www.mail.ru, www.hotmail.ru, www.mail.uz, www.inbox.uz singari
pochta qutilari orqali kiriladigan bepul elektron pochta xizmati hamda
gipermatnli sahifalarga kirishni havola qiluvchi www saytlar termin-
birikmalar qatorini yanada boyitishda xizmat qilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘zlashayotgan qo‘shma
terminlarning ikkinchi komponenti ma’no nuqtai nazardan unga mos
tushuvchi o‘zbekcha so‘z bilan har vaqt ham almashtirilavermaydi:
-xona: ko‘chatxona (lesopitomnik), - zor: ko‘chatzor (lesopitomnik), -
dor:
yerdor,
zamindor
(zemlevladelets),
-chan;
yonuvchan
(legkovosplamenyayushiysya), - xo‘r: qasamxo‘r (klyatvoprestupnik),-soz:
kemasoz (korablestroitel), -qich: yirtqich (krovojadniy), -ish: nurlanish
(lucheispuskaniye) va h.k.
O‘zbek
tili terminologiyasi tizimida ruscha-baynalmilal
prefiksoidlar yoxud xalqaro terminelementlar (Madvaliyev 2017, 34-54)
yordamida hosil qilingan kalkalar faol qo‘llanadi (Begmatov 1985; 181;
Doniyorov 1977; 145-146). Bunday usulda yasalgan terminlar sirasiga
quyidagilarni kiritish o‘rinli:
avia-: aviaaloqa (aviasvyaz), aviaqism (aviachast), aviato‘p
(aviapushka), aviasanoat (aviapromishlennost), aviakorxona (aviazavod) va
h.k.;
avto-:
avtonozir
(avtokontrolyor),
avtoyo‘l (avtodoroga),
avtoyuklagich (avtopogruzchik), avtohavoskor (avtolyubitel), avtotirkama
(avtopritsep), avtosug‘orgich (avtopolivshik), avtomaktab (avtoshkola),
avtopoyga
(avtogonki),
avtopoygachi
(avtogonshik),
avtoulov
(автомашина) va h.k.;
aero-:
aeropurkagich
(aeroopriskivatel),
aerochanglagich
(aeroopilitel), aerotadqiqot (aeroissledovaniye), aerosurat (aerosnimok) va
h.k.;
agro: agrosanoat (agropromishlennost), agrokimyo (agroximiya),
agromadaniyat (agrokultura), agroiqlim (agroklimat), agroo‘rmon
(agroles) va h.k.;
anti-:
antizarra
(antichastitsi),
antimodda
(antiveshestvo),
antidunyo (antimir), antijismlar (antitela) va h.k.;
geo-: geosiyosat (geopolitika), geokimyo (geoximiya), geoiqlim
(геоклимат) va h.k.;
gidro-:
gidroinshoot
(gidrosoorujeniye),
gidroko‘targich
(gidropodyomnik), gidrokuchaytirgich (gidrousilitel) va h.k.;
giper- : gipertekislik (giperploskost), gipertovush (giperzvuk),
106
giperchiziq (giperliniya), giperloyiha (giperproyekt) va h.k.;
izo- : izochiziqlar (izolinii), izomoy (izomaslo) va h.k.;
kvazi-:
kvaziyulduz
(kvazizvezda),
kvaziquloq
(kvaziuxo),
kvaziqavariq (kvazivipuklost), kvazidavlat (квазигосударство) va h.k.;
infra-: infratovushlar (infrazvuki), infraqizil (infrakrasniy),
infratizim (infrastruktura) va h.k.;
makro-:
makroiqlim
(makroklimat),
makrosanoat
(makropromishlennost), makrokoinot (makrokosmos), makrotuzilma
(makrostruktura),
makromaydon
(makropole),
makroiqtisodiyot
(makroekonomika), makromatn (makrotekst va h.k.;
mikro-:
mikroiqlim
(mikroklimat),
mikrofotonusxa
(mikrofotokopiya), mikrotuzilma (mikrostruktura), mikromaydon
(mikropole),
mikrotuman
(mikrorayon),
mikromatn
(mikrotekst),
mikrojarrohlik (микрохирургия) va h.k;
moto-:motoaravacha (mototelejka), motopoyga (motogonki),
motopoygachi (motogonshik) va h.k.;
pnevmo-: pnevmoboshqarish (pnevmoupravleniye), pnevmobolg‘a
(pnevmomolotok), pnevmoyuklagich (pnevmogruzchik), pnevmoqisish
(pnevmodavleniye);
tele-:teledastur
(teleprogramma),
teleminora
(telebashnya),
teleboshqaruv (teleupravleniye), telealoqa (telesvyaz) , telequrilma
(teleustanovka), teleloyiha (teleproyekt), teleusta (telemaster) va h. k.
Ayni chog‘da ba’zi prefiksoid-xalqaro terminelementlar ishtirokida
yuzaga chiqqan terminlar donor tilda qanday shaklda bo‘lsa o‘zbek tiliga
aynan o‘zlashadi: vidiokamera, vidiotelefon, vidioselektr, vidiokonferensiya,
vidioseminar, ideogramma, kakografiya, avtoradio, avtopilot, avtoshturman,
kibertexnologiya,neyrolingvistika,mikrobiologiya,mikrosemantika,
anifashizm, antisionizm, sossyurologiya va h.k.
Aksariyat monosemantik xarakterdagi avto-, anti-, gemato-, inter-
,makro-, mikro-, poli-, ultra-, mono-, bi-, tri- singari propozitiv, ya’ni
prefiksal, -bus, -drom, -log-, -navt, -trop; -fob, -for, -skop kabi postpozitiv,
ya’ni postfiksal yoki gen, gon, gramma singari ham prepozitiv, ham
postpozitiv terminelementlar o‘zbek tilida tarjimasiz, aynan qo‘llanadi:
avtopoyga, antiteza, gemotologiya ,interferensiya, polisemiya, poliartrit,
ultratovush,
monogrmma,
monoteizm,
bilingvizm,
makromatn,
mikrobiologiya, aerobus, svetafor, motodrom, teleskop, ixtiolog, seysmolog,
turkolog, astronavt, kosmonavt, monogramma, grammafon va h.k.
Arxi-, giper-, inter-, infra-, super-, ultra-, ekstra- kabi prepozitiv
terminelementlar sifat belgisining meyordan oshiqligi yoxud o‘zakdan
anglashilgan ism ma’nosining oliy darajasini ifodalaydi: arxisema,
gipertovush, interfeys, intervent, interlingvistika, infraqizil, ultrabinafsha,
ekstraktiv, superkubok va h.k.
Xalqaro terminelementlar aniq ma’noni ifodalashga xoslangani bilan
xarakterlanadi. Chunonchi, -log elementli terminlar biron fan sohasi
mutaxassisini anglatishga xizmat qiladi: fonolog, nevrolog, terminolog,
107
leksikolog, seysmolog, antropolog, formokolog, travmatolog, tekstolog,
dialektolog va h.k . – log elementli ayrim o‘zlashmalar –shunos affiksli
matnshunos, shevashunos, terminshunos singari terminlar bilan sinonimik
uyani shakllantirishda qatnashadi.
Antonim, antroponim, gidronim, kosmonim, astroponiim, meronim,
omonim, oronim, sinonim, toponim, xolonim singari terminlarning –onim
postfiksal
terminelementi
zaminida
shakllangani
va
muayyan
munosabatlarni ifodalashga yo‘naltirilganiga shubha yo‘q.
Xalqaro prepozitiv terminelementlarni maxsus tadqiq etgan
A.Madvaliyev (2017,40) ularni quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkinligini
ta’kidlaydi: 1) donor tillar, ya’ni lotin va yunon tillarida mustaqil ma’noli
so‘zlar sanalgan va terminologik sistemalarda ma’nosi tushunarli bo‘lgan
terminelementlar: avto-, agro-, allo-, antropo-, astro-, biblio-, bio-, gastro-,
geo-, getero-, gibro-, gomo-, zoo-, ixtio-, karbo-, kardio-, kosmo-, kripto-,
lito-, makro-, mezo-, mikro-, nevro-, neo-, nitro-, poli-, radio-, sulfa-, tele-,
tio-, elektro-, eritro- va h.k.; 2) lotin va yunon tillarida sanoq va tartib
sonlarni anglatuvchi terminelementlar: bi-, geksa-, gepta-, detsi-, di-, milli-,
nona-, penta-, proto- va h.k.; 3) lotin va yunon tillariga xos yuklama hamda
pristavka
(old qo‘shimcha yoxud old ko‘makchi) xarakteridagi
terminelementlar: a-, an-, ana-, apo-, de-, dis-, in-, inter-, kontr-, meta-,
para-, per-, pre-, pro-, re-, sin-, sim-, sub-, trans-, ultra-, eks-, en-, epi- va
h.k.
|