|
Бегалов Б.А., Икрамов А.А., Зияев З.М. Ўзбeкистон Рeспубликасининг ижтимоий-иқтисодий ҳолати (2022-йил январь-декабрь) Тошкент: 2023. Б. 519
|
bet | 64/65 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #251649 |
Bog'liq Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibosБегалов Б.А., Икрамов А.А., Зияев З.М. Ўзбeкистон Рeспубликасининг ижтимоий-иқтисодий ҳолати (2022-йил январь-декабрь) Тошкент: 2023. Б. 519.
Begalov B.A., Ikramov A.A., Ziyayev Z.M. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati (2022-yil yanvar-dekabr). Toshkent: 2023. – B. 519.
Sifatli ta’lim olish odamlarning turmush sharoitini yaxshilash va barqaror taraqqiyotni ta’minlashga zamin yaratadi. Ta’limning qulayligi va sifati masalalari dunyoning barcha davlatlari strategik rivojlanish dasturlariga kiritilgan, chunki davlat aҳolining o’zini o’zi anglash imkoniyatlari uchun ta’lim muҳitini yaratish orqali mamlakatda moddiy farovonlik va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, inson kapitalini oshirishga ҳissa qo’shadi, o’z o’rnida, mamlakatning iqtisodiy saloҳiyatini yuksaltiradi va xalqaro maydonda raqobatdosh ustunlikni yaratadi. Ta’lim tizimini rivojlantirish xalqaro ta’lim faoliyatining asosiy tamoyillariga asoslanadi, ulardan biri arzon sifatli ta’limni amalga oshirish uchun sharoit yaratish va ta’minlashdir. [496-b]
Umumiy o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko’nikmalar o’zlashtirilishiga, shuningdek, ta’limning keyingi turi tanlanishiga ҳamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishiga qaratilgan. Umumiy o’rta ta’lim kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshirilib, quyidagi bosqichlar (I – XI sinflar)dan iboratdir: [497-b.]
Statistik ko‘rsatkichlarga izoh
Ta’lim – ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko’nikmalar berishga, shuningdek, ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka ҳamda ko’nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon.
Davlat ta’lim muassasasi – davlat ҳokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo’lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa.
Nodavlat ta’lim tashkiloti – davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o’quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko’rsatish faoliyatini amalga oshirish ҳuquqini beradigan lisenziya asosida yoki xabardor qilish tartibida ta’lim xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxs.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Бегалов Б.А., Икрамов А.А., Зияев З.М. Ўзбeкистон Рeспубликасининг ижтимоий-иқтисодий ҳолати (2022-йил январь-декабрь) Тошкент: 2023. Б. 519
|