• Sirka kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning yigʻma kulturasini olish.
  • Spora hosil qiluvchi bakteriyalarning yigʻma kulturasini olish




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/49
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #107364
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
    Bog'liq
    Sanoat mikrobiologiyasi

    Spora hosil qiluvchi bakteriyalarning yigʻma kulturasini olish. 
    Bu kulturalar dastlab pasterizatsiya qilingan substratlardan olinadi. 
    Bacillus subtilis ning yigʻma kulturasi uchun maydalab qirqilgan pichan 
    ustiga 40
    o
    C gacha isitilagan suv quyib, keyin 10-15 minut qaynatiladi. 2-
    3 kundan keyin substrat yuzasida akatsiya hidi anqib turadigan kulrang-
    koʻk plyonka hosil boʻladi. U B. subtilis tayoqchalaridan tashkil topgan 
    boʻladi.
    Moy kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning yigʻma kulturasini 
    olish. Buning uchun boʻr (mel) qoʻshilgan va sterillangan kartoshkali 


    57 
    muhitdan foydalaniladi. Muhitni probirkalarga 10 ml dan yoki 100 ml li 
    kolbachalarga 80 ml dan quyib oquvchan bugʻda yoki avtoklavda 0,05 
    Mpa da sterillanadi. Ekishdan oldin muhitni albatta 20-30 minut 
    qaynatib, keyin tezda suv bilan sovitiladi. Boshlangʻich materialni 
    sterillangan suvda ishqalab, probirkalarga 1-2 ml dan yoki kolbalarga 8-
    10 ml dan ekiladi. Bulardan tashqari, shakarning 10% li eritmasi 
    toʻlatilgan va tubida boʻr choʻkmasi boʻlgan ingichka uzun boʻyinli 
    kolbaga ham ekish mumkin. Muhitga kichik boʻlak aynigan pishloq 
    qoʻshiladi. Moy kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning yigʻma 
    kulturasini olishning oddiy (sodda) usuli quyidagicha: uzun boʻyinli 
    kolbaga poʻchogʻi archilmagan kartoshkadan bir necha boʻlak solib, 
    ustiga suv quyiladi va 80
    o
    C da 10 minut pasterillanadi, shundan keyin 
    termostatga 37
    o
    C issiqqa qoʻyiladi. 1-2 kundan keyin mikroskopda 
    qaralganda suyuqlikda spora hosil qiluvchi juda koʻp tayoqchalar 
    borligini koʻrish mumkin.
    Sirka kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning yigʻma kulturasini 
    olish. Buning uchun 50 ml hajmli konussimon kolbaga oziq muhiti – 
    pasterlangan pivodan yupqa qatlam qilib, (1-1,5 sm) quyib, yana 1 mm 
    l5% li sirka kislota qoʻshiladi. Muhitga kislota qoʻshish sirka kislota 
    hosil qiluvchi bakteriyalarning rivojlanishiga toʻsiqlik qilmaydi, lekin 
    begona mikrofloraning oʻsishini cheklab qoʻyadi. Kolba termostatga 25-
    30
    o
    C issiqqa qoʻyiladi. 2-3 kundan keyin pivo yuzasida sirka kislota 
    hosil qiluvchi bakteriyalar plyonkasi paydo boʻladi. Spora hosil 
    qilmaydigan bu bakteriyalar mayda tayoqchalardir, ular harakatchan 
    yoki harakatlanmaydigan boʻladi. Sirka kislota hosil qiluvchi 
    bakteriyalarning yigʻma kulturasi solodli yoki karamli muhitda ularga 4 
    hajm % etil spirt va 20 birlik/ml monomitsin antibiotigi qoʻshib va bu 
    muhitlarga achigan sharob, pivo yoki boshqa materiallarni ekish yoʻli 
    bilan olinadi.
    Chirituvchi bakteriyalarning elektiv kulturasini olish. Protey 
    (Proteus vulgaris) va kartoshka tayoqchasi (Bas. mesentericus
    chirituvchi bakteriyalarning tipik vakillari hisoblanadi. Bularning 
    yigʻma kulturasini olish uchun ichida sterillangan GPB boʻlgan 
    probirkaga ozgina tuproq solinadi. Probirkani ogʻzi paxta tiqin bilan 


    58 
    berkitiladi. 
    Bunda 
    keyinchalik 
    oqsilning 
    ayrim 
    parchalanish 
    mahsulotlari (NH va HS) hosil boʻlishini aniqlash maqsadida tiqin 
    tagiga nam lakmus qogʻoz va qoʻrgʻoshin atsetat shimdirilgan filtr 
    qogʻoz lentasi bir uchi bilan qistirib qoʻyiladi. Qogʻozlar probirka 
    devoriga tegmasdan erkin osilib turishi kerak. Tarkibidagi ammiak va 
    vodorod sulfid uchib ketmasligi uchun probirkaning paxta tiqini ustiga 
    sellofan oʻrab yoki rezina qalpoqcha kiydirib qoʻyiladi. Keyin probirka 
    termostatda 30
    o
    C issiqda 2-3 kun saqlanadi. Vaqt oʻtishi bilan lakmus 
    qogʻozning koʻkarishi ammiak ajralayotganidan dalolat beradi. Agar 
    vodorod sulfid ajralsa, qoʻrgʻoshin atsetat bilan namlangan qogʻoz 
    qorayadi (yoki qoʻngʻir rangga kiradi), chunki bunda qoʻrgʻoshin atsetat 
    qora rangli qoʻrgʻoshin sulfatga aylanadi. Mikroskopda koʻrish uchun 
    “ezilgan tomchi” preparati tayyorlanadi va tayoqchalarning 
    harakatlanishi 
    oʻrganiladi, 
    shuningdek 
    fiksirlangan 
    preparat 
    tayyorlanadi, “oddiy” usulda boʻyaladi va hujayralarning shakli hamda 
    sporalar bor yoʻqligi oʻrganiladi.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Spora hosil qiluvchi bakteriyalarning yigʻma kulturasini olish

    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish