• Achitqilarning yigʻma kulturasini olish.
  • Sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning yigʻma kulturasini




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/49
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #107364
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49
    Bog'liq
    Sanoat mikrobiologiyasi

    Sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning yigʻma kulturasini 
    olish. Bunda qattiq, tuzlangan sabzavot va mevalar, oʻsimliklar guli yoki 
    bargi va boshqa ob’yektlar sut kislota hosil qiladigan bakteriyalarni 
    ajratib olish uchun boshlangʻich material boʻlib xizmat qiladi. E.I. 
    Kvasnikov sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning spirtga 
    chidamliligini hisobga olib, sut kislota hosil qiluvchi mezofil 
    bakteriyalarning yigʻma kulturasini olishning quyidagi usulini taklif 
    etdi: tekshiriladigan material optimal muhitga ekiladi va 18-24 soatdan 
    keyin unga etil spirt qoʻshiladi. Sut kislota hosil qiluvchi kokklarni 
    ajratib olish uchun muhitdagi spirt konsentratsiyasini 8-10 hajm %, sut 
    kislota hosil qiluvchi tayoqchalar uchun 12-14 hajm % darajada saqlash 


    56 
    mumkin. Spirtli manbalar (sharob, brajka, pivo) dan ajratib olingan ba’zi 
    turlar (Lactobacillus buchneri, L. brevis, L. vermenti) uchun spirt 
    konsentratsiyasi 16-18 hajm % gacha oshiriladi. Sut kislota hosil 
    qiluvchi termofil bakteriyalarning yigʻma kulturasini olish uchun solod 
    sharbati boʻlgan kolbaga ozgina yanchilgan arpa yoki arpa solodi 
    qoʻshib, termostatda 48-50
    o
    C da saqlash mumkin. 1-2 kundan keyin 
    muhit qavatida tovlanadigan kuchsiz toʻlqinsimon loyqa paydo boʻladi; 
    mikroskopda tekshirilganda ingichka uzun, harakatlanmaydigan sporasiz 
    tayoqchalar koʻrinadi. 
    Achitqilarning yigʻma kulturasini olish. Boshlangʻich material 
    sifatida presslangan yoki ekiladigan ishlab chiqarish achitqilaridan, 
    pishgan uzum, rezavor mevalardan, pivo yoki sharbat choʻkmasidan, 
    non achitqilari va hokazolardan fiydalanish mumkin. Materialdan ozgina 
    olib, solod sharbatiga (pH 4-4,5), uzum sharbatiga sintetik elektiv 
    muhitga qoʻshilsa va termostatda 28-30
    o
    C da saqlansa, achitqilar avj olib 
    rivojlanadi. Solod sharbatida avj olib rivojlanadigan mitseliyli 
    zamburugʻlarning oʻsishi oldini olish uchun 4-6 hajm % etil spirt yoki 
    0,2% natriy propionat qoʻshish mumkin. Birga uchraydigan bakteriyalar 
    muhitga levomitsetin (50 mg/l), neomitsin (20 birlik/mg) yoki penitsillin 
    bilan steptomitsinning aralashmasini (50-100 birlik/ml) qoʻshib 
    yoʻqotiladi. Takomillashmagan achitqilarni yoʻqotish uchun oziq 
    muhitiga 0,1-0,2 % miqdorda yod-sirka kislota yoki lizinli sintetik 
    muhitga boshlangʻich materialdan qoʻshiladi. Saxaromitsetlarni boshqa 
    achitqilardan ajratib olish uchun muhitga 2,5% etilatsetat qoʻshib, sirka 
    kislota bilan muhit pH 4,0 gacha yetkaziladi.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning yigʻma kulturasini

    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish