• Bakteriyalarning suyuq muhitda oʻsishi.
  • Bakteriyalarning kartoshkada oʻsishi




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/49
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #107364
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49
    Bog'liq
    Sanoat mikrobiologiyasi

    Bakteriyalarning kartoshkada oʻsishi. Koʻpgina bakteriyalar 
    kartoshka boʻlakchalarida oʻziga xos gʻubor koʻrinishda oʻsadi. Shuning 
    uchun kartoshkada oʻsish xossalari ham tasniflashda foydalaniladigan 
    tashxis (diagnostik) belgilar qatoriga kiritiladi. Bakteriya kartoshkali 
    qiya yuzaga ilmoqda surib ekiladi. Keyin ularni oʻsayotganligi yoki 
    yoʻqligi aniqlanadi. Agar oʻsayotgan boʻlsa uning tezligiga, pigment 
    hosil boʻlishiga va boshqa belgilariga e’tibor beriladi; chunki 
    mikroorganizmlarning qattiq muhitda oʻsishini ta’riflashda ana shu 
    belgilardan foydalaniladi.


    43 
    Bakteriyalarning suyuq muhitda oʻsishi. Bakteriyalarning suyuq 
    muhitda oʻsishini ta’riflash uchun kultura GPB ga yoki boshqa suyuq 
    muhitga ekiladi. Mazkur muhit tekishirilayotgan shtammlarning oʻsishi 
    uchun normal (me’yorida) boʻlishi kerak. Ta’riflash uchun statsionar 
    sharoitda oʻstirilgan 4-7 kunlik kulturalardan foydalaniladi. Bunda 
    oʻsish tezligiga (sekin, oʻrtacha, avj olib), muhitning loyqalanishiga (bir 
    xil, palaxsa-palaxsa, ipaksimon toʻlqinli), plyonkasi bor yoʻqligiga 
    (halqasimon yoki yalpi, yupqa yoki qalin, zich yoki gʻovak, silliq yoki 
    burmali, quruq yoki shilimshiq, devori boʻylab sirgʻaluvchi yoki sochilib 
    ketadigan) e’tibor beriladi.
     
    Nazorat savollari 
    1. 
    Mikroorganizmlarning kislorodga bo‘lgan munosabatini qanday 
    aniqlash mumkin? 
    1. 
    Qaysi mikroorganizmlarga aerob mikroorganizmlar deyiladi? 
    2. 
    Kimyoviy va biologik usul deganda qanday usullarni tushunasiz? 
    3. 
    Bakteryalarni o‘stirish uchun qanday kulturadan foydalaniladi? 
     
    6 – amaliy mashgʻulot 
    Mikroorganizmlardan mahsulotlarni ajratish usullari 
    Ishdan maqsad: Mikroorganizmlardan mahsulotlarni ajratish 
    usullari va uskunalari bilan ishlash tartiblarini oʻrganish.
    Fermentatsiya jarayoni tugagandan soʻng kultural suyuqlikda 
    mikroorganizmlar, ular hayotlari davomida hosil qilgan mahsulotlari, 
    oziq muhitining qoldiqlari, penogasitel va boshqa xil erigan va erimagan 
    mahsulotlar mavjud boʻladi.
    Maqsaddagi mahsulotlarni mikroorganizmlar bevosita oʻzlari 
    kultural suyuqlikka chiqarishlari yoki ularning metabolitlari kultural 
    suyuqlikda erigan holatda boʻlishi yoki mikroorganizm hujayrasi ichida 
    joylashgan boʻlishi mumkin. Deyarli barcha holatlarda maqsaddagi 
    mahsulotlarni olish uchun kultural suyuqlikdan mikroorganizmlar 


    44 
    biomassasini 
    ajratish 
    zarur 
    boʻladi. 
    Kultural 
    suyuqlikda 
    mikroorganizmlar qonuniyatdagidek, juda kam saqlanadi. 1 l kultural 
    suyuqlikda odatda 5−10 g QB (quruq biomassa) saqlanadi. Bunday kam 
    miqdorli fazadagi biomassalarni ajratib olish koʻp mehnat talab 
    qiladigan texnologik vazifalarni keltirib chiqaradi. Bularni yechish 
    uchun 
    bosqichma-bosqich 
    biomassalarni 
    turli 
    xil 
    usullarda 
    quyuqlashtirish yoʻli bilan ish olib boriladi (flotatsiyalash, 
    separatsiyalash va bug‘lantirish). Ishlab chiqarish jarayonlarida 
    energiyaning koʻpgina qismi koʻp hajmli qiyin filtrlanuvchi 
    suspenziyalarni qayta ishlashga sarflanadi. Kultural suyuqlikdan 
    mikroorganizmlar hujayra biomassasini ajratishni mexanik (tindirish, 
    filtrlash, separatsiyalash) va texnik issiqlikka (quritgichlar) ajratish 
    mumkin. Oxirgi maqsaddan kelib chiqib bu usullardan biri tanlanadi. 
    Tanlashda kultural suyuqlikdan biomassa ajratish, ularni quyultirish, 
    mahsulot shaklida biopreparatlar tayyorlashda mikroorganizmlar 
    miqdori va boshqa koʻrsatkichlari iqtisodiy jihatdan hisoblab chiqilib 
    qulay boʻlgan usulni tanlash maqsadga muvofiqdir.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish