Axborot texnologiyalarining ta’limdagi o’rni




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana15.01.2024
Hajmi0,86 Mb.
#137756
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
TurdaliyevAvazbek
AQTvaUTXK 54 dars, Курочка Ряба, balans modeli va uni transport masalasi yordamida yechish, diplomatik-yozishmalarning-xususiyatlari-shartnoma-matnlarini-shakllantirish-tamoyillari, Biznes jarayonlarining axborot xavfsizligi., Kompyuter dizayni kundaligi diplom oldii.docxvord, Akkumulyatorlar batareyasini tuzilishi, ko\'rsatkichlari, nosozliklari va zaryad qilish usullari, portal.guldu.uz-Analitik kimyoning fizik kimyoviy usullari, Slayd-11, Beksulton, 16-Mavzu, Apparat O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaorligi (1), 9-Mavzu Simmetrik shifrlash tizimlari. Bajardi 009-, 16
Axborot texnologiyalarining ta’limdagi o’rni. 
Hozirgi davrda ta’limni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, 
mana shu sababli barchamiz «yangi pedagogik texnologiyalar» atamasini ishlata 
boshladik. Bir misol, shaxsiy kompyuter ta’limning imkoniyatlarini butunlay 
o‘zgartirib yubordi. Internet leptoplar ta’lim tizimiga yangi pedagogik 
texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha yanada kattaroq imkoniyatlar yaratib berdi. 
O‘zbekistonning mustaqilligi sharoitlarida ta’lim tizimini isloh qilish birinchi 
navbatda ta’lim va tarbiya tizimiga ilg‘or axborot texnologiyalarning tatbiq etish 
bilan bog‘liq. 
Ma’lumki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mikroelektronika
hisoblash texnikasi (apparatli vositalar va dasturiy ta’minotlar), elektroaloqa va 
antoelektronika-mikroprosessorlar, yarimo‘tkazgichlar va optik-tolali kabellar 
sohalaridagi kashfiyotlar bilan bog‘liq. 
Bu kashfiyotlar ulkan axborotlarni ishlab chiqish va saqlashga hamda ularni 
kommunikasiya tarmoqlari orqali tez tarqatish imkonini beradi. Kompyuterlarni bir-
biriga ulash va ularni bir-biri bilan aloqa qilishga sozlash yangi kuchli texnologik 


40 
tizimni umumiy protokoldan foydalanuvchi tarmoq axborot sistemalarini yaratishga 
imkon beradi. Ular odamlarni, ularning uylarini va idoralarni birlashtiradi hamda 
juda qisqa vaqt ichida ulkan topshiriqlar sonini ishlab chiqadi va bajaradi. Bu 
axborotlardan foydalanish xususiyatini va kommunikasiya tuzilishini tubdan 
o‘zgartiradi. Shu bilan birga kompyuter tarmoqlari Yer sharining barcha nuqtalari 
bilan aloqa qilish imkonini beradi. Ta’lim tizimi uchun bu o‘qituvchilar va 
o‘quvchilar o‘rtasida kommunikasiya uchun yangi imkoniyatlar yaratib beradi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning yangiligi va o‘ziga xosligi 
insoniyat rivojlanishi nuqtai nazaridan ular deyarli insoniyat faoliyati barcha 
sohalariga kirib borishi, ulardan cheklanmagan joylar va maqsadlarda foydalanish 
mumkinligidan iborat. Shu kabi axborot-kommunikasiya texnologiyalari uch 
yo‘nalishda ilgari bo‘lmagan juda katta samara bilan insoniyat rivojlanishi 
jarayonidagi to‘siqlarni yengib o‘tish imkon beradi: 
1) Bilimlarni egallash yo‘lidagi to‘siqlarni yengish. Axborotlardan foydalanish 
natijasida ta’lim olish yo‘lidagi inson imkoniyatlarini shakllantirish uchun katta 
ahamiyatga ega. Agar ta’lim kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishga olib kelsa
axborotlar bilimlar to‘plash jarayonining mazmunli jihatini ta’minlash uchun kerak 
b’ladi. Internet va «Butun jahon tarmog‘i» barcha ijtimoiy qatlamdagi insonlar 
uchun birdek axborot izlash kanali bo‘lib xizmat qiladi. 
2) Ijtimoiy hayotda ishtirok etish yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotadi. Internet 
tarmog‘i orqali butun dunyo bilan aloqa qilish imkoniyati oxirgi yillarda ko‘plab 
global fuqarolik tashabbuslarini tarqatishga imkon berdi. Misol uchun, ta’lim 
tizimida qayta aloqani ta’minlash harakati. 
3) Iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotadi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va ular bilan bog‘liq sohalar hamda ta’lim 


41 
tizimi eng jadal rivojlanayotgan sektorlar hisoblanadi. Yangi axborot texnologiyalari 
axborotlar va aloqadan foydalanish imkoniyatini keskin kengaytiradi. Elektron 
pochta, elektron kutubxonalar — saytlar ta’lim tizimi uchun cheksiz imkoniyatlar 
beradi, har qanday chegaralarni yo‘qotadi, dunyoning har qanday nuqtasidan o‘quv 
va ilmiy axborotlarni olish imkonini yaratadi. 
Axborot-tarbiyaviy faoliyat. Ta’lim muammosini globalizasiyalashtirish — 
seminarlar o‘tkazishdan tortib terrorizm va diniy ekstremizim mohiyatini ochib 
berishgacha — elektron tarmoqlar axborot-tarbiyaviy imkoniyatlarini ahamiyatini 
oshiradi. Yangi axborot texnologiyalari fan va ta’limni to‘plangan bilimlarni 
yetkazish, ularni to‘ldirish va qayta baholash kabi yanada yaqin va samarali kanallari 
bilan bog‘lashga imkon beradi. Bugungi kunda fan — bu ta’lim tizimini 
rivojlantirish asosiy, ustun turuvchi vositasidir. Bu har doim ham bo‘lmagan, ilg‘or 
axborot texnologiyasi ta’lim tizimida fanning ahamiyatini o‘zgartirdi. Jamiyat faqat 
fanning o‘zi rivojlanishi bilan emas, balki ta’lim va o‘qitish tizimi bilan ham bog‘liq 
yangi ilmiy tuzilishni yaratadi. Ta’limning kelajagi. Hozirgi kunda Internetda 
taxminan 2,5 mlrd noyob barcha foydalanadigan veb-sahifalar mavjud bo‘lib har 
kuni ular qatoriga yana 7,3 mln yangilari qo‘shilmoqda. 
Bugungi kunda Internetga simsiz ulanishni ta’minlovchi, shu jumladan, mobil 
telefonlar soni Internetga ulanadigan shaxsiy kompyuterlar sonidan ortib ketdi. 
Hozirgi kunda elektron savdo jahondagi hajmi 233 mlrd. dollarni tashkil etadi. 
foydalanuvchilar soni ko‘payib borishi bilan axborot texnologiyalari faqat inson 
tasavvuri imkoniyatlari bilangina chegaralanadi. Barkamol, har tomoonlama 
rivojlangan shaxsni tarbiyalash muammosi ta’lim tizimidan yosh avloddan faqat 


42 
milliy madaniyat yutuqlarini emas, balki umuminsoniy dunyo madaniyati 
yutuqlarini ham egallab olishga intilishni shakllantirishni talab etadi. Barkamol 
shaxsni tarbiyalash g‘oyasi milliy mustaqillikning ustuvor g‘oyalaridan biri 
hisoblanadi. 
Ta’lim sifatini, ma’naviy-g‘oyaviy tarbiyasi darajasini oshirish vazifasi 
hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish so‘zsiz yangi 
axborot texnologiyalariga asoslanishi zarur. Ta’lim tizimini rag‘batlantirmay turib, 
fuqarolik jamiyatini qurib bo‘lmaydi. Ta’lim tizimi yopiq nuqtai nazarlar, qarashlar 
statik tizimi emas, bir uzluksiz jarayondan iborat bo‘lishi kerak. Mustaqil 
Respublikamizning rivojlanishini kafolatlash uchun ta’lim tizimi dinamik, 
mukammal bo‘lishi kerak. 
Gumanitar ta’lim tizimi — bu shaxsiy fikrlashini qayta anglab yetish, yangi 
o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, doimiy fikr almashish doimiy jarayonidir. Hozirgi 
paytda kompyuter tarmoqlari davrida yangi texnologiyalarni yaratish va tarqatish 
xususiyatlari o‘zgarmoqda hamda bu quyidagi yo‘nalishlarda sodir bo‘lmoqda: 
birinchidan, yuksak raqobatchilik hukm surishi bilan ajralib turadigan zamonaviy 
global bozorda ko‘nikmalar har qachongidan ham katta ahamiyatga ega. 
Texnologiyalarni uzatish va tarqatish juda murakkab jarayon. Ikkinchidan, 
texnologiyalar qimmatliligini tan olinishini aks ettiruvchi yangi global normalarni 
ishlab chiqish ham katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 
Deyarli barcha mamlakatlar tomonidan maqullangan yangi qoidalari 
intellektual xususiylikni himoya qilish rejimlarini barcha yerda kuchaytirmoqda. 
Uchinchidan, butun dunyoda ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik 
loyihalashtirish sektorida xususiy sektor yetakchi rol o‘ynaydi. Bu sektorda yangi 
texnologiyalarni ishlab chiqish uchun zarur moliyaviy mablag‘lar, bilimlar va 


43 
kadrlar katta qismi jamlangan. To‘rtinchidan, eng yuksak malakali texnik 
mutaxassislarni ish bilan ta’minlovchi global mehnat bozori shakllanadi. 
Beshinchidan, yangi kompaniyalar, ilmiy-tadqiqotchilik laboratoriyalari va 
moliyalashtiruvchilar hamda korporasiyalar yangi texnologiyalar ishlab chiqarish 
global 
markazlariga 
birlashmoqdalar. 
Buning 
natijasida 
olimlar, 
moliyalashtiruvchilar va tadbirkorlarning o‘zaro zarur aloqalarini ta’minlovchi 
yangi dinamik muhit yuzaga kelmoqda. 
Bunday markazlarda turli mamlakatlardan eng yaxshi olimlar va tashabbuskor-
tadbirkorlar faoliyat yuritmoqdalar, bu investorlarni jalb etish uchun katta 
imkoniyatlar yaratmoqda. Investorlar ham bu ishlarga qiziqish bilan qaramoqdalar. 

Download 0,86 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalarining ta’limdagi o’rni

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish