|
Amaliy audit
|
bet | 125/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditJadval
Tovarlar eksporti bo’yicha ichki nazorat testlari
-
№
|
Mazmuni
|
Javoblar
|
Izoh
|
Ha
|
Yo’q
|
I. Nazorat o’tkazish
|
1.
|
Tovarlarning yo’nalishi bosqichi bo’yicha hisob yuritiladimi?
|
|
|
|
2.
|
Yo’nalishning har qanday bosqichida tovarlarning joylashgan eri
ma’lummi?
|
|
|
|
3.
|
Portlar, omborlar va bazalarda MDH va xorijiy davlatlarning boshqa
punktlarida turib qolgan tovarlar tahlili o’tkaziladimi?
|
|
|
|
II. Haqiqatda
|
4.
|
Tovarlar tabiiy yo’qotish chegaralarida hisobdan chiqariladimi?
|
|
|
|
5.
|
Xorijiy sherikning qabul qilish natijalari asosida tovarlar hisobdan
|
|
|
|
|
chiqariladimi?
|
|
|
|
6.
|
Tabiiy yo’qotish chegarasida hisobdan chiqarish tovarlar yo’nalishining har
bir bosqichida amalga oshiriladimi?
|
|
|
|
7.
|
Tovarlar bo’yicha farqlari tuzilgan aktlar kamomad aniqlangan kunda
tuzilib, shu kun bilan sana qo’yiladimi?
|
|
|
|
III. Talablar
|
8.
|
Tovarlar eksporti talablar asosida amalga oshiriladimi?
|
|
|
|
IV. Hal qilish
|
9.
|
Xorijda va MDH davlatlari portlarida tovarlarning turib qolishi quyidagilar bilan bog’liq
korxonaning talablariga binoan;
tovarlarni tashish uchun transportning yo’qligi;
v) fors-major holatlari
|
|
|
|
1
0.
|
Tovarlarni eksportga jo’natish kontrakt asosida amalga oshiriladimi?
|
|
|
|
V. Tasniflash
|
1
1.
|
Korxona uchun xarakterli bo’lgan schyotlar korrespondentsiyasi ishlab
chiqilganmi?
|
|
|
|
VI. Buxgalteriya hisobi
|
1
2.
|
Eksport muomalalari bo’yicha analitik hisob ularning turi bo’yicha
yuritiladimi?
|
|
|
|
Ichki nazorat tizimining holatini aniqlagach, auditor eksport operatsiyalari bo’yicha dastur ishlab chiqishi kerak.
Auditorlik tekshiruvi dasturida amalga oshiriladigan tadbirlar ro’yxati va ma’lumot manbalari ko’rsatiladi. Bunda amalga oshirilgan jarayonlar to’la aks ettirilishi kerak (6.2.35 jadval).
Kontraktlarning to’g’ri rasmiylashtirilishi va miqdorini tekshirar ekan, auditor korxona tomonidan valyuta tavakkalchiligini sug’urta qilinishini aniqlashi kerak. Valyuta tavakkalchiligi bu valyuta kursining o’zgarishidan ko’riladigan zarardir.
O’zbekiston Respublikasida valyuta tavakkalchiligidan sug’urtalash vakolatli banklar, moliya-kredit muassasalari, sug’urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Valyuta tavakkalchiligidan sug’urtalashning ikki usuli qo’llaniladi:
valyuta sharhlari yoki izohlari;
forvard muomalalari.
Valyuta izohlari o’zida shartnoma matni tarkibiga kiritiladigan qo’shimcha shartlarni namoyon qiladi. Valyuta izohi to’lov valyutasi kursi izoh valyutasi kursiga nisbatan o’zgarganda, to’lov summasi shunga proportsional ravishda qaytadan ko’rib chiqilishi kerakligini talab qiladi.
Jadval
Eksport muomalalarini tekshirish uchun audit dasturi
-
№
|
Muomalalar ro’yxati
|
Ma’lumot manbalari
|
Amalga oshirish usuli
|
1.
|
Kontraktlar miqdori va to’g’ri
rasmiylashtirilganligi
|
Kontraktlar
|
Tasdiqlash
|
2.
|
Tovarlarni eksportga jo’natish bo’yicha
muomalalarining to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirilishi
|
Tovar-transport
nakladnoylari, schyot- faktura, konosament
|
Tasdiqlash
|
3.
|
Eksport muomalari qonuniyligini tekshirish
|
Yo’riqnoma, qonun, litsenziyalarning
mavjudligi
|
Tasdiqlash
|
4.
|
Eksport muomalalarini amalga oshirishdagi
ustama smeta xarajatlari me’yorlarini
|
Me’yorlar, smetalar,
ustama xarajatlar bo’yicha
|
Analitik
tadbirlar
|
|
tekshirish
|
analitik schyotlar
|
|
5.
|
Mahsulot, ish va xizmatlarni eksport
kategoriyasiga olib borilishi
|
Eksport bo’yicha hujjatlar
|
Tasdiqlash
|
6.
|
Eksport muomalalarini soliqqa tortish: QQS, aktsizlar
|
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari, eksport bo’yicha birlamchi
hujjatlar
|
qayta hisoblash
|
7.
|
Eksport muomalalari bo’yicha hisob- kitoblarning o’z vaqtida amalga oshirilishi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining
to’g’riligi
|
Xorijiy xaridorlar bilan hisob-kitoblar
ning analitik hisobi
|
Tasdiqlash
|
8.
|
Kurslar bo’yicha aniqlash va buxgalteriya hisobi va hisobotlarda aks ettirilishining
to’g’riligi
|
Xorijiy xaridorlar bilan
hisob kitoblarning analitik hisobi, MB ma’lumotlari
|
Qaytahisoblash, kuzatish
|
Valyuta izohlari valyuta va tovar bozorlaridagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda to’lanadigan to’lov hajmini belgilaydi. Bu valyuta xavf-xatarlaridan sug’urtalanishning eng ko’p tarqalgan usulidir.
Valyuta izohlari egri va to’g’ri valyuta izohlariga bo’linadi. Egri valyuta izohi tovar bahosi xalqaro hisob-kitoblarda keng tarqalgan valyutada qayd qilingan, to’lov esa boshqa pul birligida, odatda, milliy valyutada amalga oshirilgan vaqtda qo’llaniladi. Izoh teksti taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin:
«Qayd qilingan baho AQSh dollarida, to’lov Yaponiya ienasida. Agar AQSh dollari kursi Yaponiya ienasiga nisbatan to’lov kuni kelgan vaqtda shartnoma belgilangan kundagi kurslariga qaraganda o’zgarsa, shunga munosib ravishda shartnomadagi tovar bahosi va to’lov summasi ham o’zgaradi».
To’g’ri valyuta izohi shartnoma valyutasi va to’lov valyutasi bir xil bo’lgan vaqtda qo’llaniladi. Ammo to’lov hajmi shartnoma valyutasining kursi boshqa bir barqaror valyuta kursiga nisbatan o’zgarishi asos qilib olingan holda belgilanadi. Bunday barqaror valyuta izoh valyutasi, deb ataladi. To’g’ri valyuta izohi valyutani sotib olish qiymatini avvalgi holda ushlab turish uchun qo’llaniladi. Bunday izoh matni taxminan quyidagicha:
«Qayd qilingan tovar bahosi va to’lovi AQSh dollarida. Agar to’lov muddati kelgan vaqtda Nyu-York valyuta birjasida dollar kursi Yapon ienasiga nisbatan shartnoma belgilangan kundagiga qaraganda past bo’lsa, shunga munosib ravishda AQSh dollaridagi tovar bahosi va to’lov summasi oshadi».
Valyuta tavakkalchiligini sug’urtalashning yana bir turi bu forvard muomalalaridir. Bunda forvard qoplanishi, ya’ni baho xavf-xatarga qarshi sug’urtalanishini bildiradi. Forvard qoplash operatsiyalari valyuta kursining o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlarni sug’urtalash maqsadida o’tkaziladi.
Forvard valyuta operatsiyalari ikki ish kunidan kam bo’lmagan vaqtda amalga oshiriladi. Valyuta bozorida forvard bitimlari amalga oshirilishining quyidagi standart muddatlari mavjud: 1 hafta; 1 oy; 3 oy; 9 oy; 12 oy.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, valyuta xavf-xatarlarini sug’urtalashda forvard valyuta shartnomalaridan foydalaniladi.
Masalan, amerikalik eksporter angliyalik importerga 30 kun mobaynida to’lash sharti bilan 1000000 funt sterling mahsulot sotayapti. Shu paytda «spot» kursi - 1900, forvard kursi esa
18500 funt sterling. 30 kundan keyin haqiqatdagi almashuv kursi - 18700 dollar/funt sterling, shartnoma tuzilgan vaqtda eksporterning buxgalteriya hisobida 1900000 dollar debitorlik qarzi sifatida aks ettiriladi. Lekin eksporterni valyuta risklari tashvishga soladi. Shuning uchun u forvard bitimini tuzishi, ya’ni 18500 dollar/funt sterling kurs bilan konvertirlanadigan dollardagi summaga ega bo’lishi mumkin. Shunday qilib, u 50000 dollar sarflab (valyuta tavakkalchiligini himoyalash uchun), 1850000 dollar mablag’ga ega bo’ladi. Firma summani to’laligicha
inkassatsiya qilib yana 30 kun kutishi va almashuv kursi yuqoriroq bo’lgan vaqtda ko’proq daromad olishi mumkin.
Agar (60 kundan keyin) haqiqatdagi kurs 18700 dollar/funt sterling deb oladigan bo’lsak, eksporter boshlang’ich summadan (1900000 dollardan) bir qancha kam bo’lgan va forvard shartnomasidagi mablag’ (1850000 dollar)dan ko’p bo’lgan 1870000 dollarga ega bo’ladi. Dollar kursi 18000 dollar/funt sterlingga oshib ketgan taqdirda forvard shartnomasi orqali eksporter yanada yaxshiroq samaraga erishgan bo’lar edi.
Valyuta tavakkalchiligini oldini olishning yana bir turi bu valyuta optsionlaridan foydalanishdir. Valyuta optsioni bu qimmatbaho qog’oz bo’lib, u o’z egasi ma’lum miqdordagi valyutani belgilangan kurs bo’yicha belgilangan vaqtda sotish yoki sotib olish huquqini beradi. Forvard bitimlaridan farqli ravishda valyuta optsionlari o’z egasiga majburiyat yuklaydi. Valyuta optsionining ikki turi mavjud:
Kol optsion;
Put optsion.
Kol optsion valyutani sotib olish huquqini beradi. Put optsion esa valyutalarni sotish huquqini beradi.
Optsionning ikki xil standarti mavjud:
Evropacha optsion, bunda optsion egasi muddati tugagandan so’nggina uni ishlatish huquqiga ega bo’ladi;
Amerikacha optsion, bunda optsion egasi optsiondan bitim davri mobaynida qolgan vaqtida foydalanishi mumkin.
Valyuta tavakkalchiligini bartaraf qilishda valyuta optsionidan foydalanila boshlanganiga hali ko’p vaqt bo’lgani yo’q. Valyuta optsionidan foydalanishni quyidagi misolda ko’rishimiz mumkin.
Aytaylik, amerikalik eksporter almashuv kursi 19000 dollar/funt sterling bo’lgan vaqtda angliyalik importerga 1000000 funt sterling summadagi tovarni sotishga qaror qildi. Xuddi shu paytda Filadelfiya fond birjasiga keldi va ularga funt sterlingni sotib evaziga dollar olish bo’yicha optsion shartnomasini imzoladi va 25000 dollar miqdorida haq to’ladi. Importerdan 1000000 f.st. olish vaqtida ekporter optsionni (unga) sotish yoki sotmaslikni hal qilish kerak. Agar joriy almashuv kursi 1.9000 dollar/f.st.dan yuqori bo’lsa, ekporter optsiondan voz kechadi, chunki u f.st.ni bozor kursida konverterlab, ko’proq mablag’ga ega bo’ladi. To’g’ri u 25000 dollar yo’qotadi, lekin bu summa sug’urta rolini bajaradi. Agar almashuv kursi 1.9000 dollar/f.st.dan tushib ketsa, olaylik 1.8000 dollar/f.st. eksporter optsiondan foydalanadi va funt sterlingni kelishilgan kurs bo’yicha, ya’ni 1.9000 dollar/f.st.dan almashtiradi. Uning schyotiga 25000 dollar haq to’langanligi hisobiga 1.900.000 dollar kelib tushadi.
Audit jarayonida e’tibor qaratilishi zarur bo’lgan holat shundan iboratki, agarda tushumlar qancha va qachon kelib tushishi aniq bo’lsa, forvard bitimlaridan foydalanilishi kerakligi va aks holda optsionlardan foydalanish kerakligidir. Lekin optsion forvard shartnomalariga qaraganda qimmatroq moliyaviy vosita hisoblansada, O’zbekiston sharoitida ulardan foydalanish hozirgi valyuta bozorlari nobarqaror bo’lgan holatlarida maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Shuni alohida aytib o’tish kerakki, eksport muomalalari bo’yicha moliyaviy natijaga ustama xarajatlar ham ta’sir qiladi. Bu boradagi auditorning vazifasi bunday xarajatlarning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligini aniqlashdir. Ustama xarajatlar miqdor mazmunini o’rganish har bir moddaning smeta va baza davriga nisbatan mutloq va nisbiy o’zgarishini taqqoslash tahlili orqali o’tkazishdan boshlanadi (10.12 jadval).
|
| |