• Preparat tayyorlash.
  • Fiksirlab keyin boʻyalgan surtmalardagi hujayralarni sanash




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/49
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #107364
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49
    Bog'liq
    Sanoat mikrobiologiyasi

    Fiksirlab keyin boʻyalgan surtmalardagi hujayralarni sanash 
    (Vinogradskiy-Shulgina-Brid usuli). Bu usulning mohiyati shundan 
    iboratki, ma’lum miqdordagi tekshirilayotgan suspenziyani bevosita 
    mikroskopda koʻrib, mikroorganizmlar hujayrasining miqdori (soni) 
    hisoblanadi (sanaladi).
    Preparat tayyorlash. Tekshiriladigan suspenziyadan aniq hajmda 
    (odatda, 0,02 dan 0,05 ml gacha) olib, mikropipetkada yaxshilab 
    yogʻsizlantirilgan va quritilgan buyum oynasiga tomiziladi; bu buyum 
    oynasi maydoni 6 yoki 4 sm
    2
    qilib chizilgan millimetr qogʻozga 
    joylashtirilgan boʻladi. Keyin suspenziya tomchisiga agar-agarning 
    sterillangan 0,03% li suvli eritmasidan bir tomchi qoʻshib, sterillangan 
    biologik ilmoq bilan tez aralashtiriladi va qogʻozda belgilangan 
    maydonga bir tekis taqsimlanadi. Mazokni havoda quritib, 96% li spirt 


    63 
    bilan 20-30 minut fiksirlanadi va ma’lum vaqt davomida u yoki bu 
    boʻyoq bilan boʻyaladi. Keyin preparat ehtiyotlik bilan kristallizatorda 
    suvda yuviladi. Preparat suv tiniq boʻlib qolguncha bir necha marta 
    yuviladi. Tayyor boʻlgan preparat havoda quritiladi.
    Mikroorganizmlar hujayrasi immersion ob’yektivda okulyarga 
    oʻrnatilgan okulyar toʻridagi kvadratlardan sanaladi. Preparatni diagonal 
    boʻyicha u yoq bu yoqqa surib, toʻrdagi 50-100 ta kvadratdagi (kamida 
    10 koʻrish maydonidagi) mikroorganizmlar hisobga olinadi. Okulyar 
    setkasi boʻlmasa, mikroskopning butun koʻrish maydonidagi 
    hujayralarni sanash mumkin. Amaliy maqsadga muvofiqlik nuqtai 
    nazaridan qaralganda hisoblangan hujayralarning umumiy soni (Σx) 
    600-1000 birlikka teng boʻlganda maksimal aniqlikka erishiladi.
    Olingan ma’lumotlarga asoslanib, setkaning kvadratidagi 
    hujayralarning oʻrtacha soni aniqlanadi
    bu yerda: n - setkadagi hujayralar soni sanalgan kvadratlar (koʻrish 
    maydoni). Ishonchli intervalni aniqlashda variant uchun oʻrta kvadratli 
    oʻzgarish ushbu formula boʻyicha hisoblanadi:
    95% ga teng darajali koʻrsatkichda (R
    0,95
    ) toʻrning kvadratidagi 
    (koʻrish maydonidagi) ehtimolga yaqin boʻlgan hujayralar soni ushbu 
    formuladan foydalanib hisoblanadi: x ±2 σX.
    R
    0,99
    da ishonchli interval ±2,7 σX ga muvofiqdir.
    Oʻrganilayotgan substratning 1 g (1 ml) dagi hujayralarning 
    ehtimolga eng yaqin sonini aniqlash uchun suyultirilganligini, 
    suspenziyaning hajmini, surtmadagi okulyar setkasi kvadrati maydonini 
    (koʻrish maydonini) hisobga olish zarur. Okulyar toʻri kvadratining 
    maydoni (koʻrish maydoni) ob’yektiv mikrometr yordamida aniqlanadi. 
    Ob’yekt-mikrometrni mikroskop stolchasiga preparat oʻrniga qoʻyib, 


    64 
    hujayralar sanalgan kattalashtirishda toʻr kvadratining tomoni (yoki 
    koʻrish maydonining diametri) oʻlchanadi. Kvadratning tomonini 
    bilgandan keyin, uning maydoni – S aniqlanadi. Koʻrish maydoni S=πR
    2
    formula boʻyicha hisoblab topiladi.
    Toʻr kvadratidagi hujayralar sonini 1 g (1 ml) substratdagi 
    mikroorganizmlar miqdoriga aylantirish uchun quyidagi formuladan 
    foydalaniladi:
    Bu yerda: S – toʻr kvadratining maydoni (mkm
    2
    ), 0,05 – olingan 
    suspenziyaning miqdori, 6
    ∗10

    – surtmaning maydoni, K – 
    suspenziyaning suyultirilganligi.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fiksirlab keyin boʻyalgan surtmalardagi hujayralarni sanash

    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish