42
likopchasida
bakteriyalar yuzada, chuqurda va tubida oʻsayotgani farq
qiladi. Yuzada bir-biridan nari oʻsayotgan koloniyalar oʻrganiladi va
ta’riflanadi va quyidagi belgilari aniqlanadi: koloniyasining shakli;
oʻlchami diametrini chizgʻichda oʻlchab, millimetrda ifodalanadi:
maydalari 1-2, oʻrtachalari 2-4, yiriklari 4 mm,
nihoyatda maydalari,
nuqtasimonlari, yirik nuqtasimonlari, 1 mm dan mayda boʻladigan yirik
nuqtasimonlari; yuzasi silliq, gʻadir-budur, burmali, boʻrtiqchali,
shaffof,
yarim shaffof, shaffof emas,
yaltiroq, xira, unsimon,
fluoressirlovchi, nam, quruq; rangi – koloniyalar ular ostidagi
substratning pigmentatsiyasi – oq, kulrang – oq, sariq, limon rang, toʻq
sariq,
qizil va hokazo; profili; strukturasi (mikroskopning kichik
ob’yektivida aniqlanadi) – bir xil, mayda donador, yirik donador, tolali
va hokazo; chekkasi (mikroskopning kichik ob’yektivida aniqlanadi);
konsistensiyasi
– zich, yumshoq,
shilimshiq, choʻziluvchan,
xamirsimon, moʻrt; emulsiyalanishga moyilligi – suvda bir tekis yoki
donador suspenziya hosil qiladi, plyonkalar boʻlakchasi shaklida qalqib
yuradi. Probirkadagi qiya agarda uzuq-uzuq chiziq (shtrix)
shaklida
rivojlanayotgan mikroorganizmlarning oʻsishini ta’riflashda quyidagilar
aniqlanadi: oʻsish tezligi – tez, oʻrtacha, kuchsiz; uzuq chiziqlar xossasi
– chetlari tekis yaxlit, chetlari toʻlqinsimon yaxlit, aniq koʻrinadigan,
diffuz, patsimon, rizoidsimon; rangli,
optik xossalari, yuzasi,
konsistensiyasi.
Koloniyalarni
va
shtrixlar
(uzuq
chiziqlar)ni
tekshirishda muhitning tarkibi va kulturaning yoshi hisobga olinadi,
chunki aniqlagichlarda GPA da va goʻsht-peptonli jelatinda oʻsgan
kulturalar ta’riflangan boʻladi.