• Hatto eng zo‘r ta’lim vaziri
  • Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет




    Download 4,19 Mb.
    bet58/65
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,19 Mb.
    #251649
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65
    Bog'liq
    Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibos

    Shakl 11.4 Tajribaning to'rt sohasi. Manba: Pine va Gilmordan moslashtirilgan, 1999.



    kommunikatsiya texnologiyalari (Kolb nazariyasi), tajriba sohalari (Pine, B. J., & Gilmore, J. H. (1999). The experience economy: Work is theatre & every business a stage. Cambridge, MA: Harvard Business Press. tajriba modeli) va ta'lim epchilligi (baxtiy holatlar nazariyasi). Ushbu uchta kichik paradigma bizga zamonaviy maktabda boshqaruv tajribasini kengaytiradigan kontseptual modelni to'qishda yordam beradi. (pp 202-204)


    Virtual muhitlar haqiqiy dunyoni qanday bo'lsa, shundayligicha qayta qurish yoki butunlay yangi olamlarni yaratish imkoniyatini taklif qiladi, bu esa odamlarga
    tushunishda (biznes va boshqaruv tushunchalari), shuningdek, aniq vazifalarni bajarish uchun bilimlarda yordam beradigan tajribalarni taqdim etadi. Kengaytirilgan reallik real dunyoni boyitadigan virtual o'quv muhitini taqdim etadi, real vaqt rejimida jismoniy va raqamli ob'ektlar birgalikda mavjud bo'lgan va o'zaro ta'sir qiladigan yangi muhitlar va vizualizatsiyalarni yaratish uchun real va virtual olamlarni birlashtiradi. Qisman virtual o'xshash o'quv vaziyatlarida, masalan, AR, talabalar haqiqiy bo'lmagan ob'ektlarni manipulyatsiya qilishlari va (biznes va boshqaruv) vazifalar va ko'nikmalarni o'rganishlari mumkin. AR o'rganishning afzalligi shundaki, "haqiqiy" xatolar yo'q. Misol uchun, agar o't o'chiruvchi har xil turdagi yong'inlarga qarshi kurashishni o'rgansa yoki jarroh AR holatida laparoskopik jarrohlikni o'rgansa, mashg'ulot paytida xatolarga yo'l qo'yilsa, haqiqiy oqibatlar bo'lmaydi. Ushbu turdagi treninglar yanada aniqroq o'rganish imkoniyatini beradi va bir nechta o'rganish uslublariga murojaat (p 204)
    Tadqiqotchilar, shuningdek, o'qitish va rivojlantirishni virtual olamlarda mijozlarga xizmat ko'rsatishdan katta foyda ko'rgan soha deb atashgan. Xodimlar virtual muhitda immersiv trening mashqlarida ishtirok etishlari mumkin, bu ularga kontseptsiya yoki ko'nikmani o'zlashtirish uchun kerak bo'lganda simulyatsiyani ko'p marta takrorlash imkonini beradi (Farshid va boshq., 2018). Ta'lim, sog'liqni saqlash, go'zallik/estetika, huquqni muhofaza qilish va yuridik xizmatlar kabi ko'plab turli sohalar har yili shaxsdan ma'lum litsenziyalar va sertifikatlarga ega bo'lishi uchun yuzma-yuz uzluksiz ta'lim soatlarining minimal sonini talab qiladi. Virtual muhitda o'qitish xodimlarga o'z ofislaridan chiqmasdan juda ko'p turli mavzularni o'rganish imkoniyatlarini ochishi mumkin. Konferentsiyalar va seminarlarda qatnashish xarajatlari virtual maydonlarda bir xil uchrashuvlarda qatnashish narxiga qayta taqsimlanishi mumkin, buning uchun har yili ko'proq imkoniyatlar ishlab chiqiladi. (p 217)

    Шляйхер А. Жаҳон миқёсидаги таълим. XXI аср мактаб тизимини қандай барпо этмоқ керак? / сўз боши Ш.Шерматов, Ҳ.Умарова; Умумий таҳрир Д.Норбоева; таржимонлар: Р.Ахматова, Д.Норбоева. – Тошкент: “Zamin Nashr” nashriyoti, 2022 – 344 б.


    Mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, barcha sohalardagi rivojlangan davlatlar bilan raqobatlasha olishi, o‘z navbatida mehnat bozoridagi kadrlarga bog‘liq. Mamalakat iqtisodiyotini rivojlantiradigan kadrlar esa ta’lim muassasalarida o‘qib-ulg‘ayadi. Demak, sifatli ta’lim tizimi sifatli kadrlarni, sifatli kadrlar esa rivojlangan, boy jamiyatni quradi.[9-b.]


    Insonlar to‘g‘ri ta’limsiz jamiyatning pana-pastqam joylarida muhtojlikda yashaydilar. Mamlakatlar texnologiya yutuqlaridan foydalana olmaydi va bu yutuqlar ijtimoiy taraqqiyotga olib kelmaydi. Agar ta’limdagi illatlar fuqarorlarga jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etishga halaqit bersa, biz haqqoniy va keng qamrovli ta’lim siyosatini ishlab chiqa olmaymiz hamda barcha fuqarolarni bu siyosatga jalb eta olmaymiz. [16-b.]
    70 dan ortiq mamlakatlarning ta’lim tizimini kuzatish va o‘rganish natijasida boshqa mamlakatlarning tayyor yechimlaridan nusxa ko‘chirish emas, balki eng yaxshi yechimlar o‘z mamlakatida qanday ishlashini o‘rganish kerakligini ta’kidlaydi, shuningdek, ma’lum xorijiy tajribalar ertangi kun talablariga javob berolmasligini ham tushuntiradi [16-b.].
    Nimani o‘rganish oson bo‘lsa, o‘shani raqamlashtirish va avtomatlashtirish ham oson kichadi. Kelajak kompyuterning sun’iy intelektini odamlarning kognitiv, ijtimoiy va emotsional ko‘nikmalari bilan birlashtirishdadir. Aynan bizdagi tasavvur, onglilik va javobgarlik hissi dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun raqamlashtirishdan foydalanish imkonini beradi.
    Ijtimoiy tarmoqlarning algoritmlari bizni hamfikr guruhlarga ajratadi. Ular bizning fikrlarimizni kuchaytiradigan va bizni o‘zga nuqtai nazarlardan ajratib qo‘yadigan virtual qobiqlar paydo qiladi. Shuningdek, ular jamiyatlarimizni qutblarga ajratib, qarashlarimizda bir xillik paydo qiladi. Ertangi kun maktablari o‘quvchilarga mustaqil fikrlashga va fuqarolik jamiyatidagi ish va hayot faoliyatida butun borlig‘i bilan boshqalarga qo‘shilishga yordam berishi lozim. Maktablar to‘g‘ri yoki notog‘rini farqlash tuyg‘usini, boshqa kishilar tomonidan bizga qo‘yiladigan talablarni qabul qilish, shaxsiy va jamoaviy xatti-harakatlardagi cheklashlarni anglash tuyg‘usini rivojlantirishda o‘quvchilarga yordam berishi kerak.
    Zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kishilar uchun raqamlashtirish va globallashuv erkinlik va zavq beradigan ishga ayalanadi. Ammo yetarlicha tayyor bo‘lmagan shaxslar uchun ular qaltis va xatarli ishni va istiqbolsiz hayotni anglatishi mumkin. Bizning iqtisodiyotlarimiz bir-biri bilan global axborotlar va tovarlar zanjiri bilan bog‘langan, ammo nisbiy afzalliklar yaratish va ko‘paytirish mumkin bo‘lgan joyda to‘plangan hududiy ishlab chiqarish markazlari tomon siljib bormoqda. Bu jarayon natijasida bilim va boyliklarni taqsimlash muhim ahamiyatga ega va u ta’lim sohasidagi imkoniyatlarni taqsimlash bilan chambarchas bog‘liqdir.[17-b.]
    Garchi raqamli texnologiyalar iqtisodiyotimiz va jamiyatimizni vayronkor oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lsa-da, bu oqibatlar oldindan belgilab qo‘yilmagan. Ularning bizga ta’sir darajasi bizning birgalikdagi tizimli xarakatlarimiz, bu vayronkorlikka qarshi ko‘rgan chora-tadbirlarimizga bog‘liq. [17-18-b]
    Maktab ta’limini keng miqyosda o‘zgartirish uchun bizga bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsani mutlaqo boshqacha, muqobil tarzda his etishgina emas, balki dono strategiyalar, samarador institutlar zarur. Bizning hozirgi maktablarimiz standartlashtirish va talablarga rioya qilish me’yorlari ustun bo‘lgan, bolalarni katta guruhlar tarzida, o‘qituvchilarni esa butun ish faoliyati davomida faqat bir marta o‘qitish samarali va maqsadga muvofiq bo‘lgan sanoatlashgan davrda yaratilgan edi.
    O‘quv dasturlari yuqoridan pastga qarab joriy qilinar edi.
    Mehnat sanoat modelidan meros bo‘lib qolgan bu tuzilma jadal harakatlanayotgan dunyomiz uchun o‘zgarishlarni juda sekin olib boradi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar tezligi bizning hozirgil ta’lim tizimimizga xos bo‘lgan o‘zgarishlarga javob bera olish xususiyatining strukturaviy imkoniyatlaridan sezilarli darajada o‘tib ketdi. Hatto eng zo‘r ta’lim vaziri ham endi millionlab o‘quvchilar, yuz minglab o‘qituvchilar hamda o‘n minglab maktablarning talab va ehtiyojlarini qondira olmaydi. Vazifa shundan iboratki, o‘qituvchilarimiz va maktab rahbarlarimizning tajribasiga suyanish va ularni yuqori darajadagi ta’lim siyosati va amaliyotini ishlab chiqishga jalb etish lozom. Bu ijtimoiy o‘zgarishlarga samimiy munosabatda bo‘ladigan siyosatni ishlab chiqishga ijobiy yondashadigan hamda samarador islohatlarni amalga oshirish uchun o‘zlari qozongan ishonchdan foydalana oladigan liderlarni talab etadi. [18-b]
    Andreas Shlyayxer shikor avval tashxis qo‘yib, shu asosida muolaja taklif qilishini, o‘qituvchi esa hammaga bir ta’lim berishi, ya’ni bir xil “muolaja”ni taklif qilib, buning samaradorligini yil oxirda tashxis qilishini ta’kidlaydi. (Bu xató albatta. Bizning fikrimizcha maktab rahbarlari ham ta’lim sifatini avval tashxislab, shu asosdan har bir muammoga alohida yechim topishi kerak.)
    PISA – 2000 natijalari Germaniyadagi turli ijtimoiy-iqtisodiy maqomga ega maktablarning ta’lim natijalarida sezilarli darajada tafovutlar borligini ko‘rsatdi. Ushbu tadqiqotlar Finlandiyadagi maktablarning yuqori stabillikka ega ekanligini ko‘rsatganligi Germaniyada chuqur taassurot uyg‘otdi. Nemis maktablari o‘rtasidagi farq 50 foizga yetgan bir paytda, Finlandiyadagi turli maktab o‘quvchilarining natijalaridagi farq 5 foizdan oshmas edi. Boshqacha aytganda, Germaniyada bolangizni aynan qaysi maktabga berishingiz juda muhim edi. (Bugungi kunda O‘zbekistda ham 2000-yildagi Germaniyadagi vaziyat hukm surmoqda)
    Nemis maktab tizimi an’anaviy tarzda bolarni o‘n yoshidan turli yo‘nalishlar bo‘yicha ajratadi. Bunda ularning ba’zi birlari akademik ta’lim yo‘lidan ketishi va intelektual xodim bo‘lib yetishishi kutiladi, boshqalari esa kasbiy yo‘ldan ketadilar va oqibatda intelektual xodimlarga ishlaydilar.
    PISA tadqiqoti bunday saralash jarayonini ko‘p narsada mavjud ijtimoiy-sinfiy tuzilmani mustahkamlaganini ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda. PISA tahlili ta’lim sohasida xiyla yuqori natijalarni beradigan nufuzli akademik maktablarga ko‘proq imtiyozga ega bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy qatlamdan chiqqan nemis o‘quvchilari muntazam ravishda jo‘natilayotgan bir paytda kamroq imtiyozga ega bo‘lgan qatlamdan chiqqan o‘quvchilar ta’lim sohasida pastroq natija beradigan nufuzi pastroq kasbiy maktablarga jo‘natilishi taxmin qilingan.
    Bunday vaziyatda kam ta’minlangan o‘quvchilar maktabda yomon o‘qishi aniqlashadi. [26-b.]
    Germaniyada 2000-yilning boshlarida ta’lim imkoniyatlaring tengligi va sifatini oshirishga qaratilgan ta’lim strategiyasi ishlab chiqildi vas hu bo‘yicha ishlar tashkil etildi. 2009-yildagi PISA natijlari ta’lim sifatida ham, ta’lim imkoniyatlarining tengligida ham sezilarli darajada yaxshilanish ro‘y berganligini namoyish etdi.
    Janubiy Koreya 2000-yildan boshlab 10 yil ichida samaradorlikni ikki baravarga oshirdi.
    Polsha maktab tizimini tubdan qayta qurish har xil maktab o‘quvchilarining o‘zlashtirishdagi farqlarini qisqartirish, kuchsiz maktablarning ko‘rsatgichlarini oshirish va maktablarning umumiy samaradorligini ikki barobarga ko‘tarish imkonini berdi. Prtugaliya xuddi Kolumbiya va Peru singari o‘zining tarqoq maktab tizimini mustahkamlay va umumiy o‘zlashtirishni yaxshilay oldi. [27-b]
    2014-yilgi PISA tadqiqiti natijalarida Singapur birinchi o‘ringa chiqdi. Bunga sabab Singapur ijodiy va tanqidiy mushohada, ijtimoiy va emaotsional ko‘nikma va malakalar, o‘quvchilarning shaxsiy sifatlarini tarbiyalashga juda katta e’tibor berayotganiga urg‘u berdi. Shuningdek, mamlakatda o‘z ta’lim-muassasalarining sifati bo‘yicha ham, innovatsion ta’lim strategiyasini ishlab chiqish va tatbiq etishda pedagoglarning ishtirok etish darajasi bo‘yicha ham peshqadamlik qilmoqda. [28-b]
    Yaponiya ham 2006-2009-yillardagi PISA natijalari asosida ta’limdagi muammolarni bartaraf etish strategiyasini ishlab chiqadi va shu asosida ta’lim siyosatini olib bordi. Bugungi kunda ta’lim sifati yanada samaradorlikka erishmoqda. Bunda Yapon o‘quvchilarining matn mazmunini aslidagiday aytib berish ko‘nikmasi yaxshi bo‘lib, ammo o‘z bilimlarini yangi vaziyatlarda qo‘llashga doir topshiriqlarni yomon bajarishgan.
    A.Shlyayxer G‘arbda biz Sharqiy Osiyo mamlakatlarining ta’limdagi o‘zgarishlar orqali hayotni o‘zgartirishga intilishini munosib baholay olmayapmiz deydi [29-b.]
    2009-yildagi PISA natijalari asosida AQSh ta’lim vazirining “Race to the Tor” (“Cho‘qqi tomon poyga”) deb nomlangan tashabbus strategiyasi shtatlar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirish emas, shatatlar rahbarlarining eng samarali jahon ta’lim tizimini o‘rganishga undashga qaratilgan edi. [30]
    2000-yillarda PISA tadqiqotlarida Braziliya va Meksiya shaxsan prezidentlar tashabbusi bilan ishtirok etishni boshlagan va ta’lim sifati 2021-yilgacha doimiy ravishda o‘sib kelmoqda. Bu bilan ular ta’limi rivojlangan mamlaktlarning ta’limi o‘rtasidagi tafovutni qisqartirish, o‘qituvchilarni rag‘batlantirish va professional ta’limga kirish strategiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgandi. [32-b]
    Aksariyat mamlakatlar PISA dasturiga asoslangan ta’lim mazmuni samaradorligining milliy mezonlarini ishlab chiqish ishidan o‘rnak olishdi. Bu mamlakatlar endi o‘z ta’lim tizimlari samaradorligini faqat o‘qitish natijalari va o‘tgan yillar natijalarini qiyoslash yo‘li bilangina o‘lchamasliklarini bildiradi. Endi ular oldilariga maqsad qo‘yadi va o‘zlarini jahonning eng samarali ta’lim tizimlari bilan taqqoslab, maqsadga erishishdagi o‘sishni o‘lchaydi. (Maqsad qo‘yishda SMART mezinlaridan, samaradorlikni o‘lchshda KPI tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq) [33-b.]
    Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining PISA asosida ishlab chiqilgan, katta yoshdagi aholi kompetensiyasini baholash bo‘yicha xalqaro dastur (PIAAC – Programme for the International Assessment of Adult Competencies) doirasida o‘tkazilgan katta yoshdagi aholi ko‘nikmalarini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, bilim darajasi past bo‘lgan shaxslar yaxshi va katta haq to‘lanadigan ishga kirishda jiddiy cheklovlarga duch keladilar. Raqamlashtirish bu muammolarni kuchaytiradi, yangi sohalarning o‘sib borishi natijasida boshqa sohalar qisqarib, yo‘qola boradi. Aynan insonlar olgan ta’limgina bunday ruhiy larzalardan himoya qiladi.
    Odamlarning ishimdan ajralishim mumkin, degan xavotirini yo‘q qilishga yordam beradigan yagona narsa – yangi ish topish yoki yaratish uchun ulardagi bilim va malakaning yetarli ekanligiga bo‘lgan ishonchdir. [33-b.]
    Agar katta yoshli aholining anchagina qismi ega bo‘lgan kompetensiyalar darajasi past bo‘lsa, mahsuldorlikni oshirish va texnologiyalardan unumli foydalanish qiyinroq bo‘ladi, bu, o‘z navbatida yashash darajasini ko‘tarishga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, mehnat bozoridagi o‘zgarishlar sharoitida nafaqat tez ranjiydilar, balki katta ehtimol bilan o‘zlarini jamiyatning siyosiy hayotidan tashqarida qolgandek his qiladilar [33-34-b.].

    Download 4,19 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65




    Download 4,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет

    Download 4,19 Mb.