67
ta koloniya boʻlgan likopchalar tanlab olinadi. Likopchalarni qora fonga
toʻnkarib qoʻyib, 8-10 marta kattalashtirib koʻrsatadigan lupada
koloniyalar sanaladi. Har gal koloniyani sanab boʻlib, likopchaning
ustiga siyohda yoki qalam bilan belgi qoʻyiladi. Oʻsib
chiqqan
koloniyalar nihoyatda koʻp boʻlsa, Petri likopchasining tubi 4, 8 yoki 16
ta bir xil (teng) qismga boʻlinib, har bir qismdagi koloniyalar sanaladi va
natijasi umumlashtiriladi. Bir nechta qismdagi (lekin likopchadagi muhit
maydonining kamida 1/3 qismidagi) koloniyalarni sanab, oʻrtacha
arifmetik qiymatini topish va butun likopchadagi
qismlarning umumiy
soniga koʻpaytirish mumkin.
3. Mikrob biomassasini aniqlash
Biomassani tortib koʻrish yoʻli bilan aniqlash. Bu usul ishlab
chiqarish va ilmiy tadqiqot laboratoriyalarida quruq yoki nam biomassa
holdagi mikroorganizmlar sonini bilvosita aniqlash maqsadida
qoʻllanadi. Odatda, biomassa miqdorini aniqlashda 1 l muhitga nisbatan
gramm yoki milligrammlardan ifodalanadi.