• Xarajatlar Smeta bo’yicha, ming so’m
  • Mutloq, so’m Nisbiy, %
  • Amaliy audit




    Download 13,28 Mb.
    bet126/211
    Sana18.05.2024
    Hajmi13,28 Mb.
    #242509
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   211
    Bog'liq
    Amaliy audit

    Jadval

    Ekport muomalalari bo’yicha ustama xarajatlar tahlili*





    Xarajatlar

    Smeta bo’yicha, ming so’m

    Haqiqiy xarajatlar, ming so’m

    O’zgarish

    Mutloq,
    so’m

    Nisbiy, %

    1.

    Chegaragacha (port) tovarlarni
    avtotransportda tashishi, ming so’m

    85,000


    97,500


    +12500


    114


    2.

    Yuk oboroti, t/km

    242857

    242860

    +3




    3.

    O’rtacha qiymat, t/km

    3,5

    4,0

    +0,5

    114

    4.

    Temir yo’l tarifi, ming so’m

    75000

    89000

    +14000

    118

    5.

    Yuk tayyorlash

    12350

    15000

    +2650

    121

    6.


    Saqlash:

    1. bog’lovchi baza, so’m

    2. portlarda, ming so’m

    25000
    15000



    26300
    15005



    +1300
    +5



    105
    100



    7.

    Me’yor chegarasidagi tovarlar
    kamomadi, so’m

    7350

    2800

    24500

    38

    8.

    Vositachi firmalar uchun komission
    rag’batlantirish

    126000

    13700

    +11000

    108

    *Ko’rsatkichlar, shartli

    Bunday tahlilni eksport bo’yicha alohida so’mlarda va chet el valyutasida o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi. Mutloq va nisbiy o’zgarishlar tahlili auditorga qaysi modda bo’yicha muhim o’zgarishlar bo’lganligini aniqlashga imkon beradi.


    Eksport tovarlari bo’yicha ustama xarajatlar miqdorining mutloq oshishi quyidagi o’zgarishlar oqibatida ro’y berishi mumkin:

      • tashishning olisligi;

      • tashilayotgan yuk miqdori;

      • bir tonna tashilayotgan yukning o’rtacha qiymati va hokazo.

    Ustama xarajatlarning moddalari bo’yicha o’zgarishlarni bilgan holda auditor qaysi moddani chuqurroq tekshirishi kerakligini aniqlab oladi. Shu bilan birga shuni nazarda tutish kerakki, eksport muomalalarini amalga oshirish jarayonida boshqa xarajatlar ham vujudga kelishi mumkin, ya’ni ular qatoriga xaridorlar, transport-ekspeditorlik va boshqa tashkilotlarga to’lanadigan jarimalar, penya, neustoykalar kirib, iqtisodiy mazmuniga ko’ra ular eksport bo’yicha noishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi va 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida aks ettirilib, soliqqa tortiladigan bazaga qaytarib qo’shiladi.
    Ustama xarajatlarni tekshirganda auditor moddalar tarkibiga ham e’tibor berishi kerak. Biz ko’rsatgan misolda 1 tonna eksportga jo’natilgan tovarga to’g’ri keladigan temir yo’l tarifi kamaygan, lekin mutloq «temir yo’l tarifi» moddasi 14000 ming so’mga oshgan. Audit tadbirlarini o’tkazish (har bir yozuvga isbot topish, hujjatlar mavjudligi, ularning mazmuni) auditorga shu modda bo’yicha «temir yo’lga» to’langan 10950 ming so’m miqdorida asoslanmagan jarimalar borligini aniqlash imkonini berdi. Auditor bu borada soliqqa tortish bazasiga qo’shilishi kerak bo’lgan summani qayta ko’rib chiqishi kerak bo’ladi va kerakli maslahatlar berishi zarur.
    O’zbekiston Respublikasi «Boj tarifi to’g’risida»gi qonuniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksida belgilangan tegishli bojxona rejalari doirasida bojxona nazorati ostida O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga vaqtincha olib kiriladigan yoki undan vaqtincha olib chiqiladigan tovarlarga;
    O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet elda investitsiya sohasidagi hamkorlik ob’ektlarini qurish uchun butlovchi buyumlar tarkibida olib chiqiladigan tovarlarga;
    O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan davlat ehtiyojlari uchun eksportga ajratilgan hajmlarda olib chiqiladigan tovarlarga;
    O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning chet el korxonalarining ustav fondlariga ulush sifatida olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq mahsulotni taqsimlash to’g’risidagi buyurtmalarda nazarda tutilgan hollarda shunday korxonalar olib chiqib ketadigan o’zlari ishlab chiqargan
    tovarlarning ayrim turlariga nisbatan ilgari to’langan bojni qaytarish, boj stavkasini kamaytirish va alohida hollarda bojdan ozod qilish kabi tarif imtiyozlari berilishiga yo’l qo’yilgan.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 26 avgustdagi PF-1831-sonli «Xorijiy sarmoyalari bo’lgan korxonalar ishlab chiqaradigan mahsulot eksportini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga binoan - o’zi ishlab chiqargan mahsulotga eksport boj to’lovlari bekor qilingan. Eksport ichki bozordagi narxlardan pastroq narxlarda amalga oshirilgan taqdirda ular uchun soliqqa tortiladigan baza eksport mahsulotini sotishning amaldagi narxidan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi.
    Auditor o’zida ishlab chiqargan mahsulotini haqiqatda shunday ekanligini aniqlashi zarur bo’ladi. Buning uchun bunday mahsulot quyidagi talablarga javob berishi kerak:

      • korxonada shunday faoliyat bilan shug’ullanish uchun maxsus ruxsatnoma bo’lishi

    kerak;

    • moddiy va moliyaviy resurslar sifatida shaxsiy aylanma mablag’lari va asosiy vositalardan foydalanish, ilg’or texnologiyani ishlatish va bular, albatta, auditor tomonidan tasdiqlanishi kerak.

    Imtiyozlar berishda quyidagi investitsiyalar hisobga olinadi:

    • chet el investorlarining korxona nizom kapitaliga qilgan ulushi;

    • chet el kreditlari, ya’ni korxonaga kapital qo’yilma sifatida berilsa;

    • mahsulot ishlab chiqarish loyihasi bo’yicha korxona tomonidan mazkur loyihaga reinvestitsiya qilinadigan foyda.

    Kapital qo’yilmalar qoplanish davrini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:

    Download 13,28 Mb.
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   211




    Download 13,28 Mb.