|
Amaliy audit
|
bet | 164/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditTa'kidlovchi qism.
Biz auditorlik tekshiruvini AFMSlarga muvofiq o`tkazdik. Ushbu standartlar bizga, moliyaviy hisobot ma'lumotlaridan foydalanuvchilarda, moliyaviy hisobotda unchalik ahamiyatli kamchiliklar yo`qligi to`g`risida yetarli darajada ishonchni ta'minlash majburiyatini yuklaydi. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning ishonchliligini va qonunchilikka hamda moliyaviy xojalik faoliyatining haqiqiy ahvoliga muvofiqligini baholashdan iborat.
Biz, o`tkazgan auditorlik tekshiruvimiz fikr bildirishimiz uchun asosga ega deb hisoblaymiz.
Tekshiruvda xojalik yurituvchi subyekt tomonidan million
so`mlik summa xarajatlarga noqonuniy olib borilgan bo`lib, amaldagi qonunchilik buzilganligi va moliyaviy hisobot buzib ko`rsatilganligi aniqlandi.
Yakunlovchi qism.
Biznig fikrimizcha, ning (xojalik yurituvchi subyekt nomi)
Moliyaviy hisobotida aks ettirilgan moliya-xojalik faoliyati natijalari to`g`risidagi axborotlar ishonchli emas.
Auditorlik tashkiloti rahbari
(imzo)
Auditorlar: (imzolar) « » 20 y. M.O`.
Auditorlik tekshiruvi natijasida aniqlangan xato-kamchiliklar xojaliklar xojalik yurituvchi subyekt tomonidan tuzatilganda salbiy auditorlik xulosasi tuzilmaydi.
Auditor buxgalterlik hisobi va hisobotining sifati to`g`risida ishonch bilan auditorlik xulosasi tuza olish uchun yetarli darajada ishonchli dalillar to`play olmagan vaqtda xulosa tuzilmaydi. Bunday holat auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi oqibatida moliyaviy hisobot to`g`risida fikr bildirish uchun auditorlik dalil-isbotlar yetarli bo`lmaganida yuzaga keladi.
O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shartnoma tuzuvchi auditorlik tashkiloti va mijoz-korxona tadbirkorlik subyektlari sifatida teng huquqli bo`lsa ham, maqomi bo`yicha teng huquqli bo`la olmaydilar, chunki auditorlik tashkiloti tekshiriladigan xojalik tizimini nazorat qiladi. Bunda mijoz-korxona ma'muriyati auditorlik tashkilotining xulosa tuzishdan voz kechish ehtimoli oldindan aniqlanib qo`yilishiga rozi bo`lishi lozim degan xulosa kelib chiqishi mumkin. Umuman olganda, bunday ehtimollik juda kam uchraydi, ammo qonunchilikda belgilab qo`yilgan.
Auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish ayrim maxsus hollarda yuzaga keladi. Bular: auditor mustaqilligini yo`qotishi, balans tuzilgan sanadan keyingi sodir bo`lgan jiddiy hodisalar yoki vaziyatning noaniqligi, xojalik yurituvchi subyekt tomonidan, yoki ayrim murakkab vaziyatlar tufayli audit o`tkazish sohasining cheklab qo`yilishi.
Auditorning xulosa tuzishdan voz kechishi yozma ravishda, 70-sonli AFMSda ko`rsatilgan shakl bo`yicha rasmiylashtirilib, uning mazmuni juda ham puxta asoslangan bo`lishi lozim.
Auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi - bu xojalik yurituvchi subyekt vakillari yoki uchinchi shaxslarning, boshlab qo`yilgan auditorlik tekshiruvini, auditor auditorlik xulosasi tayyorlash uchun yetarli deb hisoblaydigan hajmda o`tkazishga to`sqinlik qilishga qaratilgan ochiqdan-ochiq ko`rsatadigan xatti-harakatlari yoki harakatsizligidir.
Auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish ariza ko`rinishida bo`lib,
«Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish to`g`risidagi arizasi» deb nomlanadi va quyidagi shaklda bo`ladi.
|
| |