|
Amaliy audit
|
bet | 68/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditZaxiralarni ko’rib chiqish. Nazoratchilar mijoz tomonidan to’g’ri hisoblanganligini, inventarizasya balans varaqalari bilan aniq to’g’ri kelishini aniqlash uchun mijozning jismoniy inventarizasiya hisobini ko’rib chiqadilar.
Jismoniy tekshiruv mol-mulkning hosob-kitobini va mavjudligini ko’rsatib beruvchi dalillarning muhim turidir.
Tovar-moddiy zaxiralarini auditorlik tekshiruvidan o`tkazishning maqsadi- ularning saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to`g`ri tashkil etilishini aniqlashdan iborat. Shuningdek hisobot ko`rsatkichlarining ishonchliligini va tovar-moddiy zaxiralar bilan bog`liq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining O`zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda me'yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini, hamda nazorat tuzulmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o`tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi. Zaxiralarni tekshirish, ular hajmi katta bo`lgan subyektlarda auditning asosiy qismi deb qaraladi.
Tovar-moddiy zaxiralar bo`yicha hisobot ko`rsatkichlarining haqqoniyligini tekshirishda boshqa audit obyektlaridagi kabi, dastavval, balansning «Ishlab chiqarish zaxiralari» (150-satr), «Tugallanmagan ishlab chiqarish (160-satr)»,
«Tayyor mahsulot» (170-satr), «Tovarlar» (180-satr) moddalari, Bosh daftar, jurnal-orderlar va boshqa hisob registrlari orasidagi tenglikni aniqlash zarur (5.1- jadval).
5.1-jadval
Tovar-moddiy zaxiralari audit obyektlari
-
Ko`rsatkichlar nomi
|
Schyotlar raqami
|
Moliyaviy hisobot
shakllaridagi ko`rsatkichlar
|
1- shakl
|
4- shakl
|
Satr raqami
|
Satr raqami
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Tovar-moddiy zaxiralari (satr.
150+160+170+180), jumladan:
|
|
140
|
|
Ishlab chiqarish zaxiralari
|
1000, 1100,
1500, 1600
|
150
|
|
Tugallanmagan ishlab chiqarish
|
2000, 2100,
2300, 2700
|
160
|
|
Tayyor mahsulot
|
2800
|
170
|
|
Tovarlar (2900 dan 2980 ning ayirmasi)
|
|
180
|
|
Material, ish, xizmatlar uchun mol yetkazib
beruvchilarga to`lanadigan pul mablag`lari
|
|
|
020
|
Shu bilan birga, sintetik va analitik hisob ma'lumottlarining muvofiqligiga ishonch hosil qilish muhimdir. Moddiy qiymatliklarni ishlab chiqarish xarajatlariga olib borish va ularning baholarini tekshirish, ishlab chiqarishga sarflash me'yorlari va boshqalarni tekshirish zarur. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga da'vo qo`zg`atishning o`z vaqtidaligi va to`g`riligi hamda yo`ldagi (subyektga yetib kelmagan) materiallar qoldig`ining haqqoniyligini ham tekshirish kerak.
Yo`ldagi moddiy qiymatliklarni tekshirishning vazifalari: yo`ldagi moddiy qiymatliklar sifatida hisobda turgan har bir jo`natishning asosliligini aniqlash, yuklarni yetkazib berishi muddatlarining o`tib ketmaganligini aniqlash, xojalik tomonidan yuklarni qidiruv choralarining ko`rilishini aniqlash, bosh buxgalter va ta'minot xodimlari tomonidan yo`ldagi moddiy qiymatliklarni hisobga olish ustidan nazorat o`rnatilishi kabilarini aniqlashdan iborat. Bulardan tashqari hisob ma'lumotlarining haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga mos kelishi va tovar mahsulotlar ishlab chiqarish to`g`isidagi hisobotlarda qo`shib yozish faktlari aniqlanadi. Tekshiruv jarayonida auditor quyidagilarni aniqlashi lozim:
zaxiralarning haqiqatda mavjudligi;
zaxiralar bilan bog`liq barcha muomilalarning bugalteriya hisobi schyotlarida to`liq va to`g`i aks ettirilganligi;
barcha zaxiralar subyekt mulki ekanligi, ya'ni ularga mulkiy huquq mavjudligi, qarz sifatida aks ettirilgan summalar esa majburiyat ekanligi;
zaxiralarni va ular bilan bog`liq majburiyatlarni baholashning to`g`riligi;
tovar-moddiy zaxiralarini hisobga olish tamoyillari to`g`ri tanlanilganligi va qo`llanilishining to`g`riligi.
Tovar-moddiy zahiralarni tekshirishda quyidagi ma'lumot manbalaridan foydalaniladi:
moddiy qiymatliklarni qabul qilish, hisobga olish, saqlash va berishga aloqador me'yoriy hujjatlar;
hisob siyosati to`g`risidagi buyruq;
tovar-moddiy zaxiralar bilan bog`liq muomalalarni rasmiylashtirishga doir dastlabki hujjatlar;
tashkiliy-huquqiy hujjatlar va materiallar;
tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya hisobi registrlari va buxgalteriya hisobotlari;
moddiy javobgar shaxslar bilan to`liq moddiy javobgarlik to`g`risida tuzilgan shartnoma.
Auditor tekshiruv mobaynida tekshiruvning ushbu sohasi bo`yicha tanlangan hisob yuritish usullari va uslublari to`g`risida axborotga ega bo`lishi lozim. 4-sonli
«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti talablariga muvofiq subyektning hisob yuritish siyosati to`g`risidagi buyrug`ida tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga olishning uslubiy jihatlari, xususan quyidagilar haqidagi axborotlar aks ettirilishi lozim:
asosiy vositalar bilan inventar va xojalik ashyolari o`rtasidagi chegaralar;
tovar-moddiy qiymatliklarni sotib olish (tayyorlash) ni hisobga olish;
tovar-moddiy qiymatliklarni ularning turlari bo`yicha hisobdan o`chirish mobaynida baholash usullari.
Mijoz-subyekt rahbariyati, u yoki bu hisob yuritish tamoyili moliyaviy natijaga ta'sir qilishini bilsada, hisob siyosatiga kiritilgan ma'lumotlarning zarurligiga ko`p hollarda yetarli ahamiyat bermaydi. Mana shuning oqibatida har xil qoidabuzarliklar kelib chiqadi. Ulardan eng ko`p tarqalgani tanlangan hisob yuritish usullariga yoki ularni qo`llashda izchillikka rioya qilinmasligi hisoblanadi.
|
| |