|
-chizma. Operatsion auditning turlari
|
bet | 172/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy audit14.2-chizma. Operatsion auditning turlari.
Yuqori ko’rsatib o’tilgan farqlarni quyidagicha izohlash mumkin:
Funktsional audit – faoliyat turlarini vazifalar bo’yicha tasniflash mumkin. Masalan, ishlab chiqarish funktsiyasi va etkazib berish funktsiyasi bor. Funktsiyalarni tasnif qilishning ko’plab usullari mavjud, masalan buxgalteriya hisobining funktsiyalari. Biroq, pul mablag’larini qabul qilish va xarajat qilish, hisob-kitoblarni amalga oshirish funktsiyalari ham mavjud.
Funktsional audit, o’z nomidan kelib chiqib, xo’jalik tizimining bir yoki bir qancha funktsiyalari uchun tegishli bo’ladi. Masalan, uning yordamida biron-bir bo’lim yoki umuman kompaniya bo’yicha pul hisobotlari funktsiyasini tekshirish mumkin.
Funktsional auditning e’tiborli tomoni shundaki, u auditorlarning ixtisoslashishiga imkon beradi. Ba’zi ichki xo’jalik auditorlari ishlab chiqarish texnologiyasi kabi sohalarda yuqori darajali bilimga erishishlari bilan, ular o’zlarining vaqtlaridan shu sohaning auditi uchun samarali foydalanishlari mumkin. Funktsional auditning kamchiligi shundan iboratki, bunda funktsiyalar o’rtasidagi bog’liqlikni baholash imkoni yo’q. Zero, o’sha ishlab chiqarish texnologiyasi tayyor mahsulot ishlab chiqarish funktsiyasi va xo’jalik tizimining boshqa funktsiyalari bilan o’zaro uzviy bog’liq.
Tashkiliy audit. Odatda, xo’jalik tizimining operatsion auditida uning belgilangan bir tarmog’i yoki tashkiliy bo’limi: bo’lim, tarmoq yoki qaram kompaniya o’rganiladi. Tashkiliy auditda asosiy e’tibor funktsiyalarning o’zaro qanchalik mahsuldor va samarali ekanligini aniqlashga qaratiladi. Auditning bu turi uchun faoliyatning tashkiliy rejasi va muvofiqlashtirish usuli juda muhimdir.
Shundan kelib chiqib biz quyidagi 14.3-chizmada O’zbekiston sharoitida nazorat tizimini ko’rsatishga harakat qilamiz.
II.
avl at III.
Jamoat nazorati Mahkama nazorati
Mustaqil audit
Prezident huzuridagi nazorat inspektsiyasi
Jamoat tashkilotlari
Mahkama va vazirliklar
Auditorlik tashkilotlari
|
| |