animatsiya (multiplikatsiya, «tirik video») ko‘rinishdagi axborotlarni turli his
etuvchi organlari tomonidan qabul qilish darajasining yuksaltirilishini
ta’minlaydi. Bu esa darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni ta’minlaydi.
Shaxsiy kompyuter o‘qituvchining yordamchisi sifatida ishtirok etadi.
O‘qituvchi ma’ruzalarga tayyorlanishida zamonaviy dasturiy ta’minotlar
yordamida turli ko’rgazmalar, slaydlar va videolavhalar tayyorlashi tavsiya
etiladi. Bunday yuqori saviyadagi mashg‘ulotlarni tashkil qilish uchun
auditoriyalarning maxsus jihozlanganligi hamda ushbu mashg‘ulotni olib
boruvchi o‘qituvchilarning shaxsiy kompyuterda ishlash tajribasiga ega
bo‘lishi zarur bo’ladi.
Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining ta’limga keng kirib
kelishi bilan ko‘pgina davlatlarda masofaviy ta’lim, ochiq ta’lim va malaka
oshirishning masofadan turib oshirish kurslari ham keng kirib keldi. Hozirgi
kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi
qoshida ham bir qator masofadan malakasini oshirish kurslari yo‘lga
qo‘yilgan va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Masofaviy ta’limning
o‘quv-uslubiy negizini tashkil qiluvchi elektron o‘quv adabiyotlarini yaratish
bo‘yicha respublikamiz oliy o’quv yurtlarining «Ta’limda axborot
texnologiyalari», «Axborot texnologiyalari va menejment», «Informatika
o’qitish metodikasi» kabi ta’lim yonalishlarida bir qator amaliy ishlar
qilinmoqda. Hozirgi kunda bir necha yuz elektron darslik va qo’llanma,
avtomatlashtirilgan test tizimlari, virtual stendlar, multimedia tizimlari ishlab
chiqilib, o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda.
Ta’lim inson tafakkurini kengaytiradi va o’z navbatida inson hayoti
ravnaqiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Bu borada-kishilik jamiyati madaniyati va
taraqqiyoti insondagi yashirin imkoniyatlar, yangi texnologiyalarni
28
o’zlashtirish va amaliyotga joriy etish, tadbirkorlik, ishbilarmonlik,
tashabbuskorliklarda voyaga yetib kelayotgan yoshlarimizning bugungi
hayotidagi faol ishtirokiga bog’liq. Bunga mamlakatimizda tashkil etilgan
yangi ta’lim tizimi keng imkoniyatlarni yaratib berdi. Ayniqsa “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi” da ta’lim oluvchilar shaxsini ijtimoiylashtirish va
bu borada boshlang’ich ta’limining vazifasi sezilarli darajada kengaytirildi.
Boshlang’ich ta’lim mazmun – mohiyatiga e’tibor beradigan bo’lsak,
uning fundamental asoslari u nihoyatda chuqur va qimmatli tarixiy ildiz larga
ega ekanligiga guvoh bo’lamiz. Bundan 3000 yil ilgari Ona diyorimizdagi
turmush tarzimizni ifodalovchi muqaddas kitob “Avesto” da yoki “Qur’oni
Karim” va “Hadisi Sharif” larda komil inson talqinidagi ko’rsatkichlar ichida
albatta asosiysisi dastlabki madaniyatiga, ma’rifatga qaratilgani hyech kimga
sir emas.
Demak, boshlang’ich ta’lim kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida
ham muhim bo’lgan. Ular buyuk tafakkur egalarini yanada ulug’likka
ko’targan va hattoki jamiyat (davlat) taraqqiyotiga ham ijobiy ta’sir ko’rsata
olgan. Ayniqsa, Ona diyorimizda yashagan ulug’ insonlarimiz-
mutafakkirlarimiz, davlat arboblarimiz va boshliqlarmiz ilm hamda ma’rifat
homiysi bo’lganligi diqqatga sazovardir. Bu borada dalil sifatida quyidagi bir
fikrni keltiramiz. “Sharq O’yg’onish davrining buyuk mutafakkiri Alisher
Navoiy nodir dostonlar ijodkori va g’azal mulkining sultoni bo’libgina
qolmay, ma’naviy kamolot, axloqiy go’zallik, insof, adolat, halollikning
peshvosi, asosi bo’lgan bunyodkor mehnatni, kasb-hunarlarning buyuk qadr-
qimmatini ulug’lovchi, hunarparvar ustoz ham edi. Uning ustozligida,
homiyligida voyaga yetgan Behzod, ustoz Shamsiddin, Mirak Naqqosh,
Sultonali Mashhadiy, Muhammad Mu’in, Yusuf Badeiy, Ustod Noiy,
Darveshali Changiy, Shamsiddin Andijoniy, Pah lavon Mahmud, Abu Sa’id,
Qozi Nizomiddin, Ataulloh Husayniy, Zayniddin Vasifiy, Mirxond, uning
nabirasi Xondamir, Kamoliddin Xusayn, Fasihiddin Muhammad, G’iyosiddin
Muhammad, Nizomiddin Shayxim Suhayliy, Shamsiddin Badixishiy, Abdulla
29
Kotib, Abdulhay Tabib, Nizom Ayrobodiy, Fasixiddin Sohibdoro kabi
binokor, naqqos, muxandis, musavvir, sangtarosh, tabib, hattot, bastakor,
naychi, g’ijjakchi, chehrakusho-rassom va boshqa kasb-hunar egalarining
dovrug’i, shuhrati yetti iqlimga yetgan edi”.
Yuqoridagi hikmatlar va ularning jamiyat taraqqiyotidagi xosiyati
haqida qomuschi va hadischi olimlar ta’limotlari va qarashlarida yanada
rivojlantirildi va takomillashtirildi. Bularni ayniqsa Abu Rayhon Beruniy,
Muhammad Ibn Muso Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Ahmad Mahmud
Qoshg’ariy, Voiz Koshifiy, Al-Farg’oniy, Abu Nasr Al-Farobiy, Alisher
Navoiy, Imom Al-Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Baxouddin Naqshband va shu
kabilar asarlarida ko’plab uchratish mumkin.
Juda ko’p manbalarda VIII-XIII asrlarda ma’naviyat va ma’rifat
yuksaldi, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Shosh, Bikent, Axsikat, Farg’ona,
Quba, Marg’ilon, O’sh, O’zkand, Usrushona, Xavokand, Xojand, Jend,
Urganch, Xiva, Marv, Termiz kabi qator rivoj topgan shaharlar, ulardagi
me’moriy yodgorliklar, bozorlar, obodonchilik haqida muhim ma’lumotlar
keltirilgan.
Bu kabi xislatlar IX-XII asrlar – “Ilk O’yg’onish davri” da yanada
rivojlandi. Ayniqsa dunyoviy ilm bilan diniy ilmning uyg’unlikda olib
borilishi bu kabi yo’nalishlarni yuksak cho’qqilarga ko’tarilishiga asosiy
poydevor bo’ldi. Bu soha ayniqsa XIV-XV asrlarda, ya’ni “So’ngi O’yg’onish
davri” da yanada rivojlandi va davlat arboblari ham mazkur sohalarni davlat
siyosati darajasigacha olib chiqdi.
Bu borada Ulug’ bobomiz Amir Temurning xizmatlarini qayd qilish
maqsadga muvofiqdir. U mamlakatning iqtisodiy qudratini isloh qilishga
harakat qildi va olimu-fuzalolarni, kosibu-hunarmandlarni o’z himoyasiga
oldi. Bu haqda rus olimi A.Yu.Yakubovskiy quyidagilarni yozgan edi: “U
yaxshi hisob-kitoblik xo’jayin edi. U Movarounnahrga nafaqat turli-tuman
boyliklarni, balki hunarmand, musavvir, me’mor va olimlarni ham olib keldi.
To’g’ri Movarounnahrning o’zi ham mutaxassis va olimlarga boy edi. Lekin
30
fan va madaniyat arboblari, hunarmandlar qancha ko’p bo’lsa,
hunarmandchilik, madaniyat, ilm-fan ham shancha tez rivojlanadi”.
Bu boradagi faoliyat va ularning rivoji, poydevori to’g’risida quyidagi
“Tuzuklar” o’zining qimmatli xulosani beradi: “...Agar kasbu hunar va
ma’rifat ahllaridan bo’lsa, bundaylarga saltanat korxonalaridan yumush
berilsin. Bulardan boshqa bilagida kuchi bor faqir miskinlar esa o’z ahvoli va
kasbu koriga qarab ish tutsinlar. ... Sarmoyasi qo’lidan ketib qolgan
savdogarlarga o’z sarmoyasini qaytadan tiklab olish uchun xazinadan yetarli
miqdorda oltin berilsin. Dehqonlar va rayyatdan qaysi birining dehqonchilik
qilishga qurbi yetmay qolgan bo’lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug’ va
asbob tayyorlab berilsin. Agar fuqorodan birining uy-imorati buzilib,
tuzatishga qurbi yetmasa, unga yordam berilsin”.
Xullas bizning avlod-ajdodlarimiz ilm-ma’rifatga va kasb-hunarga katta
e’tibor berib kelgan. Shu sababli ham “Hunarli kishi xor bo’lmas”, - degan
hikmatli so’zlar xalqimiz orasida-iste’molga aylanib ketgan bo’lsa ajab emas.
Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikri nihoyatda
qimmatlidir: “Hozirgi O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning
Vatanimiz nafaqat sharq, balki umumjahon sivilizasiyasi beshiklaridan biri
bo’lganligini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan
buyuk allomalar, fozilu-fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar
yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ishlarning asoslari mana shu zaminda
yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan murakkab
suv inshoatlari, shu kungacha ko’rku fayzini, mahobatini yo’qot magan asori
atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik hunarmandchilik,
madaniyat, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada
bo’lganligidan dalolat beradi. Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng
qadimgi tosh yozuvchilarimiz, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz
xazinasida saqlanayotgan 20
mingdan ortiq qo’lyozma, ularda
mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot,
matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid
31
o’n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir.
Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi”.
Bizning Mustaqil Davlatimizning kelajagi uchun yangicha intellektual
salohiyatiga ega bo’lgan, ya’ni zamonaviy tafakkurga, madaniyatga,
ma’rifatga, mehnatga, kasbiy fazilatlarga ega bo’lgan avlodni tarbiyalashga
mustahkam boy milliy merosimiz, poydevorimiz bor ekan, demak, o’sib
kelayotgan yosh avlodni sog’lom va komil inson qilib tarbiyalash ishini
yaxshilash
to’g’risidagi
olib
borilayotgan
islohatlarning
asosiy
yo’nalishlarini, ushbu tizimni ham mazmunan ham shaklan tubdan zamonaviy
talablar asosida yangilash zarur ekan. Bu bevosita boshlang’ich ta’lim
mutaxassislari yo’nalishidagi o’qituvchilariga ham tegishlidir, chunki
yoshlarga kasb-hunarlarni o’rgatish orqali, ularni halol mehnat qilishga,
mehnatsevarlikka o’rgatiladi. Bu esa barkamol avlod tarbiyasida muhim
ahamiyatga egadir. Sababi buyuk, boy milliy merosga ega bo’lgan xalqimiz
o’z taraqqiyotining hyech bir bosqichini mehnatsiz ilmsiz, kasb-hunarlarsiz
tasavvur qilmaydilar. Bu borada bu yerda uzoq o’tmishdan bittagina dalilni
keltirish bilan kifoyalanamiz.
Ta'limni axborotlashtirishni rivojlantirish quyidagi shartlarga ega:
- Jamiyatni axborotlashtirishning tezkor jarayoni. Shunday qilib, bugungi
kunda ko'plab insonlar shaxsiy kompyuterga ega bo'lib, jahon bo'ylab tarmoqqa,
jumladan, maktab o'quvchilariga, talabalarga ulanadilar.
32
- kompyuter texnik vositalarining texnik imkoniyatlarini oshirish va ularning
narxini pasaytirish, bu ularni yanada qulayroq qilish imkonini beradi. Deyarli har bir
maktab o'z shaxsiy kompyuter sinfiga ega va zamonaviy maktablar va universitetlar
har bir tinglovchiga kompyuterlar, multimedia projektorlari va kengashlarni
o'rnatadilar.
Davlatimiz Rahbarining tashabbusi bilan 2016-yil mamlakatimizda “Sog‘lom
ona va bola” yili deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan qabul qilingan Davlat
dasturida qator dolzarb vazifalar belgilangan bo‘lib, ularni amalga oshirishda ta’lim
jarayonini yanada takomillashtirish hamda AKTning joriy etilishi muhim
ahamiyatga molikdir. Sahifamizda qator umumta’lim maktablari va kasb-hunar
kolleji o‘qituvchilari tomonidan ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi, taqdim
etayotgan imkoniyatlar va ularning ijobiy hamda salbiy ta’sirlari haqida fikr
yuritiladi.
Fotima Samiqova, Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi 265-umumta’lim
maktabi boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi
Fotima Samiqova — umumta’lim maktablarida boshlang‘ich sinflar o‘qi-
tuvchisi sifatida katta tajribaga ega, ilg‘or innovatsion pedagogik va axborot
texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib, amalga oshiradigan faoliyatida
ko‘plab shogirdlar tayyorlagan ustoz. OAV sahifalarida mazkur sohaga oid ko‘plab
maqolalar muallifi.
33
Kun sayin hayotimizning har bir sohasiga axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari (AKT) joriy etilib, kasbiy faoliyatimiz samaradorligini oshirmoqda.
Bugungi kundalik hayotimizni nafaqat televizor, radio, balki mobil telefonlari,
kompyuter, planshet kabi zamonaviy qurilmalarsiz o‘tkaza olmay qoldik, ulardan
foydalanib, turmushimiz mazmunini boyitamiz, ish va ta’lim olishdagi
vazifalarimizni yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar qatorida
ta’lim tizimida ham turli fanlarni o‘qitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish dolzarb
masala hisoblanadi. AKT nafaqat o‘quvchilarda bilim va malakalarini
shakllantirishga, balki ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga oid
qiziqishlarini oshirishga ham xizmat qiladi. Keyingi davrlarda ko‘plab psixologik va
ilg‘or pedagogik sohalarda chop etilayotgan maqolalarda, AKT o‘quvchilarning
bilimi, ijodiy tafakkurini rivojlantirishi haqidagi fikrlar ta’kidlanayotganining
guvohi bo‘lmoqdamiz. AKT imkoniyatlaridan foydalanish ta’lim jarayonida
beriladigan axborotlar doirasini boyitish va o‘quvchilar tomonidan qiziqish bilan
o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi bilan
zamonaviy axborot muhitiga xos bo‘lgan ta’limga yangicha yondashuv shakllana
boshladi.
Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim — inson hayotida egallaydigan bilimlar
olamining poydevori bo‘lib hisoblanadi, kelajakda o‘zlashtirib boradigan fanlarga,
umuman o‘qishga qiziqishi aynan bolaning ilk o‘qituvchisi, boshlang‘ich sinflarda
egallagan savodxonligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli ham boshlang‘ich sinflar
o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Ilgari boshlang‘ich sinflarda
o‘quvchi asosan o‘qish, yozish, dastlabki matematik bilimlarni o‘zlashtirishi kerak
deb qaralgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘quvchini fikrlashga, faollikka, mustaqillikni
rivojlantirishga va bilimlarni mantiqiy jihatdan mukammal egallashga undovchi
ta’lim jarayonining muhim bosqichi sifatida yondashilmoqda. Shu sababli ham
ta’lim jarayonining qiziqarliligi va samarasini yanada oshirish zarurati yuzaga keladi
va bunda mazkur jarayonga AKTni joriy etish katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining faoliyati eng avvalo, jajji o‘quvchi-
bolajonlarni ta’lim muhitiga moslashtirish bo‘lib hisoblanadi. Ularda o‘qish
34
jarayoniga qiziqish hamda zamonaviy o‘quvchilarga zarur bo‘lgan xususiyatlarni
shakllantirish, ta’lim jarayonining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirish birinchi
o‘qituvchining vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi davr boshlang‘ich sinflar
o‘qituvchisi o‘quvchi-bolalarni zamonaviy axborot jamiyati sharoitlarida o‘qitish,
ta’lim va tarbiya berish, ularga dastlabki bilimlarni zamon ruhiga muvofiq ravishda,
yetkazib bera bilishi zarur. O‘qitishning asosiy maqsadi — o‘quvchi bolalarning
bilimlarni o‘zlashtirish hamda ta’lim jarayonida olgan axborotlardan amaliy
foydalanish jarayonlarini ham anglab borishga o‘rgatishdan iborat.
Ma’lumki, bugungi kunda deyarli ko‘pchilik zamonaviy o‘quvchi-bolalar
umumta’lim maktablari ostonasiga qadam qo‘ygunga qadar, oilada axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan tanish bo‘lgan, hatto ulardan
foydalana biladigan holda kelmoqdalar. Ular haqiqatdan ham axborot asrida tug‘ilib,
hali atrof-olamni anglamay turib, zamonaviy aloqa qurilmalari, kompyuter va
boshqa gadjetlarni ko‘rib, ularning funksiyalari bilan tanish bo‘lgan holda
ulg‘aymoqdalar. Bunday vaziyatda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining eng muhim
ahamiyatga molik vazifalari — bu o‘quvchilarga mazkur qurilmalar, ulardan
foydalanish me’yorlari haqida ilk tushunchalarni berishdan iborat. O‘quvchilarda
axborotlar olamidan o‘zlariga taalluqli axborotlarni to‘g‘ri tanlay bilish dastlabki
salohiyatini shakllantirishda birinchi o‘qituvchining o‘rni muhim ahamiyatga molik.
Bunda nafaqat o‘qish, ta’lim va tarbiya jarayonida tushuntirish ishlari, balki
boshlang‘ich ta’lim muassasasining AKTdan foydalanish darajasi, o‘quv dasturidagi
boshqa asosiy fanlarni o‘qitish jarayoniga ham AKTni joriy etib borish katta
ahamiyat kasb etadi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayoni o‘qituvchilari zamon talabiga mos dars o‘tishlari
uchun AKT sohasida salohiyatga ega bo‘lishlari zarur. Bu hozirgi davrda uzluksiz
ta’lim tizimining dolzarb vazifalaridan biridir. Umumiy ma’noda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi salohiyati tushunchasida insonning
AKT savodxonligi, ya’ni kundalik hayotida ham, kasbiy faoliyatida ham undan
to‘g‘ri foydalana olish qobiliyati nazarda tutiladi.
35
Pedagogning AKT sohasidagi bilimlari salohiyati ularning ushbu sohada
malaka oshirishlari orqali amalga oshiriladi. Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari
muntazam ravishda, AKT bo‘yicha malaka oshirishlari, shuningdek, zamonaviy
ta’lim tizimi talablariga muvofiq bo‘lish uchun mustaqil ta’lim orqali ham o‘z
bilimlarini oshirishlari zarur. Bundan tashqari, o‘qituvchilar Internet vositasida turli
ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar materiallaridan foydalanishlari, hamkorlar
bilan tajriba almashish maqsadida hozirgi davrda kengayib borayotgan o‘qituvchilar
forumlaridan foydalanishlari ham foydadan holi bo‘lmaydi.
Shunday qilib, AKTni joriy etish va Internet tarmog‘idan foydalanish
o‘qituvchi kasbiy mutaxassislik sohasida quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
o‘quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi;
o‘qituvchining o‘z kasbiga ijodiy yondashuvi uchun ko‘plab imkoniyatlar
taqdim etadi;
o‘qituvchining mustaqil ta’lim olishi, masofaviy malaka oshirishi uchun keng
imkoniyatlar taqdim etadi.
Shaxnoza Qayumova, Samarqand viloyati, Norpay tumani 57-umumta’lim
maktabining boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi
Shaxnoza Qayumova — sifatida o‘z kasbiy-mutaxassislik faoliyatiga ijodiy
yondashish, har bir o‘quvchining induvidual xususiyatlarini hisobga olib, ta’lim-
tarbiya berish g‘oyasini ilgari suradi. AKT hamda Internet tarmog‘i imkoniyat-
laridan keng foydalanib, dars o‘tishga intiluvchi iqtidorli o‘qituvchilardan.
Hech kimga sir emaski, bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ham
AKT vositalaridan bemalol foydalana oladilar va kompyuterga oid savodxonlik
doirasida bilimga ega bo‘lishlari ham mumkin. 1–2 sinf o‘quvchilari ham hatto
telefon, planshet kabi ko‘plab zamonaviy vositalardan foydalanish, tovushli va video
axborotlarni qabul qilish va uzatish, kompyuter ekranidagi imkoniyatlar bilan
ishlash, fayllar tizimi, interaktiv majmualar bilan tanishishni o‘zlashtirib olgan
bo‘lishlari ham ehtimoldan holi emas.
Shunday ekan, bunday zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarga dars
o‘tuvchi o‘qituvchidan ham AKT vositalaridan keng foydalanish, dars jarayoniga
36
tatbiq etish uchun turli loyiha va taqdimotlar tayyorlash hamda o‘quvchilar uchun
darsni interaktiv va innovatsion texnologiyalar asosida yanada qiziqarli qilib, taqdim
etish talab etiladi. O‘quvchi atrof-olamga oid bilimlar bilan bir qatorda, AKTga oid
bilimlarning asosini ham aynan o‘qituvchidan olgani ma’qul deb hisoblayman. Shu
bois, bugungi kunda o‘qituvchining AKTga oid va innovatsion texnologik
malakalari darajasini muntazam oshirib borish zarurati yuzaga keladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etishdan
maqsad ham aynan o‘quvchilarni zamonaviy axborotlar, texnika vositalari bilan
tanishtirish, bu sohada savodxonlik darajalarini oshirish, eng asosiysi, mazkur
axborotlardan to‘g‘ri foydalanish malakalarini oshirishdan iboratdir. Boshlang‘ich
ta’lim o‘qituvchisi sifatida shuni ta’kidlamoqchi edimki, boshlang‘ich ta’lim
o‘quvchi hayotida har bir o‘zlashtirib boradigan bilim va malakalarining poydevori
bo‘lib hisoblanadi, shu sababli ham o‘qitish sifati boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi
zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi.
Ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi o‘qituvchiga kasbiy-mutaxassislik
faoliyatida rivojlanib, katta bilim va tajribaga ega bo‘lib borishida muhim
ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisini boshqa fanlar o‘qituvchilariga nisbatan
ta’lim sohasining eng universal mutaxassisi deyish mumkin. Uning asosiy vazifalari
qatoriga o‘quvchi-bolalarga o‘qish, yozish, matematik tushunchalar asoslari va
atrof-olam haqidagi dastlabki bilimlarni berish, shuningdek, ularda umumiy
ta’limga oid dunyoqarash va kommunikativ salohiyatlarini shakllantirishdek hayotiy
muhim masalalar ham kiradi. Fanlarga oid yangi bilimlarni egallab borishda ham
kompyuter va raqamli texnologiyalardan foydalanish katta imkoniyatlarni taqdim
etadi. Raqamli ta’limiy resurslar yordamida o‘qituvchi o‘quv materialining
ko‘rgazmaliligini, qiziqarliligi va samarasini oshirishi mumkin, ayniqsa, o‘quv
materialining ko‘rgazmaliligidan foydalanish boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisiga
juda qo‘l keladi.
Bundan tashqari, AKTdan foydalanish turli tadbirlar o‘tkazishda ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Yaqinda ta’lim muassasamizda ham shunday tadbirlardan
37
biri — «Sog‘lom ona va bola yili»ga bag‘ishlab, «Biz sog‘lom farzandlarmiz» nomli
tadbir o‘tkazdik. Bayramona ruhda o‘tkazilgan tadbir mazmuni o‘quvchilarning turli
fanlarga, shuningdek, AKTga oid bilimlari tanlovi bilan boyitilgandi. Unda
o‘quvchilar zamonaviy AKT vositalarining yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga ta’sir
etuvchi foydali va zararli jihatlarini aks ettiruvchi chiqishlarni namoyish etdilar.
Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan mazkur tadbirni
tayyorlashda AKT vositalaridan foydalanish uning yanada qiziqarli o‘tishini
ta’minladi.
Xulosa qilib aytganda, AKT imkoniyatlarining joriy etilishi evaziga zamonaviy
ta’lim jarayonining samaradorligi va qiziqarliligi yanada oshadi. O‘quvchilarning
dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyatini ta’kidlagan holda ulardan
foydalanish me’yorlarini unutmasligimiz zarur.
Buviniso Abdukarimova, Toshkent pedagogika kolleji o‘qituvchisi
Buviniso Abdukarimova — ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi.
Biologiya fani o‘qituvchisi sifatida katta salohiyatga ega.Fanni o‘qitishda
zamonaviy interaktiv va innovatsion texnologiyalardan foydalanib, alohida
yondashuvi sababli ko‘plab shogirdlar yetishtirgan mahoratli ustoz.
Zamonaviy o‘qituvchi va uning dars o‘tish usuli bundan hatto 10–15 yil avval
faoliyat yuritgan o‘qituvchilar va ularning dars o‘tish usullaridan katta farq qilishi
shart. Bugungi kun o‘qituvchisi kompyuter va AKT hamda Internet tarmog‘i
imkoniyatlaridan keng foydalana bilishi zarur. Ta’limiy dasturlar, raqamli ta’limiy
resurslar hamda axborot manbalaridan foydalanish, zarur axborotlarni topish va
ta’lim masalalarini hal etishga muvofiqlarini tanlab ola bilish, axborot muhiti
vositalaridan, shuningdek, skaner, raqamli fotosuratga olish qurilmasi va
videokamera, raqamli mikroskop, proyeksion uskunalardan foydalanishni bilishlari
shart deb hisoblayman.
Pedagogik faoliyatga o‘qituvchi kadrlarni tayyorlashda ta’lim jarayonini
axborotlashtirish va axborot texnologiyalari tizimi haqida chuqur bilim berilishi
zarur. Hozirgi davrda o‘qitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
(AKT) taqdim etayotgan zamonaviy imkoniyatlardan foydalanish ta’lim jarayoni
38
samarasini oshirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. AKT ta’lim jarayonida
o‘quvchilarga nafaqat bilim va mazkur sohada malakalarini shakllantirish, balki
ularning dunyoqarashlarini kengaytirish, shaxsiy sifatlariga ta’sir etib, intellektual
rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini oshirishga ham xizmat qiladi.
Bu haqda ko‘plab olimlar tadqiqotlarida ta’kidlanganligi, OAV materiallari
ham guvohlik beradi. AKT o‘quvchilarning ijodiy tafakkurlari rivojlanishiga ham
kuchli ta’sir etadi. O‘quvchilarga bilim berish jarayonida axborotlarning obrazli
ifodalanishi o‘quv materialini yanada boyitib, oson o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Umuman olganda, ta’lim-tarbiya jarayoniga AKT joriy etilishi quyidagi
afzalliklarga ega ekanligi haqida ko‘p ta’kidlanadi:
AKT vositalari o‘quvchilarni ta’lim jarayonida fanlarni o‘zlashtirishga alohida
jalb etish va qiziqishlarini oshirishda muhim omillardandir;
o‘quvchilarni intellektual faoliyatga undaydi;
o‘quvchilarni fanlar bo‘yicha turli olimpiada, viktorina, tanlovlarga
tayyorgarlik ko‘rishlarida ijobiy imkoniyatlarni taqdim etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bo‘lajak o‘qituvchilar faoliyatida quyidagi
tavsiyalar foydadan holi bo‘lmaydi deb o‘ylaymiz: zamonaviy o‘qituvchi
o‘quvchilar bilan axborotlashgan ta’lim jarayonida o‘zaro hamkorlikda muloqot
qilishi uchun ham axborot texnologiyalariga oid bilim va malakalarga ega bo‘lishi,
ta’lim jarayonidagi turli vaziyatlarda o‘z bilim va malakasi bilan o‘quvchilarning
talablariga javob berishi zarur; AKTdan foydalanib, yangi metodik masalalarni hal
etishi, fanga oid bilimlarini chuqurlashtirishi, o‘z kasbiy mahorati darajasini
oshirishi zarur;
AKTga oid savodxonlik o‘qituvchining o‘quvchilar, hamkasblar, ota-onalar
oldida obro‘yini oshirish omillaridan biri ekanligini to‘g‘ri anglash zarur; kompyuter
o‘qituvchiga o‘quvchilar o‘zlashtirishini kuzatish uchun monitoring bazasini tashkil
etish, o‘quvchilar erishayotgan natijalarini samarali kuzatish vositasi sifatida
foydalanishni bilish; o‘qituvchilik kasbiy-mutaxassislik faoliyatiga ijodiy
yondashishga rag‘batlantiruvchi vosita sifatida foydalana bilish zarur.
39
Ota-onalar ham AKT vositalaridan foydalanayotgan farzandlari tarbiyasida
quyidagilarga e’tiborli bo‘lislari zarur degan fikrdamiz: farzandingiz zamon bilan
hamnafas ulg‘ayib borishida kompyuter va boshqa zamonaviy qurilmalardan
foydalanishlariga to‘sqinlik qilmang, biroq ulardan to‘g‘ri foydalanishlarini doimiy
nazorat qilib boring. Farzandlaringiz o‘zligini anglab borishida hamda shaxs sifatida
rivojlanishlarida mazkur qurilmalarning ijobiy ta’sirini ham ta’kidlash zarur;
kompyuter farzandlaringizning mustaqil ta’lim olishida qulay imkoniyat yaratuvchi
yanada qiziqarli omil bo‘lishiga e’tibor bering; kompyuter, planshet kabi
qurilmalardan to‘g‘ri foydalanish ma’lum ma’noda farzandlaringiz bilan
munosabatingizga ijobiy ta’sir etadi.
Eng asosiysi, voyaga yetmagan har qanday yoshdagi farzandlaringizning
nafaqat AKT va Internet imkoniyatlaridan foydalanishlari, balki boshqa sohalardagi
kundalik hayot-faoliyatlarini nazorat qilish hamda doimo xabardor bo‘lish
zarurligini unutmang.
|