Operatsion audit natijalarini umumlashtirish va hisobotda aks ettirish tartibi




Download 13,28 Mb.
bet176/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

Operatsion audit natijalarini umumlashtirish va hisobotda aks ettirish tartibi

Ma’lumki, operatsion audit hamisha buxgalteriya hisobi uslubiyatidan kelib chiqadi. Bu tekshirishning asosiy maqsadi, asosiy mazmuni va yakuni balans va umuman buxgalteriya hisobotini tasdiqlash yoki uning to’g’riligini isbotlashdan iborat. Lekin hozirgi buxgalteriya hisoboti sanab o’tilgan foydalanuvchilar (avvalo investorlar)ga mo’ljallanganmi, u amalda bunday xatar darajasini kamaytira oladimi? Ko’p sonli tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, bu vazifa O’zbekistonda to’la-to’kis hal qilinmagan. Buxgalteriya hisobotini izchil o’rganish bizning vazifamizga kirmaydi; biroq tadqiqot mavzusidan kelib chiqilsa, buning auditorlar uchun muhim bo’lgan ko’p jixatlari hozirgi buxgalteriya hisobi chindan ham bozor talab qilayotganidek, avvalo investorlar uchun mo’ljallanganini aniqlashdan iborat. Bu oson ish emas.
Hisob tizimi o’z iqtisodiy sub’ektiga nisbatan ishlab turgan korxona kontseptsiyasini qo’llanish mumkinligiga qaratilgan. Auditor ham tekshirilayotgan xo’jalik tizimi bilan uning bozordagi o’rnini saqlab qolish ehtimoliga baho berishi zarur. Aks holda hisobning tugatish kontseptsiyasini qo’llash zarur, bunda barcha aktivlarga ularning korxona ishlab chiqarish tsiklidagi qiymati nuqtayi nazaridan emas, balki erkin bozordagi harid qiymati nuqtayi nazaridan qaraladi: ma’lum xarajatlarni, kelgusi davr daromadlarini, moliyaviy natijalarini aks ettirishga yondoshuvi o’zgaradi.
Operatsion auditda dalillarning qanchalik etarli va ishonchliligiga qarab auditor tekshirishning so’nggi bosqichida auditorlik xulosasini tayyorlaydi va
taqdim etadi. Bu esa audit jarayonining muhim bosqichi hisoblanadi, chunki aynan xulosada auditor bajargan ishlarini va qanday natija olganligini bayon qiladi. Shuning uchun foydalanuvchi nuqtai nazaridan auditorlik xulosasi audit faoliyatining mahsuli, deb qaraladi.
Audit standartlarida ko’rsatilishicha, har safar moliyaviy hisobot bilan bog’liq ishlarni amalga oshirganda auditorlik firmasi tomonidan xulosa berilishi kerak. Agarda firma o’z mijozlariga moliyaviy hisobotni tayyorlashda ko’maklashsa va audit o’tkazmasa, unda hisobot tayyorlanganligi haqida xulosalar yoki umumiy kuzatish olib borilganligi haqida ma’lumotnoma berishi mumkin.
Auditorlik xulosasi tuzishda qo’yiladigan asosiy talablar umumiy andozalarda keltirilgan. Bu haqda oldingi bobda fikrlar berilgan. Asosan bu oxirgi andozalarga taalluqli. Umuman auditorlik xulosalari shakli jihatdan bir xil bo’lishi kerak. Bu auditorlik xulosasidan foydalanuvchilar uchun zarur, negaki auditorlar o’z xulosalarini asar sifatida keltirganlarida, uni tushunish birmuncha murakkab bo’lar edi. Shu sababli kasbiy auditorlik andozalarida moliyaviy hisobotni kuzatib boruvchi auditorlik xulosalarining turlari keltirilgan.
Ma’lumki, rejali iqtisodiyot davrida nazorat-taftish boshqarmalarining ish sifati mezoni bo’lib, taftishlar davomida aniqlangan kamomadlarni aybdorlar tomonidan to’lanish darajasi hisoblangan. Bu ko’rsatkich bevosita taftishning ob’ektivligi, taftish apparatining maqsadga intilishi va printsipialligiga bog’liq bo’lgan.
Ammo shuni qayd etish kerakki, umumiy talqin bo’yicha iqtisodiy samara bu ijtimoiy xarajatlar va olinadigan naf o’rtasidagi bog’liqlikni aks ettiradi. Ko’rinib turibdiki, boshqaruvdek ko’p qirrali faoliyatda auditning iqtisodiy samarasini aniqlashga umumiy tushunchalarda baho berish mushkul, chunki har doim ham audit natijalari miqdoriy baholashga moyil emas. Albatta, profilaktika, noqonuniy ishlar, ko’zbo’yamachiliklarni har doim ham o’lchab bo’lmaydi.
Yuqorida aytib o’tilgandek, audit umumiy qabul qilingan buxgalteriya qoidalariga asosan o’tkaziladi. Bu esa ob’ektiv xulosa berish uchun keng qamrovli mezon hisoblanadi. Auditning maqsadi ham taqdim etilgan moliyaviy hisobotni qay darajada buxgalteriya qoidalaridan chetlanish mezonini aniqlashga qaratilgan. Auditorlik xulosasida ham, albatta, bu mezon qay darajada ekanligi keltiriladi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga qaraganda, 90% auditorlik natijalari qo’shimcha tushuntirishsiz shartsiz auditorlik xulosalari bilan rasmiylashtiriladi. Shu sababli bu xulosalar ustida batafsil to’xtalamiz.
Bizning fikrimizcha, quyidagi shartlar bajarilgandagina bunday standart xulosalar berilishi mumkin:

    1. Jami hisobot shakllari belgilangan tartibda tuzilgan va moliyaviy hisobotga kiritilgan bo’lsa;

    2. Audit jarayonida umumiy qabul qilingan andozalarga barcha jabhalarda rioya qilingan bo’lsa;

    3. Etarli darajada isbot va dalillar to’plangan hamda auditor o’z vazifasini to’liq bajarganligi haqida ishonch hosil qilsa;

    4. Moliyaviy hisobot umumiy qabul qilingan buxgalteriya asoslariga amal qilgan holda taqdim etilgan bo’lsa;

    5. Alohida yoritib ko’rsatish yoki sharh berish kerak bo’lgan holatlar aniqlanmagan bo’lsa;

    6. Moliyaviy hisobotga etarli darajada tushuntirishlar va ilovalar qilingan bo’lsa.

Operatsion audit natijalarini ma’lum qilish auditning umumiy qabul qilingan andozalarida o’z aksini topgan. Albatta, bu xulosalar shartli auditorlik xulosalari bo’lishi mumkin.
Hisobotning mazmunidan qat’iy nazar 9 ta bo’g’in o’zgarishsiz qoladi. Ular quyidagilardir:

  1. Auditorlik tashkilotining nomi va manzili.

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida auditorlik tashkiloti Adliya Vazirligidan ro’yxatga olinishi uchun qat’iy ofisi joylashgan manzil va ofisda ish sharoitlari mavjudligi haqida ma’lumotnoma berishi kerak. Bu yuridik manzil kerakli hujjatlarda aks ettiriladi va doimo auditorlik firmasini qidirib topish mumkin.

  1. Hisobotning nomlanishi. Audit andozalari qo’ygan talabga ko’ra auditorlik xulosasi, albatta, nomlanishi va nomlanishda «mustaqil» yoki «xolis» degan so’z bo’lishi shart. Masalan: «Mustaqil auditorlar xulosasi» yoki «xolis buxgalter fikri». Bu talab foydalanuvchilarga audit hamma jabhalari bo’yicha ob’ektiv o’tkazilganligini ko’rsatib turadi.

  2. Hisobotni oluvchilar. Hisobotni oluvchi kompaniya, uning aktsionerlari yoki direktorlar kengashi bo’lishi mumkin. Umuman olganda hisobotni oluvchilar aktsionerlar bo’lmog’i lozim, chunki audit kompaniyaga ham, uning direktorlar kengashiga ham tobe emas.

  3. Kirish: 1-xat boshidan 2-xat boshigacha bo’lgan tekst. Bu qismda uchta funktsiya bajariladi: Birinchidan, auditorlik firmasi tomonidan audit o’tkazganligi qayd etiladi. Negaki bajarilgan ish bu umumiy kuzatish yoki tasdiqlash xizmatlari emasligini ko’rsatish kerak. Ikkinchidan, bu erda auditdan o’tkazilgan hisobotlar sanab o’tilgan va bu hisobotlarni qaysi sanaga tuzilganligi keltirilgan. Uchinchidan, bu erda moliyaviy hisobot uchun javobgarlik ma’muriyat zimmasida ekanligi, auditorlar esa faqat hisobot yuzasidagi fikrlari uchun javobgarligi keltirilgan. Bu jumlalarni yozishdan maqsad, zarur buxgalteriya asoslarini tanlashda va bu asoslar bo’yicha qarorlar qabul qilishda kompaniya ma’muriyatining javobgar ekanligini ko’rsatishdir. Bundan tashqari, bu jumla kompaniya ma’muriyati va auditorlar o’rtasidagi vazifalarni aniqlashtirib beradi.

  4. Chegara. 2-xat boshidan 3-xat boshigacha bo’lgan tekst. Bu erda audit davomida auditorning bajargan ishlari keltirilgan. Avvalambor, bu tekstda auditor umumiy qabul qilingan andozalarga asoslanib, ish ko’rilganligi qayd etilgan. So’ng auditning asosiy jihatlari ko’rsatilgan.

Bu abzatsda o’tkazilgan audit chegaralari yoritilib, unda hisobot muhim xatodan holi bo’lishiga etarli darajada ishonch hosil qilish auditning maqsadi ekanligi ko’rsatilgan. «Muhim» degan so’zning ko’rsatilishi auditor faqat muhim, ahamiyatli xatolarni ko’rsatishga javobgarligini anglatadi. «Etarli darajada ishonch» degan so’zlar auditorni mutlaq xatolarni aniqlab topadi, degan ma’noni anglash xato ekanligini ko’rsatib, ahamiyatli xatolar, me’yorlardan chetlash
ehtimoli bo’lishi mumkinligidan dalolat beradi. Boshqacha qilib aytilsa, audit yuqori darajada ishonchni ta’minlaydi, lekin mutlaq kafolat bermaydi.
Abzatsning qolgan qismida yig’ilgan auditorlik dalillari haqida fikr boradi. Auditor yig’gan ma’lumotlar fikr berish uchun etarli ekanligini va dalillarni yig’ish tanlab olish yo’li bilan o’tkazilganligini qayd etadi. Agar kirish qismida auditor moliyaviy hisobotni tayyorlash va mazmuni uchun ma’muriyat javob berishini tasdiqlagan bo’lsa, bu abzatsda u qo’llanilgan buxgalteriya asoslari va taqdim qilish tartibining baholanganligini bildiradi. Yuqoridagilar asosida audit davomida fikr berish uchun etarli muolajalar qilinganligidan dalolat berish ta’kidlanadi.

  1. Fikr - 3-xat boshidan 4-xat boshigacha bo’lgan tekst. Qo’shimcha tushuntirish berilmagan shartsiz xulosaning so’nggi qismida auditorning xulosasi keltiriladi. Bu qism shunchalik muhimki, ko’pincha auditorlik xulosasi «auditor fikri» deb yuritiladi. Umuman «bizning fikrimizcha» degan so’zlar mutlaq ishonch hosil qilish mumkinligini rad etadi, ya’ni xulosalar mutaxassisning fikrlashi mahsuli ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari auditdan o’tgan hisobotda doimo ma’lumot tavakkalchiligi mavjud ekanligini qayd etish kerak.

Fikrni ma’lum qilish abzatsi birinchi va to’rtinchi umumiy qabul qilingan audit andozalari bilan bevosita bog’liq. Auditorning oldiga qo’yilayotgan talab shundan iboratki, u moliyaviy hisobot bo’yicha to’la fikr berishi va tekshirilayotgan kompaniya umumiy qabul qilingan buxgalteriya asoslariga rioya qilishini aniqlashi kerak.
Auditorlik xulosasining ziddiyatli tomonlaridan biri - bu «to’g’ri aks ettirgan» degan so’zlardir. Agar kompaniya umumiy qabul qilingan buxgalteriya uslublariga to’la rioya qilgan bo’lsa, uning moliyaviy hisoboti har doim ham to’g’ri, haqqoniy bo’ladimi? yoki bu so’zlar ko’proq va chuqurroq ma’noni anglatadimi? Shuni qayd etish kerakki, rivojlangan mamlakatlarda audit natijalari bo’yicha sudlashilganda sudlar ko’pincha auditorlarni umumiy qabul qilingan buxgalteriya uslublaridan chuqurroq tekshirish olib borishadi, degan xulosaga keladi. Ko’pchilik auditorlar esa moliyaviy hisobot umumiy qabul qilingan buxgalteriya uslublariga mos bo’lsa, u korxona ish faoliyatini to’g’ri aks ettiradi, deb hisoblashadi. Ma’lumotda xato yo’qligiga ishonch hosil qilish uchun, bizning fikrimizcha, chuqurroq xo’jalik muomalalarini tekshirish, uning mazmuniga e’tibor berish kerak, deb hisoblaymiz.

  1. Auditorlik tashkilotining nomi va xolis auditorlar imzosi. Bu erda auditorlik tashkilotining nomini keltirish muhimdir, chunki audit uchun kasbiy va yuridik javobgarlik auditorlik firmasi zimmasidadir.

  2. Audit xulosasi imzolangan sana va

  3. Ob’ektda audit tugatilgan sana ko’p hollarda ma’lum bir kun bo’ladi. Bu sananing muhimligi shundaki, shu kungacha auditor javobgar bo’ladi.

Shunday qilib, audit natijasi bo’yicha beriladigan xulosaning qismlarini bo’g’inlarga ajratib, tahlil qilishni va qisqa shaklda katta mazmun berishni audit natijalari bo’yicha to’la hisobotni oshkor etib bo’lmasligi, ya’ni audit ma’lumotlarining konfidentsialligi taqozo etadi.
O’zbekiston iqtisodining hisob va hisobot tizimida, auditorlik faoliyatida, hozirgi kunda yuqorida keltirilgan takliflar asosida ish yuritish va xulosa tayyorlash o’ta muhim, deb hisoblaymiz.



Download 13,28 Mb.
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   211




Download 13,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Operatsion audit natijalarini umumlashtirish va hisobotda aks ettirish tartibi

Download 13,28 Mb.