61
tomondagi maydonchalar oʻrtadagidan 0,1 mm balandroq (kamera
chuqurligi) boʻlib, uning ustiga qoplagʻich oyna zich yopiladi.
Goryaev kamerasining toʻri 225 ta yirik kvadratga boʻlingan (15 ta
qatorning har qatorida 15 tadan kvadrat bor). Yirik kvadratning maydoni
1/25 mm
2
ga teng boʻlib, har qaysisining maydoni 1/400 mm
2
boʻlgan 16
ta mayda kvadratga boʻlingan. Kameraning chuqurligi 0,1 mm ga teng.
Kichik (mayda) kvadratning hajmi 1/4000 mm
3
yoki 1/4000000 ml,
katta kvadratniki 16/4000=1/250 mm
3
yoki 1/250000 ml ga teng. Katta
kvadratlarning bir qismi vertikal, gorizontal boʻlingan yoki boʻlinmagan
boʻladi.
Quyuq substratlardagi achitqilarni sanash uchun oldin ular suvga
aralashtiriladi. Buning uchun oʻlchov kolbasidagi 100
ml suvga
hujayralar konsentratsiyasiga qarab, 2, 4 yoki 10 ml achitqi suspenziyasi
qoʻshiladi. Nobud boʻlgan achitqi hujayralarini boʻyash uchun Fink
boʻyicha 20-30 ml metilen koʻki (1:5000 nisbatda olingan) yoki 1:40
konsentratsiyalidan 1-2 ml qoʻshiladi.
Non pishirish sanoati yarim fabrikatlar namunasini tayyorlashda
G.M. Smirnova ishlab chiqqan usulga asoslanish mumkin: bunda 1 g
namunani xovonchada 3-5 ml spirt bilan ezib (spirt oz-ozdan qoʻshiladi),
keyin 100 ml hajmli kolbachaga solinadi va 40-50 ml ga yetguncha suv
qoʻshiladi; toʻxtovsiz chayqatib turib 1 ml 30% li natriy gidroksid (yoki
kaliy gidroksid) eritmasi qoʻshiladi. Keyin kolbacha 10 minut 70
o
C issiq
boʻlgan suv hammomiga botirib qoʻyiladi.
Gidroliz tugagandan keyin
belgigacha suv qoʻshib, yaxshilab aralashtiriladi. Suspenziyadan 10 ml
olib, probirkaga solinadi va 5 tomchi metilen koʻki hamda 3-4 tomchi
karbolli fuksin qoʻshiladi. Achitqilar hujayrasi toʻq binafsha rangga,
bakteriyalar hujayrasi havo rangga boʻyaladi.
Kamera va maxsus silliqlangan qoplagich
oynani yaxshilab yuvib
quritiladi. Setkalar yuzasiga tayyorlangan kultura aralashmasidan kichik
tomchi tomizib, qoplagich oyna bilan yopiladi. Oyna tagidagi suyuqlik
kataklar boʻylab bir tekis tarqalishi, pufakchalar hosil boʻlmasligi kerak.
Suyuqlikning hajmi kameraning hisoblanadigan hajmiga mos kelishi
uchun to Nyuton halqalari deb ataladigan halqalar paydo boʻlguncha
qoplagich oyna kameraning yon maydonchasiga ishqalanaveradi.
62
Qoplagich
oynani oldin ishqalab, keyin pipetkada kamerani
mikroorganizmlar suspenziyasi bilan toʻldirish ham mumkin. Hujayralar
choʻkishi va bir tekisda (bir sathda) koʻrinishi uchun kamera
toʻldirilgandan
3-5
minutdan
keyin
hisoblash
boshlanadi.
Mikroorganizmlarning harakatchan formalarini
kataklarga tushirishdan
oldin ularni isitib yoki suspenziyaga 0,5% formalin qoʻshib nobud
qilinadi.
Kamerani mikroskopning buyum stolchasiga joylashtirib qoʻyib,
oldin 8x, keyin 40x ob’yektivda koʻriladi. Katta kvadratning ichidagi
hujayralar ham, chekka chizigʻidagi, lekin koʻproq
qismi muayyan
kvadrat ichida boʻlgan hujayralar ham hammasi hisobga olinadi.
Yarmidan koʻpi boshqa kvadratda boʻlgan hujayralar hisobga olinmaydi.
Agar hujayralar chegara chiziq bilan teng ikkiga kesilib turgan boʻlsa,
kvadratning ikkita yonma-yon (bir-biriga yaqin) tomonidagi, masalan,
pastki va chap tomonidagi hujayralar hisobga olinadi.
Har bir tomchida 10 ta katta kvadratdagi hujayralarni sanash
tavsiya etiladi. 1 ml dagi hujayralar soni x = a
∗25∗10
4
ga teng.
Juda quyuq suspenziyalarda
hujayralarni sanash qiyin, shuning
uchun ularni suv qoʻshib suyultirish kerak; yaxshisi shunday suyultirish
kerakki, bitta yirik kvadratdagi hujayralar soni 16 tadan oshmasin. 1 ml
dagi hujayralarni hisobga olishda suyultirishni hisobga olish kerak.