|
Amaliy audit
|
bet | 130/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditJadval
Import muomalalarini tekshirish uchun audit dasturi
-
№
|
Tadbirlar mazmuni
|
Ma’lumot manbai
|
Amalga oshiriladigan ishlar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1.
|
Kontraktlar soni va to’g’riligi
|
Kontraktlar
|
Tasdiqlash
|
2.
|
Tovarlar, ish va xizmatlar yuzasidan
kelib tushish va kirimni o’z vaqtida rasmiylashtirish
|
Bojxona deklaratsiyasi, kirim nakladnoylari
|
Tasdiqlash
|
3.
|
Bojxona qiymatini aniqlashning to’g’riligini auditi
|
Bojxona deklaratsiyasi O’zbekiston Respublikasi «Boj tarifi to’g’risida»gi qonun
«O’zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan tovarlarning boj qiymatini aniqlash
bo’yicha» yo’riqnoma
|
Qayta baholash
|
4.
|
Import tovarlarini soliqqa tortish: QQS,
aktsiz
|
Bojxona deklaratsiyasi, import
bo’yicha birlamchi hujjatlar
|
Qayta
hisoblash
|
5.
|
Import tovarlar bo’yicha kreditorlik
qarzlarining realligini aniqlash
|
Mol etkazib beruvchilarning
schyot-fakturalari
|
Hujjatlash
tirish
|
6.
|
Kreditorlik qarzlarini aks ettirishda debet yozuvlari klassifikatsiyasining
to’g’riligi
|
Mol etkazib beruvchilarning schyot-fakturalari, buxgalteriya
hisobi registrlari
|
Kuzatish, ko’rib chiqish
|
7.
|
Tovarlar kirim qilinishining to’laligi va xorijiy mol etkazib beruvchiga
to’lovlarni tekshirish
|
Schyot-faktura, kirim nakladnoylari
|
Ko’rib chiqish, taqqoslash
|
8.
|
Import tovarlar realizatsiyasini tekshirish:
so’mga
xorijiy valyutaga va uning qonuniyligi
|
Tovar-transport nakladnoylari, kassir hisobotlari
|
Kuzatish, tasdiqlash
|
9.
|
Kurslar bo’yicha farqni to’g’ri aniqlanganligini va buxgalteriya
hisobida aks ettirilishini tekshirish
|
Hisobot shakllari, buxgalteriya registrlari
|
Taqqoslash, qaytahisoblash
|
Bojxona organiga taqdim etilgan quyidagi hujjatlar audit o’tkazish uchun asos bo’ladi:
tovar bojxona to’lovining to’ldirilgan deklaratsiyasi (BTD yoki BTD-2 shakllari);
bojxona yuk deklaratsiyasi (BYuD);
ta’sis hujjatlari;
shartnoma (kontrakt, bitim) va unga qo’shimcha bitimlar (agar ular nazarda tutilgan bo’lsa);
hisobvaraq-faktura (invoys) yoki hisobvaraq-proforma (noqiymat bitishuvlari uchun);
transport xarajatlari hisobvaraq-fakturaga kiritilmagan hollarda transportda tashish uchun to’lovnoma yoki transport xarajatlari kalkulyatsiyasi;
import qilish belgilangan tartibga muvofiq litsenziyalar bo’yicha amalga oshiriladigan tovarlar uchun olib kirishga litsenziya.
O’zbekiston Respublikasining «Boj tarifi to’g’risida»gi qonuni boj qiymatini aniqlash uchun oltita usulni belgilaydi:
olib kelingan tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash (1-usul);
aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash (2-usul);
o’xshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash (3-usul);
qiymatlarni chegirib tashlash asosida (4-usul);
qiymatlarni qo’shish asosida (5-usul);
rezerv usul (6-usul).
Yuqoridagilardan kelib chiqib, boj qiymatining auditi mavzusi bo’yicha quyidagi umumiy dasturni taklif qilamiz:
Asosiy usullar.
Maxsus usullar.
Bojxona qiymati bo’yicha mijoz qarorlari sharoiti.
Keltirilgan audit rejasi modeli bojxona qiymatini aniqlash ustidan o’tkaziladigan nazorat tamoyillarining boshlang’ich bosqichi hisoblanadi.
Asosiy usullar jumlasiga 1-usul kirib, undan foydalanilganda auditor e’tibor qilishi kerak bo’lgan shartlar qatoriga quyidagilar kiradi:
Birinchi shart:
deklarant bayon qiladigan bojxona qiymati va uning belgilanishiga doir ma’lumotlar ishonchli, miqdoriy jihatdan belgilab bo’ladigan va hujjatlar asosida tasdiqlanishi kerak;
bojxona qiymati faqat uning bojxona qiymati deklaratsiyasida ko’rsatilgan hamma elementlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangandagina 1-usulga ko’ra aniqlanishi mumkin, shu jumladan:
bitim narxi - tovar etkazib beriladigan tovarga ham to’lash uchun hisobvaraq-faktura orqali;
bitim qiymatiga qo’shimcha ilova qilinadigan, tijoratchilik hujjatlari orqali;
v) xarajatlarning hisobdan chiqariladigan (chiqarib tashlanadigan) summalari - to’lov, tovarga ilova qilinadigan tijoratchilik, bojxonaga doir hujjatlar orqali.
1-usul hujjatlar asosida tasdiqlanmaydigan hollarda qo’llanilishi mumkin emas.
Tovarlarni u eksport qilingan mamlakatdan chegara orqali O’zbekiston Respublikasiga olib o’tilishi va xaridordan ana shu tovar o’rniga pullik hisob-kitoblar (to’lovlar)ning qabul qilingan shakllariga muvofiq keladigan pul summasini yoki tovarni olish uchun asos bo’ladigan, qiymatga doir baholash yoki uning hisob-kitob usulini o’z ichiga olgan shartnoma (kontrakt)ning mavjudligi 1-usulning qo’llanish sharti hisoblanadi.
Xaridorlar qatori mavjudligida bojxona qiymatini belgilashni misol tariqasida ko’rib chiqamiz:
Sotuvchi: 1-xaridor: 2-xaridor: 3-xaridor: A(Xitoy) B(Kanada) V(AQSh) S(O’zbekiston) 10000$ 15000$ 20000$ ?
Tovar Xitoydagi sotuvchidan Kanada va AQShdagi sotuvchilar orqali O’zbekistonga kelib tushadi va erkin muomalaga chiqarish uchun deklaratsiya qilinadi. Bunda bitim narxi quyidagi tarzda o’zgaradi:
A dan Bga ---- 10000 AQSh dollari.
B dan Vga ---- 15000 AQSh dollari.
V dan Sga ---- 20000 AQSh dollari.
Xaridorlar qatori mavjudligida tovarni O’zbekiston Respublikasining hududida erkin muomalaga o’tkazadigan shaxsning xarid narxi bitim narxi sifatida olinadi. Ushbu misolda 3(S)—xaridorning 20000 AQSh dollariga teng xarid narxini bitim narxi sifatida qabul qilinadi.
Agarda tashqi iqtisodiy bitim qiymatiga doir negizga ega bo’lmasa, bitim qiymatiga asosan boj qiymatini aniqlash mumkin emasligi audit jarayonida alohida ko’rib chiqishni taqozo etadi, masalan:
agarda tashqi iqtisodiy bitimlar qiymatga doir negizga ega bo’lmasa, bitim qiymatiga asosan boj qiymatini aniqlash mumkin emasligi audit jarayonida alohida ko’rib chiqishni taqozo etadi, masalan:
tovarning bepul etkazib berilishi (namuna sifatida);
tovarning konsignatsiya shartlari asosida etkazib berilishi;
v) tovarning vositachiga sotmasdan, vositachi orqali etkazib berilishi;
g) tovarning barter yoki kompensatsion operatsiyalar doirasida etkazib berilishi, agar tovarlar narxi ko’rsatilmagan bo’lsa;
tovarlarning ijara shartnomalari (lizing) bo’yicha etkazib berilishi;
tovarlarning vaqtinchalik olib kelish maqsadida etkazib berilishi;
j) tovarlarning kontraktda nazarda tutilgan kafolatlar hisobiga etkazib berilishi.
Ikkinchi shart: xaridorning tovarlarni tasarruf etishida yoki ulardan foydalanishida quyidagilardan tashqari cheklashlar bo’lmaganida:
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan cheklashlar;
xaridorning tovarlarni keyinchalik qayta sotish (begonalashtirish) mumkin bo’lgan jo’g’rofiy mintaqaviy cheklashlar;
tovarning narxiga jiddiy ta’sir qilmaydigan cheklashlar.
Import qiluvchining olib kelinadigan tovarlarga doir huquqlariga nisbatan muayyan cheklashlar mavjud bo’lganida 1-usul qo’llanilmaydi. Shu sababli auditor qo’llanilishiga imkon bermaydigan cheklashlarni va ushbu usulning qo’llanishi ruxsat qilinadigan cheklashlarni aniq farqlay bilishi zarur.
Qonunchilikka ko’ra xaridorning baholanayotgan tovarlarga doir huquqlariga nisbatan cheklashlar mavjud bo’lganida ham 1-usulning qo’llanilishi ruxsat etiladigan cheklashlarning faqat uchta turi belgilangan:
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga ko’ra belgilangan cheklashlar. Bunday holda quyidagi tarzdagi cheklashlar nazarda tutiladi. Masalan: muayyan tovarni import qilish huquqiga ega bo’lgan shaxslar doirasiga nisbatan cheklashlar va hokazo.
tovarlar qaytadan sotilishi mumkin bo’lgan jug’rofiy mintaqaga doir cheklashlar. Bunday holda tovarning qaytadan sotilishi bo’yicha ayrim shaxslar uchun hududiy cheklashlar nazarda tutiladi.
v) tovar qiymatiga jiddiy ta’sir qilmaydigan cheklashlar. Agar narxga jiddiy ta’sir etadigan shart mavjudligi haqida bayon qilinsa, unda 1-usulning qo’llanishi faqat bunday shart natijasida narxning miqdoriy o’zgarishi hujjatlar asosida belgilangan holdagina mumkin bo’ladi. Agar narxga miqdoriy ta’sir qilishni belgilash va hujjatlar asosida tasdiqlash mumkin bo’lmasa, unda baholashning boshqa usullariga o’tish kerak bo’ladi.
Uchinchi shart: tovarlarning sotilishi yoki narxi baholanayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlab bo’lmaydigan holga olib keladigan qandaydir shartlar yoki fikrlarga sabab bo’lmasa, sotuv yoki narx bojxona qiymatining belgilanishiga to’sqiqlik qiladigan qandaydir shartlar yoki mulohazalar predmeti bo’la olmaydi.
Bunday holda bitim shartlarini ko’rib chiqishda, shuningdek, umumiy qabul qilingan tusga ega bo’lgan va tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilariga tegishli bo’ladigan (yoki ularga taqdim etilishi mumkin bo’lgan) etkazib berish shartlarini va tanlangan tusdagi hamda umumiy qabul qilinmagan etkazib berish shartlarini farqlay bilishi auditorning asosiy vazifasidir. Masalan: sotuvchi tibbiy apparatni xaridor undan O’zbekiston Respublikasida faqat xayriya maqsadlarida foydalanadi, degan shart bilan sotadi.
Bunday holda 1-usul qo’llanishi mumkin emas, chunki xaridorning tovardan foydalanish huquqiga nisbatan cheklash mavjud va bu xildagi shart bitim qiymatiga ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun baholashning boshqa usullari qo’llanilishi kerak.
Bunday shart shuni nazarda tutadiki, tovar narxining uning sotilishi yoki etkazib berilishidagi tovarning qiymatiga ta’siri belgilash mumkin bo’lmagan shartlarga bog’liq bo’lmaydigan hollarda ham 1-usul qo’llanilishi mumkin.
Quyida tashqi iqtisodiy faoliyatda mavjud bo’lgan, 1-usul qo’llanishi ruxsat etiladigan tovar etkazib berishning umumiy qabul qilingan shartlari keltirilmoqda:
tovar etkazib berishning barcha umumiy qabul qilingan shartlari (avvalo, INKOTERMS-1990 ga kiritilgan etkazib berish shartlari);
bitimlarni tuzish va tovar etkazib berilishini amalga oshirishning «ekspertni jalb etish (ekspert xulosasi mavdujligi) sharti bilan xarid qilish» singari umumiy qabul qilingan shartlar;
xaridorning sotuvchiga O’zbekiston Respublikasida tayyorlangan texnik ishlanmalar yoki chizmalarni taqdim etishi;
xaridorning u import qiladigan tovarlarning sotilishiga doir qandaydir harakatlarini o’z hisobidan amalga oshirishi, masalan, xaridor haqini to’laydigan reklamaga oid faoliyat.
Bitim qiymatining bojxona maqsadlari uchun qabul qilinishiga to’sqinlik qiladigan shartlar bitim shartlari sifatida ilgari surilgan bo’lsa, bunday holda 1-usulni qo’llash mumkin bo’lmaydi. Quyidagilar ana shunday shartlarga kiradi:
sotuvchi import qilinadigan tovarlarga narxni xaridor, shuningdek, muayyan miqdordagi boshqa turdagi tovarlarni ham tovarning har bir turiga narx ko’rsatilmasdan sotib oladi, degan shart asosida belgilaydi. Masalan, 5000 pul birligi summasidagi charm buyumlari etkazib berilayapti. Etkazib beruvchi import qiluvchining qiymati noma’lum bo’lgan 2000 juft poyabzalni ham qo’shimcha ravishda sotib olishni shart qilib qo’yadi;
import qilinadigan tovarlar narxi ana shunday tovarlar xaridorning import tovarlarning sotuvchisiga sotadigan boshqa tovarlarning narxi yoki narxlariga bog’liq bo’ladi;
narx import qilinadigan tovarlarga aloqasi bo’lmagan haq to’lash shakli negizida belgilanadi;
oldi-sotdi shartnomasi faqat ushbu sotuvchidan sotib olish shartini nazarda tutadi;
oldi-sotdi shartnomasi bitim qiymatini tovarlarni o’zaro sotish (etkazib berish) sharti asosida belgilaydi.
Bunday shartlar mavjud bo’lganda auditorning vazifasi ularning bitim qiymatiga ta’sir qilgan yoki qilmaganligini va bunday ta’sirni miqdoriy jihatdan belgilash mumkin yoki mumkin emasligini aniqlashi kerak. Faqat shartning qiymatga ta’siri miqdoriy jihatini belgilash mumkin bo’lsa va bayon qilingan narx haqiqatda to’langan yoki to’lanishi lozim bo’lgan narx bo’ladigan bo’lsagina, 1-usulni qo’llash mumkin.
To’rtinchi shart: xaridor va sotuvchi bir-biriga bog’liq shaxslar bo’lmasa.
Auditorning vazifasi o’zaro bog’liqlik mavjud bo’lgani yoki bo’lmaganini aniqlashdir.
Shuni hisobga olish kerakki, bojxona organi o’zaro bog’liqlik mavjudligi va uning bitim qiymatiga ta’siri yuzasidan etarli asoslangan shubhalar bo’lmaganida firmani maxsus nazorat ostiga olib qo’yishi mumkin. Bunday nazorat firmaning boshqa bitimlarini rasmiylashtirishdagi faoliyatini kuzatish uchun kerak.
usulning qo’llanilishida ayni bir xil tovarlar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab bojxona qiymatini belgilash uchun baza sifatida qabul qilinadi.
«Boj tarifi to’g’risida»gi qonunning 19-moddasiga binoan baholanadigan tovarlar bilan hamma jihatlariga ko’ra, shu jumladan, quyidagi belgilari bo’yicha bir xilda bo’lgan tovarlar, xuddi shunday tovarlar deb tushuniladi:
fizik xususiyatlari;
sifati va bozordagi qadri;
qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgani;
ishlab chiqaruvchi.
usulning qo’llanilishida import qilinadigan tovarlarga o’xshagan tovarlarga doir bitim qiymati bojxona qiymatini belgilash uchun baza sifatida qabul qilinadi.
Tovarlarning bir-biriga o’xshashligini belgilashda quyidagi jihatlar hisobga olinadi:
sifat, tovar belgisining mavjudligi va bozordagi qadri;
qaysi mamlakatda ishlab chiqarilganligi;
ishlab chiqaruvchisi.
usul bo’yicha bojxona bahosini chiqarish uchun baholanadigan aynan bir xil yoki o’xshash tovarlar O’zbekiston Respublikasining ichki bozorida dastlabki holati o’zgartirilmasdan sotiladigan sotish narxi bojxona qiymatini belgilash uchun asos qilib qabul qilinadi.
Bojxona qiymatini ichki narx asosida hisoblash mumkin bo’lishi uchun faqat ichki bozorga xos bo’lgan elementlarni, ya’ni ushbu tovarlar importidan keyin amalga oshiriladigan xarajatlar chegirib tashlanishi zarur.
usuldan foydalanilganda, tovarning:
baholanayotgan tovarni ishlab chiqarish munosabati bilan tayyorlovchi tomonidan sarflangan materiallar qiymatini va boshqa xarajatlarni;
aynan bir turdagi tovarlarni olib chiqilayotgan mamlakatdan O’zbekiston Respublikasida sotishga xos bo’lgan umumiy xarajatlarni, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasida o’tish joyigacha transportda tashib keltirish, yuklash va tushirish, sug’urtalash xarajatlarini;
v) aynan bir xil yoki o’xshash tovarlarni O’zbekiston Respublikasiga etkazib berish natijasida eksportyor tomonidan, odatda, olinadigan foydani qo’shgan holda chiqariladigan bahosi bojxona qiymatini belgilash uchun asos sifatida qabul qilinadi.
Bu usulga ko’ra bojxona qiymati faqat O’zbekiston Respublikasidan tashqarida olish mumkin bo’lgan axborot asosida belgilanadi. Shuningdek, xaridor bilan sotuvchi o’zaro bog’langan bo’ladi va ishlab chiqaruvchi O’zbekiston Respublikasining bojxona organlariga ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi zarur ma’lumotlarni taqdim etish va keyinchalik o’tkazilishi lozim bo’lgan ularning auditi uchun tayyor bo’ladi.
Auditorlarning tekshirish jarayonida e’tiborga olishi lozim bo’lgan asosiy shart quyidagidan iborat, ya’ni xarajatlar haqidagi ma’lumotlar baholanayotgan tovarlarning ishlab chiqarilishiga tegishli, ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki uning nomidan taqdim etiladigan ma’lumot asosida belgilanishi lozim. Bunday axborot ishlab chiqaruvchining tijoratiga oid hisobotlarida, bunday hisobotlar tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatda qabul qilingan hisobga olishning umumiy qabul qilingan qoidalariga muvofiq keladigan shart bilan asos topgan bo’lishi kerak.
Mabodo bojxona qiymati deklarant tomonidan ko’rsatilgan beshta usulni izchillik bilan qo’llash natijasida belgilanishi mumkin bo’lmasa, unda baholanayotgan tovarlarning bojxona qiymati 1-5 baholash usullarini bir muncha qayishqoqlik bilan qo’llanish yo’li orqali belgilanadi va asoslanadi.
Rezerv usulni (ya’ni 6-usulni) qo’llashda bojxona organlari deklarantga o’zlarining ixtiyorida mavjud bo’lgan narxlarga oid ma’lumotlarni taqdim qiladilar.
Quyidagilar 6-usulga ko’ra bojxona qiymatini belgilash uchun baza sifatida qo’llanilishi mumkin emasligi auditor tomonidan alohida e’tiborga olinish kerak:
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan o’xshash tovarning sotuv narxi;
ikki va undan ortiq muqobil qiymatlarning eng yuqorisi;
v) tovarning olib chiqilgan (eksport qilingan) mamlakat ichki bozoridagi bahosi;
g) olib chiqilgan (eksport qilingan) mamlakatdan uchinchi mamlakatlarga etkazib berilgan tovarning bahosi;
d) eng past bojxona qiymatlariga, shuningdek, tovarlarning o’zboshimchalik bilan qo’yilgan yoki o’z ishonchli tasdig’ini topmagan soxta qiymatlariga.
Izlanishlar natijasini umumlashtirib, quyidagi xulosani chiqarish mumkin:
bojxona auditi bo’yicha xalqaro tajribani, me’yoriy-huquqiy bazani atroflicha o’rganish va uning asosida tovarlarning bojxona qiymati ustidan samarali nazoratni ta’minlash uchun tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining moliyaviy-xo’jalik faoliyati tekshiruvini hisobga oluvchi bojxona auditi tizimini yaratish;
bojxona qiymatini aniqlashda xatoga yo’l qo’yilsa va bu bojni to’lovchilar schyotida mablag’ bo’lmasa, deklaratsiya tayyorlovchi firmalar (deklarantlar) javobgarligini oshirish;
haqiqiy nazorat o’tkazish uchun audit rejalari va izlanishlarini ishlab chiqish zarur. Umumiy rejada esa har bir qism bo’yicha bojxona qiymatini aniqlash uchun alohida elementlar bo’yicha tekshirish o’tkazish ko’zda tutilishi kerak.
Asosiy va maxsus usullar quyida keltirilgan audit o’tkazish metodologiyasi bilan to’ldirilishi mumkin:
inventarizatsiya;
tijorat faoliyatidagi turli munosabatlar darajasini aniqlash;
statistik ma’lumotlarni taqqoslash;
invoys va tovarlar bir vaqtda kelib tushgan holda umumiy schyotlarni, registrlarni tekshirish;
boshlang’ich qoldiqni tekshirish va boshqalar.
Auditning asosiy va muhim bosqichlaridan biri bu import qilingan tovarlar, ish va xizmatlar yuzasidan debitorlik va kreditorlik qarzlarining realligini aniqlashdir. Buning uchun auditor, hisobda kirim bo’yicha hujjatlarni aks ettirilishining to’laligini tekshirishi zarur, chunki korxonalar import bo’yicha daromadni hisobga olishga ko’proq e’tibor berishadi, majburiyatlar esa kamroq e’tiborda bo’ladi.
Shunday ekan, mol etkazib beruvchilarning hisobga olinmagan schyotlari aniqlanishi
kerak.
Xorijiy mol etkazib beruvchiga kreditorlik qarzining realligi va to’laligini tekshirish
natijasini quyidagi ish jadvalida (10.19 jadval) ko’rsatishga harakat qildik.
Jadval
Xorijiy mol etkazib beruvchilarning hisobga olinmagan to’lovlari va schyotlarni aniqlash -
|
| |