Operatsion audit ishlarini tashkil etish tartibi va o’tkazish ketma-ketligi




Download 13,28 Mb.
bet174/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

Operatsion audit ishlarini tashkil etish tartibi va o’tkazish ketma-ketligi

Auditni amaliy tashkil qilish masalalari va uslublarining zaifligini hisobga olib, o’z ishimizda auditning uslubiy asoslarini takomillashtirish borasida, jumladan operatsion audit uslubiy asoslarini ishlab chiqishga harakat qildik.
Buning uchun quyidagi muammolar hal qilinishi lozim, deb hisoblaymiz:

  • operatsion auditni kimlar amalga oshiradi;

  • operatsion auditda mustaqillik va ma’suliyat darajasi;

  • baholash mezonlari;

  • operatsion audit qirralari.

Operatsion audit asosan quyidagi ikki guruh mutaxassislaridan biri tomonidan amalga oshiriladi:

  1. ichki audit xizmati;

  2. auditorlik tashkilotlari.

Ichki audit xizmati operatsion audit ishida alohida o’rin tutishadi, chunki ba’zilar uchun «ichki xo’jalik auditi» va «operatsion audit» terminlari bir-birini o’zaro almashtiruvchidir. Lekin, har qanday operatsion auditni ichki xo’jalik auditorlari o’tkazishadi va ichki xo’jalik auditorlari faqat operatsion auditni bajarishadi, degan xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. Ichki xo’jalik auditi bilan shug’ullanuvchi ko’pgina bo’limlar ham operatsion audit bo’yicha, ham moliyaviy hisobot auditi bo’yicha ish bajarishadi. Operatsion auditni bajaruvchi auditorlarning ustunligi shundaki, ular o’zlarining vaqtlarini asosan audit qilinayotgan kompaniya uchun sarflaydilar. Shu bilan birga kompaniya va uning faoliyati xususida chuqur bilimga erishadilar, bu esa samarali operatsion audit uchun juda muhimdir.
O’z faoliyatining samaraliligini maksimallashtirish uchun ichki xo’jalik audit bo’limi kompaniyaning prezidenti yoki direktorlar kengashiga xulosa taqdim qilishi lozim. Bundan tashqari ichki xo’jalik auditorlari direktorlar kengashining auditorlik qo’mitasidan ketayotgan va kelayotgan ma’lumotlaridan foydalanish imkoniga ega bo’lishlari kerak. Tashkiliy tizim ichki xo’jalik auditorlarining mustaqil bo’lib qolishlariga yordam beradi. Masalan, agar ichki xo’jalik auditorlari bosh hisobchi oldida hisob beradigan bo’lsa, u holda ularning mustaqil baho berishi va hatto bosh buxgalter bajarayotgan muomalalarning samarasiga taalluqli ma’muriyat uchun tavsiyanomalarni berish qiyinlashadi.
Ichki xo’jalik auditi sohasida faoliyat yurituvchi tashkilot - ichki xo’jalik auditorlari instituti amaliyotchilarni boshqaruv materiallari bilan ta’minlash
maqsadida 1978 yilda «Ichki xo’jalik auditining amaliy andozalari»ni nashr qildi. Ichki xo’jalik auditorlarining bajarishi lozim bo’lgan ishlar miqdoriga taalluqli bo’lim - bu andozaning muhim qismini tashkil etdi. Bu miqdorni quyidagicha izohlash mumkin:

  • ichki xo’jalik auditorlari moliyaviy va amaliy axborot hamda vositalarning haqiqiyligi va to’liqligi haqida qisqacha ma’lumot berishlari kerak;

  • ichki xo’jalik auditorlari ichki xo’jalik nazorat tizimini ko’rib chiqib, uning siyosat, reja, muolajalar, qonun va ko’rsatmalar bilan mosligini aniqlashlari lozim;

  • ichki xo’jalik auditorlari resurslardan foydalanishning iqtisodi va unumdorligini baholashlari kerak;

  • ichki xo’jalik auditorlari rejalarning bajarilishi ko’zda tutilgandek amalga oshirilayotganligini tasdiqlash uchun muomalalar va dasturlarni ko’zdan kechirib, tekshirishlari lozim.

Auditorlik tashkilotlari. Auditorlik tashkilotlari moliyaviy hisobot auditini bajarayotganda amaliy faoliyatning kamchiliklarini aniqlash va mijozga foyda keltirishi mumkin bo’lgan tavsiyanomalar berish auditning alohida bo’laklari hisoblanadi. Audit davomida tashqi auditorning mijoz faoliyatiga asos bo’ladigan bilimlari, unga amaliy faoliyat bo’yicha tavsiyanomalarni shakllantirish uchun muhim ma’lumotlarni to’plashga yordam beradi. Masalan, auditor mijozning tovarlar zaxirasi aylanishi joriy yilda sekinlashganini aniqladi. Auditor buning sababini ham aniqlashi mumkin. Bu jarayonda auditor amaliy sabablarni ko’rsatishi mumkin, masalan, tovarlar zaxirasini to’ldirish bo’yicha siyosatning samarasizligi; xuddi shu sababga auditor rahbariyatning e’tiborini qaratishi mumkin.
Mijoz ko’pincha o’z faoliyatining bir yoki bir necha maxsus tarmoqlarining operatsion auditini o’tkazish uchun auditorlik tashkilotsi bilan shartnoma tuzadi. Odatda, bunday shartnoma kompaniya o’z shtatida ichki xo’jalik auditorlariga ega bo’lmasa yoki ichki xo’jalik auditi mutaxassislari u yoki bu tarmoq auditi tajribasiga ega bo’lmasa tuziladi. Bunday maslahatlar berishni ma’muriyat ichki xo’jalik auditorlariga emas, balki mustaqil auditorlik tashkilotlariga buyurtma beradi. Masalan, kompaniya auditorlik tashkilotsiga o’z kompyuter tizimining unumdorliligi va samaradorligini baholashni buyurtma berishi mumkin.
Operatsion auditni bajarishda ikki muhim sifat - bu mustaqillik va mas’uliyat darajasidir.
Auditor xulosani kimga taqdim qilishi haqidagi masala tekshirish va tavsiyanomalar hech bir og’ishsiz amalga oshirilayotganligini kafolatlash uchun juda muhimdir. Auditorlik tashkilotlarida odatda mustaqillikni ta’minlash u darajada qiyin emas, chunki unda ishlovchi xolis buxgalterlar audit o’tkazilayotgan kompaniyaning xodimlari hisoblanmaydilar.
Operatsion auditorlarning javobgarlik jihatlari ham ularning mustaqilligiga ta’sir qilishi mumkin. Auditor agar samarasiz va unumsiz muomalalar aniqlangan bo’lsa, kompaniyaning amaliy funktsiyalari uchun javobgar emas. Masalan, agar auditorlar ma’lumotlarini elektron qayta ishlash tizimining ishlab chiqarilishi uchun javobgar hamda audit davomida undagi kamchiliklarni aniqlab tuzatish kiritsalar, u holda ularning mustaqillik darajasi pasaygan bo’lardi.
Auditor muomalaga o’zgartirish kiritishni maslahat berishi mumkin, lekin mas’ul xodim bunday tavsiyanomani qabul qilish yoki rad etish huquqiga ega bo’lishi kerak. Agar auditorlar o’zlari bergan maslahatlarning amalga oshirilishini talab qilish huquqiga ega bo’lganlarida, ular bajarilgan ishlar uchun keyingi auditda javobgar bo’lib qoladilar. Shunday qilib, mustaqillik chegaralanib qolgan bo’lardi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkin, ya’ni mustaqillikni ta’minlovchi maxsus talablar quyidagilardir:

  1. Auditorlar o’z auditorlik faoliyatlarida mustaqil bo’lishlari zarur. Bu talab auditorlar o’z ishlarini erkin va ob’ektiv bajarishlari bilan ta’minlanadi. Mustaqillik auditorlarga turli ta’sirlardan erkin va ob’ektiv bo’lgan fikrlarni berib, xulosa taqdim qilish imkonini beradi. Bu esa audit uchun juda muhimdir. Bunga ob’ektivlik va tashkiliy mavqe tufayli erishiladi.

  2. Tashkiliy mavqe audit davomida aniqlangan kamchiliklar asosida samarali harakatlar hamda tavsiyanomalar berish, chuqur tekshirishni, sohaning keng auditini ta’minlash uchun etarli bo’lishi lozim.

  3. Ob’ektivlik. Ob’ektivlik ichki xo’jalik auditorlaridan o’z vazifalarini mustaqil, yuqori malakada haqqoniy bajarishlarini talab qiladi.

Amaliy qiyinchiliklarni aniqlash va kerakli tavsiyanomalar kiritish uchun auditorlarga chuqur bilimlilik darajasi juda muhimdir. Bu - operatsion audit keng qamrovli amaliy muammolar bilan bog’liq bo’lgan asosiy muammodir. Chunki ishlab chiqarishda biror jarayonning unumdorliligi yoki bo’lmasa reklama dasturlarining samaraliligini baholay oladigan malakali ichki xo’jalik auditorlarini topish qanchalik oson emasligini tasavvur qilish qiyin emas. Shuning uchun, ichki xo’jalik auditorlari shtatiga ishlab chiqarish bilan tanish bo’lgan yoki marketing bo’yicha etarli tayyorgarlikka ega bo’lgan xodim kirishi lozim.
Operatsion audit jarayonida duch kelinadigan asosiy qiyinchilik - bu unumdorlik va samaradorlikni baholash uchun maxsus mezonlarni tanlashdir.
Operatsion audit uchun mezonlarni aniqlash usullaridan biri - bu korxona faoliyatining u yoki bu tarmog’i uchun erishilgan samaradorlik va unumdorlik darajasini oshirish mumkinligini aniqlash imkonini beruvchi tasdiqdir.
Maxsus mezonlarni ishlab chiqish uchun foydalaniladigan manbalardan quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • Mezonlarning sodda majmuasi o’tgan davrning haqiqiy natijalariga asoslanadi. Bu mezonlar asosidagi fikr faoliyatning u yoki bu turi taqqoslanganda

«yaxshi» yoki «yomon»lashganligini aniqlashdan iborat bo’ladi. Bu mezonlarning e’tiborli tomoni shundaki, ularni aniqlash oson, biroq, ular audit qilinayotgan xo’jalik tizimi yaxshi yoki yomon faoliyat olib borayotganligi haqidagi chuqur tushunchani berish imkoniga ega emas.

  • Taqqoslama unumdorlik. Birlashma doirasida yoki undan tashqarida ko’plab o’xshash xo’jalik tizimlari mavjudligi sababli audit qilinayotgan ob’ektlar o’z tabiatiga ko’ra yagona emasdirlar. Bunday hollarda taqqoslanuvchi xo’jalik sub’ektlarining unumdorligi haqidagi ma’lumotlar mezonlari ishlab chiqish uchun manba bo’lib xizmat qiladi.

  • Operatsion audit shartnomalarining ko’plab turlari uchun injenerlik andozalariga asoslangan mezonlarni ishlab chiqish mumkin va maqsadga muvofiqdir. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish me’yorini aniqlash uchun yarimfabrikatlar harakat marshrutini va vaqtini o’rganib chiqish. Bunday mezonlarni ishlab chiqishga ko’p vaqt va mablag’ sarflanadi, chunki muhim ekspertiza talab qilinadi. Shunga qaramay, bu mezon ishlab chiqarishning muhim muammosini hal qilishda g’oyat samarali bo’lib, qilingan xarajatlarni qoplashi mumkin.

  • Muhokama va kelishuv. Ba’zan ob’ektiv mezonlarni ishlab chiqish qiyin bo’ladi. Bunday hollarda ular muhokama va kelishuv yo’li bilan qabul qilinadi. Bu jarayonda esa audit qilinayotgan mijoz ma’muriyati, operatsion auditor hamda auditorlik xulosasi taqdim qilinishi kerak bo’lgan tashkilot yoki shaxslar ishtirok etadilar.

Operatsion audit qirralari. Operatsion auditning uch qirrasi mavjud: rejalashtirish; ma’lumotlar to’plash va baholash; xulosa yasash va uni taqdim qilish.
Rejalashtirish. Moliyaviy hisobot auditida bo’lgani kabi, operatsion auditor shartnoma sohasini aniqlab, mijozga ma’lum qilishi lozim.
Operatsion auditni rejalashtirish bilan moliyaviy hisobot auditini rejalashtirish o’rtasidagi asosiy farq - bu operatsion audit jarayonidagi tekshirishlarning xilma-xilligidir. Shuning uchun, operatsion auditning aniq maqsadlari to’g’risida biror echimga kelish juda qiyin. Bu maqsadlar berilgan shartnoma uchun ishlab chiqilgan mezonlar asosida aniqlanadi. Bu maqsadlar esa aniq sharoitlardan kelib chiqadi. Masalan, kassalar ustidan ichki xo’jalik nazorat tizimi samaraliligining operatsion auditi maqsadlari rivojlanish va tadqiqot bo’limining mehnat unumdorligi auditi maqsadlaridan tubdan farq qiladi.
Ma’lumotlar to’plash va baholash. Ichki xo’jalik nazorat tizimi va amaliy muolajalar operatsion auditning nozik qismini tashkil qilgani sababli, odatda mijozlar fikrini so’rash va kuzatish, hujjatlaridan foydalanish qabul qilingan. Operatsion audit uchun arifmetik aniqlik u darajada muhim emas, chunki aniqlik - operatsion auditning maqsadi emas.
Xulosa yasash va uni taqdim qilish. Operatsion audit bilan moliyaviy hisobot auditi o’rtasidagi ikki asosiy farq operatsion audit bo’yicha xulosaga o’z ta’sirini o’tkazadi. Birinchidan, operatsion auditda xulosa, odatda, faqat ma’muriyatga taqdim qilinsa, uning nusxasi qaysi tashkilot uchun audit o’tkazilgan bo’lsa, o’sha tashkilotga yuboriladi. Uchinchi tomonning, ya’ni foydalanuvchilarning yo’qligi operatsion audit xulosalarida standart sharhlar zaruriyatini chegaralaydi. Ikkinchidan, bu tipdagi auditda amaliy tekshirishlarning xilma-xilligi xulosaning shunday tuzilishini talab qiladiki, u o’z ichiga audit sohasi to’g’risidagi ma’lumotni, topilgan kamchiliklar va tavsiyanomalarni olishi kerak.
Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqadiki, xulosa yozish ko’p vaqt talab qiladi, chunki u o’z ichida audit davomida aniqlangan haqiqat va tavsiyanomalarni ma’lum qilishi zarur.


  1. Download 13,28 Mb.
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   211




Download 13,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Operatsion audit ishlarini tashkil etish tartibi va o’tkazish ketma-ketligi

Download 13,28 Mb.