• – bu aysbergning cho‘qqisi, xolos.
  • Agar biz ularni islohatlar rejasini ishlab chiqishga jalb qilmas ekanmiz, ular bu rejalarni amalga oshirishga yordam berishi amrimahol.
  • Umumiy farovonlik va barqaror rivojlanish uchun harakat qilish




    Download 4,19 Mb.
    bet62/65
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,19 Mb.
    #251649
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
    Bog'liq
    Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibos

    Umumiy farovonlik va barqaror rivojlanish uchun harakat qilish. Bu parameter yoshlarning jamiyatning faol va burchli a’zolari sifatidagi roliga e’tibor qaratadi va mahalliy, global yoki madaniyatlararo muammolarni hal qilishga individual tayyorlikka tegishlidir. Bunda kishilarning individual yoki mahalliy muammolarga ta’sir ko‘rsatishi ko‘zda tutiladi. Kompetentli kishilar chuqur o‘ylangan, asosli qarorlar qabul qilish uchun sharoit yaratadilar va hamma fikrlarni hisobga oladilar. “Chora ko‘rish” iborasi insoniy qadr-qimmati xavf ostida qolgan sinfdoshini himoya qilish kerakligini, maktabda xalqaro mediakompaniyani ishga solish, qochqinlarning muammolari haqida o‘z shaxsiy fikrini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish kerakligini bildiradi. [232-233-b.]
    Global kompetensiyalar turli xil kontekslarda shakllanishi mumkin, biroq maktablar bunda muhim rol o‘ynay oladi. Maktablar yoshlarga dunyo uchun ham ahamiyatli bo‘lgan tendensiyalarni tanqidiy baholash imkonini taqdim etishi; ularni raqamli axborat va ijtimoiy mediaplatformalardan tanqidiy va mas’uliyat bilan foydalanishga o‘rgatishi; madaniyatlarni o‘zaro qabul qila olish va hurmat qilishni xalqlar, tillar va madaniyatlarni qadrlaydigan munosabatlarni shakllantirish orqali tarbiyalash mumkin. [234-b.]
    Maktab ta’limini modernizatsiya qilish uchun nafaqat imkoniyatlarni fundamental va muqobil tarzda his qilish, balki ta’limda o‘zgarishlarga erishishga ko‘maklashadigan puxta o‘ylangan strategiyalar ham zarur bo‘ladi. [235-b.]
    Raqamlashtirish populistik kayfiyatning o‘sishiga va oqilona siyosat olib borishga to‘sqinlik qiladigan “harakatdan keyingi” jamiyatlarning paydo bo‘lishiga imkon yaratishi – bu haqiqat. Lekin raqamlashtirish katta dalillar bazasini yaratish va uning asosida ta’lim siyosatini ishlab chiqish uchun ijtimoiy tadqioqtlar doirasi va imkoniyatlarini kengaytirib, katta hajmdagi ma’lumotlar to‘planishiga va yangi statistik va tahliliy instrumentlarning paydo bo‘lishiga ham olib keladi. [235-236]
    Odatda ta’lim siyosatini belgilovchi shaxslar ta’limni isloh qilishda o‘z e’tiborini qaratadigan qonunlar, normative hujjatlar, tuzilma va tashkilotlar – bu aysbergning cho‘qqisi, xolos. Ta’lim tizimini o‘zgartirish bunchalik qiyinligining sababi shuki, suv ostida muz tog‘ining ko‘zga ko‘rinmaydigan anchagina katta qismi turadi. Bu ko‘zga ko‘rinmaydigan qism jalb etilgan kishilarning qiziqishlari, e’tiqodlari, motivlari va qo‘rquvlaridan tashkil topadi. Aynan shu yerda kutilmagan ziddiyat paydo bo‘ladi. Ta’lim siyosatini belgilovchi shaxslar, agar odamlarga o‘zgarishlar zarurligini anglashga yordam berishmas, o‘zgarishlar uchun jamoaviy javobgarlik va ommaviy tushunishni shakllantirishmasa, resurslarni jamlashmasa, potensialni oshirishmasa, shunchaki normative talablarga rioya qilish emas, balki innovatsiya hamda rivojlanishni rag‘batlantiradigan nazorat ko‘rsatgichlariga ega to‘g‘ri siyosiy iqlimni yaratishmasa, agar juda ko‘p hollarda o‘quvchilarning emas, o‘qituvchi va rahbarlarning manfaat va odatlari asosida qurilgan institutsional tuzilmalar bilan shug‘ullanishmasa, kamdan-kam hollarda ta’limni isloh qilishda muvaffaqiyatga erishadilar.
    Mohiyatan, agar ta’lim sohasidagi xodimlarning o‘zi o‘zgarishlarni amalga oshirmasa va uni joriy qilish uchun javobgarlikka sherik bo‘lmasa, ta’limni isloh qilishning iloji yo‘q. [237-b.]
    Ta’lim islohatlarini amalga oshirish uchun, avvalo, o‘qituvchilarni bu islohatlarga ishontirish va ularning yordamidan foydalanish kerak. Agar o‘qituvchilar islohatlarga ishonmasa, chetda tursa har qanday kuchli boshqaruvchi ham islohatlarni amalga oshira olmaydi. Jamiyat siyosatchilardan ko‘ra o‘qituvchilarga ko‘proq ishonadi. [238-239-b.]
    Jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar ko‘p narsada ta’lim tizimining o‘zgarish sur’atlaridan o‘zib ketadi. O‘zgarishlar tezligining ortib borishi sharoitlarida ta’lim tizimining asta-sekinlik bilan moslashuvi uni real hayotdan brogan sari kuchliroq uzilib qolishiga olib keladi. Ma’muriy tuzilmalarning behisob darajalari orqali “yuqoridan quyiga” boshqaruvi endi ishlamaydi. Vazifa yuz minlab o‘qituvchilar va o‘n minglab maktab rahbarlari tajribasiga suyanish, ularni yanada samaraliroq ta’lim siyosati va amaliyotini ishlab chiqishga qo‘shishdan iboratdir. Agar biz ularni islohatlar rejasini ishlab chiqishga jalb qilmas ekanmiz, ular bu rejalarni amalga oshirishga yordam berishi amrimahol. [240-b.]

    Download 4,19 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




    Download 4,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy farovonlik va barqaror rivojlanish uchun harakat qilish

    Download 4,19 Mb.