|
Amaliy audit
|
bet | 129/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditJadval
Tovarlar importi bo’yicha ichki nazorat testlari
-
№
|
|
Javob
|
Izoh
|
Mazmuni
|
VI.
a
|
VII.
o’q
|
|
I. Nazorat o’tkazish
|
1
|
Bosqichlar bo’yicha tovarlar yo’nalishi hisobi yuritiladimi?
|
|
Yo’q
|
|
2
|
Chegaraga kelgan import tovarlari ma’lumotnoma asosida shu oyda qirim qilinadimi?
|
|
Yo’q
|
Korxonaga kelishiga
qarab
|
3
|
Import tovarlari jami saqlash joylarida inventarizatsiya qilinadimi?
|
|
Yo’q
|
|
II. Haqiqat
|
4
|
Tovarlarni yo’qolishi oqibatida hisobdan chiqarish hollari bormi?
yo’lda
saqlash joyida
|
Ha Ha
|
|
|
5
|
Yo’qotishlarni hisobdan chiqarish akti yo’qotish aniqlangan kun bilan
akt tuzib imzolanadimi?
|
Ha
|
|
|
6
|
Xorijiy mol jo’natuvchi invoyslari kontraktlar va korxonaning kirim
nakladnoylari (aktlari) bilan solishtiriladimi?
|
|
Yo’q
|
|
III. Sharoit
|
7
|
Import kontraktlari «Inkoterms» (ularni ko’rsatish) sharoitlari bilan
tuziladimi?
|
Ha
|
|
|
8
|
Import tovarlari bo’yicha hisobot ombor mudiri tomonidan buxgalteriyaga topshiriladimi?
Ta’minot va tarqatish bo’limiga topshiriladimi?
|
Ha
|
Yo’q
|
|
IV. Hal qilish
|
9
|
Xorijda va MDH davlatlari portlarida tovarlarning turib qolishi quyidagilar bilan bog’liq
korxonaning talablariga binoan;
tovarlarni tashish uchun transportning yo’qligi;
v) fors-major holatlari
|
Ha Ha
|
Yo’q
|
|
V. Aniqlik
|
10
|
Qabul qilib olingan import tovarlari sifati va miqdorini qabul qilish
bosqichida aniqlanadimi?
|
Ha
|
|
|
11
|
Har oyda mol etkazib beruvchilarning ma’lumotlari ularning kreditorlik
qarzlari schyotlari bilan taqqoslanadimi?
|
|
Yo’q
|
|
12
|
Buxgalterlar tomonidan schyot-fakturalar miqdor, sifat, baho va
kontraktlarning bajarilishi muddatlari bilan taqqoslanadimi?
|
|
Yo’q
|
|
VI. Tasniflash
|
13
|
Mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar yuzasidan korxona uchun
xarakterli schyotlar korrespondentsiyasi ishlab chiqilganmi?
|
|
Yo’q
|
|
VII. Hisob
|
14
|
Xorijiy mol etkazib beruvchilar bilan hisob kitoblar yuzasidan analitik
hisob doimo sintetik hisob bilan taqqoslab turiladimi?
|
|
Yo’q
|
|
15
|
Import tovarlari bo’yicha analitik hisob ularning bosqichlardagi
yo’nalishi bo’yicha olib boriladimi?
|
|
Yo’q
|
|
Buning uchun nazorat testlarini ishlab chiqish zarur bo’ladi (6.3.40 jadval).
Xalqaro iqtisodiy aloqalarni tartibga solishning asosiy usullaridan biri bojxona tariflarini aniqlashdir. Ularning qo’llanilishi asosida esa tovarlar bojxona qiymatini aniqlash qoidalari yotadi.
Boj hisoblash uchun import qilinayotgan tovarlar qiymatini aniqlab olish jarayonini eng murakkab bosqichlardan biridir. Uni aniqlash esa to’g’ri va egri xarajatlar bilan tasdiqlangan ma’lumotlarga asoslanishi lozim. O’zbekiston Respublikasi «Boj tarifi to’g’risida»gi qonunining 14-moddasida tovarlarning bojxona bahosi ustidan nazoratni amalga oshirishda bojxona organining huquq va majburiyatlari keltirilgan bo’lib, unda jumladan quyidagilar aks etgan:
deklarant e’lon qilgan tovarning bojxona qiymati to’g’ri yoki noto’g’riligi haqida qaror qabul qilish;
deklarant e’lon qilgan tovarning bojxona qiymati to’g’ri aniqlanganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud bo’lmasa yoki deklarant taqdim etgan ma’lumotlarni noto’g’ri yoki to’liq emas, deb hisoblash uchun asoslar mavjud bo’lsa, o’zida bor ma’lumotlarga asoslanib, ushbu qonunga muvofiq tuzatishlar kiritish yo’li bilan bojxona qiymatini aniqlash usullarini birin ketin qo’llagan holda deklaratsiya borilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash va boshqalar.
Lekin shuni alohida qayd etib o’tish kerakki, yuqorida ko’rsatilgan tovarning bojxona qiymati to’g’ri yoki noto’g’riligi bojxona qiymati tomonidan faqatgina qisman aniqlanishi mumkin. Bu masala borasida to’g’ri qaror qabul qilish uchun esa taqdim etilayotgan invoys va transport hujjatlarini audit jarayonidan o’tkazish zarur bo’ladi. Faqatgina audit uslublarini qo’llagan holdagina samarali va oqilona natijaga erishish mumkin.
O’zbekiston Respublikasida Bojxona nazoratini amalga oshirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bojxona kodeksining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi buning yaqqol misoli bo’ladi. Shu kodeksning 39-moddasida bojxona nazorati shakllari aniq keltirilgan bo’lib, eng birinchi o’rinda bojxona maqsadlari uchun zarur bo’lgan hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish turadi. Yuqorida aytib o’tilganidek, bu tekshirishning asosiy usullaridan biri ham, albatta, audit tamoyillarini qo’llash bo’lmog’i darkor.
Bu boradagi ishlarni jonlantirish va muammolarni hal qilish uchun O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo’mitasi tarkibida yirik nazorat va taftish boshqarmasi tashkil qilindi hamda hozirgi kunda quyida keltirilgan ish va masalalar shu boshqarma tomonidan rejalashtirilib, muvaffaqiyatli hal qilinmoqda. Jumladan:
qo’mita hududiy bo’linmalarini to’la taftish o’tkazish;
qo’mitaning hisobga olish va hisobot tizimini tekshirish;
bojxona nazoratidan o’tkazilishi lozim bo’lgan tovarlar va transport vositalari turishi mumkin bo’lgan yoxud nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat oshirilayotgan hududlar, binolar va boshqa joylarni;
tushayotgan xabarlar hamda imkoniyatlar yuzasidan tematik taftishlar o’tkazish va boshqalar.
Audit o’tkazish va tovarlar O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga kirib kelganda soliq va ajratmalarni to’g’ri hisoblash uchun bojxona qiymatining asosligini inobatga olib, import muomalalari bo’yicha quyidagi (6.3.41 jadval) auditorlik nazoratining dasturini taklif etamiz.
Keltirilgan (6.3.41 jadval) dasturdagi asosiy qismlardan biri ham, albatta, boj qiymatini aniqlashning to’g’riligini tekshirish bo’ladi. Buning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat bo’ladi:
tovarlar qiymatining sun’iy ravishda oshirilishi (yoki kamaytirilishi)ga qarshi kurash vositasi sifatida bojxona organlari zimmasiga yuklangan boj, yig’imlar va boshqa to’lovlarni undirishni hisoblash uchun real negiz (asos)ni aniqlash;
valyuta nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan axborotni to’plash va tahlil
qilish;
boshqa bojxona maqsadlarida, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan bojxona ishiga doir huquqni buzishlar uchun sanktsiya qo’llashlarning mavjudligi.
|
| |