|
-chizma. Operatsion audit bilan moliyaviy hisobot auditi o’rtasidagi farqlar
|
bet | 171/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy audit14.1-chizma. Operatsion audit bilan moliyaviy hisobot auditi o’rtasidagi farqlar.
Auditorlik tekshiruvlari ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, korxonadagi tartib, mehnat va texnologik intizomni, tovar-moddiy zahiralarning
omborlar va boshqa saqlash joylaridagi hisobi, mulklarning saqlanishi, hisob- kitoblar holati va korxona moliya-xo’jalik faoliyati hamda uning natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan boshqa ko’plab holatlarni qamrab oladi. Shuning
uchun auditorlik hisobotida korxona moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalariga bevosita ta’sir-ko’rsatadigan, hamda hisob ma’lumotlari va hisobot ko’rsatkichlari ishonchliligini pasaytirishiga olib keladigan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi katta kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berilishi lozim. Agar audit oldiga xo’jalik tizimiga yuqori samaradorlik va mehnat unumdorligi darajasiga chiqish uchun yordam berish maqsad qilib qo’yilgan bo’lsa, ichki xo’jalik auditorlarining kuchi bilan ichki xo’jalik nazorati usullarining samaradorligini testdan o’tkazish operatsion auditning elementini tashkil qiladi. Masalan, xodimlarning kvalifikatsiya darajasini tekshirish - bu ham operatsion audit, agar masala faqat kompaniya o’z mahsulotini samarali va unumli ishlab
chiqarayotgan yoki yo’qligini aniqlashga qaratilgan bo’lsa.
Quyida ko’rib o’tiladigan farqlardan tashqari, yana shuni aytish kerakki, moliyaviy hisobot auditi o’tgan davrni hisobga olib ish yuritsa, operatsion audit xo’jalik faoliyatining kelajagiga taalluqli bo’ladi. Masalan, operatsion audit tufayli xom-ashyolarni sotib olishda xarajatlarni kamaytirish uchun, biron-bir mahsulot minimal narxda xarid qilinayotganligi yoki yo’qligini baholash mumkin.
Ichki xo’jalik nazoratni baholashda moliyaviy hisobot auditi bilan operatsion audit o’rtasida ikkita muhim farq mavjud:
Ichki xo’jalik nazoratni testdan o’tkazish va baholash maqsadlaridagi
farq;
Ularning ish ko’lamidagi farqi.
Moliyaviy hisobot auditida ichki xo’jalik nazorat tizimini baholashdan asosiy maqsad - bu tekshiruv masshtablarini aniqlashdir. Operatsion audit uchun esa bu maqsad shu nazorat tizimining unumdorligi va samaradorligini baholashdan hamda ma’muriyat uchun tavsiyanomalar berishdan iborat.
Ichki xo’jalik nazoratini baholash moliyaviy hisobot auditida moliyaviy hisobotning aniqligiga ta’sir etuvchi savollarga javoblar bilan chegaralangan bo’lsa, operatsion auditda nazoratning har qanday turi samaradorlik va unumdorlikka ta’sir etishi ko’rib chiqiladi. Masalan, operatsion auditda mahsulotlarning reklama kataloglaridan foydalanish oqibatidagi haqiqiy unumni aniqlash uchun marketing bo’limlari foydalanadigan hisob siyosati va muolajalarini o’rganib chiqish mumkin.
Unumdorlik va samaradorlik nuqtai nazaridan ichki xo’jalik nazoratiga baho beruvchi operatsion auditning uchta asosiy kategoriyalari mavjuddir. Operatsion auditning turlarini quyidagi 14.2-chizmada ko’rsatishga harakat qilamiz:
|
| |