|
Amaliy audit
|
bet | 167/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditAMALIY MASHG’ULOT UCHUN MASALALAR
13-MAVZU. AUDITORLIK TEKSHIRUVI NATIJALARI BO’YICHA AUDITORLIK HISOBOTI VA XULOSASINI TAYYORLASH
Masala. “Almaz” MChJ moliyaviy hisoboti auditi davomida quyidagilar aniqlandi: audit qilinayotgan davrda, ya’ni 30.04.2013 yilda muddati 12 oy bo’lgan, miqdori 12000000 so’mlik kredit olish bo’yicha № 1 – sonli shartnoma tuzilgan.
Kreditni ta’minlash sifatida 03.04.2013 yilda rasmiylashtirilgan №3-garov shartnomasi (asosiy vositalar) va №4 (bank vekseli) bo’yicha mulk garovga qo’yiladi. №3-shartnoma bo’yicha garov qiymati 16000000 so’mni tashkil etadi. “Almaz” MChJ № 1-kredit shartnomasiga ko’ra garov mulkini mulk shartnomasiga ko’ra garov qiymatidan kam bo’lmagan summada sug’urtalash majburiyatini oladi. “Almaz” MChJ 30.04.2013 yilda rasmiylashtirilgan №5009 raqamli mulk sug’urtasi shartnomasini va №5009 raqamli sug’urta polisini taqdim etdi. Sug’urta shartnomasining amal qilish muddati 12 yil. Sug’urta summasi – 16000000 so’m, sug’urta mukofoti 24000 so’mni tashkil etadi. № 4 garov shartnomasi bo’yicha 2000000 so’m miqdorda bank krediti berilgan.
Tekshirishda aniqlandiki kreditni to’lash kredit shartnomasi grafigiga mos ravishda amalga oshirilmoqda. 009 – “Majburiyatlar va to’lovlarning ta’minoti - berilgan” balansdan tashqari schetida garov mulk 20000000 so’m deb hisoblanadi va uning qoldiq qiymati №3 - garov shartnomasi tuzilgan sanaga mos keladi. 009 schet krediti bo’yicha №3 – garov shartnomasidagi mulk qiymati hamda 008 – “Majburiyatlar va to’lovlarning ta’minoti - olingan” balansdan tashqari schetida 10000000 so’m hisobdan chiqarilgan. 2013 yil uchun hisob ob’ektlari yo’q. 3190 – “Kelgusi davrning boshqa xarajatlari” scheti bo’yicha 31.12.2013 yilga sug’urta mukofoti summasi 24000 so’mni tashkil etdi.
5820 – “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” schetida 2000000 so’mlik bank krediti hisobga olinmagan. Hisob-kitoblar scheti tarkibiga ushbu bank krediti bo’yicha ma’lumotlar aniqlanmadi.
|
| |