Bitta koloniyadan toza kultura ajratib olish




Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/49
Sana29.11.2023
Hajmi1,19 Mb.
#107364
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
Bog'liq
Sanoat mikrobiologiyasi

Bitta koloniyadan toza kultura ajratib olish. Bu usulni 
mikrobiologiya hammomida eritiladi, soʻngra 45-50
o
C gacha sovitiladi 
va Petri likopchasiga quyiladi. Buning uchun muhitli idishni oʻng qoʻlda 
qiya ushlab, paxta tiqini olinadi. Keyin idishning ogʻzi gorelka 
alangasida qizdirib olinadi, chap qoʻlning bosh va koʻrsatkich barmoq 
bilan likopchaning qopqogʻini ochib, eritilgan muhit tezda quyiladi (15-
20 ml); bunda likopchaning tubi toʻliq qoplanishi kerak. Keyin likopcha 
qopqogʻini tezda berkitib, muhit soviguncha tinch qoldiriladi.
Aerob mikroorganizmlar yuza usulda ajratib olinadigan boʻlsa, bir 
tomchi yigʻma kultura yoki uning suyultirmasi ilmoqda yoki pipetkada 
sovigan muhit oʻrtasiga tomiziladi (likopcha qopqogʻini qiya ochib 
turib). Keyin uni sterillangan shisha shpatelda likopchadagi muhit 
yuzasiga yoyiladi. Shundan soʻng material qoldigʻi boʻlgan shu shpatel 
ikkinchi, uchinchi, kamdan-kam holda toʻrtinchi Petri likopchasidagi 
muhit yuzasiga surkab chiqiladi. Bunda likopchalar qopqogʻi faqat 
shpatel dezinfeksiyalovchi eritmaga botirib qoʻyiladi. Sanoatda ishlab 
chiqarilgan achitqilardan, brajka, sut, suv, pivo, sharob, kvas, qimiz, 
xamir, tuproq, xom ashyo yuvindi suvlari, jihozlar va hokazolardan ham 


60 
ana shu yoʻl bilan toza kultura olish mumkin. Buning uchun oldin 
sterillangan suvda yoki fiziologik eritmada suyultirma tayyorlab olinadi.
Yigʻma kulturani qattiq oziq muhiti yuzasiga shtrix usulida ekish 
ham mumkin. Buning uchun ekish materialidan ilmiqda bir tomchi olib, 
2-3 ta Petri likopchasidagi agar plastinkasi boʻylab parallel yoki 
zigzagsimon shtrix boʻylab ekiladi. Suyultirilgan yigʻma kultura bitta 
likopchaga shtrix usulida ekiladi.
 
Nazorat savollari: 
1. 
Mikroorganizmlarning yigʻma kulturasini olish usullarini sanab 
bering. 
2. 
Sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning yigʻma kulturasini olish 
qanday amalga oshiriladi? 
3. 
Proteylarning yigʻma kulturasini olish usulini izohlang. 

Download 1,19 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bitta koloniyadan toza kultura ajratib olish

Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish