda yoki 
    yirik burmali gʻubor shaklida oʻsadi. Gʻuborni mikroskopda koʻriladi, 
    “ezilgan tomchi” va oddiy usulda boʻyalgan preparat tayyorlanadi.
    2. Toza kultura ajratib olish usullari 
    Tekshirilgan 
    materialda, 
    odatda, 
    bitta 
    emas, 
    balki 
    mikroorganizmlarning bir necha turi boʻladi. Mikroorganizmlarning 
    morfologik-kultural va fiziologik, biokimyoviy xossalarini oʻrganishda, 
    ulardan sanoatda foydalanishda albatta toza kultura boʻlishi shart. Toza 
    kultura bitta hujayradan olingan nasldir. Toza kultura olishning bir 
    qancha usullari bor. Bu usullarning barchasi mikrob populyatsiyasidan 
    yagona-bitta hujayra ajratib olishga asoslangan. Toza kultura alohida 
    koloniya yoki bitta hujayra shaklida yigʻma kulturadan ajratib olinadi.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish