68
ming oborotda (aylanishda) 15-20 minut, achitqilar 3,5-4,0 ming
aylanishda 5-10 minut sentrifugalanadi. Choʻkma yuzasidagi suyuqlikni
ehtiyotlik bilan quyib olib, choʻkma fiziologik eritma yoki kuchsiz
kislotali distillangan suv (1 l suvga 1 ml konsentrlangan HCl hisobidan)
bilan yuviladi va yuqorida aytilgan aylanishda yana sentrifugalanadi.
Yuvib boʻlgandan keyin suvni toʻkib, choʻkma
probirkada qoldiriladi
(agar u shishadan yasalgan boʻlsa). Agar probirkalar polietilendan
yasalgan boʻlsa, choʻkma miqdoriy ravishda distillangan suv bilan
oldindan quritilgan shisha byukslarga quyib olinadi.
Mitseliyli zamburugʻlar va aktinomitsetlarning,
shuningdek,
achitqichlar va bakteriyalarning hujayralarini kultural suyuqlikdan
ajratib olishda kulsizlantirilgan qogʻoz filtrlardan va membrana
filtrlardan foydalanish mumkin. Buning
uchun shisha voronkaga yoki
Byuxner voronkasiga ikki qavat qogʻoz filtr qoʻyib, aniq miqdorda
olingan kultura filtrlanadi. Jarayonni tezlashtirish maqsadida vakuum
ostida filtrlash mumkin. Filtrda qolgan choʻkma
bir oz kislotalangan
distillangan suv bilan yuviladi. Bakteriyalar hujayrasini ajratib olishda
membrana filtrlardan foydalaniladi; filtrlarni
shunday tanlash kerakki,
ularning teshiklari bakteriya hujayrasidan mayda boʻlishi kerak.