Amaliy audit




Download 13,28 Mb.
bet127/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

T = Kq (F+A)
Bu erda: T-qoplanish davri;
Kq - korxona faoliyati davrida kapital qo’yilmalar;
A - korxona faoliyati davrida mahsulot ishlab chiqarishga ajratiladigan amortizatsiya xarajatlari;
F - balans foydasi.
Auditor imtiyozlardan foydalanish darajasini va qoplanish davridan so’ng tarmoqlararo komissiyaga so’nggi hisob-kitoblarni topshirilishini tekshirishi kerak. Bojxona imtiyozlari moliyaviy natijaga ta’sir ko’rsatadi. Imtiyozlardan noqonuniy foydalanish asoslanmagan tarzda foydani ko’paytiradi.
Korxonalar mahsulot, ish va xizmatlar eksporti bilan bog’liq bo’lmagan xorijiy davlatlarda daromadga ega bo’lishi mumkin, bu kapital eksporti bilan bog’liq. Bunday eksportga quyidagilar kiradi:

    • chet el korxonalari nizom kapitaliga qo’yilmalar;

    • qimmatli qog’ozlarni sotib olish;

    • binolar, inshootlar va boshqa mulk, shu jumladan er va er osti boyliklari, shu davlatga tegishli ko’chmas mulk bo’yicha mulk huquklarini olish;

    • ko’chmas mulk bo’yicha boshqa huquqlar;

    • tovarlar, ish va xizmatlar ekporti bo’yicha 180 kundan oshirilgan to’lov muddatini uzaytirishlari.

Noqonuniy kelishuvlar oqibatida olingan daromadlar O’zbekiston Respulikasining
«Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq davlat foydasiga o’tkaziladi, shu tufayli auditorning vazifasi xorijda olingan daromadlarni qonuniyligini tekshirishdan iborat.
Auditor xorijiy xaridor va buyutmachilar bilan hisob-kitoblar shaklini, to’lov muddatini, eksport bo’yicha kredit va kredit to’lovlari stavkalarini o’rganadi. Eksportga jo’natilgan tovarlar bo’yicha debitorlik qarzlarini tahlil qiladi.
Debitorlik qarzlarini tasdiqlash auditorlik jarayonining asosiy bosqichlaridan hisoblanadi.
Tasdiqlashning quyidagi shakllari taklif qilinadi:

    • so’rovnoma;

    • hujjatlashtirish.

So’rovnoma ikki xil bo’lishi mumkin: pozitiv va negativ. Pozitiv - debitorlik qarzi realligi haqida auditor aniq ma’lumotga ega, lekin muddati va miqdorini aniqlash kerak. Auditor debitorlik qarzini tasdiqlash haqida so’rovnoma berishi mumkin, xaridor esa so’rovnomada ko’rsatilgan summa faqat uning hisobida yo’q bo’lsa, javob berishi kerak. Agarda xaridor javob bermasa, auditor eksporter hisobidagi debitorlik qarzini to’g’ri deb hisoblaydi va javob faqat summa tasdiqlamasagina kelishini inobatga olib, bunday so’rovnomalarni «negativ» deb hisoblaymiz.
Eksport bo’yicha tovarlar, ish va xizmatlar uchun debitorlik qarzining haqiqiyligini
«hujjatli tasdiqlash» kabi audit tamoyili orqali aniqlash mumkin. Hujjatli tekshirish so’rovnoma
«negativ» bo’lgan hollarda amalga oshiriladi.
Amaliyotda eksportga jo’natilgan tovarni hisobda ikki marta aks ettirish hollari uchraydi. Buning uchun auditor hisob yozuvlarini sinchkovlik bilan tekshirishi zarur. Masalan, eksport bo’yicha kontraktlar va hisob vedomostlari solishtiriladi.
Eksport muomalalari bo’yicha hisob-kitoblarning samaradorligi tahlili o’tkazilishi kerak. Bizning fikrimizcha, eng samarali hisob-kitob usullaridan biri veksellar bilan hisoblashishdir, chunki mol etkazib beruvchi bunday holda chet el valyutasida daromad olishi mumkin. Bunday muomalalarni (10.14 jadval) tekshirish uchun misol tariqasida ish jadvali taklif qilinadi.


    1. Download 13,28 Mb.
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   211




Download 13,28 Mb.