Axborotlashtirishning asosiy vositalaridan biri bo'lgan elektron darslik




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana15.01.2024
Hajmi0,86 Mb.
#137756
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
TurdaliyevAvazbek
AQTvaUTXK 54 dars, Курочка Ряба, balans modeli va uni transport masalasi yordamida yechish, diplomatik-yozishmalarning-xususiyatlari-shartnoma-matnlarini-shakllantirish-tamoyillari, Biznes jarayonlarining axborot xavfsizligi., Kompyuter dizayni kundaligi diplom oldii.docxvord, Akkumulyatorlar batareyasini tuzilishi, ko\'rsatkichlari, nosozliklari va zaryad qilish usullari, portal.guldu.uz-Analitik kimyoning fizik kimyoviy usullari, Slayd-11, Beksulton, 16-Mavzu, Apparat O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaorligi (1), 9-Mavzu Simmetrik shifrlash tizimlari. Bajardi 009-, 16
Axborotlashtirishning asosiy vositalaridan biri bo'lgan elektron darslik 
Ta'limni axborotlashtirish texnologiyasini tahlil qilar ekanmiz, biz elektron 
darsliklar va o'quv qo'llanmalar haqida ham eslatib o'tdik. Ularning yordami bilan 
talabalar materialni yaxshiroq o'rganish imkoniyatiga ega deb hisoblashadi. Nima 
sabablar? Faqat matnni emas, balki multimediya materiallarini ham qo'llagan holda. 
Klassik elektron darslik quyidagilarni o'z ichiga oladi: 
1. 
Matn ma'lumoti. Ular o'qish uchun qoidalar, faktlar, matnlar 
bo'lishi mumkin. 
2. 
Grafik. Bunga rasmlar va fotosuratlar, shuningdek jadvallar, 
jadvallar, grafikalar kiradi. 


21 
3. 
Audio va video materiallar. Bunga ishlarning audio yozuvlari, 
audionlar va retellinglar uchun matnlar, va hokazo., Ilmiy yoki hujjatli filmlar 
kiradi, bu orqali ular ushbu mavzuni yaxshiroq tushunishlari mumkin. 
4. 
Tekshirish vazifalarini bloklash. Bunga ochiq forma sinovlari va 
vazifalari 
kiradi. 
Muhim 
elektronning 
muhimligi 
O'quv qo'llanma javoblarni kiritish uchun maydonlarni o'z ichiga olgan, ularni 
tekshirish va tahlil qilish, qilingan xatolarga ishora qilish. 
5. 
Malumot uchun ma'lumot blok. Qo'shimcha materiallarga, 
onlayn-kutubxonalarga va boshqa axborot resurslariga aloqador bo'lishi 
kerak. 
Biroq, bu yoki boshqa mavzuda ta'lim berish uchun yagona elektron darslik 
yo'q. Ta'limni axborotlashtirish markazi bundan keyin maktablarda undan 
foydalanish uchun sub'ektlar uchun yagona o'quv qo'llanmalarini yaratish ustida 
ishlashga majburdir. 
Barchaga ma‘lumki, insoniyat XXI asrga qadam tashlaganiga ham 16 yil 
bo‘layapti. Bu asr- axborot texnologiyalar asri deb atalmoqda. O‘zbekistonimizda 
barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta‘lim tizimini tubdan isloh qilishga e‘tibor 
qaratilmoqda. Shu sababdan barcha sohalarni zamonaviy texnika vositalari va 
kompyuter aloqalari bilan boyitish davr talabiga aylandi. Hozirgi zamon 
yoshlarining puxta bilim olishlari, zamon talabiga javob bera oladigan 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash biz ustozlarning bosh maqsadimizdir. Axborot 
soni oshib borayotgan bir pallada, talabalarga keraklisini yetkazib berish, davr 
pedagogidan zukkolikni, o‘z ustida ishlashni, sodir bo‘layotgan voqeliklardan 
xabardor bo‘lishni, zamon bilan hamnafas bo‘lishni talab qilmoqda. Bugungi kunda 
o‘rganilayotgan fanni qamrab olish uchun turli texnik vositalardan foydalanish 
samarali yo‘ldir. Ayniqsa, kompyuter va axborot texnologiyalari, internetga kirib 
borishni rivojlantirish, ulardan unumli foydalanish samarador yo‘nalishlardan 
biridir. Axborot texnologiyalari- axborotni yig‘ish, saqlash, uzatish, o‘zgartirish, 
qayta ishlash usul va vositalari yig‘indisidan iborat. O‘qitishning yangi axborot 


22 
texnologiyasi deganda - faqat o‘quv tarbiya jarayonga qo‘llanishi mumkin bo‘lgan 
eng yangi axborot texnologiyalarni tushuniladi. Yangi axborot texnologiyalari - turli 
toifali foydalanuvchilar tomonidan EHM asosida axborot olish va qayta ishlash 
bo‘yicha xizmatlar bilan ta‘minlashdan iborat. Axborot texnologiyalari - ijtimoiy 
hayotning barcha sohalari uchun axborot yaratish, to‘plash, uzatish, saqlash va qayta 
ishlash hisoblash texnikasi va aloqa tizimlaridan foydalanishdir. O‘qitishdagi 
axborot va telekommunikatsion texnologiyalar- bu talabalarga kompyuterlar va 
telekommunikatsiya vositalari yordamida axborot uzatish usul va metodlarining 
majmui, bilimlarni o‘zlashtirishni tekshirish, real hayotda olingan bilimlarni qayta 
ishlash va ulardan foydalanish. Dasturli ta‘minot boshqaruvchi muhit bo‘lib, 
talabaning harakatlarida sodir bo‘ladigan vaziyatga qarab, mos javob beradi. Dastur 
ta‘minoti maxsus ishlab chiqilgan yoki o‘qitishda qo‘llanishga moslangan bo‘ladi. 
O‘qitishda qo‘llaniladigan dastur ta‘minoti vazifasiga qarab quyidagicha 
tavsiflanadi: - o‘quv materialining interfaolligi, multimediyaliligi, katta hajm va 
gipermatnliligini ta‘minlaydigan elektron intellektual darsliklar asosida avtomatik 
o‘qitish tizimlari; - mikromirlar deb ataluvchi fanga yo‘naltirilgan muhitlar; - 
laboratoriya mashg‘ulotlari; - kompyuterli o‘yinlar. Avtomatlashtirilgan o‘qitish 
tizimi o‘quv kursini yoki uning katta bo‘limini mustaqil o‘zlashtirishga imkon 
yaratadi. Bu tizim o‘zida oddiy darslik, masalalar to‘plami, laboratoriya 
mashg‘ulotlari, ma‘lumotnoma va o‘zlashtirilgan axborotni tekshiruvchi ekspert 
xususiyatlarini mujassamlantirgan: - materialni o‘rganishning maqbul yo‘lini 
ta‘minlaydi, ya‘ni talabaga nazariyani o‘zlashtirish va misollar hamda namunaviy 
masalalarni yechish ko‘nikmalarini ishlab chiqish navbattartibini mustaqil tashkil 
etishiga, shuningdek olgan bilim va ko‘nikmalari sifatini o‘zi tekshirishiga imkon 
beradi; Xulosa qilib aytganda, mavzuni tushuntirishda zamonaviy axborot 
texnologiyalardan foydalanilganda talabalarda qo‘shimcha imkoniyatlar paydo 
bo‘ladi: - talabalar istagan vaqtlarida kompyuter xotirasida saqlangan mavzuni 
elektron variantlarini olib, foydalanish imkoni yaratiladi; - mavzuga oid biror 
ma‘lumot tushunarsizroq bo‘lganda o‘sha ma‘lumot berilgan taqdimot sahifasi 
takroriy ko‘rish imkoni mavjud bo‘ladi, bu amallar vaqtni tejaydi, nazorat uchun 


23 
ham o‘qituvchi bemalol ulguradi. Bugungi davr faol harakatlar, izlanishlar, tezkor 
axborotlar, ilg‘or texnologiyalar zamonidir. Ayniqsa, kimyo fanlari o‘qituvchisidan 
alohida mas‘uliyat, kuchli bilim, tinimsiz izlanishni talab qiladi. Bu sohada 
muvaffaqiyat qozonish, tilga tushish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Ammo tinimsiz mehnat 
o‘z samarasini bermasdan qo‘ymaydi. Tafakkur — bu inson ijodiy faolligining 
yuksak shakli. Shuning uchun o‘quvchilarda ijodiy faollik zaminida yotuvchi 
mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish umumta‘lim maktablari va akademik 
litseylari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Zero, mustaqil ijodiy 
fikr yurituvchi yoshlargina mamlakatimiz kelajagining porloq bo‘lishiga o‘zlarining 
munosib hissalarini qo‘sha oladilar. Ma‘lumki, o‘quvchi faoliyati butun ta‘lim-
tarbiya jarayonining asosi hisoblanib, o‘qituvchi turli -tuman usullardan 
foydalangan holda o‘quvchi faoliyatini aniq maqsadlar tomon yo‘naltirib turadi. 
Umumta‘l im maktablari va akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining asosiy 
maqsadi yoshlarni fan asoslari bilan qurollantirish, ularni bilim olishga, mustaqil va 
erkin fikrlashga o‘rgatishdan iboratdir. Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida ayniqsa 
axborot texnologiyalaridan foydalanish jarayonida o‘qituvchi va talaba faoliyatiga 
yangilik, o‘zgartirishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol 
metodlardan to‘liq foydalaniladi. Kimyo fanidagi elektrolitik dissotsiyalanish 
nazariyasi mavzusi o‘quvchilarning o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan mavzulardan biridir. 
Mavzuni o‘qitish samaradorligini oshirish uchun o‘quvchilarga tushuntirishda 
axborot texnologiyalarining multimediyali hamda videousullaridan foydalanish ham 
yaxshi natijalar beradi. S.Arreniusning elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi 
kimyoning ko‘pgina mavzularining nazariy asosi hisoblanadi. Bu nazariya 
elektrolitik eritmalarda sodir bo‘ladigan jarayonlarni o‘rganishda qo‘l keladi. 
Shuningdek, bu nazariya asosida elektroliz, gidroliz, amfoterlik, elektr 
o‘tkazuvchanlik, elektrod potensiallari, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini 
izohlash mumkin. Umumta'lim maktablari 8-sinf «Kimyo» kursida bo‘limni 
o‘qitishga 6 soat ajratilgan. Kimyo fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladigan akademik 
litseylarda esa 15 soat ajratilgan bo‘lib, unda elektrolitlarning suvda ionlarga 
parchalanishini vujudga keltiruvchi jarayonlar mexanizmi chuqur o‘rgatiladi. 


24 
Ionlarning gidratlanishi, dissotsiyalanish jarayoni energetikasi, dissotsiyalanishning 
erituvchi dielektrik doimiyligiga bog‘lanishi, Osvaldning suyultirish qonuni 
tenglamasi asosida dissotsiyalanish konstantasini topish, vodorod ko‘rsatkichi, 
gidroliz darajasi va konstantasini aniqlash kabi tushuncha va bilimlar yordamida 
o‘quvchilarni bilimlari rivojlantiriladi. Elektrolitik dissotsiyalanishning nazariy 
asoslarini keyingi ta‘lim bosqichi - akademik litseylarda chuqurlashtirib o‘rganishda 
mavzularni joylashtirish ketma-ketligini aniqlanish dissotsiyalanish jarayoni 
sababini yetarli darajada tushuntirishda muhim didaktik ahamiyatga ega. Lekin 
ayrim darslik mualliflari, o‘qituvchilar nazariyani tarixan yaratilishini hisobga olib, 
tayanch bilimlar sifatida M. Faradeyning elektroliz to‘g‘risidagi ta‘limotidan 
boshlaydilar. Xulosa qilib aytganda, ta’lim tizimiga axborot texnologiyalarini tadbiq 
etish sohasida yaratilayotgan dasturiy vositalarni tahlil qilganda shu narsaning 
guvohi bo‘lamizki, ma’lumotlarni kompyuter texnologiyalari o‘rqali taqdim etish 
bir qator tadqiqotlarda nazarda tutilgan. Hozirgi kun ta‘lim jarayonida zamonaviy 
axborot texnologiyalaridan o‘z o‘rnida foydalanish ta‘lim samaradorligining ijobiy 
tomonga o“ zgarishiga sabab bo‘ladi. 

Download 0,86 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborotlashtirishning asosiy vositalaridan biri bo'lgan elektron darslik

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish