|
Amaliy audit
|
bet | 124/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditIV. Tasniflash
10
|
Balansdagi «Valyuta schyoti» bo’yicha korxonada vujudga keladigan tiniq muomalalarga
xarakterli schyotlar korrespondentsiyasi ishlab chiqilganmi?
|
|
V. Hisob
|
11
|
Bank ko’chirmalari o’z vaqtida qayd etilib, hisobda aks ettiriladimi?
|
|
Bank ko’chirmasida aks ettirilgan har bir muomala zarur birlamchi hujjat bilan asoslanishi kerak. Tekshirish natijasida hujjatsiz hisobdan chiqarish yoki bir maqsad uchun hisobdan chiqarilgan valyuta mablag’ini asoslash uchun boshqa maqsadga ajratilgan birlamchi hujjat bilan asoslash hollarini aniqlash mumkin. Bank muomalalari hisobda aks ettirilishining haqqoniyligi, asosan, qoldiqlarni tekshirishni o’z ichiga oladi va quyidagi ish jadvali asosida amalga oshiriladi (10.8 jadval).
Jadval
Valyuta schyoti bo’yicha muomalalar nazorati
-
Sana
|
Bank ko’chirmasi bo’yicha
|
Buxgalteriya hisobi bo’yicha
|
O’zgarish
|
s-do
|
oborot
|
S-do
|
s-do
|
oborot
|
s-do
|
s-do
|
oborot
|
s-do
|
d-t
|
k-t
|
d-t
|
k-t
|
d-t
|
k-t
|
|
01.01.01
|
1000
|
200
|
300
|
900
|
1000
|
200
|
300
|
900
|
-
|
-
|
-
|
-
|
03.01.01
|
900
|
-
|
500
|
400
|
900
|
-
|
500
|
400
|
-
|
-
|
-
|
-
|
05.01.01
|
400
|
700
|
100
|
1000
|
400
|
700
|
100
|
1000
|
-
|
-
|
-
|
-
|
va hokazo
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Valyuta mablag’larining harakati bo’yicha audit dasturi ishlab chiqilishi zarur bo’ladi. Taxminiy dasturni 6.1.33 jadvalda ko’rsatishni ma’qul topdik.
Jadval
Valyuta schyotlari bo’yicha auditorlik nazorati dasturi
-
№
|
Dastur savollari
|
Ma’lumot manbai
|
Izoh (qo’llanila
digan usullar)
|
1
|
Bankdan olib kelingan va kirim qilingan valyuta nazorati
|
Bank ko’chirmasi, kassir hisoboti j/o №2-1
|
Ko’rib chiqish, taqqoslash
|
2
|
Bank ko’chirmalari va ularga ilova qilingan hujjatlarni tekshirish
|
Bank ko’chirmasi, ilova qilingan hujjatlar
|
Tasdiqlash, ko’rib chiqish
|
3
|
Import tovarlarining to’la kirim qilinishi va haq to’lanishi o’rtasidagi mutanosiblik
|
Bank ko’chirmalari, tovarlarni kirim qilishga asos hujjatlar
|
Tanlov, ko’rib chiqish
|
4
|
QQS o’z vaqtida o’tkazib berilishi
|
Bank ko’chirmasi, to’lov talabnomasi
|
Ko’rib chiqish, taqqoslash
|
5
|
Valyuta xarid qilishning maqsadga muvofiqligi
|
Bank ko’chirmasi, xarid qilish
|
Tasdiqlash, ko’rib
|
|
va hisobda aks ettirilishi
|
uchun arizalar
|
chiqish
|
6
|
Valyutani saqlagani uchun bank foizlarining o’z vaqtida hisoblanishi va to’lanishi
|
Bank xizmatini ko’rsatish bo’yicha shartnoma, bank ko’chirmasi
|
Ko’rib chiqish, taqqoslash
|
7
|
Kurslar bo’yicha farqni aniqlashning nazorati
|
Bank ko’chirmalari
|
Hisob-kitob
|
8
|
Hisoblangan qoldiqlarning milliy valyutada aks ettirilishi
|
Bank ko’chirmalari
|
Hisob-kitob
|
9
|
Korxona va tashkilotlarga o’tkazilayotgan summalarning maqsadga muvofiqligi va haqiqiyligi
|
Schyot-faktura, shartnoma, to’lov talabnomalari, kirim hujjatlari, boshqa tashkilotlarning bajargan xizmatlari
|
Ko’rib chiqish, taqqoslash
|
10
|
Akkreditivlarning maqsadga muvofiqligi, ularning kontraktda ko’zda tutilishi. Turli hisob kitob usullarini qo’llashning maqsadga muvofiqligi
|
Kontraktlar, akkreditiv uchun arizalar
|
Tasdiqlash, tahlil usullari
|
Alohida shuni qayd etib o’tish kerakki, tovarlar eksporti jarayonida ustama xarajatlar vujudga keladi. Bu xarajatlar tranzit valyuta schyotidan korxonaning joriy valyuta schyotiga majburiy valyuta sotish amalga oshirgunga qadar o’tkazilishi kerak. Bularni inobatga olgan holda auditor tranzit valyuta schyotidan sotiladigan valyutaning to’laligi va haqqoniyligini aniqlashi kerak.
Ikki xo’jalik yurituvchi tashkilot o’rtasidagi vositachi firmalar tranzit valyuta schyotiga kelib tushayotgan valyuta tushumini eksport qilayotgan tashkilotning tranzit valyuta schyotiga komission rag’batlantirish summalarini ushlab qolib o’tkazib beradi. Vositachi firmalar uchun komission rag’batlantirish summalari valyuta tushumi hisoblanadi va bir qismi majburiy sotilishi kerak.
Eksport operatsiyalarida hisob-kitoblarning eng foydali va ishonchli shakli hujjatli akkreditivdir. U eksporterga eksport tushumini o’z vaqtida olishni kafolatlaydi. Hujjatli akkreditivni qo’llash shartlari (akkreditiv turi, hisob-kitoblarda ishtirok etayotgan banklar, eksporter tomonidan akkreditiv talabnomasini olish uchun bankka taqdim qilinadigan hujjatlar ro’yxati) eksport va import orasida tuziladigan kontraktda maxsus ko’rsatib o’tiladi.
Hisob-kitoblarning bunday shaklda hujjatlar aylanishi bankda eksporter foydasiga akkreditiv ochilishidan boshlanadi. Akkreditiv importerning (buyruq beruvchining) arizasiga ko’ra ochiladi. Importer bunday arizani bankka eksporterdan tovarning jo’natish uchun tayyorligi haqida ma’lumot olgandan keyin taqdim qiladi.
Importerning akkreditiv ochish haqidagi arizasida akkreditivning barcha shartlari ko’rsatib o’tiladi. Importerning banki - emitent akkreditivni ochadi va bu haqida eksporterning bankiga xabar beradi. Bu xabar bevosita importerning bankidan eksporterning bankiga va shuningdek boshqa (avizo beruvchi) bankka jo’natilishi mumkin. Avizo beruvchi bankka akkreditiv bo’yicha hujjatlarni qabul qilish va importerning bankiga jo’natish vakolati beriladi. Akkreditivda uning amal qilish muddati, summasi, akkreditiv bo’yicha pulni olish va ekporterning hisobiga o’tkazish uchun lozim bo’lgan hujjatlar ro’yxati ko’rsatiladi. Eksporterga hujjatni akkreditiv haqida uning banki xabar beradi.
Agar eksporter akkreditiv shartlariga rozilik bildirsa, u akkreditivda ko’rsatilgan muddatda tovarni jo’natishi shart.
Tovarlar jo’natilgani, ishlar bajarilgani, xizmatlar ko’rsatilganidan keyin eksporter o’z bankiga transport va akkreditivda ko’rsatilgan boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
Hujjatli akkreditivda hujjatlar bankka akkreditivning muddati doirasida va tovar jo’natilgandan keyin 21 kundan kechikmasdan taqdim qilinadi. Eksporterning banki taqdim qilgan hujjatlarning akkreditiv shartlariga mosligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshiradi. Hujjatli akkreditiv bo’yicha eksport tushumini o’z vaqtida olish akkreditiv shartlarga to’liq rioya qilish bilan uzviy bog’liqdir.
Akkreditivlar bilan hisob-kitoblar tekshirilganda ular ochilishining zarurligi aniqlanadi. Akkreditivlarning ishlatilmagan summalari xaridorga qaytariladi. Ishlatilmagan valyuta mablag’lari qaytarilishining to’laligi va qaytarish muddati qanday akkreditiv turi ochilganligiga bog’liq.
Auditorning vazifasi ochilayotgan akkreditivlarni kontrakt shartlari bilan solishtirishdan iborat bo’lib, korxonada akkreditivlarni ishlatish muddatlari bo’yicha hisobni tashkil qilinishi ham aniqlanadi.
Ayrim hollarda akkreditivlardan to’lash bitta summa emas, balki bir nechta summa bilan amalga oshiriladi va buxgalterlarning e’tiborsizligi yoki atayin harakatlari tufayli ayrim summalar hisobdan chiqarilmay qoladi. Buning natijasida «Akkreditivlar» schyotida noreal saldo vujudga keladi. Bunday hollarda auditor akkreditiv ochilgan joyga, ya’ni mol etkazib beruvchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka so’rovnoma jo’natishi kerak bo’ladi.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi valyuta munosabatlarini tartibga solishda auditorlik nazoratining o’rni muhimligidan kelib chiqib, yuqoridagi takliflar o’rinli bo’lishi aniqdir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, valyuta operatsiyalari bu nafaqat xorijiy valyuta bilan oldi-sotdi qilish jarayoni, balki o’ziga xos faqat o’z qonunlariga bo’ysunuvchi kichik dunyodir. Bu jarayonning aniq ifoda qilinishi ustidan o’tkaziladigan tekshirish valyuta konvertatsiyasining erkinlashuvi, joriy operatsiyalar bo’yicha erkin konvertatsiyaning cheklovlari, kapitallar harakati bo’yicha cheklovlar kabi muammolarni echishda zarurdir.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan so’ng chet davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlar o’rnatish tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, respublikaga chet el investitsiyalarini jalb qilish, tashqi savdo oborotida markazlashgan eksport va import ulushini kamaytirish, mijozlarga valyuta xizmatini ko’rsatadigan tijorat banklari sonini kengaytirish, xalqaro hisob standartlarini to’la joriy qilib, auditning progressiv usullarini qo’llash eng dolzarb vazifalardan bo’lib qolmoqda. Bu masalalarning muqobil hal etilishidan ko’zlangan asosiy maqsad O’zbekistonning eksport potentsialini oshirish, xom ashyo eksportini tayyor mahsulot va xizmatlar eksporti bilan almashtirish, so’mning erkin konvertirlanishiga erishish, pirovard natijada esa O’zbekiston aholisining turmush darajasini oshirishdir.
Valyuta muomalalarini o’tkazish davomida valyuta qonunchiligiga rioya qilinishi valyuta nazoratining organlari va agentlari tomonidan nazorat qilinadi. Valyuta nazoratining asosiy yo’nalishlari quyidagilardir:
o’tkazilayotgan valyuta muomalalarining amaldagi qonunchilikka muvofiqligi va ularni o’tkazish uchun barcha zarur litsenziya va ruxsatnomalarning mavjudligini aniqlash;
rezidentlar tomonidan valyutani ichki bozorda sotish bo’yicha va davlat oldidagi majburiyatlarining bajarilishini tekshirish;
chet el valyutasidagi to’lovlarning asosli ekanligini tekshirish;
valyuta muomalalari va norezidentlarning so’mdagi muomalalari bo’yicha hisob va hisobotning to’liqligi hamda haqqoniyligini tekshirish.
Valyuta nazoratining organlari bo’lib, O’zbekiston Markaziy banki va O’zbekiston Respublikasi hukumati hisoblanadi.
Valyuta nazorati vazifasini valyuta nazoratining agentlari bajaradilar, masalan: Markaziy bankka hisobot beruvchi vakolatli banklar, Davlat Bojxona qo’mitasi va uning tarkibiy tuzilmalari valyuta qimmatliklarining O’zbekiston Respublikasi chegaralaridan o’tishini nazorat qiladi. Pul muomalasini, shu jumladan valyuta muomalasini tartibga solish maqsadida pul-kredit siyosati bo’yicha respublika komissiyasi tuzilgan valyuta qonunchiligi talablarining bajarilishini, shuningdek Davlat Soliq qo’mitasi nazorat qiladi, lekin nazoratning bozor infratuzilmasidan kelib chiqib amalga oshiriladigan shakli bu auditdir.
Tovarlar, ish va xizmatlar bo’yicha auditning maqsadi quyidagilarni tekshirishdan iborat bo’lmog’i lozim:
eksport tovarlari yo’nalishi bo’yicha ichki nazorat samaradorligini aniqlash;
eksportga chiqarilgan tovar-moddiy boyliklarning saqlanishi;
tovarlar eksporti bo’yicha so’mda va chet el valyutasida amalga oshirilgan ustama xarajatlarning miqdori va maqsadga muvofiq ekanligi;
buxgalteriya qoidalariga rioya qilishni tekshirish;
tovarlar, ish va xizmatlar eksporti bo’yicha moliyaviy natijaning haqiqiy aks ettirilishi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar qayd etish soni, imzolash joyi va sanasi ko’rsatilgan kontrakt asosidan amalga oshiriladi. Kontrakt bo’yicha nizolar vujudga kelsa, ularni imzolangan joy sudi hal qiladi (London, Toshkent va boshqalar).
Xalqaro iqtisodiy shartnomalar ishtirokchilari uchun yuzaga keladigan tavakkalchiliklardan biri valyuta tavakkalchiligi bo’lib, uning asosiy sabablari sifatida quyidagi omillarni ko’rsatishimiz mumkin:
ochiq valyuta pozitsiyasining mavjudligi;
kontraktda valyuta sifatida chet el valyutasidan foydalanish;
shartnoma tuzilgan vaqt bilan uning amalga oshirilish vaqti orasida ma’lum muddatning mavjudligi.
Valyuta tavakkalchiligi kontrakt tuzilgan kun bilan to’lovning amalga oshirilish kuniga bo’lgan davr mobaynida milliy valyuta kursining kontrakt valyuta kursiga nisbatan aniqlanadi. Valyuta kurslari qanchalik nobarqaror bo’lsa, valyuta tavakkalchiligi shunchalik yuqori bo’ladi. Valyuta xavf-xatari tashqi iqtisodiy shartnomalar ishtirokchilari uchun real valyuta yo’qotishlariga olib kelishi mumkin. Bu turdagi valyuta tavakkalchiligida rejalashtirilgan tashqi iqtisodiy muomalalarning natijalari amalga oshirilgan muomalalar natijalaridan farq qiladi. Buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan qaraganda bunday holat sintetik hisobda va moliyaviy hisobotlarda ham aks ettirilmaydi. Masalan, «tuzilgan shartnomalar, lekin amalga oshirilmagan» degan modda hech joyda uchramaydi. Valyuta tavakkalchiligining bu turi faqatgina analitik hisoblar tuzishidagini hisoblanishi mumkin.
Tashqi savdo shartnomalari bilan bevosita bog’lanmagan valyuta tavakkalchiligi balansning chet el valyutasida ifodalangan aktiv va passiv moddalarini qayta baholagan vaqtda, shu jumladan, chet eldagi filiallarning milliy valyutadagi foydalarini qayta baholaganda yuzaga keladi. Albatta, bu turdagi tavakkalchilik buxgalteriya hisobda aks ettiriladi va shuning uchun buxgalteriya tavakkalchiligi, deb atash mumkin. Bizning fikrimizcha, buxgalteriya tavakkalchiligining yuzaga kelishiga quyidagilar sabab bo’ladi:
chet el valyutasidagi aktivlarning balansda milliy valyutada aks ettirilishi;
chet el valyutasidagi aktiv va passiv moddalar summalarining har bir valyutaga nisbatan mos tushmasligi;
balansning chet el valyutasidagi moddalari holatini kurs o’zgarishlari davomida o’zgarmasligi.
Yuqoridagilarni inobatga olganda auditor:
valyuta xavf-xatarlari darajasini aniqlashi va o’lchashi;
tavakkalchilikni boshqarish strategiyalarini tanlashi;
valyuta tavakkalchiligini kamaytirishi;
valyuta tavakkalchiligini sug’urtalash va boshqa masalalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko’lami va bajarilish darajasini aniqlashi zarur.
Tashqi xaridorga eksport tovarlarini etkazib berish uchun kontraktni tuzgach, eksportyor ikki nusxada bitim pasportini rasmiylashtiradi va bankga topshiradi. Bu mazkur kontrakt bo’yicha eksport tushumini nazorat qilish uchun zarurdir.
Jo’natilgan tovar bo’yicha eksportyor bojxona deklaratsiyasini to’ldiradi va bitim pasportining nusxasi bilan O’zbekiston Respublikasining bojxonasiga tovarlarni bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar jo’natadi. Bojxona eksport tovarlarini jo’natish bo’yicha ma’lumotlarni jamlagan hisob kartochkalarini ochadi va ular asosida reestr tuzib, ikki nusxada kerakli bankka jo’natadi.
Hujjatlarning haqiqiyligi va to’ldirilishining to’g’riligini tekshirar ekan, auditor ayrim hollarda shu hujjatlarni to’ldirgan shaxslarni imzolarini to’g’riligi va hujjatning haqiqiyligini
tasdiqlab berish uchun chaqirtirishi mumkin. Tovarlar eksporti bo’yicha tuzilgan hujjatning to’g’riligini aniqlagach, hujjatlarning qonuniyligi aniqlanadi. Belgilangan qonunchilikka binoan eksportyor korxona sertifikat, kvotasiz eksportga jo’natish mumkin bo’lmagan muhim va strategik ashyolar ro’yxatiga kirgan tovarlar uchun litsenziyaga ega bo’lishi kerak.
Litsenziya olgandan so’ng eksporterlar tovarlarni jo’natadi. Litsenziyalangan tovarlarning olib chiqib ketilishi ustidan nazorat Davlat Bojxona qo’mitasiga yuklatilgan. Bu muomalalarning qonuniyligi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998 yil 8 aprelda 422-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan «O’ziga xos tovarlarning eksporti va ularning O’zbekiston Respublikasi hududiga importni litsenziyalash tartibi to’g’risida»gi Nizom bilan tasdiqlandi.
Bu Nizomga asosan O’zbekiston Respublikasi hududida litsenziyalashning yagona rejimi amal qiladi, litsenziyalanadigan tovarlarning yagona ro’yxati, litsenziyalarni berishning yagona tizimi bunday rejimning negizi hisoblanadi.
Litsenziyalar eksportchilar yoki importchilarning namunaviy blanklardan taqdim etilgan buyurtmalar asosida beriladi. Buyurtma beruvchi tashkilot buyurtma bilan birgalikda majburiy tartibda Tashqi Iqtisodiy Aloqalar agentligining tegishli bo’linmasiga Vazirlar Mahkamasining farmoyishini, xaridor bilan sotuvchi imzolagan kontraktni va tovarlarning ishlab chiqarilganligi haqidagi sertifikatni taqdim qiladi. Buyurtma beruvchilar litsenziya berilishi uchun arizalarning ko’rib chiqilishi maqsadida taqdim qilinadigan ma’lumotlarning haqiqiyligi uchun javob beradilar. Kontraktning asosiy shartlari o’zgarganda berilgan litsenziyalar qaytadan rasmiylashtirilishi kerak bo’ladi. Auditor kontrakt shartlarida ko’zda tutilgan xaridor yoki sotuvchining o’zgarishi, narxlar, etkazib berish muddatlari, to’lovlar turlarining o’zgarishi kabi shartlarga alohida e’tibor berishi kerak.
Litsenziyalar bitimni amalga oshirish uchun zarur muddatga, lekin bir yildan ortiq bo’lmagan muddatga beriladi. Buyurtmachining asoslangan iltimosnomasiga ko’ra litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin.
Tovarlarning yuklab jo’natilishi faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan litsenziya olingandan so’ng amalga oshiriladi. Arizachida litsenziya berilishi haqidagi qaror qabul qilinguniga tuzilgan kontraktning mavjudligi litsenziyani berish va yukni O’zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Olingan litsenziyaning ko’chirma nusxasi bojxona yuk deklaratsiyasiga ilova qilinadi va litsenziyalanadigan tovarlarning chegara orqali olib o’tishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Eksport muomalalari bo’yicha ichki nazorat tizimi holatini aniqlash uchun auditor test o’tkazishi zarur bo’ladi. Taxminiy test savollarini 6.2.34 jadvalda ko’rsatamiz. 6.2.34 jadvalda ishlab chiqilgan testlar asosida auditor eksport tovarlar yo’nalishi bo’yicha ichki nazorat tizimining samaradorligini aniqlaydi.
Agarda hisob tovarlar yo’nalishining har bir bosqichida joylashishini va ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yilmay mol oluvchiga etib borishini ta’minlasa, nazorat yaxshi tashkil qilingan, deb hisoblash mumkin.
|
| |