• Sinov uchun savollar
  • Biriktiruvchi to’qima
  • Alisher navoiy nomidagi samaqand davlat universiteti




    Download 352.07 Kb.
    bet3/8
    Sana24.03.2017
    Hajmi352.07 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8

    Bazal membrana ustida yotuvchi bir qavat silindrsimon hujayralar birinchi bazal qatlamni xosil kiladi. Bu hujayralarning oralarida melanin pigmentini tuplovchi melanosit hujayralarini ham kurish mumkin. Bazal qatlamning yuqorigi kismiga 5-10 kator ko`p kirrali yirik hujayralardan tashkil topgan ikkinchi qatlamni kurish mumkin. Bu qatlam hujayralarining shakliga kura tikanli qatlam deb ataladi. Uchinchi qatlamning hujayra sitoplazmasida donacha shaklida keratogialin pigmenti tuplanishini kurish mumkin. Buning uchun ham bu qatlamdonachali qatlam deyiladi. Turtinchi qatlam hujayralarning sitoplazmasida eleidin moddasi ko`p bulganligi uchun mikroskop orqali qaralganda yaltirok qatlam bulib ko’rinadi. Beshinchi qatlam muguz tangachalariga aylangan va zich joylashgan yassi hujayralardan iborat bo’ladi. Bu hujayralari tarkibida keratin moddasi ko`p bo’ladi. Bu qatlam muguzlangan qatlam deyiladi.




    7-rasm. Ko'p qavatli muguzlanuvchi epiteliy to’qima (I.V. Almazovdan)

    1-muguzli qatlam, 2-yaltirok qatlam, 3-donachali qatlam, 4-tikanli qatlam,

    5-usuvchi qatlam, 6-biriktiruvchi to’qima.
    Preparat: Ko’p qavatli muguzlanmaydigan epiteliy (8-rasm).

    Ko’p qavatli muguzlanmaydigan yassi epiteliy. Epiteliyning bu turi umurtqali hayvonlarda va odamda yuqori darajada tabaqalangan bo’lib, o’ziga xos hujayradar qavati bilan ajratib turadi. Bunday epiteliy ko’zning muguz pardasi, qizilo’ngach, og`iz bo’shlig`i va uning ichki yuzasini qoplab turadi. Bu turdagi epiteliyning mikroskopik tuzilishi ko’z muguz pardasi misolida yaqqol ko’rinadi. U asosan uch qavatdan tashkil topgan. Har bir qavat hujayralari o’ziga xos morfologik tuzilishga ega. Pastdan birinchi qavatni tashkil etuvchi hujayralar bazal membrana ustida joylashganligi uchun ular bazal hujayralar deyiladi. Ular silindrsimon bo’lib, bazal membranaga nisbatan perpendikulyar joylashgan. Bu hujayralar epiteliy hayotida muhim vazifani bajaradi. Ular yuqori darajada tabaqalashgan bo’lib, doim mitoz yo’li bilan bo’linib, ko’payib turadi. Bo’lingan hujayralar ajralib, yuqori qavat hujayralarining orasiga suqilib kiradi. Yuqori qavatlardagi o’z vazifasini o’tab bo’lgan hujayralar esa bularga o’rnini bo’shatib beradi. Bazal hujayralar bazal membrana bilan, u esa ostida joylashgan biriktiruvchi to’qima bilan mustahkam birikib, epiteliy to’qimaning mustahkamligini ta’minlaydi.

    Ikkinchi qavatni tashkil etuvchi hujayralar noto’g`ri shaklda bo’lib, 2-3 qavat hujayralardan tashkil topgan. Ko’p qirrali, o’zidan qush qanotiga o’xshagan bir nechta o’simta chiqargan. Bu o’simtalar hujayralararo bo’shliqda joylashgan bo’lib, yonidagi hujayra memranalari bilan tutashib turadi va to’qima mustahkaligini ta’minlaydi. Shuning uchun bu qavat “tikanli” yoki “qanotli” hujayralar qavati deyiladi. Shuni aytib o’tish kerakki, o’simtalar hujayralar ichiga o’sib kirmaydi. Shuning uchun hujayralar orasida qisman bo’shliq bo’lib, bu yerdan hujayralararo suyuqlik oqib turadi va yuqoridagi hujayralarni oziq moddalar bilan ta’minlaydi. To’qimada moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo’lgan chiqindi moddalar ham shu bo’shliq orqali harakatlanadi.

    Epiteliyning yuqori qavatini tashkil etuvchi hujayralar yassilashgan bo’lib, yon atrofdagi hujayralardan asta-sekin ajarlib, to’kilib turadi. Hujayra yassilashishi bilan bir qatorda uning oraliq moddasi yuqori tomonga oqib chiqib qota oshlaydi va suyuqlikning to’qima yuzasiga chiqib ketishdan saqlaydi. To’kilgan hujayralar o’rnini pastki qavatdan yuqorigi qavatga o’sib chiquvchi hujayralar egallab boradi.

    Jarohat natijasida epidermis qavatlari tiklanishi bilan bir qatorda derma qavatida ham tiklanish jarayoni yuz beradi. Binobarin, derma bilan epidermis o’rtasida bazal membrana hosil bo’ladi.

    Hozirgi tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, jarohatlangan yuza ko’payish natijasida hosil bo’lgan hujayralar bilan qoplanmay, aksincha jarohat atrofida hujayralarning jarohat yuzasiga surilishi hisobiga qoplanadi. Demak, jarohat atrofidagi sog`lom epidermis hujayralari bir-biri bilan yuqinlashib, jarohat yuzasi bitishiga sabab bo’ladi. Bunda dastlab 1-3 qavatdan tashkil topgan parda paydo bo’lib, so’ng qolgan qavatlar hosil bo’ladi.






    8-rasm. Ko’p qavatli muguzlanmaydigan epiteliy to’qima.

    1-tashqi qatlam, 2-o’rta qatlam, 3-o’suvchi qatlam, 4-biriktiruvchi to’qima.
    O’zgaruvchi epiteliy. O’zgaruvchan epiteliy bajaraligan fiziologik vazifasiga ko’ra doim taranglashib va bo’shashib turadigan organlarning ichki yuzasini qoplab turadi. Bularga buyrak jomi, buyrakning kichik va katta kosachalari, qovuq, siydik chiqarish yo’llari kiradi. Bunday epiteliy prostata bezining yirik chiqaruv kanalchalari devorida ham uchraydi. Demak, o’zgaruvchi epiteliyning gistologik tuzilishi shu organlarning bajaradigan vazifasiga batamom moslashgan bo’ladi. Qovuq sekin-asta to’lishi bilan uning hujayralari yassilanib boradi, bo’shashishi bilan esa yana o’z holiga qaytadi. Binobarin, hujayralarning shakli bir shakldan ikkinchi bir shaklga o’tadi.

    O’zgaruvchan epiteliyning ikkinchi fiziologik xususiyati shundan iboratki, uning ayrim hujayralari sekret ishlab chiqarib, epiteliy yuzasini (qovuqning ichki yuzasini) konsentrlangan siydik moddasining zaharli ta’sirirdan saqlab turadi. Sekretning har qismi siydik bilan aralashib, uni deffuziya holatdagi suyuqlikka aylantiradi va shu bilan organizm uchun zaharli bo’lgan siydikning qayta so’rilishiga to’sqinlak qiladi.

    O’zgaruvchan epiteliyning gistologik tuzilishi hozirgi vaqtgacha yaxshi o’rganilmagan. Ayrim olimlar mazkur epiteliyning har bir qavatidagi hujayralar oyoqchasimon ingichka o’simtalar yordamida bazal membrana bilan bog`liq bo’ladi, deb uni ko’p qatorli epiteliyga kiritadilar va bir qavatli, ko’a qatorli o’zgaruvchan epiteliy deb yuritadilar. Boshqa bir guruh olimlar esa bu epiteliyning gistologik tuzilishini ko’a qavatli epiteliy tuzilshiga o’xshatadilar.

    Umuman olganda, gistologik tuzilishi jihatidan bu epitely uch qavat hujayralardan tashkil topgan: oraliq qavat: yuqori qavat yoki qoplovchi hujayralar qavati. Har bir qavat hujayralari shakli, yadrosining joylashishi va hujayra kiritmalarining tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladi.

    1. Bazal hujayralar qavati mayda, kam tabaqalangan, ko’payish xususiyatiga ega hujayralardan tashkil topgan. Ular doim mitoz yo’li bilan bo’linib turadi. Bazal membrana ustida joylashgan, shuning uchun ham bazal hujayralar deyiladi. Chegaralari aniq emas, har xil shaklga ega, sitoplazmasida hamma organlar mavjud. Ayniqsa, endoplazmatik tur va uning ribosomalari yaxshi rivojlangan. RNK ning miqdori boshqa hujayralarnikiga nibatan ko’p. Mayda bazal hujayralar orasida ulardan yirikroq, lekin bo’yoqlarda yaxshi bo’yalmaydigan, sitoplazmasida RNK kam bo’lgan hujayralar ham uchraydi.

    2. Oraliq qavat hujayralari noksimon yoki shakli noto’g`ri bo’lib, bir yoki ikki qavatni tashkil etadi. Ular ingichka, sitoplazmatik o’simtadan iborat oyoqchalari bilan bazal membranaga tutashib turadi. Sitoplazma qismi bo’yoqlarda yaxshi bo’yalmaydi, ya’ni bazofil xususiyatini yuqotadi. Yosh hayvonlarda bu bir qavat hujayralardan tashkil topgan bo’ladi, hayvonlarning yoshi kattalashgan sari ikki qavatga aylanadi. Hujayralar bir-biriga nisbatan zij joylashishiga qaramasdan, ularning chegarasi yaxshi ko’rinib turadi.

    3. Yuqori, ya’ni qoralrovchi qavat, bir-biriga nisbatan qavat hosil qilib tuzilgan, shakli piramidasimon hujayralardan iborat. Mitoz yo’li bilan ko’payish natijasida ko’p yadroli hujayralar yaxshi ko’rinadi, yadrolarning soni ikkitadan o’ntagacha bo’lishi mumkin.

    Yuqori qavat hujayralar organlarining bajaradigan vazifasiga qarab o’z shaklini o’zgartirib turadi. Ichi siydikka to’la qovuqda hujayralar yassilanib borsa, u bo’shashi bilan pirmidasimon shaklga kiradi. Hujayralarning apikal qismida kutikula shaklaida jiyak bo’lib, ustki qismi mukopolisaxaridlar, ya’ni sialomusin moddasi bilan qoplangan bo’ladi.

    O’simlik bilan oziqlanuvchi hayvonlarning siydik pufagida shilliq parda yaxshi rivojlangan bo’lib, o’rta qavat hujayralarining stioplazmasida ham sekrektor tomchilari uchraydi. Gistoximyaviy metodlar va elektron mikroskopda o’rganish natijasida yuqori qavat hujayralari orasida sekretor hujayralar borligi aniqlangan. Buday hujayralar qo’y, maymun, ot va boshqa hayvonlarning siydik pufagida (qovug`ida) ham uchraydi. To’qima yuzasiga ishlab chiqarilgan shilliq modda to’qimani siydikning zaharli ta’siridan himoya qiladi va siydik tuzlari bilan aralashib, ularning cho’kishiga, uzoq turib qolishiga to’sqinlik qiladi.

    O’zgaruvchan epiteliyda regenerasiya jarayoni muttasil sodir bo’lib turadi. Siydikni analiz qilib bunga ishonch hosil qilishi mumkin. Odatda, sog`lom odamning siydigi tarkibida epiteliy hujayralari usraydi. Ular to’qimaning yuqori qavatlaridan tushib turgan hujayralardir (fiziologik regenerasiya). Har xil patologik jarayonlarda mana shu regenerasiya tezlashishi va siydik tarkibidagi epiteliy hujayralari soni ortib ketishi mumkin (reporativ regenerasiya).


    Preparat: Ko’p qavatli o’zgaruvchan epiteliy (9-rasm).

    Bu preparat kovukning devoridan tayyorlangan. Uni mikroskopning kichik

    obyektivi ostida karaganigizda epiteliy, mushak hamda seroz qatlamlaridan iborat ekanligi anik kurinadi. Kovuk devorining ichki yuzasini ko`p qavatli uzgaruvchan epiteliy qoplab turadi. Bu epiteliy to’qimaning kalin va yupkaligi kovukning funksional holatiga bog’lik bo’ladi. Kovukning ichida siydikning mikdori kam bo’lganda uning devori kiskarib, epiteliy qatlami kalinlashadi. Kovuk siydikka to’lgan paytda uning devori chuzilib yupkalashadi. Natijada epiteliy qavati yassilashadi. Shunday kilib, epiteliy to’qimaning shakli kovuk organing funksional holatiga bog’lik xolda uzgarib turishi sababli uzgaruvchan epiteliy nomini olgan.

    Epiteliyning bazal qatlami kubsimon hujayralardan iborat. O’rta qatlamning hujayralari noksimon shakldan iborat. Tashki qatlami gigant va yassi hujayralardan tashkil topgan.




    9-rasm. Ko’p qavatli o’zgaruvchan epiteliy to’qima. (E.S. Kasnelsondan).

    1-o’z holati, 2-kisqargan vaqtdagi holati.

    Sinov uchun savollar

    1.Ko’p qavatli epiteliy to`qimasining tuzilishini aytib bering

    2.Ko’p qavatli epiteliy to`qimasining qanday turlari mavjud?

    3.O’zgaruvchan epiteliy tuzilishini aytib bering.

    4.Epiteliy to`qimasi regenerasiyasi qanday amalga oshadi?

    Biriktiruvchi to’qima

    Biriktiruvchi to’qimalar gruppasiga asl biriktiruvchi, qon tog’ay va suyak to’qimalar kiradi. Bu to’qimalarning kelib chikishi, ularning bajaradigan vazifalari va morfologik belgilari o’shash bo’lganligi uchun umumiy biriktiruvchi to’qimalar gruppasiga kiritilgan. Bundan tashkari embrionning mezenxima to’qimasi va retikulyar ham biriktiruvchi to’qimalar bilan birgalikda o’rganiladi.

    Biriktiruvchi to’qima organizmning hamma organlarida uchraydi va o’ziga yarasha har xil vazifani bajaradi. Ularning bir-biriga o’xshashligi bu to’qimalarning bir xil mexanik elementlardan va hujayralardan tashkil topganligidadir. Bular bir-biriga nisbatan muayyan munosabatda joylashib to’qima uzilishni tashkil etadi.

    Organizmning embrional rivojlanishi davrida unda biror organ yo’qki, biriktiruvchi to’qima uchramasa. Ular o’z faoliyatida trofik, ximoya va mexanik (tayanch) vazifalarni bajaradi. Biriktiruvchi to’qimalarga haqiqiy biriktiruvchi to’qima, tog`ay va suyak to’qimalari kiradi.

    Haqiqiy biriktiruvchi to’qima. Haqiqiy biriktiruvchi to’qima ikki xil, ya’ni tolali biriktriuvchi to’qima va maxsus xususiyatilarga ega bo’lgan biriktiruvchi to’qimalardan iborat. Tolali biriktiruvchi to’qima siyrak va zich biriktriuvchi to’qimalarga, zich biriktiruvchi to’qima esa o’z navbatida shakllanmalmagan va shakllangan biriktiruvchi to’qimalarga bo’linadi va hokazo.

    Tolali biriktiruvchi to’qima. Tolali biriktiruvchi to’qimaga kiruvchi siyrak biriktiruvchi to’qima bilan zich biriktriuvchi to’qimalar mexnik elementlari va to’qima hujayralarning o’ziga xos joylashishi va vazifasiga qarab farq qiladi. Ayniqsa, siyrak biriktiruvchi to’qima tarkibidagi elementlari bilan organizmda trofik, ximoya va mexanik vazifalarni bajarar ekan, ichki gmoyeostaz (ichki biologik turg`unlak) ta’minlanishida ishtirok etadi.
    Mezenxima
    Mezenxima to’qimasi embrionda bo’ladi. Bu to’qima embrion varakasining o’rta qatlami bo’lgan meziderma qatlamidan shakllanadi. Embrional varakalar o’rtasidagi oraliq bir tomondan mezoderma, ikkinchi tomondan darxol mezenxima bilan to’ladi. Mezenxima to’qimasi dukka o’xshash chuzilgan yoki yulduzsimon tarmoqlangan hujayralardan iborat. Ana shu hujayralar o’z tarmoqlari yordamida bir-biri bilin tutashadi va tursimon neggiz hosil qiladi. Hujayralar orasida, eng oddiy hujayralararo suyak modda, dirilyuk massa xosil bo’ladi. Elektron mikroskop ma’lumotlariga qaraganda hujayra sitoplazmasida yaxshi seziladigan ergastoplazma va mitoxondriy organoidlari bo’ladi. Embrionning takomillashishi

    jarayonida mezenximadan kon, asl biriktiruvchi, tog’ay va suyak to’qimalari

    shakllanadi.

    Retikulyar to’qima.

    Retikulyar to’qima ham mezenximaga juda o’xshash bo’ladi, ammo bu to’qima embrionda emas voyaga yetgan odam va xayvon organizmining hujayralari xosil kiladiganlarda, ya’ni talok, kizil kon iligi va limfatik tugunchalarda uchraydi. Retekulyar to’qimaning tarkibiy qismi hujayralar, tolalar va amorf moddadan iborat. Hujayraviy qismga fibroblast, gyemositoblast va retikulin hujayradari kiradi. Tolalarining asosiy qismini retekulin tolalar tashkil kiladi. Amorf moddasi yarimsuyak dirildok moddadan iborat, fibroblast hujayralari shakllanib turadi.

    Retikulin hujayralari fagositoz yo’li bilan mikrob va yod moddalarni yemiradi.
    Siyrak biriktiruvchi to`qima hujayralari

    Siyrak biriktiruvchi to’qima hujayralariga: fibroblastlar, gistositlar, plazmatik hujayralar, semiz hujayralar (labrositlar), pigment, adventisial hujayralar va qon tomirlaridan migrasiya yo’li bilan tashqariga chiqadigan ayrim leykositlar kiradi.

    1. Fibroblastlar siyrak biriktriuvchi to’qima tarkibida hamisha bo’ladi. Tashqi tuzilishi jihatdan aniq konturga ega emas, yirik uzunroq hujayra bo’lib, markazida yumaloq yoki oavalsimon xromatinning kamroq yadrosi bor. yadrosi ichida 2-3 dona yadrochasi bo’ladi. Hujayraning bir nechta protoplazmatik o’simtalari ham bor. Hujayra sitoplazmasi tuzilishga qarab ikkiga bo’linadi. Uning tashqi, ya’ni perferik qismi ektoplazma suyuqroq, gomogen holda bo’lib, bo’yoqlarga juda sust bo’yaladi. Shuning chun peparatlarda yaxshi ko’rinmaydi.faqat maxsus ishlov berilganidagina uni yaxshi ko’rish mumkin. fiyuroyulast yadrosiningatrofida joylashuchi sitoplazmasi, ya’ni endoplazma quyuqroq tuzilishga ega bo’lib, bo’yoqlarda yaxshi bo’yaladi va mikroskopda aniq ko’rinadi. Hujayra organoidlari: mitoxondriy, endoplazmatik to’r, golji kompleksi va hujayra markazi endoplazma qismida joylashadi. Endo-va ektoplazmaning nisbiy miqdori har xil bo’lishi mumkin. bu asosan hujayraning yoshiga, vazifasiga va turiga bog`liq. Shakli esa ularning uchraydigan joyiga qarab o’zgarib turadi. Yosh fibroblastlar doimo mitoz yo’li bilan bo’linib turadi va qarishi bilan bu xususiyatini yo’qotadi. Hujayra qarishi bilan uning ektoplazmasi kamayib boradi, hajmi kichiklashadi, yadrosi hujayra shaklini egallay boshlaydi. Bo’yoqlarda yaxshi bo’yaladigan bo’lib qoladi. Hujayralarning bunday ixtisoslashgan shakli fibrosit deb yuritiladi.

    Fibrositlar, bu fibroblast hujayralar rivojining so’nggi bosqichida hosil bo’ladigan hujayralardir. Keyingi vaqtlarda elektron mikroskop yordamida o’rganish shuni ko’rsatadiki, fibroblast hujayralar sitoplazmasida, ayniqsa, uning protoplazmatik o’simtalarida (psevdopodiyalarida) diametri 60-700 A ga teng mikronaychalar ham topilgan. Fibroblastlarning vazifasi siyrak biriktiruvchi to’qimada juda katta. Ular asosiy modda va tolachalar yaratilishida ishtirok etadi. Har xil kasaddik holatlarida, masalan, yallig`lanishda, operasiyadan so’ng jarohat bitishida yangi to’qima hosil qilib turadi. Agar organizmga yot moddalar (temir parchalari, miltiq o’qi va boshqa lar) kirib qolsa, uning atrofida fibroz to’qima hosil bo’lib, uni o’rab boshqa oranlardan ajratib oladi.

    Gistiositlar (makrofaglar) g`ovak biriktiruvchi to’qima tarkibida uchraydigan hujayralarga kiradi. tashqi ko’rinishidan yumaloq yoki ovalsimon tasvirgaega, lekin shaklini o’zgartirib turadi. Sitolpzama va yadrosi fibroblastlarga nisbatan intensiv bo’ladi. Organanoidlarda endoplazmatik to’r, mitoxondriy va golji kompdeksi borligi aniqlangan, lizosomalar ko’plab uchraydi, hujara xususiyatiga ega.

    Elektron mikroskopla o’rganish shuni ko’rsatdiki, hujayra membranasining tashqi tomonidan mukopolisaxarid va oqsildan tashkil topgan yupqa fibriyar parda o’rab turadi. taxmin qilinishicha, bu hujayralar o’ziga yuqinlashgan yot moddlarni yopigtirib oladi. organizmla yallig`lanish jarayoni sodir bo’lsa, gistiosit hujayralar u yerga qarab aktiv harakat qiladi. bu yerda ular nobud bo’lgan hujayra yoki mikrorganizmlarni qamrab olib, parchalab yuboradi. Shu jihati bilan ular qonning shaklli elementlariga o’xshaydi. Gistiositlarning asosiy vazifasi atrofidagi yot moddlarni o’rab olib, eritib yubarish va organizmga nisbatan patologik ta’sirini yo’qotishdan iborat. gistiositlar fanda yaxshi o’rganilgan. Ma’lum bo’lishicha, ular hapr xil bo’yoqlarda tez bo’yaladi. Eksperimental hayvonlarga bo’yoq yuborib, ularning to’qimasi o’rganilganda, sitoplazmasidja shu bo’yoqlar ko’plab topilgan. Boshqa hujayralarda esa bu bo’yoq deyarli topilmavgan. Gistiositlar retikula to’qimasi, qonning shaklli elemntlari limfosit va monositlardan rivojlanadi, shuning uchun ham ularning tashqi ko’rinisha har xil bo’lishi mumkin.

    3. Plazmatik hujayralar (plazmositlar) organizmda antitelo yaratilishida ishtiok etadi. Organizmda antigen paydo bo’lishi bilan o’zidan unga qarshi gomma-globulin oqsili, ya’ni antitelo ishlab chiqara boshlaydi.

    Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.
    Plazmatik hujayralar suyak ko’migida, taloq, jigar, buyrak va limfa tugunlarida ko’plab uchraydi. har xil kasalliklarda ularning soni ko’payib ketadi, qizamiq, leykoz kasalliklarida esa qon tarkibida ham uchraydi.

    Yuqorida aytib o’tilgan organlar tarkibidagi siyrak biriktiruvchi to’qimada plazmatik hujayralar qon kapilyar tomirlari atrofida to’p-tqp bo’lib turadi. ularning ko’rinishi yumaloq yoki ovalsimon shaklda bo’lib, yirik limfosit yoki monositdek keladi. sitoplazmasi o’rtacha bazofil bo’lib, RNK ga boy, yadrosi atrofi qisman och bo’yalgan, shu qismida esa hujayra markazi, atrofida esa mitoxondriy, endoplazmatik to’r va ribosomlar joylashgan. Yadro xromatini to’q bo’yaladi yumaloq shaklda bo’lib, hujayra markazida joylashadi. Uning sitoplazmasida har xil asidfil hujayra kiritmalari paydo bo’lib, ular zozin bo’yog`ida tez bo’yaladi. Hujayra tanasi yumaloqlanib, sitoplazma bazofiliyasi susayadi, yadro ko’pincha fragmentasiyaga (parchalanishga) uchraydi. Bu jarayon davom etishi natijasida biriktiruvchi to’qimaningmoddasida maxsus oksifil tanachalar (russel tanachalar) hosil bo’ladi. Bularning paydo bo’lishi, odatda, organizmda xronik yallig`lanish jarayoni tamom bo’lganini bildiradi. Plazmatik hujayralar hozirgi zamon nazaryasiga qaraganda suyak ko’migida qron ishlab chiqaradigan birlamchi hujayralardan hosil bo’ladi.

    4. Semiz hujayralar (labrositlar) buqoq bezida, til, murtaklar,

    bachadon, sut bezlari, me’da-ichak yo’llari kabi oganlarning karillyar tomirlari devorida ko’plab uchraydi. Shakli yo’maloq bo’lib, ko’chib yo’rish xusuiyatiga ega. Yadrosida xromatin ko’p. Boshqa hujayralardan asrsiy farqi sitoplazmasida bazofil leykositlarnikiga o’xshash talaygina donachalar bo’ladi. Bundan tashqari, mitoxondriy, Golji komrleksi, endoplazmatik to’r va hujayra markazi bo’ladi. Ularning vazifasi uzoq vaqtlargacha ma’lum bo’lmay keldi. Nhoyat, chuqur tadqiqodlar shuni ko’rsatdiki, semiz hujayra donachalari oqsil bilan birikkan geparin moddasidan tashkil topgan bo’lib, tarkibida gistamin, lipaza, kislotali va ishqoriy fosfataza, sitoxromasidaza va peraksidazalar topilgan. Elektron mikroskopda esa hujayra donachalari noto’g`ri shaklda ekanligi, mustaqil membranasi bo’lmasligi, mitoz va amitoz yo’l bilan ko’payish xususiyatiga ega eaknligi ma’lum bo’ldi. Ular, oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, suyak ko’migida birlamchi hujayra-miyelosit va limfositlardan tarqaladi. Semiz hujayraldarning miqdori organizmda har xil fiziologik holatga qarab o’zgarib turadi. Masalan, xomiladorlik davrida bachadonda va sut bezlarida ko’payib ketadi, ovqat hazm qilish organlarida ular aktiv ishlab turgan vaqtda ham ko’payadi.

    Hayvonlar tanasida ular har xil joylashgan. Masalan, dengiz cho’chqalari va quyonlarning siyrak biriktiruvchi to’qimasida semiz hujayralar kamroq uchraydi. Ayniqsa, it, mushuk, maymun va odamlarning mazkur to’qimalarida ularga nisbatan ko’p uchraydi. Xuddi shuningdek, har xil kasalliklarda ularning miqdori turlicha o’zgarib turadi.

    5. Yog` hujayralari yo’maloq shaklda bo’lib, ustidan parda o’rab turadi. Shudan III bo’yog`i bilan bo’yalgan yog` to’qimada hujayradagi yog` tomchilari marjonga o’xshab to’q sariq rangga bo’yaladi. Hujayra tarkibida yog` tomchilaridan tashqari esteraza, fosfataza va boshqa fermentlar ham uchraydi. Hujayraga yog` yig`ilishi bilan u kengayib, kattalashib boradi, yadrosi hujayraning periferik qismiga surilgan bo’ladi. Agar yog` to’qimani spirt, efir yoki ksiloldan o’tkazsak, uning yog`i erib, faqat hujayra qobig`ining o’zi qoladi. Organizmda yog` tez sarf bo’ladigan bo’lsa, hujayra boshlang`ich davriga qaytib qoladi, ya’ni u fibroblast, gistiosit yoki kam tabaqalangan hujayralarga o’xshab qoladi. Shundan ham ma’lumki, yog` hujayralari ana shu hujayralardan hosil bo’lar ekan.

    6. Retikula hujayrasi. Umurtqali hayvonlar organizmida ko’p tarqalgan to’qimalarga retikula to’qimasi ham kiradi. Ular aksariyat qon hosil qiluvchi organlarda, chunonchi, suyak ko’migi, limfa tugunlari va taloqda hamda jigarda ko’p uchraydi. Mikroskopik tuzilishiga kelganda ular retikula tolachalari bilan retikula hujayralaridan tashkil topgan. Ular orasida amorf moddasi ham bor. Retikula hujayralriga kelsak, ular kam tabaqalangan va mo’l tabaqalangan retikula hujayralariga bo’linadi: kam tabaqlangan hujayralar, odatda, oz bazofilli bo’lib, kiritmalari bo’lmaydi, deyarli hamma organlari bo’ladi, yadrosi ovalsimon bo’lib, oqish bo’yaladi. Bu hujayralar boshqa hujayralarga aylanib ketish xususiyatiga ega. Masalan, fiziologik holatlarga qarab ular gemositoblast, makrofaglar, fibroblast hujayralarga aylanishi mumkin. Retikula to’qimasining ikkinchi tur hujayrasi, odatda, kam tabaqalangan hujayralardan hosil bo’ladi, yadrosida xromatin ko’proq bo’lib, yaxshi bo’yaladi. Ayrim vaqtlarda atrofdagi hujayralardan uzilib, makrofaglarga aylanadi.

    Retikula hujayrasi boshqa biriktiruvchi to’qima hujayralari hamda qonning shaklli elementlari bilanb birga retikula-endoteliy sistemani tashkil etadi. Bu sistema butun organizmda yoki lokal qismida himoya vazifasini bajaradi. organizmga tushgan yot mikroorganizmlarni fagositoz qiladi. Bu hujayralarning yana eng muhim xususiyatilaridan biri ta’sirlanganda yo’maloqlanib, boshqa yon hujayralardan ajrali olishidir. 7.Pigment hujayralari ovalsimon yoki cho’zinchoq shaklda bo’lib, atrofida uzundigi har xil mayda o’simtalar bo’ladi. Odamlarda pigmentlar to’g`ri ichakning tashqi chiqaruv teshigi (anus) atrofida, yorg`oqda, ko’krak so’rg`ichlari atrofida uchraydi. Bundan tashqari, pigment hujayralari ko’zning tomirli va rangdor pardalarida ham ko’p uchraydi. Bu hujayralarga melanoblastlar deyiladi. Pigment hujayrasi membranasida melanin pigmentining mayda lonachalari bor. Bu donachalar ultrabinafsha nurlar ta’sirida ko’payib-kamayib turadi. Aniqlanishicha, u tirozinaza fermenti ta’sirida tirozin aminokislotasidan hosil bo’lar ekan. Uning asosiy vazifasi organizmni quyoshning ultrabinafsha nuri ta’siridan saqlashdir.

    8. Adventisial, ya’ni kombial hujayralar asosan kapillyar qon tomirlar atrofida ko’p rivojlangan bo’ladi. Ular aslida kam tabaqalangan hujayralar bo’lib, duksimon shaklda, o’rtasida bitta yadrosi bor, organoidlari kam rivojlangan. Tabaqalanish natijasida bu hujayralar fibroblast, limfoblast va limfositlarga ayoanishi mumkin. Demak, siyrak biriktiruvchi to’qimadagi sharoitga qarab adventisial hujayralardan boshqa hujayralar hosil bo’lishi mumkin bo’lgan. Shuning uchun ularni kambial hujayralar deyish bo’lgan.

    9. Perisitlar qon tomirlari mikroskopik tuzilishining zamonaviy usullarda chuqur o’rganilishi natijasida topilgan. Ular endotediy hujayralarining bazal membrana bilan tutashgan qismidagi oraliqlarda ko’p o’simtalarga ega hujayra qurilgan bo’lib, unga perisit yoki perikapillyar hujayralar deb nom berilgan. Mavjud gipotezalarga qaraganda, bu hujayra endoteliy hujayralariga nerv tomirlaridan impuls o’tkazishda ishtirok etadi. Tekshirigshlardan ma’lum bo’lishicha, nerv tollalarining uchlari bevosita endoteliy hujayralari bilan tutashgan bo’lmay, balki perisit hujayralaridan tugab, ularning o’simtalari yordamida endoteliy hujayralari bilan tutashadi va kapillyar harakatga keltiradi, natijada tomirlar kengayib turadi (V.A. Shaxlamov, 1970).

    Yuqorida aytilandek, qon tomirlar devorida adventisial hujayralar uchraydi. Ko’pgina olimlarning fikricha, adventisial va peresit hujayralar ikkalasi bitta hujayra deb yuritilgan. Lekin V.V. Kupriyanov fikricha, bular alohida o’ziga mustaqil va har xil vazifalarni bajaruuvchi hujayralardir. Uning fikricha, perisit hujayralari endoteliy hujayralariga uzviy tutashgan holda joylashsa, adventisial hujayralar bunday tuzilishga ega bo’lmay, balki bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurish xususiyatiga ega.

    Ma’lumki, siyrak biriktiruvchi to’qima tarkibida qondan migrasiya yo’li bilan o’tgan har xil leykositlar, ya’ni limfosit va monositlar bo’ladi. Charvida va sut bezlarida zozinofillar soni birmuncha ko’p bo’lib, ammo turli xil kasalliklarda ularning bu miqdori o’zgaradi.



    Asl biriktiruvchi to’qima.

    Asl biriktiruvchi to’qima xayvon va odam organizmida keng tarkalgan,

    ya’ni hamma to’qimalarning orasida joylashib, ularni bir-biriga

    biriktirib turadi.Bundan tashkari hamma kon tomirlarini tashki

    tomonidan urab turadi. Asl biriktiruvchi to’qima siyrak tolali asl

    biriktiruvchi to’qimalarga bulinadi. Zich tolali asl biriktiruvchi uz

    navbatida shakllangan va shakllanmagan zich asl biriktiruvchi to’qimalarga

    bo`linadi.



    Zich tolali asl biriktiruvchi to’qima.

    Zich biriktiruvchi to’qima yuqorida aytib o’tilgandek, tarkibida mexanik elementlr ko’pligi bilan farq qiladi. ularning tolalari zich joylashgan bo’ladi, demak, to’qima mustahkamligini ta’minlaydi. Zich biriktiruvchi to’qima kollagen tolachalarning joylashishiga ko’ra shakllanmagan zich biriktiruvchi to’qima va shakllangan zich biriktiruvchi to’qimaga bo’linadi.

    Shakllanmagan zich biriktiruvchi to’qima. To’qimaning bu turini “shakllanmagan” deyilishiga sabab kollagen tolachalar tutamlarining tartibsiz joylashgan bo’lishidir. Bu to’qimaga terining to’r qavati, bo’g`imlar va ichki organlar ustini qoplab turuvchi kapsula to’qimalari kiradi. Shakllanmagan zich biriktiruvchi to’qima har xil yo’nalishda joylashgan kollagen tolachadardan iborat tutamlardan hamda to’rsimon shaklda joylashuvchi elastik tolachalardan tashkil topgan bo’dib, ular orasida retikula tolachalari ham uchraydi. biriktiruvchi zich to’qimada asosiy modda kam bo’ladi, hujayralardan faqat fibroblast va kichraygan uzunchoq shaklda fibrositlar bo’ladi. Ayritm vaqtlarda shakllanmaganvashakllangan biriktiruvchi to’qimalarnibir-biridan ajratish qiyin. Masalan, terining so’rg`ichli qavatidagi elastik tolachalar uzilmasdan to’r qavatiga o’tib kiradi. Elastik tolachalar, odatda, mazkur to’qimaga qo’shimcha pishiqlik va qiyishqoqlik beradi. Shu tufayli zich biriktiruvchi to’qima cho’zilish va qisqarish, ya’ni mexanik vazifani bajarib bo’lgandan keyin asli holatiga qaytish xususiyatiga ega bo’ladi. Demak, shakllanmagan zich biriktiruvchi to’qima organizmda asosan mexanik vazifani bajaradi.

    Shakllangan zich biriktiruvchi to’qima. Bu to’qimani ajratib turuvchi asosiy farq unda kollagen va elastik tolalardan tashkil topgan tutamlar bir-biriga nisbatan muayyan tartibda joyldashgan bo’lishidir. Tutamlar joylashishi organlar vazifasiga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Shakllangan zich biriktiruvchi to’qima paylar va boylamlarda, fibroz membrana (plastinka) va plastinkasimon biriktiruvchi to’qimalarda uchraydi.



    Paylar. Odamda va sutemizuvchi hayvonlarda tayanch va harakat organliga kiruvchi paylarda kollagen tolachalar tutamlari bir-biriga nisbatan zich, parallel joylashgan. ularning bunday joylashishi muskullarningg qisqarishi va yozilishiga muofiq keladi. Tolachalar va tutamlar orasida to’qima hujayralaridan fibrositlar uchraydi. fibrositlar uzunchoq shaklda bo’lib, plastinkasimon uchlari bilan bir nechta tolachalardan tashkil topgan boylamning atrofida o’rab olib, birlamchi tutam hosil qiladi. Bu fibrositlar pay hujayralari ham deyiladi. bir nechta birlamchi boylamlar yig`indisining atrofidan siyrak biriktiruvchi to’qima o’rab olib, ikkilamchi tutam hosil qiladi. Ikkilamchi tutamni o’rab turgan siyrak biriktiruvchi to’qima endotenoniy ham deyiladi.

    Bir necha ikkilamchi tutam yig`indisi atrofidan bir oz zichroq biriktiruvchi to’qima o’rab olgan bo’lib, ular uchoamchi tutam hosil qiladi. Shunday yo’l bilan to’rtlamchi tutam ham hosil bo’lishi mumkin. paylarning ustki qavatini o’rab turadigan biriktiruvchi to’qima peritenoniy deb yuritiladi. Endotenoniy va peritenoniylar orqali qon tomirlar bilan paylarni innervasiya qiladigan nerv tolalari o’tadi.



    Boylamlar. Shakllangan zich biriktiruvchi to’qimalardanyana biri boylam to’qimalardir. Ular kam boylamlarning bo’yiga parllel joylashgan bo’lib, elastik tolachalar to’ridan hamda membranalardan tashkil topgan. Boylam to’qimalari pay to’qimalaridan ko’p farq qilmasa-da, ammo ularda fibroblastlar qatorining kambial hujayralari joylashgan organlariga qarab farqlanib turmaydi. Shunday bo’lsa ham hayvonlarning yelinidagi yoki ovoz boylamlaridagi to’qimalar elastik tolachalarning o’ziga xos mexanik vazifasi bilan ajraliyu turadi. Masalan, raylarda asosiy va mexanik vazifa kollagen tolachalarga yuklangan bo’lsa, bularda elastik tolachalarga yuklangan. Bundagi elastik tolaalar kollagen tolachalar singari o’ta pishq bo’lmasada, ammo egiluvchanligi, cho’ziluvchanligi va elastikligi bilan ustunliu qiladi. Ularning bir-birining ustiga chiqib ketadigan suyaklarni (bo’g`imlarda) biriktirib turish vazifasi ham shundandir.

    Fibroz membrana (plastinka)ga fassiya, aponevrozlar, diafragmaning payli qismoari, ichki organlar kapsulalari, tog`ay va suyak ustki pardasi, moyak tuxumdonining oqsil pardasi kiradi. Bu to’qimada kollagen tutamlardan tashqari, elastik tolachalardan tashkil topgan tutamlar ham uchraydi. Fibroz membranadagi kollagen tutamlar aytarli cho’zilish xususiyatiga ega emas. Tolalar bir-biriga nisbatan parallel joydashgan bir necha qavat hosil qiladi. Ular qisman to’lqinsimon holda joylashgan. Tutam tolalari ayrim organlarda qiyshiq holda joylashib, bir tutamdan ikkinchi tutamga o’tib turishi mumkin. Shuning uchun ularni bir-biridan ajratish qiyin. Tolalar va tutamlarning oralig`ida fibroblast va ko’proq fibrosit hujayralar joylashadi. Elastik tolachalardan tashkil topgan tutamlar suyak ustki pardasida, tuxumdon va urug`donning oq pardasida bo’g`imlar kapsulasida uchrayi. Ko’p organlardi fibroz membranalar yuqori va pastki qavatdagi tutamlarga bevosita o’tib qo’shilib ketishi mumkin.

    Plastinkasimon biriktiruvchi to’qima fibroz mebrananing bir turi bo’lib, ayrim ichki organlar devorida yoki ularning ustki qoplamida uchraydi. Nerv o’zini qoplab turuvchi to’rsimon parda (perinevrit)da yoki urug`donning eyeri-bugri kanalchalari devoridagi zich biriktiruvchi to’qima tarkibida bo’ladi.

    Plastinkasimon biriktiruvchi to’qima mikroskopda ko’rilganda ko’proo’ uzunasiga, ayrim organlarda ko’ndalang yoki tartibsiz joylashgan kollagen tolalchalardan tashkil topganligi, ular orsida o’simtali fibroblasthujayralar borligi ko’zga tashlanadi. Budan tashqari, plastinkalar o’rtasida manrofaglar ham uchraydi. Ayrim organlarda tolalar oralig`ida oraliq modda va silliq muskul hujayralari ham uchrashi mumkin.

    Elstik biriktiruvchi to’qima odamda va sutemizuvchilarda asosan buyin va ovoz bog`lamlarida uchraydi. Bu to’qimalarning mikroskopik tuzilish kollagen tolachalardan tashkil topganzich biriktiruvchi to’qimaga o’xshagan bo’ladi. Asosiy farqi struktura elementlarining asosini bir-biriga parallelholda joylashgan elastik tollar tashkil etadi.Elastik tolalariningatrofini g`ovak iriktiruvchi to’qima o’rab, ularni bir-biridan adratib turadi. oralarida ayrim kollagen tolalar ham uchrashi mumkin. Bog`lamchalar hosil qilib tuzilish elastik biriktiruvchi to’qimada uchramadi. Elastik tolalar orasida fibrosit hujayralar joylashadi. To’qimaning ko’ndalangkesimida elastik tolalar ba’zan yirik-mayda guruhlar hosil qilib joylashgani ko’rinadi. Ular orasida esa siyrak biriktiruvchito’qima ko’rinadi. To’qimada elastik tolalar ko’p bo’lganligi sababli sariq rangga bo’yalib ko’rindi. To’qimalarning asosiy vazifasi uchraydigan organlarning elastik holatini ta’minlashdan iborat. Asosan doimiy harakatda bo’libturadigan organlar devorida uchraydi. Masalan, yirik arteriya devorida, aorta, o’pka arteriyalarida va hokazo. Bu yerda asosan to’rsimon donachalar hosil qilib tuzilgan bo’ladi, bunday qavat orlanlarning katta yoki kichikliginiva ulardagi boismning kuchiga qarab bir necha membranalarni tashkil etishi mumkin. Membranalar orasida silliq muskul hujayralariva mukoid moddalar uchraydi.

    4-mashgulot

    Mavzu. Asl biriktiruvchi to’qima
    Mashgulotning maqsadi: Asl biriktiruvchi to’qimasining tuzilishini urganish.

    Reja: 1. Mezenximaning tuzilishi.

    2. Retikulyar to’qima ning tuzilishi

    3. Siyrak tolali asl biriktiruvchi to’qimasining tuzilishi.

    4. Zich tolali biriktiruvchi to’qimasining tuzilishi.



    Kerakli jihozlar: mikroskoplar, yoritgich chiroqlar, tayyor gistologik preparatlar jamlanmasi, amaliyot darsi uchun uslubiy qullanmalar, amaliyot darsi uchun daftarlar, oddiy qalamlar va ruchkalar.
    Preparat: Mezenxima (10-rasm).


    10-rasm. Mezenxima

    1-mezenxima hujayralari
    1   2   3   4   5   6   7   8


    Download 352.07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa


    Alisher navoiy nomidagi samaqand davlat universiteti

    Download 352.07 Kb.