Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzilishdan voz kechish




Download 13,28 Mb.
bet165/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzilishdan voz kechish
to`g`risidagi arizasi
Men (biz) (auditorlik tashkilotining nomi va rekviztlari)
auditor (auditorlar) (auditorlarning nasabi, ismi-sharfi)
tomonidan ning (xojalik yurituvchi subyekt nomi)
200 -yil 1 -yanvardan 31 -dekabargacha bo`lgan davr uchun moliyaviy hisoboti tekshiruvdan o`tkazildi.
Xojalik yurituvchi subyekt
(xojalik yurituvchi subyekt nomi)
Xorijiy mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni to`liq taqdim qilmadi. Bu biz boshlagan auditorlik tekshiruvini, auditorlik xulosasi tayyorlash uchun zarur hajmda o`tkazishga imkon bermaydi deb hisoblaymiz.
Yuqorida keltirilgan auditorlik tekshiruvining hajmini cheklash faktiga asosan auditorlik tashkiloti
(auditorlik tashkilotining nomi va rekvizitlari)
xojalik yurituvchi subyekt
(xojalik yurituvchi subyekt nomi)
moliyaviy hisoboti to`g`risida fikr bildirishdan voz kechadi.
Auditorlik tashkiloti rahbari (imzo)
Auditorlar
(imzolar) « » 200 y. M.O`.

Agar salbiy xulosa tuzilsa yoki xulosa tuzilmasa, auditor ta'kidlovchi qismda tekshiruv natijalarini, aniqlangan amaldagi qonunchilik buzilishi faktlarini va korxona faoliyatidagi boshqa kamchilklarni batafsil bayon qiladi.


Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi, ya'ni korxona rahbariyatiga taqdim qilinadi.
Xojalik yurituvchi subyektlar auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so`ng 15 kun ichida auditorlik xulosasining bir nusxasini o`zlari joylashgan hududdagi soliq organiga taqdim qiladilar.
Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotda foydalanuvchilar uchun tushunarli bo`lib, unda auditorning ikkilanish va (yoki) noroziligidan kelib chiqqan cheklashlar aniq ko`rsatilishi lozim. Auditorlik xulosasi barcha moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar olish imkoniga ega bo`lgan ochiq axborot hisoblanadi. Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda xojalik yurituvchi subyekt tomonidan chop ettirilishi mumkin.
Agar ko`rsatilgan kamchiliklar buxgalteriya hisobotining haqqoniyligiga ta'sir qilmaydigan bo`lsa, auditor xulosa tuzishga kirishadi. Aks holda auditor buxgalteriya hisobining yuritilishi va korxona tomonidan taqdim qilingan hisobotlar to`g`riligini tasdiqlashdan bosh tortishi lozim. Faqat ko`rsatilgan kamchiliklar tugatilgandan so`nggina tekshiruvlarni yakunlashi va ularning natijalari bo`yicha xulosa tuzish mumkin. Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishdagi kamchiliklarni tugatish uchun korxonaga berilgan vaqt, odatda, agar bunday ishlarning jiddiyligi va sermehnatligi real baholansa, ikki-uch oydan oshmasligi lozim.
Auditorga barcha zarur ma'lumotlar o`z vaqtida taqdim etilmagan yoki buzib ko`rsatilgan holda taqdim etilganligini u bilmagan bo`lsa, bunga auditor javobgar hisoblanmaydi. Bu hollarda barcha javobgarlik zarur ma'lumotlarni auditorga taqdim etishi lozim bo`lgan, tekshirilayotgan korxona ma'muriyati va uning ma'sul xodimlariga yuklatiladi.
Shu boisdan, korxona rahbari va moliya-hisob xizmati xodimlari oldindan, auditorlik xulosasini oxirgi tahrirda tuzgunga qadar tanishib chiqishlari, agarda ularda ayrim holatlarga nisbatan norozilik, mulohaza yoki qandaydir takliflari bo`lsa, ushbu bildirilgan fikrlar diqqat bilan eshitilib, korxona xodimlari ishtirokida muhokama qilinishi va asoslangan holda chiqarib tashlanishi yoki e'tiborga olinib, xulosaning oxirgi taxririda inobatga olinishi lozim.
Korxona bir oy ham o`tmasdan, qayta tekshirish natijasida ijobiy xulosa olsa, bu hol auditorlarga ishonchsizlik bildirishga olib kelishi mumkin. Bu xuddi oylab darsga qatnashmagan, qobiliyatsiz talabaning imtihonda mutlaqo savodsizligini namoyon qilib, «qoniqarsiz» baho olganidan so`ng, ertasiga ba'zi bir sabablarga ko`ra «a'lo» bahoga qayta topshirgani kabi noreal hodisadir.
Shuningdek, agar tekshiruvda hech qanday kriminalga oid holat aniqlanmagan bo`lsada, xulosalarni ochiqdan-ochiq yoki niqoblangan ishoralar bilan shakllantirish mumkin emas. Ammo, shunga qaramasdan korxona ishida suiiste'mol hollari uchrasa, sudlov-tergov organlari tomonidan chuqur tekshirilib, ular ochib tashlanadi. Yana bir marta shuni ta'kidlash lozimki, auditor xulosada faqat qo`l ostidagi hujjatlar yoki aniq formulalar, retsepturalar, normalar, limitlar va boshqa ma'lumotlarga asoslangan, benuqson, aniq hisob-kitoblar bilan tasdiqlangan faktlarni keltirishi lozim.


  1. Download 13,28 Mb.
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   211




Download 13,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzilishdan voz kechish

Download 13,28 Mb.