• Turli dunyoqarashlarni hurmat qilish va anglash.
  • Turli madaniyatlar bilan ochiq, o‘rinli va samimiy o‘zaro munosabatlarga kirishish.
  • Mahalliy, global va madaniy ahamiyatga molik muammolarni o‘rganish




    Download 4,19 Mb.
    bet61/65
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,19 Mb.
    #251649
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
    Bog'liq
    Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibos

    Mahalliy, global va madaniy ahamiyatga molik muammolarni o‘rganish. Bunda dunyo haqidagi bilimlarni qaysidir global muammo haqidagi tasavvurlarni shakllantirish jarayonida turlicha fikrlarni tanqidiy baholash qobiliyati bilan birlashtirish qobiliyati nazarda tutiladi. Global kompetensiyalarga ega o‘quvchilar maktabda o‘zlashtirilgan fanlarga oid bilimlar va fikrlash modeliga suyanishlari va savollarga javob berish, ma’lumot va dalillarni tahlil qilish voqea-hodisalarni tushuntirish, mahalliy global yoki madaniy xususiyatga ega muammolarga nisbatan o‘z nuqtai nazarini shakllantirish va o‘z shaxsiy mediakontentini yaratish mumkin.
    Turli dunyoqarashlarni hurmat qilish va anglash. Bunda global muammolarga turli nuqtai nazardan qarash istagi va yodashish qobiliyati ko‘zda tutiladi. O‘quvchi o‘zga madaniyatlar, qadriyatlar, axborot turlari, e’tiqodi va urf-odatlari tarixini qanday anglashiga qarab, u yoki bu qarashlar asosida nima yotishini va boshqa kishilar uning shaxsiy qarashlaridan ma’lum darajada farq qiladigan qarashlarga ega ekanligini tushuna boshlaydi. Turli dunyoqarashlarni qabul qilish ularning manbaini va bunday qarashlarning sabablarini o‘rganishni taqozo etadi. Odamlar boshqalaridan ajratib ko‘rsatadigan sifatlarni qadrlaydigan kishilar kichik ehtimol bilan o‘z kundalik faoliyatlarida nohaqliklarga duch keladilar. Va aksinch, bunday kompetentsiyalarni rivojlantirmagan kishilar bir qolipdagi fikrlash, noto‘g‘ri tushuncha va o‘zlari “boshqacha” deb hisoblaydigan kishilar haqida yolg‘on tasavvurga amal qiladilar.
    Turli madaniyatlar bilan ochiq, o‘rinli va samimiy o‘zaro munosabatlarga kirishish. Global kompetensiyalarga ega inson xulqi va muomalasini o‘zga madaniyat vakili bo‘lgan suhbatdoshiga moslashtira oladi. U izzat-hurmat bilan suhbat olib boradi, suhbatdoshini tushunishga harakat qiladi. Bu parameter individning o‘zgalar bilan ochiq, o‘rinli va samarali aloqa o‘rnatish qobiliyatini baholaydi. “Ochiq” so‘zi barcha o‘zaro aloqa ishtirokchilari ziyraklik, qiziquvchanlik va birgalikda harakat qilish istagini namoyish qilishlarini anglatadi. “O‘rinli” so‘zi tomonlar munosabtida ishtirokchilarning madaniy mezonlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni bildiradi. “Samarali” deganda, barcha ishtirokchilar bir-birini tushunadigan va boshqalar uchun tushunarli tarzda so‘zlashadigan aloqalar tushuniladi.

    Download 4,19 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




    Download 4,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahalliy, global va madaniy ahamiyatga molik muammolarni o‘rganish

    Download 4,19 Mb.