• Kaustik soda NaOH (natriy gidroksid, oʻyuvchi natriy)
  • Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti sanoat mikrobiologiyasi




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/49
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,19 Mb.
    #107364
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49
    Bog'liq
    Sanoat mikrobiologiyasi

    Xlorid kislota HCl dan mikrobiologik ishlab chiqarishda dastlabki 
    miqdorining 31% idan kam boʻlmagan miqdorida foydalaniladi.
    Sulfat kislota H
    2
    SO
    4
    − oziq muhitlarini nordonlashtirishda keng 
    qoʻllaniladi. Zavodlarda H
    2
    SO
    4
    ni 92,5−94% saqlovchi texnik sulfat 
    kislotasi qoʻllaniladi.
    Kaustik soda NaOH (natriy gidroksid, oʻyuvchi natriy) − oziq 
    muhitini ishqorlashtirish va uskunalarni yuvishda qoʻllaniladi. Qattiq 
    kaustik soda (oʻyuvchi natriy) 92−96% dan kam boʻlmagan NaOH, 
    suyuq kaustik soda esa 42−50% dan kam boʻlmagan NaOH saqlashi 
    kerak.
    Boʻr − zich ohaktosh boʻlib, tarkibida 99% gacha CaCO
    3
    saqlaydi. 
    Oziq pHini moʻtadillashtirish uchun qoʻllaniladi, agarda fermentatsiyada 
    qoʻllanilsa kislotalar hosil qiladi. Mikrobiologik ishlab chiqarishda, 
    karbonat angidrid gazi chiqarib yuborilgan ohaktoshdan ajratilgan
    shuningdek, tabiiy maydalangan boʻrlardan foydalaniladi. Boʻr tarkibida 
    1-2% suv, 96-98% kalsiy va magniy karbonatlari saqlagan oq rangli, 
    sochiluvchan koʻrinishda qoʻllaniladi. Ta’kidlash lozimki, boʻr tarkibida 
    Mg, Al, Fe va Mn aralashmalarining boʻlishi biosintez jarayoniga salbiy 
    ta’sir koʻrsatadi.
    Formalin − oʻzida suvda erigan aldegid HCHO shaklida 37-37,3% 
    eritmani namoyon qiladi. Tarkibida 6-6,5% metil spirti va 0,02-0,04% 
    chumoli kislota saqlaydi. Dezinfeksiyalovchi vosita sifatida qoʻllaniladi.
    Antiformin − oʻzida aralashtirilgan dezinfeksiyalovchi vositalar 
    namoyon qiladi: 1 m
    3
    eritmada 100 kg xlor maydasi, 75 kg 
    kalsinirlangan soda (NaCO
    3
    ) va 10 kg kaustik soda (NaOH) saqlaydi.
     


    24 
    3. Oziq muhitlarni tayyorlash usullari 
    Oziq muhitlarni toza shisha idishlarda (kolba, flakon, probirka va 
    boshqalarda) tayyorlash kerak. Yangi shisha idishlarni yuvib 8-10 soatga 
    1-2% li HCl yoki H
    2
    SO
    4
    eritmalariga solib qoʻyiladi yoki oʻsha 
    eritmalarda qaynatib, yuvib, distillangan suvda yaxshilab chayib 
    quritiladi. Ishlatilgan idishlarni sovun yoki sintetik yuvish vositalari 
    bilan yuvib, vodoprovod suvida soʻng distillangan suvda chayiladi.
    Juda ifloslangan, yogʻ izlari qolgan idishlarni xrom aralashmasi 
    bilan ishlov berib, yaxshilab yuvib tashlanadi. Suyuq oziq muhitlarni 
    qogʻoz yoki qalin gazlama filtr yordamida filtrlab, idishlarga quyiladi. 
    Suyuq muhitlarni qotirish uchun agarning kerakli miqdorini qoʻshib, suv 
    hammomida, agar toʻla eriguncha qizdiriladi. Soʻng muhitni paxta-
    marlili filtrdan oʻtkazib, idishlarga erib turgan holatida quyiladi. 
    Probirka va kolbalarni sterilizatsiyalash oldidan paxtali tiqin bilan 
    yopiladi. Qiyalashtirilgan agar tayyorlash uchun probirkalarning 
    yarmigacha agarli muhit quyiladi, keyin sterilizatsiya qilinadi.
    Petri likopchalariga quyiladigan agarli muhit bilan katta 
    probirkalarning 2/3 hajmiga toʻldiriladi. Muhitni yana kolbalarga quyib 
    ham sterillash mumkin. Har bir oziq muhiti solingan kolbaga etiketka 
    qilib, unga oziq muhitining nomi, tarkibi va sana yoziladi. 
    Sterilizatsiyani qilib boʻlib, qiyalashtirilgan agar tayyorlash uchun 
    probirkaning tiqin oʻrnatilgan tomonini bir oz balandroq qilib sovitish 
    uchun qoldiriladi. Bunda oziq muhiti paxta tiqingacha 5-6 sm yetmasligi 
    kerak.
    Sterillangan oziq muhitlarni salqin, quruq, nur tushmaydigan 
    joylarda, yaxshi berkiladigan shkaflarda saqlanadi. Nam joylarda paxta 
    tiqinlar oʻziga namni tortib, mogʻor zamburugʻlari rivojlanishiga olib 
    keladi. Mogʻor koʻpayib, oʻsib kolba va probirkalarning ichiga ham 
    tushishi mumkin.

    Download 1,19 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   49




    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti sanoat mikrobiologiyasi

    Download 1,19 Mb.
    Pdf ko'rish