|
Amaliy audit
|
bet | 121/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy audit10 MAVZU EKSPORT-IMPORT VA VALYUTA MUOMALALARI AUDITI
Valyuta muomalalarining auditi
Tashqi iqtisodiy munosabatlarni samarali amalga oshirish xo’jalik tarmoqlarining keng rivojlanishiga, sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining takomillashishiga, ayrim tarmoqlar va ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiya bilan qurollantirishga, tabiiy-jo’g’rofiy sharoitlardan, mineral xom ashyo va inson resurslaridan yanada samaraliroq foydalanishga imkon beradi. Samarali amalga oshirilayotgan munosabatlar mamlakat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishga yordamlashadi.
Xalqaro iqtisodiy aloqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun jahonning yuksak talablariga javob beradigan hisob va hisobot tizimini shakllantirish zarur, chunki har qanday iqtisodiy aloqani samarali amalga oshirish zamirida ishtirokchilarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati bilan tanishishlari turadi. Albatta, bu tanishish korxonalar moliyaviy hisobotlarini o’qish orqali amalga oshib, ishtirokchilar bu hisobotlarning haqqoniyligi va to’g’ri tuzilganligiga ishonch hosil qilishlari kerak bo’ladi. Bunday ishonch mezoniga hisobotning auditorlik nazoratidan o’tganligi va qanday xulosalanganligiga qarab erishiladi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasiga investitsiyalarni amalga oshirish va qo’shma korxonalar ochish uchun, asosan, O’zbekiston Respublikasining firmalari faqat xalqaro auditorlik firmalari xizmatidan foydalangandagina taqdim etgan hisobotlari inobatga olinayapti. Bu mahalliy auditorlik firmalarining mavqeini oshirishni taqozo etadi.
Jadval
Kassadagi valyuta mablag’larining nazorati uchun test jadvali
-
|
| |