|
Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет
|
bet | 60/65 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #251649 |
Bog'liq Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibosKelajak dunyosi – bu shunday dunyoki, hayot davlat chegaralaridan tashqariga chiqqan masalalarga bog‘liq bo‘ladi [38-b.].
Ta’lim tizimini yaratishda kishilik madaniyati rang-barangligini inobatga ololmas ekanmiz, biz uni jiddiy nomukammallikka mahkum etamiz. Gap shundaki, bugungi voqealiklar shu qadar bir-biriga bog‘langanki, sun’iy chegaralar parpo etishning iloji yo‘q.
Bugungi birlamchi vazifa – o‘qitishni ilg‘or bilimlarga ega, yuqori darajadagi kasbiy mustaqillik bilan hamkorlik madaniyati sharoitlarida ham ishlaydigan professionallarning ishiga aylantirishdir. Bunday o‘qituvchilar chuqur bilim, yuksak muomala madaniyatiga ega, o‘zlari o‘qib-o‘rganishga, innovatsion loyihalar yaratishga qodirdirlar, ular o‘zgarishlarning rahnomalari, qaysidir ma’noda jamiyatning quruvchilaridir. [39-b]
Avvallari ma’muriyat, asosan, maktabni boshqarish bilan shug‘ullanardi, hozir uning asosiy e’tibori o‘qituvchiga qaratilishi, uni qo‘llab-quvvatlashga, baholash va rivojlantirishga, yuqori malakali professionallarni yaratishga yo‘naltirilishi lozim. Maktab ta’limning innovatsion sharoitlarini ishlab chiqadigan joyga aylanishi kerak. O‘tmishda biz ta’lim sifatini nazorat qilish bilan cheklanardik, kelgusida biz ta’lim sifatini ta’minlashimiz kerak. (Buning uchun strategiya kerak.) [41-42-b]
Haydovchi haqida shunday naql bor: u qorong‘i kechada mashinasi yoniga qaytayotib, kalitini qayergadir tushurib qo‘yganini payqab qolibdi. U kalitni ko‘cha chirog‘i ostida izlay boshlabdi. Undan kalitni yo‘qotgan joyingiz shu yermi deb so‘rashganida, haydovchi ko‘rish mumkin bo‘lgan yagona joy shu deb javob beradi. Xuddi shunday ta’limda ham chuqur ildiz otgan tajriba – hamma narsadan yaqin turgan va hamma narsadan ko‘rish oson bo‘lgan obyektga e’tibor qaratish tajribasi mavjud. [43-b.]
6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bir nafar o‘quvchiga 47 ming AQSh dollari sarflayotgan Vengiriyada 15 yoshli o‘quvchilarning natijalari bir o‘quvchiga 187 ming AQSh dollaridan ortiq sarflayotgan Lyuksemburg o‘quvchilarning natijalari bilan deyarli bir xil. Boshqacha aytganda, muvaffaqiyat sarflangan mablag‘ miqdori bilan emas, bu mablag‘ qanday sarflangani bilan o‘lchanadi. (Bunda strategiyadan foydalanish samaradorlikni oshiradi.) [58-b.]
2005-2014-yillar oralig‘ida keng jamoatchilik tomonidan o‘tkazilgan bosim va demografik o‘zgarishlar hukumatlarni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo mamlakatlarda boshlang‘ich sinflardagi o‘quvchilar sonini o‘rtacha 6 foizga qisqartirishga majbur qildi. Bu esa ushbu davrda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining oylik maoshi o‘rtacha 6 foizga oshishdi va oylik maoshining pasayib ketishiga sabab bo‘ldi.
Agar o‘qituvchilar oylik ish haqi raqobatbardosh bo‘la olmasa, ular vaqtlari va mablag‘larini mustaqil bilim olishga sarflamaydi yoki, aniqrog‘i o‘z kasbini tashlab, ularning tajribasidan yaxshiroq foydalanadigan, tan olinadigan va ko‘p haq to‘laydigan joyga ketadi. (PISA tadqiqotlari natijasi ta’limni boshqarish strategiyasini belgilashda sinfda o‘quvchilar sonini qisqartirish o‘rniga o‘qituvchilar kasbiy rivojlanishiga ko‘proq e’tibor berish kerakligini ko‘rsatmoqda). A.Shlyayxer sinfda o‘quvchilar soni kam bo‘lishining afzalligini tasdiqlovchi dalil-isbotlar yo‘qligini ta’kidlaydi. (Aholi sonining tez o‘sayotganligi, maktablarda o‘quv jarayoni ikki smenada tashkil etilishi va davlat budjeti imkoniyatlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston sharoitida ta’lim sifatini taminlash uchun asosan maktab rahbar va pedagog xodimlarining oylik maoshini oshirish, ular kasbiy rivojlanishiga motivatsiya berishga strategik yondashuvni talab qiladi.) [59-b.]
Mamlakatlar ta’lim sifatini oshirishda, odatda, o‘qishga ajratilgan vaqtni ko‘paytirmasdan ham yaxshi natijalarga erishadi. Masalan. Yaponiya va Janubiy Koreyada tabiiy fanlardan o‘quvchilar ballarining miqdori bir xil bo‘ladi, ammo Yaponiyada o‘quvchilar hamma fanlar bo‘yicha o‘qishga haftasiga 41 soat (28 soat maktabda, 14 soat maktabdan tashqari), Janubiy Koreyada esa o‘quvchilar haftasiga 50 soat (30soat maktabda va 20 soat maktabdan tashqari) vaqt sarflaydi. [60-b.]
[61-b.]
[62-b]
[63-b.]
Bu tavovutlar tizimning sifati va o‘quvchilarning o‘qish vaqtidan unumli foydalanishi, shuningdek, maktabdan tashqari norasmiy sharoitda o‘quvchilar o‘qishini davom ettira olish yoki olmasligi haqida guvohlik berishi mumkin.
Germaniya, Finlandiya, Shveytsariya, Yaponiya, Estoniya, Shvetsiya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Chexiya va Makao (Xitoy) o‘qish vaqtining davomiyligi va o‘zlashtirish o‘rtasidagi to‘g‘ri muvozanatni topishning uddasidan chiqdi. [64]
2012- yilda Fransiyaning – PISA bo‘yicha o‘rtacha natijalarni ko‘rsatgan
Har to‘rt o‘quvchidan uchtasi aybni o‘zidan boshqa omillardan izlagan. Singapurda esa o‘quvchilar harakat qilsa, yutuqqa erishishi, o‘qituvchilar ularni qo‘llashiga ishonadi. Shuningdek, mamlakatda maktab o‘quvchilari o‘qishdagi yutuqlar, asosan, ota-onadan o‘tgan intelektning emas, tirishqoqlik bilan qilingan mehnatning natijasi ekaniga ishonishgan. Bu Singapurning yuqori natijaga erishganida ham ko‘rinadi. Umaman olgan, ta’lim tizimlari va jamiyat o‘quvchilarning maktab va o‘zlashtirishga bo‘lgan munosabtini qay tarzda o‘zgartira olishini tushunish imkonini beradi. [64-65-b.]
PISA tadqiqotining eng muhim xulosalaridan biri shuki, o‘quvchilar yutuqqa erishishi uchun ko‘p va xo‘p mehnat qilishi lozom, deb o‘ylaydigan ko‘p mamlakatlarda amalda hamma yuqori natijalarga erishar ekan [65-b].
Ko‘lab mamlakatlarda kuzatilayotgan o‘quvchilar natijalarining tez sur’atlarda yaxshilanayotgani madaniyat muvaffaqiyatni ta’minlaydigan omil, degan fikrga qarshi eng kuchli dalildir. Masalan, 2006-2015-yillar mobaynida tabiiy fanlar bo‘yicha natijalarning o‘rtacha ko‘rsatgichlari Isroil, Qatar, Kolumbiya, Makao (Xitoy), Portugaliya va Ruminiyada ancha yaxshilandi.
Bu mamlakat va hududlar na o‘z madaniyatini, na aholi tarkibini, na o‘qituvchilarni o‘zgartirishgani yo‘q, ular o‘z ta’lim siyosati va o‘qitish uslubini o‘zgartirdi xolos. Ana shu natijalarni hisobga olib, mamlakatlarning nisbiy holati PISA reytingida asosan ijtimoiy va madaniy omillarni aks ettiradi, deydiganlar madaniyat shunchaki meros bo‘lib o‘tmasligini, shuningdek, u chuqur o‘ylangan ta’lim siyosati va o‘qitish tajribasi vositasida yaratilishi mumkinligini tan olishi kerak. [66-b]
Mamlakatlar ko‘proq qanday qilib, o‘qituvchilik kasbini ham ma’naviy, ham moddiy jihatdan ehtiromga loyiq va yanada jozibador qilish haqida o‘ylashi lozim. Ular o‘qituvchi tayyorlash sifatiga ham, raqobatbardosh ish sharoitlariga ham investitsiya kiritishi zarur. Aks holda, ular tanazzulga yuz tutadilar: o‘qituvchilik kasbiga kirish standartlarining ancha pastligi o‘qituvchilar orasida o‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishiga olib keladiki, natijada bu direktiv o‘qitishga aylanadi, shunday ekan, o‘qituvchi dars berish jarayonida o‘zligini namoyon qilolmaydi. Bu narsa eng iqtidorli o‘qituvchilarni o‘z kasbidan siqib chiqarishi va o‘qituvchilar tarkibi sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin. [70-b.]
Mamlakat ta’lim tizimi individual rivojlanishining har qanday tahlili noyob tarix, an’anaviy qadriyatlar, kuchli tomonlar va milliy o‘ziga xoslikni hisobga olishi kerak. Ammo PISA natijalari qiyosiy tadqiq qilinganda yuqori natijalarga erishgan barcha ta’lim tizimlarini ajratib turadigan xususiyatlar aniqlandi:
yuqori natijali ta’lim tizimlarining liderlari o‘z fuqarolarini resurslarni qisqa muddatli maqsadlarga sarflamay, kelajakka ta’lim orqali sarmoya tiksa arzishiga va ishchi kuchining qiymati uchun emas, faqat sifati uchun kurashish yaxshiroqligiga ishontirishdi; [74-b.]
ta’lim munosabatlari ishtirokchilari tanlab olingan o‘quvchilargina yuqori natijaga erishish mumkin bo‘lgan tizimdan hamma bir xil yuqori natijaga erishish mumkin bo‘lgan tizimga o‘tdilar. Ya’ni odamlarni iqtidoriga qarab saralashdan har kishida iqtidorni rivojlantirish tomon siljiy boshladilar;
eng yaxshi maktab tizimlari o‘quvchilarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan pedagogik amaliyotni ta’lim standartlariga ziyon yetkazmasdan tabaqalshtiradi. Bunday tizimlarda o‘qituvchilar o‘z kuchi, vaqti va mablag‘larini nafaqat o‘quvchilarning o‘zlashtirishiga, balki ularning baxt-saodatiga ham sarflaydilar;
maktab ta’limining sifati hech qayerda o‘qituvchilarni tayyorlash sifatidan ortiq bo‘lmaydi. Eng yaxshi tizimlar o‘qituvchilarning kasbiy jihatdan o‘sishini va xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilishini qo‘llab-quvvatlaydi; [75-b]
ilg‘or maktab tizimlarida ma’muriyat va pedagoglar pramidasimon ierarxik munosabatlar va pastdan yuqoriga qarashdan uzoqlashishga harakat qiladi. Buning o‘rniga ular hamkorlik madaniyati ishonchli va barqaror bo‘lgan innovatsion tarmoqlar yaratib, o‘qituvchilar yoki maktablar o‘rtasida gorizantal bog‘liqlikni mustahkamlashga harakat qiladi;
eng samarali maktab tizimlari ularning har biriga yuqori sifatli ta’limni ta’minlaydi. Bu maqsadga erishish uchun eng kuchli direktorlar eng og‘ir maktablarga va eng iste’dodli o‘qituvchilar eng og‘ir sinflarga jalb qilinadi;
va nihoyat oxirgi, ammo ahamiyati kam bo‘lmagan xususiyat: yuqori samarali ta’lim tizimlari, odatda, tanlangan ta’lim kursini hamma joyda joriy qilishni nazorat qiladi. Uzoq vaqt mobaynida ta’lim siyosatining muvofiqligini ta’minlaydi va uning izchil amalga oshirilishini kuzatib boradi. [76-b.]
O‘qituvchi butun sinf uchun qo‘yilgan ta’lim maqsadlarini o‘zgartirmay, har bir o‘quvchiga aynan unga mos keladigan usullar bilan materiallarni o‘rganish imkonini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qilishi kerak. Bu muhit o‘quvchilarga butun kuch-quvvatini ishga solishga yordam beradi. [81-b.]
PISA-2015 tadqiqotida eng yuqori reytingga erishgan Singapur boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni qobiliyatiga qarab taqsimlaydigan tizimga ega edi, keyinchalik bu tizim o‘zgartirildi, chinki mamlakat standartlar darajasini ko‘tardi. Hozir Singapurda o‘qishda qiynalayotgan o‘quvchilar o‘z vaqtida aniqlanayotganiga ishonch hosil qilishga imkon beradigan turli xil strategiyalardan foydalanilayapti, ularning muammolariga boshlang‘ich davrdayoq tashxis qo‘yiladi va ularni umumiy oqimga solib yuborish uchun hamma narsa qilinadi.
Finlyandiyada shunga o‘xshash vazifani qiynalayotgan va qo‘shimcha yordamga muhtoj bolalarni aniqlashda fan o‘qituvchilari bilan hamkorlik qiladigan ustoz-o‘qituvchilar bajaradilar, keyin esa sinfdoshlariga yetib olish uchun bunday o‘quvchilarga yordam berish uchun ular bilan yakka holda yoki kichik guruhlarda ishlaydilar. Nafaqat sinfda ishlaydigan o‘qituvchi muammolarni aniqlab, ustoz-o‘qituvchiga xabar berishi lozim, balki har bir umumta’lim maktabida “o‘quvchilarga ko‘mak beruvchi” kichik professional guruh bo‘lib, u bir oyda kamida ikki marta ikki soatga yig‘iladi. Guruh maktab direktori, ustoz-o‘qituvchi, maktab hamshirasi, maktab psixologi, ijtimoiy xodim va majlisda o‘quvchilari muhokama qilinayotgan fan o‘qituvchilaridan iborat bo‘ladi. Ba’zan o‘quvchilar ota-onalaridan ham yig‘ilishda ishtirok etishlari so‘raladi.
Kanadada ta’lim vazirligi okrug rahbarlari yig‘ilishini tashkil qiladi va moliyalashtiradi, yig‘ilish jarayonida rahbarlar eng samarali (ta’lim) strategiyalar bilan o‘rtoqlashadilar. (Bunda nafaqat fanni samarali o‘qishni, balki o‘quvchilarni samarali ta’lim olishi uchun qo‘llab-quvvatlash usullarini o‘zlashtirish muhokama qilinadi.) [82-b.]
PISA natijalariga ko‘ra, imtihonlarni standartlar asosida topshiradigan o‘quvchilar bunday imtihonlarni topshirmaydigan mamlakatlarning o‘quvchilariga nisbatan 16 ball ortiq to‘plashgan. Ammo imtihonlarni ishlab chiqishda yo‘l qo‘yilgan xatolar ta’lim tizimlarining rivojlanishini to‘xtatib turishi, mazmun hamda nimani qadrlash va nimani o‘rgatish haqidagi tasavvurlar doirasini cheklash mumkin. [85-b.]
Ta’lim tizimining sifati shu tizimda ishlayotgan o‘qituvchining sifatidan ortiq bo‘lolmaydi. Bu kunday Ravshan. Shu sababli eng yaxshi o‘qituvchilarni jalb qilish, ularning kasbiy yutukligi va ularni saqlab qolish – ta’lim tizimlari dush keladigan katta muammodir. Uni hal qilish uchun hukumat korporativ jamoalarni barpo etish bo‘yicha biznes tajribaga murojaat qilishi mumkin. Kompaniyalar o‘z xodimlarini tanlab oladigan kadrlar hezervini yaratish, o‘zlariga tegishli yosh mutaxassislar ish boshlashdan oldin oladigan bilim darajasi, yangiliklarga qanday yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va kasbga olib kirish, xodimlar qanday uzluksiz ta’lim olayotgani, ularning ish haqi qanday belgilanishi, yaxshi ishlayotganlar qanday mukofotlanishi va eng yaxshi xodimlarga xizmat pog‘onasidan ko‘tarilishga qanday imkoniyatlar taqdim etilishi bilan tanishtirishga jiddiy e’tibor qaratishlari lozimligini biladilar. [95-b.]
TALIS ma’lumotlari shundan dalolat beradiki, samarali malaka oshirish maktablarda o‘tkazilishi va o‘qituvchilarga guruhlarda birga ishlash imkonini berish kerak. Rivojlangan hamkorlik madaniyatiga ega ta’lim tashkilotlarida ishlaydigan katta kasbiy mustaqillikka ega o‘qituvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri maktabda bo‘ladigan kasbiy rivojlanishda tez-tez ishtirok etishlarini va bu tadbirlar ularning darslariga katta ta’sir ko‘rsatishini aytishadi. (Maktab direktorlari maktablarning o‘zida malaka oshirish kurslari, seminarlar tashkil qilishi kerak) [105-b.]
[106-b.]
Maktablarda o‘qituvchilar o‘rtasida hamkorlik madaniyatini shakllantirish kerak. Ammo buni buyrokratik, avtoritar yo‘l bilan emas, mustaqil, ixtiyoriy holatda amalga oshirish kerak va bundan hamma tomon manfaatdor bo‘lishi lozim. [108-b.]
2014-yilda Angiliya Xitoyning maktab-maktab va o‘qituvchi-o‘qituvchi tajribasini o‘rganishni va mamlakatga joriy qilishni boshlaydi. Bunda eng kuchli o‘quvchilarga dars berish, o‘zlashtirishga qiyanalayotgan o‘quvchilarga individual yondashishni namoyish etdilar. [111-b.]
Ba’zi mamlakatlarda sinfxonada bo‘layotgan ishlar alohida bir o‘qituvchining faoliyat doirasiga kiradi, deb hisoblanadi. Biroq bunday munosabat ko‘pincha hamma tomonidan qabul qilingan amaliyotdan tashqari ishga olib keladi. Vazifa – har bir o‘qituvchi o‘z munosabatini tanlaydigan tizimdan professional hamjamiyat tomonidan ma’qullangan va samarali deb tan olingan uslublarni tanlaydigan tizimga o‘tishdan iborat. Biz erkinlikni o‘ziga xoslikni saqlab qolishning asosi sifatida tushunmasligimiz kerak.
Ps. O‘qituvchilarning professionalligi ularning mustaqil qarorlar qabul qila olishi, o‘quv jarayoniga kreativ yondashuvi va professional hamjamiyat tomonidan ma’qullangan va samarali deb tan olingan o‘quvchilar bilan ishlash uslublaridan foydalanishi bilan belgilanadi. Shuningdek, o‘z tajribasi va ilg‘or tajribalarni integratsiya qila olishi, bunda jamiyat ehtiyojlarini inobatga olishi zarur.
TALIS ma’lumotlariga ko‘ra, o‘qituvchilar birga mashg‘ulot olib borganlarida, boshqa o‘qituvchilarning ochiq darslariga muntazam kirib turganlarida, kasbiy o‘quvlarda hamkor bo‘lib ishtiriok etganlarida o‘z kasblaridan qoniqish hosil qiladilar va oddiy ish faoliyatlarida o‘zlarini foydaliroq his qiladilar.
Ps. Ma’muriyat tomonidan belgilab beriladigan hamkorlikda ko‘pincha samimiylik bo‘lmaydi va o‘qituvchilar o‘zlarini noqulay his qiladi. Erkin va sog‘lom muhitdagi hamkorlikda esa o‘qituvchilar haqiqiy ma’noda bilim, tajriba almashadi. Buning uchun ma’muriyat mana shunday muhitni yaratib berishi zarur. [113-b.]
PISA-2015 tadqiqotining eng ajoyib kashfiyotlaridan biri – bu bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan o‘quvchilar sonining nisbati bilan sinflarning to‘liqlik (komplekt) darajasi o‘rtasidagi aloqadir.
Mamlakatda bir o‘quvchiga to‘g‘ri keladigan o‘qituvchilar sonining ko‘pligi sinfda o‘quvchilar sonining kam bo‘lishiga sabab bo‘ladi deb o‘ylaymiz, lekin olingan ma’lumotlar buning aksini ko‘rsatmoqda. Yaponiyada 15 yoshli o‘quvchilar bitta sinfda 37 kishini tashkil qiladi va 11 nafar o‘quvchiga bitta o‘qituvchi to‘g‘ri keladi. Braziliyada 29 nafar o‘quvchiga bitta o‘qituvchi to‘g‘ri keladi. AQSH va Vetnamda esa 15ga 1. Lekin Vetnamdagi sinflardagi o‘quvchilar soni AQShdagidan ikki barobar ko‘p. [117-b.]
Braziliya va AQSh o‘qituvchilariga qaraganda Yaponiya va Vetnam o‘qituvchilarda o‘qitishdan tashqari ayrim o‘quvchilar, ota-onalar va boshqa o‘qituvchilar bilan ishlashga vaqtlari bo‘ladi. Bunda Yaponiya, Vetnam, Finlyandiya ta’lim tizimida maktab uchun maktabdan tashqarida ko‘proq narsa qilish mumkin deb hisoblashadi. [119-b.]
Ps. Bunda eng muhim jihat sinf va maktabdan tashqari ishlarning sifatli va tizimli tashkil etilganligi. Shuningdek, Xitoydagi kabi har bir o‘quvchiga qiziqishidan kelib chiqib maktabda va maktabdan tashqarida ishlash uchun kichik tadqiqot yoki mustaqil ish berilishi kerak. Bu ish bilan ma’lum chorak yoki yil davomida o‘qituvchi rahbarligida shug‘ullanish zarur. Shundagina Xitoydagi kabi “O‘quvchilarga dars vaqtini qaytarish” amaliyotidan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi va ularda kreativlik, tanqidiy fikrlash, o‘z ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalari shakllanadi. [120-b.]
Daniyada Ta’lim va iqtisodiyot masalalari bo‘yicha milliy markaz tomonidan o‘tkazilgan focus-grupp so‘rovlar seriyasi saviyasi pastroq sinf rahbari tayinlansa nima bo‘ladi, degan savol berildi. Bu muammo bo‘la oladimi? Ota-onalar sinf rahbari bor bo‘lgan tizimning afzalliklari har qanday kamchilikni yopib ketadi, deb javob berishdi.
Bu tizimning ustun tomoni sinf rahbari o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan norasmiy munosabatda bo‘ladi hamda o‘quvchilardagi o‘zgarishlarni kuzatib boradi. Sinf rahbarlarida shaxsiy javobgarlik va mas’uliyat paydo bo‘ladi.
Ps. Bizda ham bu tizim mavjud, ammo uni yanada samarali ishlatish kerak. Davlat va makta ma’muriyati ularni qo‘llab-quvvatlash kerak. [122-123-b.]
PISA-2015 natijalariga ko‘ra, Estoniya, Finlyandiya, Niderlandiya va Shveytsariyada o‘quvchilarning hayotdan qoniqish hissi yuqoriligi ko‘rinadi. Sharqiy Osiya va boshqa mamlakatlarda esa o‘quvchilarning hayotdan qonishish darajasi past ekanligi aniqlandi. Bunga sabab sifatida o‘quvchilarning o‘qituvchilar bilan ziddiyatli munosabatlarini ko‘rsatish mumkin. (Buni holatni ham yaxshilash kerak). O‘smirlar bilan ishlash kerak. [123-124-b]
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo davlatlar bo‘yicha maktablar rahbariyatining boshqaruv uslublarini qiyosiy tadqiq etish o‘quvchilarning ta’lim natijalarini yaxshilashga katta ta’sir ko‘rsatadigan boshqaruv omillarining to‘rtta guruhini aniqladi:
o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajasini qo‘llab-quvvatlash, baholash va oshirish. Shu bilan birga, yuqori malakali mutaxassislarni ishga olish, yangi kelgan o‘qituvchilarni tayyorlash, dastur bo‘yicha ishlash uchun mutaxassislik darajasini tasdiqlash, o‘qitush sifatini oshirish uchun o‘qituvchilarning birgalikda ishlashini tashkil qilish va qo‘llab-quvvatlash, o‘qituvchilarning sinfdagi ishini kuzatish va baholash, o‘qituvchining kasbiy mahoratini oshirish, hamkorlik madaniyatini qo‘llab-quvvatlash. Agar siz real va uzoq muddatli o‘zgarishlarga erishmoqchi bo‘lsangiz, sizning oliy maqsadlaringizni nechta o‘qituvchi bo‘lishayotganiga emas, ularning qanchasi hamkorlikka tayyorligi va o‘z hamkasblari bilan hamkorlik qilayotganiga qarab ish qiling;
yuqori standartlarga erishishda o‘quvchilarga yordam berish uchun ta’lim va nazorat maqsadlarini aniqlab olish. Bu maktab dasturiga asosan o‘qitishni standartlashtirishni, maktab miqyosida o‘quvchilarni tayyorlash maqsadlarini o‘rnatishni, bu maqsadlarning yutuqlarini o‘lchashni, individ va butun maktab miqyosida natijalarni yaxshilash dasturiga tuzatish kiritishni ko‘zda tutadi. Maktab rahbariyati hamma o‘quvchilar haqida ma’lumot yig‘ishi, birorta bola chetda qolib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Rahbariyat o‘qishga o‘zgacha nazar bilan qaraydigan kishilar bilan ishlayotganda ishonchni namoyish qilishi lozim.
maktab resurslarini ishlatishga bo‘lgan stratik yondashuv uslubiy jihatdan o‘zini oqlashi lozim.
o‘quvchilarning natijalari va farovonligini yaxshilash bo‘yicha yanada ko‘proq harakat qilish uchun maktab tashqarisidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Bu oilalar, mahalliy hamjamiyatlar, ta’limning keying bosqichi, biznes va ayniqsa, boshqa maktablar hamda ta’lim sharoitlari bilan hamkorlikni rivojlantirishning innovatsion uslublarini izlab topishni ko‘zda tatadi. [128-129-b.]
Ontario (Kanada)da mashjur ta’limni isloh qilish srtategiyasini yaratgan Maykl Fullon ta’limdagi eng yaxshi natijalarga erishgan yetakchilar boshqalarni o‘zgarishlar jarayoniga jalb etadilar va izdoshlari yordamida butun tizimda o‘z bilim va tasavvurlarini ommalashtiradilar, deydi. U liderlar o‘qituvchilari va maktab uchun muhim bo‘lgan paydo bo‘layotgan trendlar va potensial muammolarni payqay olishga qodirdirlar, deya ta’kidlaydi. Yetakchilar hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydilar va o‘z xodimlariga eksperimentlar o‘tkazish va tavakkal qilishga imkon yaratadilar. Ular uzoqni ko‘ra olish va tashabbuskorli qobiliyatlariga egadirlar va shuning uchun ham innovatsiyalar uchun zarur bo‘lgan mablag‘va odamalarni safarbar qila oladilar. Ular iste’dodli xodimlarni jalb etadilar. Shuningdek, ta’limni va o‘qitishni isloh qilish jarayoniga amaldorlar, ijtimoiy tadbirkorlar, biznes vakillari, jamoat faollari, fuqarolik jamiyati liderlari va olimlarni jalb etgan holda iqtisodiy sektorlar va butun bir mamlakatlar o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatadilar. [130-b.]
PISA ma’lumotlariga binoan o‘quvchilarning ta’lim natijalariga aniq talablar o‘rnatish, ta’lim dasturi va baholash ishlarida maktab mustaqilligi butun ta’lim tizimi ishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, maktab ichki nazorati, ta’lim mazmuni, o‘quv-metodik adabiyotni tanlash masalalarida maktablarga ko‘proq mustaqillik berayotgan ta’lim tizimlari bu o‘zaro aloqaning asl sababi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar PISA tadqiqotida eng yaxshi natijalarni ko‘rsatadi.
Maktablarga ko‘proq mustaqillik berishni qo‘llab-quvvatlashning boshqa bir dalili shundan iboratki, u innovatsiyalarga undaydi. Muvaffaqiyatlarga erishayotgan maktablar odamlar ishlashga intiladigan joyga aylanadi, chunki u yerda ular o‘zlarining yaxshi g‘oyalarini amalga oshira oladilar. Ayni paytda qoida va ko‘rsatmalarga rioya qilishni mukofotlaydigan ierarxiya va rasmiyatchilikka asoslangan tuzilmada innovatsiyalarni ro‘yobga chiqarish ancha mushkul.
“Navatorlikning yagona indeksi” cho‘qqisida Daniya va Niderlandiya turibdi. (Novator-hayotga yangi narsalarni olib kiruvchi va har qanday faoliyatda ilg'or g'oyalarni, texnikalarni va shunga o'xshashlarni kiritadigan kishi. 1930-yillarning matbuotida paydo bo'lgan sovet neologizmi hisoblanadi.( https://uz.wiktionary.org/wiki/novatorlik)) [131-b.]
O‘zgarishlarni maktab rahbariyati o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalarga tushuntira olsagini qo‘llab – quvvatlashga erishadi.
Singapurning “Fikrlaydigan maktab – ma’rifatli millat” islohati maktablarga mustaqillik berdi. Bu model maktab o‘z faoliyatining maqsad va vazifalarini o‘zi belgilashi va har yili ularga erishishdagi o‘sish haqida, shuningdek, ta’lim natijalaridagi o‘sish haqida ham hisobot berishni ko‘zda tutadi. Maktablarga katta avtonomiya berilishi avtomatik tarzda maktablardagi o‘zgarishni boshqara oladigan samarali maktab rahbarlarini tarbiyalash va tayyorlash zaruratini keltirib chiqardi. Hatto olti yilda maktabda tashqi tekshiruv o‘tkaziladi. [134-b.]
PISA ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh maktablari mahalliy hokimiyat orgonlaridan boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha ko‘p ko‘rsatma olishlari aniqlandi. Shu ma’noda AQSh bitta markazlashga buyrokratik tizimni ikkinchisi bilan almashtirgan. [135-b.]
Ba’zi fin munitsipalitetlarida maktab direktorlari ish vaqtining uchdan ikki qismini maktab direktori sifatida, uchdan bir qismini o‘z okruglarining rahbari sifatida ogrugni boshqarish bilan o‘tkazadilar.
Bu yangi vazifada javobgarlik direktor bilan boshqaruvchilar jamoasi o‘rtasida taqsimlanadi. Shu tarzda direktor o‘z hamkasblari bilan muntazam uchrashib turadi. Endi ular mahalliy ma’muriyat boshqaruvi ostida ishlamaydilar, ularning o‘zi – mahalliy boshqaruv orgonidir. Okrug idorasida amaldorlar emas, maktabni boshqarish nima ekanligini yaxshi biladigan kishilar ishlaydi.
Ps. Bunda O‘zbekiston sharoitida aytadigan bo‘lsak, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarini amaldorlar emas, direktorlar kengashi boshqarishi nazarda tutiladi. Masalan, ma’lum bir tumandagi maktab siyosatini o‘sha tumanlarda faoliyat yuritadigan direktorlar belgilaydi, amalga oshiradi va javobgar hisoblanadi. Lekin ularning faoliyati Konstitutsiya va Qonunlar, ta’lim haqidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarga zid bo‘lishi mumkin emas. [136-b.]
PISA ma’lumotlariga ko‘ra, birgalikda ta’lim berish va javobgarlik (hisobdorlik) madaniyati o‘rnatilmagan tizimlarda maktabga yuqori darajada mustaqillik berish o‘quvchilarning ta’lim natijalari darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. [137-b.]
Rasmiy hisobdorlikdan professional hisobdorlikka o‘tish kerak. Professional hisobdorlik esa o‘qituvchilar barcha darajadagi ma’muriyat oldida emas, balki asosan o‘z hamkasblari va direktorlari oldida hisob beradigan tizimlarda mavjud bo‘ladi. Har qanday sohadagi professionallar hamkasb-mutaxassislar oldida mas’uliyat his qiladilar. Shu ma’noda o‘qituvchi hamkasblari, o‘quvchilari va ularning ota-onalari oldida shaxsiy javobgarlikni his qiladi. [138-b.]
Singapurda maktabda uch yil ishlagandan keyin o‘qituvchilar quyidagi uch xizmat darajasining qaysi biri ularga hammadan ko‘ra ko‘proq mos kelishini aniqlash uchun attestatsiyadan o‘tkaziladi: ustoz-murabbiy, ta’lim dasturi yoki tadqiqotlar bo‘yicha mutaxassis va maktab direktori.
Bugungi ta’lim tizimlaridagi terendlar, kam deganda, bir-biriga zid. Bir tomondan, odamlarni jamiyatning orzu-umidlari bilan bitiruvchilarning natijalari o‘rtasidagi kattalashib borayotgan tafovut tashvishga solyapti. Ikkinchi tomondan, ularning bajarilishiga chuqur o‘ylab munosabat bildirishga imkon bermaydigan islohatlarni joriy qilish sur’atining tezlashib ketayotgani sababli pedagoglar orasida norozilik kuchaymoqda. Islohatlar ba’zilarga juda sekin borayotganday, boshqalarga juda tezlashib ketayotganday tuyulishi bilan birga, qabul qilinayotgan qarorlar va isloh qilinayotgan sohalar o‘rtasida ham mutanosiblik yetishmaydi. Direktorlar va o‘qituvchilarni islohatlarga tayyorgarlik ko‘rishga kamdan-kam jalb qilishadi, ular ba’zan islohatlar haqida ommoviy axboraot vositalari orqali xabar topishadi. O‘qituvchilar to‘liq manzaradan bexabar bo‘lganlari sababli, mo‘ljaldagi niyatlar bilan tashabbuslarni joriy etish o‘rtasida bog‘lab turuvchi bo‘g‘in bo‘la olishmaydi, bu esa – islohat muvaffaqiyatining asosidir.
Ps. Demak, bu muammo boshqa mamlakatlardagi ta’lim islohatlari jarayonida ham mavjud. [144-b.]
Ilg‘or ta’lim tizimlarining bunday darajaga erishuvi geografik holat, boylik yoki madaniyatga bog‘liq emas. Muvaffaqiyatning asosiy sababi teng ta’lim imkoniyatlarini taqdim etish, maktablarga mustaqillik berish, direktor va o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishi jiddiy e’tibor qaratish va o‘qituvchilarning professional hisobdorligi. Buni Singapur, Estoniya, Kanada, Finlyandiya, Shanxay (Xitoy).
Ps. Bunda:
prezident maktabi, ixtisoslashgan maktab degan tushunchalar bo‘lmaydi. Hamma jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib bir xil yuqori standartlar asosida o‘qitiladi;
iste’dodli o‘quvchilar oddiy o‘quvchilardan ajratib olinmaydi, balki barchada iste’todni shakllantirishga e’tibor qaratiladi;
maktablarga mustaqillik beriladi va mahoratli, mas’uliyatli, bilimli derektorlarni tayyorlashga e’tibor beriladi;
sinflarda bolalar sonini qisqartirish o‘rniga shunga ketadigan mablag‘ni o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirishiga sarflaydi;
direktor va o‘qituvchilarning maqomini va ish haqini eng yuqori oylik maoshlar darajasigacha oshiradi hamda ulardan professionallik talab qilinadi;
o‘qituvchilar o‘z ustida ishlashidan manfaatdor bo‘lgan tizim yaratiladi;
o‘quvchilar xalqaro talablarga javob beradigan yagona davlat imtihonlarini topshiradi va o‘qituvchilar yagona davlat attestatsiyalaridan o‘tkaziladi hamda shu asosida ular baholanadi;
o‘qituvchilar amaldorlar oldida emas, maktab direktori, hamkasblari, o‘quvchi va ularning ota-onalari oldida hisobdorlik hamda majburayatni his qiladi;
davlat va jamiyat o‘qituvchilarga ishonadi, o‘qituvchilar esa bu ishonchni oqlashi kerak bo‘ladi;
maktab ta’lim tizimi zamon talablari va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib doim takomillashtirilib boriadi;
o‘quvchilarni muvaffaqiyatga erishishning birdan bir yo‘li tirishqoqlik, mehnatsevarlik va kuchli ishtiyok ekanligiga ishontirish hamda buni qadriyat darajasiga olib chiqish.
eng yaxshi o‘qituvchilar eng yomon sinflarga, eng mahoratli direktorlar past ko‘rsatgichlik maktablarda ishlaydi, kuchli maktablar kuchsiz maktablarga yordam beradi. Bundan maqsad – standartni birgalikda ko‘tarish. [151-162-b.]
Agar mamlakatdagi har bir bola tayanch kompetensiyaga ega bo‘lsa, mamlakat iqtisodiyoti gullab-yashnaydi.[166-b.]
AQShning har to‘rtinchi 15 yoshli o‘quvchisi PISA topshiriqlarining hatto tayanch darajasini ham bajara olmadi.
Agar AQShning bugungi har bir o‘quvchisi tayanch kompetensiyalarni egallaganlarida edi, iqtisodiyot ularning ulg‘ayganidan keyingi butun hayoti davomida qo‘shimcha 27 trillion AQSh dollariga ega bo‘lardi.[168-b.]
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo mamlakatlarda faqat qoloqlikning eng og‘ir shaklini bartaraf qilishdan keladigan iqtisodiy foyda 2030-yilga borib boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilarini o‘qitishga ketgan barcha sarf-xarajatlarni qoplaydi.
Bunday yaxshilanishlar esa tamoman realdir. Masalan, Polsha salkam o‘n yil ichida o‘zlashtirishi past bo‘lganlar sonini 22 foizdan 14 foizga qisqartira oldi. 2009-yildan 2012-yilgacha Shanxay (Xitoy) o‘zlashtirishi past o‘quvchilar sonini 4,9 foizdan 3,8 foizga kamaytirdi. [169-b.]
Ko‘p mamalakatlar uchun adolatli bo‘lgan narsa PISA ma’lumotlari bilan tasdiqlanadi: past o‘zlashtirish muammosi faqat noqulay sharoitli hududlarning bolalariga emas, hammaga tegishlidir. Alaloqibat, o‘quvchilarning ta’lim natijalariga na ijtimoiy kelib chiqish va na oila, balki u maktabga boradigan mamlakat katta ta’sir ko‘rsatadi. [179-b.]
Angiliyada ba’zi maktablar ota-onalar uchun seminar o‘tkazadi, ularda foydalanilayotgan usul va uslublar tushuntiriladigan mahurat darslari tashkil etiladi yoki ota-onalardan maktabga kelib, o‘z ishlari haqida gapirib berishlarini so‘rashadi. Balki shuning uchun ham, PISA-2015 tadqiqotida Buyuk Britaniya resurslar yetishmasligi haqida kam gapiradigan ozchilik g‘arb mamlakatlarining biri bo‘ladi. Boshqacha aytganda, Buyuk Britaniya mablag‘larni zarur bo‘lgan joyga yo‘naltira oladi. [184-b.]
…barcha maktablar samarali strategiyalarni joriy qilishlari uchun o‘zining yaxshi direktorlariga ega bo‘lishi lozim. [195-b.]
Ta’lim tizimining katta qismi xususiy maktablardan iborat bo‘lgan mamlakatlarda maktablar yuridik jihatdan xususiy bo‘lsa-da, ularga davlat maktablari sifatida qaraladi. Bu, xususiy bo‘lishiga qaramay, ular ijtimoiy vazifani bajarishga yordam beradi va o‘zini davlat ta’limining bir bo‘lagi hisoblaydi, degani. Masalan, ular qisman yoki to‘liq milliy ta’lim dasturiga amal qilishi va ta’lim sifatini ta’minlab, uning ijtimoiy vazifasini bajarishi mumkin. Xususiy maktablar sharoiti og‘ir oilalarning bolalari uchun ta’lim imkoniyatlari tengligini qanday ko‘tarayotganiga misollar ko‘p. [207-b.]
Shuningdek, xususiy maktablarga davlat mablag‘larining kelib tushish mexanizmiga ham e’tibor qaratish muhim. Mexanizmlardan biri – ota-onalarga topshiriladigan ta’lim vaucherlaridir. 2009-yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining 22 ta mamlakatidan 9 tasi davlatga qarashli xususiy boshlang‘ich maktablarda o‘quvchilar sonini ko‘paytirish uchun vaucherlardan foydalanayotgani haqida xabar berdi. Bu mamlakatlarning beshtasida vaucherlarni faqat kam ta’minlangan oilalarning bolalariga berishadi. 24 ta mamlakatning 11 tasida vaucherlar mexanizmidan o‘rta maktabda foydalanishadi, 7 tasida faqat o‘ta qashshoq bolalarga vaucher berishadi. Yuqori sinflarda 11 ta dasturning beshtasida vaucherlarni muhtoj oilalarga yo‘naltirishadi. [2010-b.]
Hamma ota-onalarda o‘z xohishiga ko‘ra maktab tanlash huquqidan foydalanish imkoni bo‘lishi kerak. Maktabni erkin tanlashning muvaffaqiyatli tizimi ta’lim imkoniyatlari tengligi va segregatsiyadan (kamsitishdan) himoyalashni ta’minlaydigan to‘xtatib turish va qarshi turish mexanizmiga ega bo‘lishi kerak. (Shunda ehtiyojlariga mos maktabda o‘qish imkoni paydo bo‘ladi. Aslida barcha maktab bir xil standart javob berishi kerak va ta’lim sifati ham bir xil bo‘lishi kerak. Ammmo amalda diom ham shunday bo‘lmaydi, bunga maktab xodimlarining bilim darajasi, mahorati, ta’lim muhiti va h. omillar sabab bo‘lishi mumkin. Ta’lim sifati bir-biriga yaqin bo‘lganda ta’lim berish usullari o‘quvchi xarakteriga mos bo‘lmasligi mumkin.) [2013-b.]
Maktablarga qancha ko‘p mustaqillik berilsa, ta’lim siyosati shuncha talabchan bo‘lishi kerak. Davlat strategi hisni (uzoqni ko‘ra bilish qobiliyatini) qo‘llab-quvvatlashi va aniq ko‘rsatmalar berishi maktab va mahalliy maktab hamjamiyatlariga mazmundor qayta bog‘lanishni taqdim etishi zarur. Boshqacha aytganda, faqat davlat va mahalliy ta’lim orgonlarining birgalikdagi say-harakati bo‘lsagina, maktabni erkin tanlash barcha o‘quvchilarga foyda keltiradi. [213-214-b.]
O‘quvchilarni professional va akademik ta’lim kabi ta’lim trayektoriyalari bo‘yicha juda erta taqsimlash, ayniqsa, immigrant o‘quvchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. [224-b.]
PISA tadqiqotlarida tabiiy fanlar bo‘yicha o‘g‘il va qiz bolalar o‘xshash natiajalrni ko‘rsatishganiga qaramay, biz Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a’zo mamlakatlar bo‘yicha 15 yoshli qizlarning o‘rtacha 5 foizga yaqini tabiiy fanlar yoki muhandislik bo‘yicha kasb tanlashini, ayni paytda o‘g‘il bolalar ichida bunday kasbni tanlaydiganlar 12 foizni tashkil etishini aniqladik. [225-b.]
Ta’lim qanday qilib ekstrimizga qarshi tura oladi? … o‘zaro kelishuvlarga o‘rin qoldirmaydigan hurmat va tolerantlik kabi umumiy qadriyatlarni mustahkamlash va o‘zga jamiyatlarga xos turli-tuman hamda qadriyatlar rang-barangligini hurmat qilish o‘rtasida muvozanat o‘rnatish kerak bo‘ladi. [231-b.]
PISA global kompetensiyalarni “tafovutlar idrok qilish, fikr yuritish, bizning va o‘zgalarning g‘oyalariga qanday ta’sir ko‘rsatishni tushunish uchun global va madaniyatlararo muammolarni har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va turli ijtimoiy qatlam va nasl-nasablarning boshqa vakillari bilan o‘zaro hurmat va insoniy qadr-qimmat tuyg‘usi asosida ochiq, o‘rinli va samarali munosabatga kirishish qobiliyati” sifatida ta’riflaydi. PISA tadqiqotida muvfiq global kompetensiyalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
|
| |