|
Ijobiy auditorlik xulosasi
|
bet | 163/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditIjobiy auditorlik xulosasi
Kirish qism.
Men (biz) (auditorlik tashkilotining nomi va rekvizitlari) auditor (auditorlar) (auditorlarning nasabi, ismi-sharfi)
tomonidan ning (xojalik yurituvchi subyekt nomi)
200 - yil 1 -yanvardan 31 -dekabrgacha bo`lgan davr uchun moliyaviy hisoboti tekshiruvdan o`tkazildi. Auditorlik tekshiruvidan o`tkaziladigan moliyaviy hisobotning tayyorlanishi va ishonchliligi uchun mas'uliyat xojalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga yuklatiladi. Auditorlik tashkiloti mazkur moliyaviy hisobot bo`yicha berilgan xulosa uchun mas'ul hisoblanadi.
Ta'kidlovchi qism.
Biz auditorlik tekshiruvini AFMS larga muvofiq o`tkazdik. Ushbu standartlar bizga, moliyaviy hisobot ma'lumotlaridan foydalanuvchilarda, moliyaviy hisobotda unchalik ahamiyatli kamchiliklar yo`qligi to`g`risida yetarli darajada ishonchni ta'minlash majburiyatini yuklaydi. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning ishonchliligini va qonunchilikka hamda moliyaviy xojalik faoliyatining haqiqiy ahvoliga muvofiqligini baholashdan iborat.
Biz, o`tkazgan auditorlik tekshiruvimiz fikr bildirishimiz uchun asosga ega deb hisoblaymiz.
Yakunlovchi qism. Biznig fikrimizcha, ning
(xojalik yurituvchi subyekt nomi)
moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holatini ishonarli aks ettiradi va mazkur xojalik yurituvchi subyekt tomonidan sodir etilgan moliyaviy va xojalik muomalalari O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq.
Auditorlik tashkiloti rahbari
(imzo)
Auditorlar
(imzolar)
« » 20 y. M.O`.
Salbiy auditorlik xulosasi
Kirish qism.
Men (biz) (auditorlik tashkilotining nomi va rekvizitlari) auditor (auditorlar) (auditorlarning nasabi, ismi-sharfi)
tomonidan ning (xojalik yurituvchi subyekt nomi)
20 -yil 1 -yanvardan 31 -dekabrgacha bo`lgan davr uchun moliyaviy hisoboti tekshiruvdan o`tkazildi. Auditorlik tekshiruvidan o`tkaziladigan moliyaviy hisobotning tayyorlanishi va ishonchliligi uchun mas'uliyat xojalik yurituvchi
subyekt rahbariyatiga yuklatiladi. Auditorlik tashkiloti mazkur moliyaviy hisobot bo`yicha berilgan xulosa uchun mas'ul hisoblanadi.
|
| |