2. Qattiq oziq moddali muhitga ekish usuli bilan mikroorganizmlar
miqdorini aniqlash (Kox usuli)
Tabiiy va ishlab chiqarishdagi substratlardagi (suv, tuproq, xom
ashyo, yarim tayyorlangan mahsulotlar va tayyor mahsulotlardagi)
mikroorganizmlar miqdorini aniqlashda mazkur usul keng qoʻllaniladi.
Har qanday tirik hujayra qattiq muhitga ekilganda koloniya hosil qiladi,
deb hisoblaymiz.
Buni tahlil qilish uch bosqichda bajariladi: namunali suyultirish,
Petri likopchasidagi qattiq muhitga ekish va oʻsib chiqqan koloniyalarni
hisobga olish (sanash).
Namunali aralashtirib suyultirish. Alohida-alohida koloniyalar
hosil qilish uchun oʻrganilayotgan materialning namunasi oldin oʻn
karra suyultiriladi. Buning uchun sterillangan vodoprovod suvidan yoki
fiziologik eritmadan (natriy xloridning 0,5% li eritmasidan) sterillangan
quruq probirkalarga 9 ml dan quyiladi. Keyin dastlabki namunadan 1 ml
(yoki 1 g) olib, aseptik ravishda birinchi probirkaga qoʻshiladi va paxta
tiqin bilan ogʻzini berkitib, yaxshilab aralashtiriladi. Natijada birinchi
aralashma – 1:10 olinadi.
Birinchi suyultirishda hosil qilingan suspenziya sterillangan
pipetka bilan yaxshilab aralashtiriladi. Buning uchun suspenziya bir
necha marta pipetkaga tortib, yana chiqarilaveradi. Soʻngra shu
65
pipetkada 1 ml suspenziya olib, ichiga 9 ml suv quyilgan ikkinchi
probirkaga qoʻshiladi – bu ikkinchi suyultirish – 1:10
2
. Yana boshqa
pipetka olib, xuddi yuqoridagi usulda uchinchi marta suyultiriladi –
1:10
3
, soʻngra dastlabki (boshlangʻich) materialdagi mikroorganizmlar
miqdoriga qarab, 10 martagacha suyultirilaveradi.
Qattiq muhitga ekish. Suyultirilgan har qaysi suspenziyadan
kamida ikki-toʻrttadan parallel Petri likopchasiga yuza yoki chuqur qilib
ekiladi. Yuza ekishda dastlab sterillangan Petri likopchasiga15-20 ml
dan eritilgan agarli muhit quyiladi. Keyin muhit sovishi uchun
likopchalar gorizontal yuzada saqlanadi, soʻngra muhitning quriganligini
va sterillanganligini tekshirish uchun qopqogʻini pastga qilib, 2-3 kun
30
o
C issiq termostatda saqlash tavsiya etiladi. Muhit bilan qopqoqlar
yuzasidagi kondensatsion suv tomchilari yoʻqolguncha quritish davom
etadi. Agar oʻta nam sharoitda oʻsadigan mikroorganizmlar hisobga
olinadigan boʻlsa, agar sovishi bilanoq kultura ekiladi.
Ekish uchun sterillangan oʻlchov pipetkasidan foydalaniladi. Unda
suyultirilgan tegishli suspenziyadan ma’lum hajmda: 0,05; 0,1 yoki 0,2
ml (0,5 ml dan oshmasligi kerak) olib, likopchalardagi muhitga
qoʻshiladi. Keyin sterillangan shpatel bilan qattiq muhit yuzasiga bir
tekis yoyiladi. Agar suyultirilgan suspenziyada mikroorganizmlar
konsentratsyasi yuqori boʻlsa, shu shpatel bilan ikkinchi, ba’zan
uchinchi likopchadagi oziq muhitning yuzasiga ham surkaladi. Agar
konsentratsyasi past boʻlsa (ya’ni hujayralar kam boʻlsa), faqat bitta
likopchaga shpatelda suyultirilgan suyuqlik yuqtiriladi. Ketma-ket
suyultirilgan kamida uchta suspenziyadan olib ekiladi. Parallel ekishda
bitta pipetkadan foydalanilaveradi. Boshqa suyultirilgan suspenziyadan
foydalanishda sterillangan yangi pipetka ishlatiladi. Har xil darajada
suyultirilgan suspenziyalardan olib ekishda bitta pipetkadan foydalanish
mumkin, lekin ekishni eng koʻp suyultirilgan suspenziyadan boshlash
kerak. Har qaysi suyultirilgan suspenziya uchun albatta sterillangan
yangi shpatel olinadi.
Chuqur qilib ekishda sterillangan pipetkada tegishli suspenziyadan
1 ml dan olib, sterillangan 2-4 ta parallel Petri likopchasidagi muhitga
66
quyiladi. Soʻngra eritib, 46-48
o
C gacha sovitilgan agarli muhitdan 15-20
ml olib, ehtiyotlik bilan likopchaga qoʻshiladi.
|