22
Kaliy xlorid KCl − iqtisodiy qulay kaliy manba hisoblanadi.
Kaliyli ma’danlarni qayta ishlash yoʻli bilan olinadi. Olinish usullariga
koʻra K (eritmadan kristallizatsiyalash orqali olinganda) va F
(flotatsiyada olinganda) markalariga boʻlinadi. Tarkibida navlariga
bogʻliq holda 95−98% asosiy modda saqlaydi.
Marganets sulfat MnSO
4
− suvsiz marganes sulfat – rangsiz,
kristall modda boʻlib, suvda kristallogidratlar hosil qiladi. Ishlab
chiqarishda, odatda,
suvda yaxshi eruvchi, oqish-qizish rangli,
kristall
kukun – MnSO
4
•5H
2
O qoʻllaniladi.
Temir sulfat FeSO
4
− suvli eritmada FeSO
4
•7H
2
O kristallogidrat
shaklida kristallanadigan, temir kuporosi deb nomlanuvchi moddadir.
Standart
temir sulfat yuqori sifatli, toza mahsulot hisoblanadi va
tarkibida minimal miqdorda aralashmalar saqlaydi.
Suvli eritmada
saqlanganda ikki valentli temir Fe
2+
, erimaydigan qoldiq Fe(OH)
3
hosil
qiluvchi uch valentli Fe
3+
gacha oksidlanadi. Temir qoldiqqa tushishdan
oldin eritmani pH 2-2,5 gacha nordonlashtiradi.
Texnik tuzlarda asosiy
modda saqlashi 47-53% ni tashkil etadi.