25
Uni tayyorlash uchun avvalom bor goʻsht-peptonli bulyon qilinadi
(GPB). Uning uchun 1 kg mol goʻshtini suyak, yogʻ va chandirlardan
ajratib, goʻsht qiymalagichdan oʻtkaziladi. Olingan 0,5 kg qiymaga 1 l
suv qoʻshib 1 soat davomida qaynatiladi, koʻpigi olib tashlanadi. Goʻsht
suvini sovitib, ustidagi yogʻ olib tashlanadi va uni paxta-marlili filtrdan
oʻtkaziladi. Soʻng dastlabki hajmigacha vodoprovod suvi quyiladi.
1 l goʻshtli suvga 1% quruq pepton va 0,5% natriy xloridni qoʻshib
30
minut qaynatib, hajmini dastlabki darajasiga yetkaziladi. GPB
filtrlanib, pH 7,2-7,4 ga 10% yordamida yetkaziladi va 20 min davomida
120
o
C da sterilizatsiya qilinadi.
GPA tayyorlash uchun GPB ga oziq muhitning qoʻllanishiga
binoan 0,2-2% agar-agar qoʻshiladi va past olovda aralashtirib, agar
eriguncha qaynatiladi. GPA ni probirka va kolbalarga quyib 120
o
C da 20
min sterilizatsiya qilinadi.
Oziq muhitlarning pH ini aniqlash. Oziq muhitlarning pH i
koʻpincha Mixaelis boʻyicha kalorimetrik usul bilan aniqlanadi.
Bu usul muhitdagi vodorod yoki gidroksil ionlar miqdoriga qarab
indikator rangiga asoslangan. Vodorod
ionlari kislotali reaksiyani,
gidroksil ionlar esa ishqorli reaksiyani yuzaga keltiradi. U yoki bu guruh
ionlar miqdorining koʻpayishi muhitning oʻzgarishga olib keladi. Teng
miqdordagi ionlar muhitni neytral holatga keltiradi.
pH ni aniqlash muhit rangining (unga indikator qoʻshilgandan
keyin) Mixaelis boʻyicha standartlar bilan taqqoslash yoʻli bilan amalga
oshiriladi.
Indikator
sifatida
metanitrofenol,
paranitrofenol
va
gammodinitrofenol
qoʻllaniladi.
Indikatorlar
yorugʻlikni
oʻtkazmaydigan shishadan tayyorlangan flakonlarda saqlanadi. Mixaelis
asbobida indikatorlardan och sariqdan to toʻq sariqqacha boʻlgan turli
ranglardagi eritmalar solingan standartlar tayyorlangan. Boʻyalish
darajasi pH ning etiketkada yozilgan muayyan kattaligiga toʻgʻri keladi.
Yonma-yon joylashgan probirkalar oʻrtasida pH ning farqi 0,2 ga teng.
Standartlardan 4 ta qator hosil qilingan: birinchi qatorda –
metanitrofenol indikatori standartlari (pH 6,8-8,4),
ikkinchi qator
paranitrofenol indikator standartlari (pH 5,4-7,0), uchinchi qatorda
26
gammadinitrofenolniki
(pH
4,0-5,4)
va
toʻrtinchi
qatorda
alfadinitrofenol indikatori standartlari (pH 2,8-4,4) joylashtirilgan.
Koʻrib chiqilgan usulda tashqari pH
ni aniqlash uchun universal
pH indikatori ham qoʻllaniladi.