|
Ta’limni muvaffaqiyatli isloh qilish asosida strategic boshqaruv yotadi
|
bet | 63/65 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #251649 |
Bog'liq Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibosTa’limni muvaffaqiyatli isloh qilish asosida strategic boshqaruv yotadi. [249-b.]
Muammo shundaki, siyosatchilar ko‘pincha o‘z o‘qituvchilarining imkoniyatlari va ekspertga xos bilimlari haqida yetarlicha tasavvurga ega emaslar, chunki ularning sa’y-harakatlari eng yaxshi amaliyotlarni butun ta’lim tizimiga yoyishga emas, balki hukumat ko‘rsatmalarini naktabga joriy qilishga qaratilgan. [254-b.]
Qo‘lida a’lo darajadgi smartfoni bo‘lgan, ammo yomon ta’lim olib o‘sayotgan bolalr misli ko‘rilmagan ziddiyatlar va muammolarga duch keladi. Bi qilishimiz mumkin bo‘lgan narsa- bu qanday bilim va ko‘nikmalar ularga yordamga kela olishini oldindan ko‘ra bilish uchun bugun kuchimizni ishga solishimizdir. [270-b.]
Raqamlashtirish qanchalik kengayib borgani sari o‘qituvchilarning qadri ham oshib boraveradi. [300-b.]
Shunidek, endi bitta o‘qituvchi o‘z g‘oyalarini butun dunyoga yoyib, millionlab o‘quvchilarni o‘qitishi mumkin. [302-b.]
Ehtimol, texnologiyalarning eng muhim jihati ularning alohida o‘quvchi va pedagoglarning ehtiyojlariga xizmat ko‘rsatganidagina emas, balki hamkorlik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan butun bir ekotizimni yaratishi uchun ham ishlatilishidadir. Texnologiyalar o‘qishni yanada qiziqarli va foydali qiladigan o‘quvchilar hamjamiyatini tashkil etishi, chunki hamkorlikdagi ta’lim natijaga erishish mahoratini shakllantiradi, ishtiyoqni, barqarorlikni oshiradi, individual ta’lim strategiyasini rivojlantirishga imkon yaratadi. Xuddi shu yo‘sinda texnologiyalar resurslar vatajriba almashish, birgalikda kasbiy rivojlanish va qonun darajasida eng yaxshi amaliyotlarni mustahkamlash uchun o‘qituvchilar hamjamiyatini tashkil etishga yordam berishi mumkin. O‘qituvchilar, tadqiqotchilar va ekspertlar birgalikda eng muhim ta’lim mazmunini yaratish va rejadagi natijalarga erishishga imkon beradigan samarador pedagogic amaliyotlar ustida ishlaydigan va butun jahon o‘quvchilarida eng yaxshi o‘quv tajribasiga ega bo‘lish imkoni bo‘lgan joy – ulkan kraudsorsing platformasini tasavvur qiling. [302-b.]
O‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini shakllantirishning aniq rejasi kerak. [305-b.]
2013-yilda ham Shanxay (Xitoy)da raqamli platformada o‘qituvchilarning reytingi yuritilgan. Darsni qanchalik ko‘p o‘qituvchi yuklab olsa, sharhlab bersa yoki modernizatsiya qilsa, darsni bo‘lishgan o‘qituvchilar reytingi shunchalik yuqori bo‘ladi. Yil oxirida direktor nafaqat aniq bir pedagog o‘qitgan o‘quvchilarning o‘zlashtirilishiga, balki bu o‘qituvchi butun ta’lim tizimini yaxshilashga qanday hissa qo‘shishiga ham qaraydi. [306-b.]
O‘z ta’lim tizimiga kelajakka tayanib o‘zgarishlar kiritishni istaydigan liderlar shunchaki buyruqlar chiqarish va ularni bajarishga majbur qilishdan ko‘ra ko‘proq ishni qilishlari kerak. Ular birgalikda tushunish va umumiy javobgarlik hissini paydo qilishi, o‘zgarishlar zarurligini asoslashi, o‘zgarishlarni voqealikka aylantiradigan yordamni berishi va populistga aylanmagan holda ishonchni saqlab qolishi zarur. [316-b.]
Singapur ta’lim vaziri islohatlar haqida OAVlarida hech qachon gapirmagan, chunki maktab direktorlari taklif qilingan o‘zgarishlarning maqsad va uslublarini tushunib yetmaguncha o‘zgarishlar boshlanmasligini yaxshi bilgan. (Islohatlarni amalga oshirish uchun avval direktor va o‘qituvchilarni islohatlarga tayyorlashgan.)[318-319-b.]
Imtihonlar o‘quvchilar bilgan narsalarini ekstrapolyatsiya (narsa yoki hodisalarning bir qismini kuzatish asosida olingan xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki tatbiq etish) qila olishini va o‘z bilimlarini yangi vaziyatlarda qo‘llay olishini aniqlash uchun o‘quvchilarning ma’lumotni qayta tiklash qobiliyatiga egaligi doirasidan chiqishi kerak. Baholash ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarning yetuk darajasini o‘lchash imkonini ham berishi lozim. [320-b.]
Bugungi kunda ko‘pchilik nazorat ishlari paytida o‘quvchilar Internetdan foydalanishlari mumkin emas, chunki ular to‘g‘ri javoblarni ko‘rib olishadi, degan ehtimol mavjud. Keljakdagi nazorat-baholash ishlarining vazifasi – o‘quvchilarga eng ilg‘or jahon texnologiyalaridan baholashning validligi va ishonchligiga putur yetkazmasdan foydalanish imkoni berishdir. (kreativlik talab qiladigan imtihonlarni ishlab chiqish kerak.) [321]
Ps. Shunday tizim o‘rnatish kerakki, maktab direktorlarining kasb standartlari ishlab chiqilishi, ushbu standartlar asosida maktab direktorlarini tayyorlaydigan davlat va nodavlat ta’lim muassasalari tasarrufida maxsus kurslar tashkil etilishi lozim. Kurs yakunida yagona davlat imtihoni olinishi va bu imtihondan o‘tganlarga direktor bo‘lib ishlash imkonini beradigan sertifikat taqdim etilishi zarur. Yagona davlat imtihoni tashqi va mustaqil bo‘lishi kasb standarlari talabiga javob berishi kerak.
Viloyat, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bosqarmasi hamda bo‘limi tomonidan maktabda faoliyatini boshlaganiga uch yil bo‘lgan pedagoglar attestatsiyadan o‘tkazilishi va bunda ularning rahbarlik, sinf rahbari, fan o‘qituvchisidan qaysi biriga ko‘proq qobiliyati mos kelishini aniqlashi, imtihon natijalari asosida faoliyatini davom ettirishini tavsiya qilishi lozim.
Rahbarlikka qobiliyati yuqori kadrlar maktab direktorlarini tayyorlaydigan kurslarda davlat budjeti asosida o‘qishga tavsiya etilishi, o‘qishni muvaffaqiyatli tugatganlarni hududdagi past natija ko‘rsatayotgan maktablarga direktor va direktor o‘rinbosarlari qilib tayinlash kerak. Shunidek, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish lozim.
Ўзбeкистон Рeспубликасининг ижтимоий-иқтисодий ҳолати (2022-йил январь-декабрь). Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Статистика агентлиги // Бегалов Б.А., Икрамов А.А., Зияев З.М. Тошкент: 2023. Б. 519.
|
| |