Operatsion auditni o’tkazish tartibi




Download 13,28 Mb.
bet175/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

Operatsion auditni o’tkazish tartibi

Operatsion audit o’tkazishni samarali, aniq tashkillashtirish va rejalashtirishda auditorning quyidagilarga e’tibor qaratishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  • Tekshiriladigan korxona (mijoz) faoliyatini o’rganish;

  • Buxgalterlik hisobining tashkil etilishini o’rganish;

  • Ichki nazorat tizimini o’rganish;

  • Korxonani auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ish dasturi va auditorlik xizmati ko’rsatish haqida shartnoma hamda boshqa zarur hujjatlarni tuzish

Auditni rejalashtirish chog’ida auditorlik tashkiloti tomonidan qo’llaniladigan me’yorlar №3 «Auditni rejalashtirish» nomli auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) bilan belgilanadi. Standartga muvofiq auditni rejalashtirish quyidagi bosqichlarga bo’linadi:

  1. auditni dastlabki rejalashtirish;

  2. auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;

    1. audit dasturini tayyorlash va tuzish.

Ushbu standart har qanday korxonani auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda ham audit rejasini, ham audit dasturini tuzishni talab etadi. Darhaqiqat, yirik xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisobotlarini tasdiqlash uchun katta auditorlik guruhi tomonidan tekshiruv o’tkazilganida bunday ko’p bosqichli rejalashtirish zarur. Biroq, bizning fikrimizcha, unchalik katta bo’lmagan xo’jalik muomalalari kam sodir bo’ladigan, bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat bajarish) bilan shugullanuvchi mikrofirmalarda audit o’tkazganida, bunday keng qamrovli reja tuzish maqsadga muvofiq emas.
Agar auditorlik tashkilotining ko’pchilik mijozlari kichik va o’rta biznes korxonalariga taaluqli bo’lsa, u holda unchalik katta bo’lmagan tuzatishlar kiritilganida ko’pchilik korxonalarni tekshirish uchun mos keladigan namunaviy audit rejasi ishlab chiqish va rejalashtirish chog’ida audit dasturini batafsil tuzishga maxsus e’tibor qaratish zarur. Bunday namunaviy rejalar bir nechta bo’lib, ular bir- birlaridan turli biznesga ega korxonalar uchun farq qilishlari mumkin. Masalan, savdo korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari va xokazo. Shuningdek auditor qandaydir boshqa tamoyillar bo’yicha umumiy namunaviy rejalar ham tuzishi mumkin. Agar umumiy audit rejasi sifatida namunaviy reja tanlansa, u holda rejalashtirish chog’ida asosiy e’tiborni audit dasturini tuzishga qaratish zarur. Rejalashtirish auditorlik guruhi rahbari tomonidan audit o’tkazishning umumiy tamoyillari kabi, xususiy tamoyillariga ham muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ular:

  • uyg’unlik (komplekslik);

  • uzluksizlik,

  • maqbullik.

Uyg’unlik tamoyili auditning dastlabki rejasini tuzishdan tortib, to umumiy rejasi va dasturini tuzgunga qadar bo’lgan barcha bosqichlarning o’zaro bog’liqligi va muvofiqligini ta’minlashni nazarda tutadi.
Rejalashtirishning uzluksizlik tamoyili tekshiruvda ishtirok etadigan
auditorlarga kelishilgan topshiriklar belgilanishi va rejalashtirish bosqichlarining muddatlar hamda tarkibiy bo’linmalar bo’yicha bog’liqligida ifodalanadi.
Auditni rejalashtirishning maqbullik tamoyili shundan iboratki, rejalashtirish chog’ida auditorlik tashkiloti o’zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturidan maqbulini tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi zarur.
Auditorlik tekshiruvi uzoq vaqt davom etganida, auditor mijozning moliya - xo’jalik faoliyatidagi va qonunchilikdagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda reja va dasturga zarur tuzatishlar kiritishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirish chog’ida ko’p hollarda mijoz faoliyatini 100% to’liq tekshirish mumkin bo’lmaydi. Shu boisdan rejada auditorlik tanlash qay tarzda amalga oshirilishini ko’rsatish zarur Audit umumiy rejasi va dasturining ayrim bo’limlarini xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati bilan kelishish ko’zda tutilgan bo’lib, bunda auditorlik tashkiloti audit uslublari va usullarini tanlashda mustaqil bo’lib qoladilar. Ko’p hollarda bunday kelishish, mijoz faoliyatining ayrim uchastkalarini batafsilroq tahlil etish bilan bog’liq masalalarni rejalashtirish bosqichida ko’zda tutish, auditorning tekshiruv chog’idagi hatti - harakatlari mijoz-korxona rahbariyati uchun tushunarli bo’lishi, shuningdek auditorning ish jadvaliga muvofiq talab qilinadigan hujjat-lar mijoz tomonidan tezkorlik bilan taqdim qilinishi va tekshiruvning u yoki bu bosqichida zarur bo’ladigan moliyaviy xizmat xodimlarini ishdan ozod etish uchun maqsadga muvofiqdir.
№3-«Auditni rejalashtirish»nomli AFMS, №14-«Auditorlik tanlash», №9-
«Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi», №6-«Auditni hujjatlashtirish» va auditorlik tekshiruvini amalga oshirishni tartibga soladigan boshqa standartlar bilan o’zaro chambarchas bog’liq. Shunday qilib, boshqa standartlardagi talablarni o’rganmasdan va izchil bajarmasdan, ushbu standart talablarini bajarish mumkin emas.
Auditorlik tekshiruvni rejalashtirish tekshiriladigan korxona faoliyatini batafsil o’rganishdan boshlanadi. Auditor korxona faoliyatini o’rganishdan ikkita maqsadni ko’zlaydi: a) audit o’tkazishni osonlashtirish va sifatini oshirish; b) tekshiriladigan korxona iqtisodini yaxshilashga qaratilgan amaliy maslahat yordami ko’rsatish.
Auditorlar auditorlik amallarini bajarish chog’ida dalillovchi ma’lumotlarni to’playdilar. Auditorlik amali bu muayyan audit uchastkasida dalillarni olish uchun auditor tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning ma’lum tartibi va ketma-ketligi. Dalillarni to’plash uchun qanday auditorlik amallari zarurligi va ularni qachon bajarishni auditor auditorlik tekshirishlar dasturini tuzish chog’ida mustaqil hal qiladi. O’zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati milliy standartlariga muvofiq auditor quyidagilarga asosan etarli dalillarni to’plashi lozim: ichki nazorat vositalarini tekshirish; schyotlar bo’yicha qoldiqlar va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’rili-gini tekshirish; tahliliy amallar.
Ichki nazorat vositalarini muvofiqlik uchun tekshirish auditorlarga ichki nazorat tizimida ko’zda tutilgan tadbirlar va amallarning samaradorligi (samarasizligi) to’g’risida dalillar to’plashiga imkon beradi.
Schyotlar bo’yicha qoldiqlar va oborotlarning buxgalteriya hisobida to’g’ri
aks ettirilishini batafsil tekshirish muayyan muomalalarning mazmunini va xatolarini aniqlash uchun o’rganishni nazarda tutadi. Batafsil tekshirish odatda auditor tomonidan tekshiruv maqsadini, tanlashning rejalashtirilgan ko’lamini va uning ob’ektlarini saralab olishni hisobga olgan holda tanlov to’plamini shakllantirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Tahliliy amallar mijoz korxonaning muhim moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlarini, kutilmagan va buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan xo’jalik muomalalarini aniqlash, shuningdek bunday xatolar va chalkashliklarning sabablarini aniqlashni ko’zda tutadi.
To’plangan auditorlik dalillari buxgalteriya hisobining yo’lga qo’yilishini va ichki nazorat tizimini o’rganish hamda baholash to’g’risidagi yozuvlar, bayonnomalar, jadvallar va blankalar shaklida auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirilishi lozim. Ishchi hujjatlarda auditorlik amallarining rejalashtirilishi va bajarilish natijalarini ham aks ettirish zarur. Auditorlik dalillarini to’plash ketma-ketligini quyidagicha:

      1. Auditorlik dalillarini to’plashning maqsadini shakllantirish shartnomaning umumiy audit rejasi va auditorlik tekshiruvlar dasturiga taalluqli maqsadiga bog’liq. Shartnomadan kelib chiqqan holda boshqa maqsadlar ham, jumladan hisobni tashkil etishning samaradorligini baholash, to’lov layoqatini, rentabellikni va boshqalarni bashoratlash ham aniqlanishi mumkin.

      2. Tanlangan auditorlik amallari №3-«Auditni rejalashtirish» nomli AFMS ga muvofiq auditor tomonidan auditorlik tekshiruvi dasturida ko’rsatilishi lozim. Bunda auditorlik amallaridan qaysilarini (nazorat vositalari testi yoki mohiyatan tekshirishlar) va qaysi uchastkalarda qo’llash maqsadga muvofiqligini aniqlash zarur.

Etarli darajadagi va ishonarli dalillarga ega bo’lish uchun mohiyatan o’tkaziladigan auditorlik amallari va analitik amallardan foydalaniladi. Auditor hisob va hisobot-ning ma’lum bo’limlarini tekshirishda qo’llaniladigan auditorlik amallarini batafsil bayonini dasturda aks ettirishi zarur. Bunda ayrim muomalalarni tekshirishda qo’llaniladi-gan amallar mazmuni aks ettirilgan, oldindan ishlab chiqil-gan taxminiy ro’yxatlardan foydalanish mumkin.

      1. Auditorlik dalillarini olish usullari (qayta hisoblash, inventarizatsiya, xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishi, tasdiqlash, og’zaki so’rov, hujjatlarni tekshirish, kuzatib chiqish, analitik amallar) standartda keltirilgan.

Auditor quyidagilarni aniqlaydi: muayyan vaziyatda qanday usullarni qo’llashi; u yoki bu usulni qaysi ob’ektlarga nisbatan (aktivlar, passivlar, majburiyatlar, sub’ektlar va hokazo) qo’llash zarurligi auditorlik amallarini qanday ketma-ketlikda bajarishni.
Auditor tomonidan olingan dalillarning etarliligi va ishonarliligi turli amallar, usullar va zarur dalillarni olish manbalarini muvofiqlashtirish natijasida ta’minlanadi.

      1. Auditorlik tekshiruvlari uchun axborotlarni to’plash. Buning uchun audit dasturidagi har bir bo’lim bo’yicha normativ-savolnoma va hisob-hisobot ma’lumotlarining zarur ro’yxati tuziladi. Normativ-savolnoma ma’lumotlar

ro’yxati asos sifatida shakllantiriladi. Auditor bu ro’yxatni tekshiruv ob’ektiga nisbatan aniqlashtiradi. Tekshiruvda ishtirok etadigan xodimlar ushbu ro’yxatdagi hujjatlarning mazmuni bilan tanishtirilgan bo’lishlari lozim. Tekshiruvni boshlashdan oldin hisob-hisobot ma’lumotlari – mijoz-korxonadan talab qilib olinadigan hujjatlar va registrlarning ro’yxatini ham tuzish zarur.

      1. Auditorlik amallarni bajarish va audit jarayonida aniqlangan dalillarni bayon qilish. Bu bosqichda auditor auditni rejalashtirish chog’ida belgilangan tanlov hajmidan kelib chiqadi. Aniqlangan tafovutlar ularni aniqlash amallari yoki kodlari va audit jarayonida aniqlangan dalillarning batafsil bayoni ko’rsatilgan holda ishchi hujjatlarda ro’yxatga olinadi. Bayon qilish vaziyatdan kelib chiqqan holda, ixtiyoriy holda bo’lishi mumkin yoki maxsus ishlab chiqilgan ishchi hujjatlar shakllarini to’ldirish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.

      2. To’plangan dalillarni baholash deganda ularning audit maqsadiga erishish va ishonchliligini aniqlashdagi rolini belgilash tushuniladi.

Dalillarni baholashda quyidagilarni aniqlash zarur: manbaning mustaqilligi, olingan faktlar va boshqa ma’lu-motlardan dalil sifatida foydalanish mumkinligi (ya’ni buning qonunga zid emasligi); mazkur dalilning tekshiriladigan ob’ektga taalluqliligi; tanlash hajmi va metodologiyasi. Shuningdek, mazkur dalilning ob’ekt bo’yicha to’plangan boshqa dalillar bilan aloqadorligi; ushbu aloqadorlikning ko’lami va tavsifi; olingan dalillarning keyingi audit jarayonida ko’llanilish imkoniyatlari; aniqlangan tafovutlarning jiddiylik darajasi; olingan dalillar to’plamining qaror qabul qilish uchun etarliligini ham aniqlash zarur.
Xulosa qilib aytganda, auditor moliyaviy hisobotning u yoki bu moddasi bo’yicha jiddiy xatolar yo’qligi haqida ishonch hosil qilishi lozim.
Auditor auditorlik dalillarini to’plashda har xil usullardan foydalanadi. №50-
«Auditorlik dalillar» nomli AFMSda keltirilgan asosiy usullarning mazmunini ko’rib chiqamiz. Bular: mijoz-korxonaning arifmetik hisob-kitob-larini tekshirish (qayta hisoblash); inventarizatsiya; ayrim xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish; tasdiqlash; xo’jalik yurituvchi sub’ekt va mustaqil (uchinchi) tomonlar xodimlarini og’zaki so’rovdan o’tkazish; hujjatlarni tekshirish; ko’rib chiqish; tahliliy amallar; muqobil balans tuzish kabi usullardir.
Mijoz korxonaning arifmetik hisob-kitoblarini tekshirish (qayta hisoblash) uning mazmuni hujjatlar va buxgalteriya yozuvlarining arifmetik aniqligini tekshirish hamda mustaqil hisob-kitoblarni bajarishdan iborat.
№50-«Auditorlik dalillar» nomli AFMSda qayta hisoblashlar tanlab amalga oshirilishi tavsiya qilingan. Tanlash ko’lami va uning elementlari auditor tomonidan ichki nazorat tizimining ahvolini hisobga olgan holda mustaqil aniqlanadi.
Hujjatni rasmiylashtirishdan hisobot tuzilgunga qadar ma’lumotlarni shakllantirish ustidan o’rnatilgan samarali ichki nazorat tizimi (moddiy javobgar shaxslarni o’zaro qa-rama-qarshi tekshirish, rahbariyat, bosh buxgalter va buxgalterlar tomonidan nazorat) sodir bo’lishi mumkin bo’lgan arifmetik xatolarni, natijada auditorlik riskni pasaytiradi.
Qo’lda to’lg’azilgan hujjatlar va hisob registrlari (ma’-lumotnomalar va hisob-kitoblar, kassa hisobotlari, bo’nak hisobotlari, hisoblashuv-to’lov vedomostlari va boshqalar) qayta hisoblashdan o’tkaziladi.
Agar mijoz-korxonada hisob ishlari kompyuterlashtirilgan bo’lsa, dastlabki hujjatlar va hisob registrlaridagi arifmetik hisoblashlarni tekshirish zarurati oshadi. Bu kompyuter dasturlarini ataylab noto’g’ri tuzish va arifmetik xatolarni kompyuter klaviaturasidan noto’g’ri kiritish bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish kompyuter dasturiga kiritilgan hisob- kitoblar algoritmini nazorat qilishni taqozo etadi. Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan bo’lsa, hisob-kitoblarni tekshirish ham kompyuterdan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya–mijoz korxona mol-mulklarining mav-judligi to’g’risida aniq ma’lumot olishga imkon beradi. Bunda barcha mol-mulklar (debitor qarzlar ham) va kreditor qarzlar inventarizatsiya qilinishi zarur.
Xalqaro va Milliy audit standartlariga muvofiq auditorlar o’zlari inventarizatsiya o’tkazishi shart emas, ammo uning o’tkazilishi ustidan nazorat qilishi lozim. Bu butun ichki nazorat tizimining va ayrim nazorat vositalarining ishonchliligini baholashga imkon beradi. Masalan, mijoz-korxonaning joriy yildagi hisob siyosatida mol-mulklar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish tartibi ko’rsatilmagan bo’lsa, shuningdek, moddiy javobgar shaxslar almashga- nida ham yillik moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin ham inventarizatsiya o’tkazilmagan bo’lsa, bu hol auditorga ichki nazorat tizimining ishonchliligini past deb baholashga asos bo’ladi. Inventarizatsiya jarayonida auditor xo’jalik muomalalarini dastlabki hujjatlarda o’z vaqtida va sifatli ras-miylashtirilishi, moddiy javobgar shaxslar tomonidan moddiy boyliklarning harakati to’g’risidagi hisobotlarni tuzish tartibi va operativ hisob yuritish to’g’risida, korxonaning o’ziga tegishli va komissiyaga qabul qilingan tovarlari hamda materallarining saqlanish tartibi to’g’risida ma’-lumot olishi mumkin. Invetarizatsiya o’tkazish jarayonida hisobda aks ettirilmagan faktlar aniqlanishi ham mumkin. Bu holat moddiy boyliklarni saqlash bo’yicha xizmat ko’rsa-tish, binolarni shartnoma tuzmasdan ijaraga berish va shunga o’xshashlar bilan bog’liq.
Auditor inventarizatsiya o’tkazilishini kuzatishda №19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish tartibi» nomli AFMS va 1054-qaror hamda boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilinishini tekshiradi.
Inventarizatsiya o’tkazish tartibiga ma’lum talablar qo’yiladi. Masalan, №19 BHMSga muvofiq inventarizatsiya o’tkazish chog’ida komissiya a’zolaridan birortasining ishtirok etmasligi uning natijalarini haqiqiy emas deb hisob-lashga asos bo’ladi. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan moddiy boyliklar kamomadi va buzilishining tabiiy kamayish me’yoridan oshgan qismini hisobdan o’chirish uchun taqdim qilingan hujjatlarga, aybdor shaxslarning yo’qligini tasdiqlaydigan tergov yoki sud organlarining qarori, yoki etkazilgan zararni aybdor shaxsdan undirishning rad etilishi, yoki moddiy boyliklarning buzilish faktini tasdiqlovchi texnik nazorat bo’limi yoki tegishli maxsus tashkilotlardan olingan xulosalar ilova qilingan bo’lishi shart.
Hisobot yilida o’tkazilgan inventarizatsiya natijalarining ma’lumotlari korxona tomonidan maxsus dalolatnomalar, qaydnomalar va boshqa tegishli hujjatlarda umumlashtirilishi lozim.
Inventarizatsiyaning o’tkazilishini kuzatish, shuningdek inventarizatsiya materiallarini tahlil qilish auditorga buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini tashkil etilishini to’g’ri baholash imkonini beradi.
Alohida xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidala-riga rioya qilinishini tekshirish bevosita ushbu ishlarning bajarilish paytida amalga oshiriladigan hisob ishlari ustidan nazorat o’rnatishni nazarda tutadi.
Auditor u yoki bu xo’jalik muomalasining hujjatlar bilan qanday rasmiylashtirilayotganligi, hamda bunday fakt-larni hisob registrlarida aks ettirishning ketma-ketligi ustidan nazorat o’rnatishni kuzatadi. Bu ichki nazoratning ahvoli kabi, buxgalteriya hisobini yuritish tartibiga rioya qilinishini ham baholashga imkon beradi.
Tasdiqlash auditorlik dalili sifatida hisob-kitob va valyuta schetlaridagi, mol etkazib beruvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobga olinadigan schetlardagi qoldiqlarning haq-qoniyligi to’g’risidagi ma’lumotlarni olish uchun qo’llaniladi.
№50 AFMSga muvofiq: «auditorlik tashkiloti pul mablag’lari, hisob- kitoblar, debitorlik va kreditorlik qarzlari hisobga olinadigan schetlarning qoldiqlari to’g’ri-sidagi ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlovchi auditorlik dalillarini mustaqil (uchinchi) tomonlardan yozma ravishda olishi lozim». Hisob-kitob va valyuta schetlaridagi qoldiqlar bank ko’chirmalari bilan, debitorlik va kreditorlik qarzlarining haqqoniyligi esa taqqoslash dalolatnomalari bilan tasdiqlanadi. Hisob-kitoblarning ahvoli, oldi-sotdi ishlarining shartlarini va shunga o’xshashlarni tasdiqlovchi zarur ma’lumotlarni olish uchun turli tashkilotlarga so’rovlar jo’natiladi.
Ma’lumotlarni tasdiqlash uchun jo’natiladigan so’rovlar mijoz korxona rahbariyati nomidan tayyorlanib, unda tasdiq-lovchi javobni auditorlik tashkilotiga jo’natish so’raladi. Shunday qilib, mijoz-korxona tomonidan ma’lumotni tasdiqlash uchun uchinchi tomonga jo’natilgan so’rovning yozma tasdigini auditorlik tashkiloti oladi.
Zarur hollarda auditorlik tashkiloti tasdiqlatish uchun so’rov jo’natilgan uchinchi tomon bilan bevosita aloqa o’rnatishi ham mumkin.
Agar auditorlik tashkiloti salbiy javob olsa yoki umuman javob olmasa, u holda mijoz korxona ma’lumotlarining haqqoniyligini aniqlashtirish uchun qo’shimcha auditorlik amallarini qo’llashi zarur.
Xodimlardan og’zaki so’rov o’tkazish – bu mijoz korxona xodimlari yoki uchinchi shaxslardan og’zaki muloqat va javoblarni baholash yo’li bilan tasdiqlovchi ma’lumotlarni olish usulidir. Mazkur usul auditorga ichki nazorat tizimini baholash, risk chegaralarini aniqlash va auditorlik tenkshiruvining strategiyasini ishlab chiqish chog’ida fikr yuritish uchun keng ko’lamdagi ma’lumotlarni beradi. Mijoz korxona va uchinchi tomon xodimlari hamda rahbariyati orasida so’rov o’tkazish auditorlik tekshiruvining barcha bosqichlari- da amalga oshirilishi mumkin.
Auditni rejalashtirish bosqichida, xususan mijoz korxonaning holati va biznesining kelajagi hamda ichki nazoratning tashkil etilishi to’g’risida tasavvurga ega bo’lish zarur. Ushbu maqsadda korxona rahbariyati orasida so’rov o’tka-zilishi mumkin. Olingan javoblarni tahlil qilish asosida tekshiruv jarayonda keyinchalik bajarilgan auditorlik amallarining natijasida tasdiqlanadigan yoki tasdiqlanmay-digan muayyan jihatlar bo’yicha auditorda aniq fikr shakllanadi.
Bitta manbadan olingan, ushbu ma’lumotning og’zaki tavsifdaligini e’tiborga olgan holda, auditor qilingan xulosaga tayanishi mumkin emas, ya’ni kushimcha dalillar tuplashi zarur. Auditorlik tekshiruvi jarayonida bevosita ijrochilar (menejerlar, moddiy javobgar shaxslar, buxgalterlar va b. ) bilan suhbatlashib, mansab yo’riqnomalarining aniq ijrochilariga etkazilganligini aniqlashi va shu bilan birga ichki nazoratning ishonchliligi yoki yuzakiligi to’g’risida qo’-shimcha dalillar olishi mumkin.
№50-«Auditorlik dalillar» nomli AFMSga muvofiq og’zaki so’rov natijalari bayonnoma yoki qisqacha konspekt ko’rinishida yozib borish zarur bo’lib, unda so’rov o’tkazgan auditorning familiyasi, hamda so’ralgan shaxsning familiyasi, ismi-sharifi ko’rsatilgan bo’lishi shart. Og’zaki so’rovlar o’tkazish uchun har xil muammolar (masalan, ayrim muomalalarni uchastkalar, faoliyat turlari yoki bo’linmalar bo’yicha hujjatlar bilan rasmiylashtirish tartibi va hujjatlar aylanishini baholash) bo’yicha anketalar oldindan tayyorlangan bo’lishi mumkin. Auditorlik tashkilotlari savollar ro’yxati bilan standart testlar tayyorlab, unda so’ralgan shaxslarning javoblari ko’rsatiladi.
Javoblarning auditor tomonidan baholanishi so’rov o’t-kazish jarayonining muhim qismi bo’lib, og’zaki so’rovlar natijalari bo’yicha tayyorlangan yozma ma’lumot auditorlik tashkilotining boshqa ishchi hujjatlariga qo’shimcha qilinadi.
Hujjatlarni tekshirishda auditor ko’rib chiqayotgan ma’lum hujjatning haqqoniyligiga ishonch hosil qilishi lozim. Ushbu maqsadda buxgalteriya hisobida ma’lum yozuvlarni tanlab olish va xo’jalik faoliyatida sodir bo’lgan faktning hisobda aks ettirilishi kuzatib chiqiladi.
Hujjat bilan ishlashda uning kim tomonidan tuzilganligi muhim ahamiyatga ega. Mijoz korxona tomonidan tayyorlangan va ishlov berilgan hujjatlar ichki hujjatlar hisob-lanadi. Auditorlik tashkilotiga qay darajada ishonish bunday hujjatlarni tuzish va ishlov berish ustidan o’rnatilgan mijoz-korxona ichki nazorat vositalarining ishonchliligiga bog’liq. Uchinchi shaxslar tomonidan tayyorlangan va xo’jalik yurituvchi subektlarga yuborilgan tashqi hujjatlar ichki hujjatlarga qaraganda ishonchliroq hisoblanadi.
Hujjatlarni tekshirish chog’ida ularning o’z vaqtida va aniq rasmiylashtirilganligi, majburiy rekvizitlarning mavjudligi va to’g’riligini aniqlash ham zarur. Auditorlar hujjatlarni tekshiruvdan o’tkazishda ularning buxgalteriya hisobi registrlariga o’z vaqtida, aniq va to’liq aks ettirilishiga ham e’tibor berishlari kerak.
Kuzatib chiqish – bu sintetik va analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining aks ettirilishini, ayrim dastlabki hujjatlarni tekshiradigan,
yakuniy schetlar korrespondentsiyasini topadigan va xo’jalik faoliyatining tegishli faktlari buxgalteriya hisobida to’g’ri yoki noto’g’ri aks ettirilganligini tekshirish jarayonidir.
Kuzatib chiqish dastlabki hujjatlardan sintetik va analitik hisob registrlariga, bosh daftarga va hisobotlarga tomon, yoki ko’p hollarda uchraydigan, teskari tomon yo’nalishi-da amalga oshiriladi. Kuzatib chiqish, xususan, mijoz-korxona hujjatlarida aks ettirilgan notipik moddalar va hodisalarni o’rganishga imkon beradi.
Tahliliy amallar deganda auditor tomonidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash, g’ayrioddiy va buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan xo’jalik faoliyati faktlarini aniqlash, hamda bunday xatolar va chalkashliklar- ning sabablarini aniqlash maqsadida tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi subektning muhim moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’rganish tushuniladi.
Tahliliy amal o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotlari ko’rsatkichlarini uning rejadagi ko’rsatkichlari bilan solishtirish.

  • moliyaviy hisobotlarning amaldagi ko’rsatkichlarini auditorlik tashkiloti tomonidan belgilangan prognoz ko’rsatkichlari bilan solishtirish.

  • moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zi tomonidan belgilanadigan me’yoriy hujjatlar bilan solishtirish.

  • moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan ko’rsatkichlar bilan solishtirish.

  • moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini tarmoqning o’rtacha ma’lumotlari bilan solishtirish.

  • moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining vaqt o’tishi davomida o’zgarishlari va ular bilan bogliq bo’lgan nisbiy koeffitsientlar tahlili.

Tahliliy amallarning turi ularni o’tkazish maqsadi, ularni o’tkazish uchun zarur bo’lgan axborotga erishish imkoniyati va unga moslikka, xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat turiga bogliq bo’ladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti fakt ko’rsatkichlarini u tomonidan belgilangan reja bilan solishtirishda auditorlik tashkiloti:

  • Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan qo’llaniladigan rejalashtirish uslubiyatini baholashi;

  • Reja ko’rsatkichlariga binoan hisobot davri moliyaviy ko’rsatkichlari mijoz tomonidan o’zgartirilmaganligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Moliyaviy hisobotning fakt ko’rsatkichlarini mustaqil belgilangan prognoz ko’rsatkichlar bilan solishtirishda auditorlik tashkiloti o’z taxminlarini shakllangan tamoyillar asosida belgilaydi.
Xisobot va me’yoriy ko’rsatkichlar negizida har xil turdagi koeffitsientlar va foizli nisbatlar hisob-kitobi samarali hisoblanadi. Koeffinientlarni tanlash, ularning hisob-kitoblari usullarini va hisob-kitob vaqti davrlarini tanlash me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Ehtimoliy tavakkalchiliklar sohalarini aniqlash usullari:

  • joriy davr nisbiy ko’rsatkichlarining tahlili;

  • turli davrlarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun hisoblab qo’yilgan nisbiy ko’rsatkichlar o’zgarishining tahlili;

  • nisbiy ko’rsatkichlar bir necha turining o’zgarishlarini solishtirish.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti fakt ko’rsatkichlarini tarmoqning o’rtacha ko’rsatkichlari bilan solishtirganda, auditor shu xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini tahlil qiladi. Bunda auditor shularni hisobga olishi kerakki, tarmoq ko’rsatkichlari mazkur xo’jalik yurituvchi sub’ekt ko’rsatkichlari bilan mutanosib bo’lmasligi mumkin, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektlar turli hisob siyosatidan foydalanishi ham mumkin.
Auditor tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti ma’lumotlarini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan ma’lumotlar (nobuxgalterlik ma’lumotlari) bilan solishtirish usuli qo’llangan taqdirda, auditor foydalanilayotgan nobuxgalterlik ma’lumotlarining aniqligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Xisobotning fakt ko’rsatkichlarini avvalgi davrlar ma’lumotlari bilan solishtirish jarayonida auditorlik tashkiloti auditni rejalashtirish bosqichidayoq ehtimolli tavakkalchiliklar sohalarini belgilab oladi. Ehtimolli tavakkalchiliklar sohalarini aniqlashning keng tarqalgan usullari quyidagilardir:

  • buxgalteriya balansi moddalarini solishtirish va ulardagi jiddiy o’zgarishlar tahlili;

Moddalardagi o’zgarishlarni boshqa moddalardan o’zgarishlar bilan solishtirganda o’zgarishlarni tahlil qilish. Mazkur holda ehtimolli tavakkalchilik sohasi, bir ko’rsatkichdagi o’zgarish iqtisodiy tabiatiga ko’ra boshqa ko’rsatkichdagi o’zgarishga muvofiq kelmaganida aniqlanadi.
Tahliliy amallarni qo’llash tahlil etilayotgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi sababiy-oqibat aloqasining mavjudligiga asoslanadi.
Tahliliy amallarning maqsadlari:

  • xo’jalik faoliyatining ehtimolli tavakkalchiliklar sohasini belgilovchi gayrioddiy yoki noto’gri aks ettirilgan faktlari va natijalarining mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini o’rganish;

  • moliyaviy hisobot buzilishi faktlarini aniqlash;

-mufassal auditorlik amallari sonini qisqartirish;

  • yuzaga kelgan savollarga javob olish maqsadida testdan o’tkazishni ta’minlash.

Tahliliy amallarni qo’llash:

  • auditorga auditni rejalashtirishda mijozni yaxshiroq tushunish va buxgalteriya balanslarini tekshirish orqali auditdagi tavakkalchilik darajasini belgilash imkoniyatini beradi.

  • boshqa auditorlik amallari soni va hajmini qisqartirishga imkon beradi.

  • auditga audit vaqtida uning asoslangan, e’tiborli fikrini shakllantirishga yordam beradi.

  • qo’shimcha auditorlik amallarini talab etuvchi tekshiruv sohalari aniqlab berishi mumkin bo’lgan moliyaviy muammolarning mavjudligini uzil-kesil tekshirish vazifasini bajaradi.

Tahliliy amallar auditning butun jarayoni davomida bajariladi. Tahliliy amalning bajarilishi quyidagilardan tarkib topadi:

  • amallar maqsadini belgilash;

  • amallar turini tanlash;

  • amallarni bajarish;

Bajarilgan amallarni tahlil etish.
Tahliliy amallarni bajarish bosqichida auditor quyidagilardan tanlab foydalanadi:

  • oddiy solishtirish;

  • hisobot davrida biror-bir ko’rsatkichning o’zgarish tamoyillarini va ularning kelgusi yoki o’tgan davrlardagi tarqalishini aniqlash;

  • biror-bir ko’rsatkichlar o’rtasida miqdoriy o’zaro aloqadorliklarni kelgusi yoki o’tgan davrlarda ularning qiymatlarini hisoblab chiqish maqsadida aniqlash.

Tahliliy amallar yigma moliyaviy hisobotga ham, alohida balansga ajratilgan tarkibiy bo’linmalarga ham qo’llanishi mumkin.
Tahliliy amallar natijalarining ishonchliligi auditor tomonidan aniqlanmaganlik tavakkalchiligi, ichki xo’jalik tavakkalchiligi va nazorat vositalari tavakkalchiligi darajasining to’gri baholanishiga bogliq.




  1. Download 13,28 Mb.
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   211




Download 13,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Operatsion auditni o’tkazish tartibi

Download 13,28 Mb.