|
Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет
|
bet | 59/65 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #251649 |
Bog'liq Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibosUzluksiz ta’lim – bu kontekst o‘zgarganida ham doim va qayta-qayta o‘qish. Uzluksiz ta’lim uzluksiz refleksiya jarayonini, oldindan sezish va harakat qilish jarayonini ko‘zda tutadi. Refleksiya qaror qabul qilish, tanlash va harakat qilishda turli nuqtai nazarlarni hisobga olib, ma’lum va qabul qilingan narsalardan chekinish, tanqidiy pozitsiyani egallash uchun zarur. Oldindan sezish tahliliy va tanqidiy tafakkur singari kognitiv malakalarni kelajakda nimalar kerak bo‘lishi yoki bugun boshlangan ishlar qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan ko‘rish uchun safarbar qiladi. Refleksiya kabi oldindan sezish qobiliyati ham mas’uliyatli harakatlarga tayyorlik, voqealar rivojini shakllantirish va o‘zgartira olishimizga ishonch paydo bo‘lishiga ishonch paydo bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Kompetensiyalar mana shunday shakllanadi. Shu bois zamonaviy maktablar o‘quvchilarga doim rivojlanish va o‘sishga, o‘zgarib turadigan olamda o‘z o‘rnini topish va shakllantirishga yordam berishi kerak.
Bugungi maktab avvalgi zamonlarga nisbat tezroq yuz berayotgan voqea-hosalarga, hali vujudga kelmagan kasblarga tayyorlashi, hali biz tasavvur ham qila olmaydigan ijtimoiy davlatlarga javob berishga, hali kashf etilmagan texnologiyalarga o‘rgatish kerak. Maktab o‘quvchilarga dunyodagi hamma narsa o‘zaro bog‘liq ekanini anglatishi, ularni turli nuqtai nazar va qarashlarni qabul qilish va qadrlashga, atrofdagilarga hurmat bilan birgalikda samarali harakat qilishga, mushtarak farofonlik va taraqqiyot uchun javobgarlikni bo‘yniga olishga o‘rgatishi kerak. [36-b.]
Ta’lim kognitiv, emotsional hamda ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantira borib, odamlar, tashkilotlar va tizimlarning omon qolishiga va ehtimolki, kutilmagan tasodiflar sharoitida hatto o‘sa borishiga yordam berishi mumkin. Ta’lim insonlarning hamjamiyatlari va ijtimoiy institutlarga barqarorlik, moslashuvchanlik va qaror qabul qilishda tezkorlik baxsh etishi mumkinki, bular ijtimoiy va iqtisodiy islohatlar jarayonida ravnaq topishi uchun zarurdir. [36-37-b.]
|
| |