• Talab qilinadi
  • Amaliy audit




    Download 13,28 Mb.
    bet168/211
    Sana18.05.2024
    Hajmi13,28 Mb.
    #242509
    1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   211
    Bog'liq
    Amaliy audit

    Talab qilinadi:

    1. Berilgan ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlari talablariga mosligini tekshiring.

    2. Buxgalteriya va soliq hisoblari maqsadlari uchun me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarining asosiy qoidalarini ochib bering.

    3. Tekshiruv natijalari yakunini audit qilinayotgan tashkilot rahbariyatiga “Audit natijalari bo’yicha yozma xati” shaklida rasmiylashtiring.

    4. Auditor qanday usullar yoki auditorlik amallari bilan dalillarni yig’adi?




    1. Masala. “MEGAMAX” MChJning moliyaviy hisobotlari auditida quyidagilar aniqlandi. Aylanma-qoldiq qaydnoma ma’lumotlariga ko’ra tekshirilayotgan davrda 9010 – “Tayyor maxsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9390 – “Boshqa operatsion daromadlar” va 8710 – “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” buxgalteriya schetlarining oborot- qoldiq qaydnomalari ma’lumotlariga ko’ra yilning boshi va yakuni bo’yicha qoldiqqa ega, biroq yilning oxirida ushbu schyotlar o’z vaqtida yopilmagan. Ko’rsatilgan buxgalteriya schetlarini yopish ishlari kelgusi yilning yanvar oyida amalga oshirilgan. Ushbu sababga ko’ra 8710 – “Hisobot davrining

    taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” scheti bo’yicha moliyaviy natija shakllantirilmagan.
    Talab qilinadi:

    1. Berilgan ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi me’yoriy-huquqiy hujjatlari talablariga mos kelishligini tekshiring.

    2. Bunday vaziyatlarda auditor qanday ish yuritadi?

    3. Buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarining asosiy qoidalarini ochib bering.

    4. Tekshiruv yakunlarini “Audit natijalari bo’yicha yozma xati” shaklida rasmiylashtiring.




    1. Masala. “Grant THORNTON” MChJ auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkazilgan “Sagban” MChJ ning 2014 yilgi moliyaviy hisoboti auditida quyidagilarni aniqladi: “Sagban” MChJ buxgalteriya balansining 3.12.2013 yil sanadagi tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibida 21.01.2014 yildagi № 52 – sonli shartnoma bo’yicha 21000000 so’m miqdorda xarajatlar aks etgan. № 52 – sonli shartnoma qoidalarini o’rganish davomida shu narsa aniqlandiki, buyurtmachi “Do’l” MChJ 12.12.2014 yildagi qo’shimcha kelishuv (bitim) bilan buyurtma bekor qilingani sababli ushbu shartnomani to’liq hajmda bekor qilgan. Tekshiruvda rahbarning buyurtmani bekor qilish va hisobdan chiqarish haqidagi buyrug’i, qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar, xarajatlar tarkibi va ularni hisobdan chiqarish haqida dalolatnoma mavjud edi va ular ko’rsatildi.

    “Sagban” MChJ ning rahbariyati ma’lum qildiki, ushbu buyurtma bo’yicha yangi buyurtmachilarni qidirish ishlari olib borilmoqda, shu sababli tugallanmagan ishlab chiqarish mavjud, biroq audit o’tkazish paytida natijalar salbiy deb ta’kidlangan.
    Talab qilinadi:

    1. Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha auditorning auditorlik dalillarini yig’ish va amalga oshiriladigan moliyaviy hisobotni tayyorlash borasidagi nuqtai nazarini ko’rsatib bering.

    2. “Sagban” MChJ moliyaviy hisobotidan foydalanib, muximlik darajasini hisoblab chiqing.

    3. “Sagban” MChJ moliyaviy hisobotining ishonchliligi haqida xulosalar chiqaring va ularni asoslang, ko’rsatingki, siz qanday auditorlik xulosasini tayyorlaysiz, agar:

    • Moliyaviy hisobotda 2014 yil uchun o’zgartirishlar bo’lmasa;

    • 2014 yil uchun moliyaviy hisobotga mos keluvchi o’zgartirishlar kiritilsa;


    Download 13,28 Mb.
    1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   211




    Download 13,28 Mb.