|
Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi, sifati va to`liqligini tekshirish
|
bet | 71/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditTovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi, sifati va to`liqligini tekshirish
Tovar-moddiy zaxiralarini inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi 19-son BHMS1 da belgilab berilgan. Unga ko`ra, inventarizatsiyaning asosiy maqsadi mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash, haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma'lumotlari bilan qiyoslash, majburiyatlar hisobda to`g`ri aks ettirilganligini tekshirishdir.
Joylashgan yeri va barcha turdagi moliyaviy majburiyatlaridan qat'iynazar, xojalik yurituvchi subyektning barcha mol-mulki inventarlanishi kerak.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va xojalik yurituvchi subyektga qarashli bo`lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas'uliyatli saqlanishda bo`lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko`ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarlanishi kerak.
Mol-mulkning inventarizatsiyasi uning joylashgan yeri va moddiy javobgar shaxs bo`yicha o`tkaziladi.
Quyidagi hollarda inventarizatsiya o`tkazilishi shart:
mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, davlat subyekti o`zgartirilgan (davlat tasarrufidan chiqarilgan) chog`da qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda;
yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarizatsiya hisobot yilining 1- oktabridan kechiktirmay o`tkaziladigan mol-mulkdan tashqari.
son BHMS2 ga binoan tovar-moddiy zaxiralar bir yilda kamida bir marta inventarizatsiya qilinadi. Pul mablag`lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat'iy hisobdagi blanklar oyda bir marta, yonilg`i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari - har chorakda, qimmatbaho metallar - tarmoq yo`riqnomalariga muvofiq inventarizatsiya qilinadi.
2004-yilda qimmatli qog'ozlar va birja kommissiyasi (QQBK) O’lchov mutaxassislarini(OM) tashkiloti va uning moliya ishlari bo’yicha direktori Kirk Dischinoni inventarizasiya mablag’lariga oid harajatlarni qalbakilashtirish orqali inventarizasiya qaydlarini oshirish aybladi. Inventarizatsiya qalbaki o'yinlari 2001 yil 31 mart yakunlangan moliyaviy yil uchun kompaniyaning daromad solig’i 435% kupayishiga olib keldi va firibgarlik ishlari davomida, kompaniya keyingi
1 19-son «Inventarlashni tashkil qilish va o’tkazish» nomli BHMS 1999-yil 19-oktyabrda EG/17-19- 2075-son bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida 1999-yil 2-noyabrda 833- son bilan ro’yxatga olingan.
2 4-sonli «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMS. O’zbekitson Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 28- avgutsda ro’yxatga olingan.
yilning birinchi choragida aniq ziyon hisobot oldini olish muvaffaq bo’ldi. Firibgarlik davomida, Dischino kompaniyasining 40.000 ta aktsiyasi sotildi.
Feirfild, Nyu-Jersi shahrida joylashgan OM, elektron, avtomobil, harbiy texnikaga mo'ljallangan va turli xil qo’llanishlar uchun sensorlar ishlab chiqarardi va sotardi. 2002 yilning fevral va 2000 yilning 30 iyun oylari orasida haqiqiy xarajatlar va qiymat o'rtasidagi standartlashgan og'ish bilan hisoblagan holda, Dischino "ishlab chiqarish kredit" qaydlari orqali OMning aktsiyalar kitob qiymatini oshirgan. Agar kompaniya inventarizatsiya qadrlari uchun standart xarajatlardan foydalansa, bunday og’ishlar yuzaga keladi. Buxgalteriya hisob-kitob standartlari kompaniyadan har bir davr oxirida standart xarajatlar va haqiqiy xarajatlar o'rtasidagi farqlar yo'qligini aniqlashni talab etadi.
Ishlab chiqarish kreditlar bir necha kompaniyasi hudidlar va turli davrlarga to’g’ri kelmaydigan metodologiyaga asoslangan edi. Bundan tashqari, Dischino ishlab chiqarish kreditining «haqiqiy xarajatlar»ida noto'g'ri hisob-kitobdan foydalangandi.
Misol uchun, u kompaniyaning buxgalteriya qaydlari va inventarizatsiya xarajatlarini haqidagi qaydlariga yolg’on harajatlarni ham qoshgandi. Nihoyat, u inventarizatsiyadan xarajat yoki savdo qiymatini kamaytirishni eplay olmadi. Yil so’ngida inventarizasiya natijasida $2.4 million daromad solig’idan $7.5 milliongacha ko’paytirilgani, harajatlarning, hatto ba’zi joylarda o’z qiymatidan ham, oshirib yozilgan balanslar ustida olib borilgan 2001 yildagi inventarizasiya yordamida aniqlandi. Dischino janoblari daromad etishmovchiligini $215.734 qiymatini aksiya sotish bilan va huddi shuncha miqdordagi jarimani fuqarolik jazosi sifatida to’lashi belgilandi. Shuning bilan birga, u QQBK buxgalteri lavozimidan bo’shatildi.
TMZlarni kuzatish uchun nazotar ishlarining umumiy sinovlari balansi berilgan. Bu jadvalga faqatgina nazorat unsurlaribilan bog’liq detallar kiritilmagan, chunki balans bilan bog'liq unsurlar inventarizatsiya tuzish ostida muhokama qilinadi. Bu munozarada mijozning balansdagi ma’lumotlar ustidan inventarizatsiya hisob-kitobini va qayta raqamlangan teglar ustida inventarizatsiya qaydlarini hisoblashini taxmin qilib ko’rsatamiz. Ular xar xil tarzda inventarizatsiyani qaydlaganlarida, nazorat tartib ularnikidan farqlanadi. Mol-mulk hisoblanganligiga ishonch xosil qilish uchun, nazoratchi omborxona hududlarini, hamda mol-mulk saqlash qutilari va boshqa turdagi konteynerlarni tekshirishi kerak bo’ladi.
Mijoz zahiralar hisob-kitobini tamomlagandan so’ng olib boriladigan taxlil usullari doirasida, nazoratchi o'tgan yilgi inventarizatsiya master fayllari sinovlari bilan dollar yuqori qiymati inventarizatsiyasini solishtirishi mumkin.
Sizga samolyot komponentlari va planerlar moddasini ishlab chiqaruvchi Sea Gull Airflames (dengiz snaryadli planerlar) kompaniyasini namuna qilib ko’rsatamiz. 31 dekabr oyida jismoniy inventarizasiya o’tkazdingiz va uning aniqligiga ishonch hosil qildingiz. 2011 yil 31 dekabr oyida o’tkazilgan inventarizasiya mijoz tamonidan tashkil etildi, baholandi va uyaytirildi va umumiy bahosi $8.275.000ga to’g’ri keluvchi 5000ta inventarizasiya ob’ektlaridan iborat ekanligi aniqlandi. Qiymat inventarizasiyasi sinovlari jarayonida, narh-navoni
sinflash maqsadida, inventarizasiya jarayonini ikki qatlamga, ya’ni bahosi $5000 dan past va bahosi $5000dan yuqori bo’lgan ob’ektlarga bo’lib olishga, hamda narxlash va kengaytirish sinovlarini amalga oshirishda, 50 inventarizatsiya ob'ektlar batafsil tekshirishga qaror qildingiz va tasodifiy tanlov orqali bahosi
$5000 dan yuqori bo’lgan 40 ta va $5000dan past bo’lgan ob’ektlarni tanlab oldingiz. Fikringizcha o’zgartirilgan A dan G gacha bo’lgan bandlardan tashqari barcha bandlarni toptingiz. A dan G gacha bo’lgan bandlardan tashqari, quyidagi bandlarni tekshirib chiqdingiz:
Sea Gull Airflames kompaniyasi davriy inventerizasiya tizimidan foydalanadi va FIFO harajatlari va savdosining quyi holatida inventarizasiyani baholaydi. Siz tekshiruvdan o'tkazish uchun zarur bo'lgan barcha xarajatlarni topish imkoniyatiga ega bo'ldingiz. To’g’ri baholashga tegishli ma’lumotlarning aniqligidan shubxa qilinganda, qo’llaniladigan namunada etti inventarizasiya unsurlari keyingi mavzularda keltirilgan.
Bundan tashqari, $200 miqdoridagi to’lov kvitansiyasini topdingiz. Bu qonun loyihasi yuk tashish hisobotiga kiritigandi. Deyarli barcha yuk tashuvlar metal qoliplar uchun edi. Sea Gull Airflames kompaniyasi siz tamomigizdan birichi marotaba nazorat qilindi.
barcha ma'lumotlarni ko'rib chiqish va etti ob'ektlar yordamida inventarizatsiya xatolarini aniqlash. Xato miqdorini aniqlash uchun zarur bo’lgan, har qanday taxminlarni bayon etish.
hulosalaringizni umumlashtirish uchun audit jadvalini tayyorlang. Jadvalini tayyorlash uchun kompyuter foydalaning.
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan subyektlarda ishlab chiqarish zaxiralari ular eng kam miqdorda qolganda quyidagi hollarda inventarizatsiya qilinadi:
asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda;
moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish - topshirish kunida);
o`g`irlik yoki suiiste'mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari aniqlanganda;
tabiiy ofatlar, yong`inlar falokatlar yoki g`ayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda;
xojalik yurituvchi subyekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida inventarizatsiya jamoa rahbari o`zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortiq a'zolari chiqib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a'zosi talabi bilan o`tkaziladi.
Hisobot yilidagi inventarizatsiyalar miqdori, ularni o`tkazish sanasi, mol- mulk va moliyaviy majburiyatlar ro`yxati xojalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan belgilanadi.
Inventarizatsiyani o`tkazish uchun xojalik yurituvchi subyektlar tarkibida:
xojalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o`rinbosari (komissiya raisi);
bosh buxgalter;
boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va hokazolar) bo`lgan doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari tuziladi.
Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga xojalik yurituvchi subyektning ichki audit vakillari kiritilishi mumkin.
Ishlar hajmi katta bo`lganda mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni inventarizatsiyani bir vaqtda o`tkazish uchun tarkibida:
inventarizatsiyani tayinlagan xojalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili (komissiya raisi);
mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar bo`lgan ishchi inventarizatsiya komissiyalari tuziladi.
Komissiya tarkibiga inventarizatsiya qilinayotgan boyliklar, narxlar va birlamchi hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak.
Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki marta ishchi inventarizatsiya komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi.
Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarizatsiya komissiyalarining shaxsiy tarkibini xojalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi.
Inventarizatsiyani o`tkazish chog`ida komissiyaning aqalli bitta a'zosi yo`q bo`lsa, bu hol inventarizatsiya natijalarini haqiqiy emas, deb topish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
Doimiy ishlaydigan inventarizatsiya komissiyalari:
boyliklar saqlanishini ta'minlashga doir profilaktika ishlarini o`tkazadi, zarurat bo`lganda o`z majlislarida boyliklarning saqlanishi masalalari bo`yicha sex, bo`lim, shuba rahbarlarining axborotlarini tinglaydi;
inventarizatsiya o`tkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarizatsiya komissiyalari a'zolariga yo`l-yo`riq beradi;
inventarizatsiya to`g`ri o`tkazilganini nazorat tariqasida tekshiruvlarni amalga oshiradi, shuningdek, inventarizatsiyalar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash joylarida tovar-moddiy boyliklarni tanlab inventarizatsiyadan o`tkazadi;
inventarizatsiya natijalari to`g`ri chiqarilganini, bazalar, omborlar, omborxonalar, sexlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida boyliklarni qayta navlarga ajratish bo`yicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi;
zarur hollarda (inventarizatsiyani o`tkazish qoidalari jiddiy buzilganligi aniqlangan va boshqa hollarda) xojalik yurituvchi subyekt rahbarining topshirig`iga binoan takroriy yalpi inventarizatsiyalarni o`tkazadi;
boyliklar kamomadi yoki ularni shikastlashga, shuningdek, boshqa buzilishlarga yo`l qo`ygan shaxslardan olingan tushuntirishlarni ko`rib chiqadi va aniqlangan kamomadlar hamda boyliklarni shikastlashdan ko`rilgan talafotlarni bir izga solish tartibi to`g`risida taklif beradilar.
Ishchi inventarizatsiya komissiyalari:
saqlash va ishlab chiqarish joylarida boyliklar va pul mablag`lari inventarizatsiyani amalga oshiradi;
xojalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarizatsiya natijalarini aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratish
chog`idagi ortiqcha chiqishlarni hisobga olish hamda tabiiy yo`qolish me'yorlari doirasida kamomadlarni hisobdan o`chirish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;
tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish, hisobga olishni yaxshilash va ular saqlanishini nazorat qilishni tartibga solish masalalari, shuningdek, me'yordan ortiqcha va ishlatilmaydigan moddiy boyliklarni sotish bo`yicha takliflar kiritadi;
quyidagi hollarda:
xojalik yurituvchi subyekt rahbarining buyrug`iga muvofiq inventarizatsiyani o`z vaqtida o`tkazish va uni o`tkazish tartibiga rioya qilish uchun;
hisob-kitoblarda tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag`lari va vositalarning haqiqatdagi qoldiqlari to`g`risidagi ma'lumotlar ro`yxatga to`liq va aniq qayd etilishi uchun;
v) tovar-moddiy boyliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari (turi, navi, rusumi, hajmi, preyskurant bo`yicha tartib raqami, artikuli va h.k.) ro`yxatda to`g`ri ko`rsatilishi uchun;
g) belgilangan tartibga muvofiq inventarizatsiya materiallari to`g`ri va o`z vaqtda rasmiylashtirilishi uchun javob beradi.
Inventarizatsiya komissiyalari a'zolari tovarlar, materiallar va boshqa boyliklar kamomadi va ishlatib yuborgani yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida ro`yxatga boyliklarning haqiqatdagi qoldiqlari to`g`risida ataylab noto`g`ri ma'lumotlarni kiritganlik uchun belgilangan tartibga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Mol-mulkning haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya paytidagi eng so`nggi kirim-chiqim hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablag`lari harakati to`g`risidagi hisobotlarni olishi kerak.
Inventarizatsiya komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-chiqim hujjatlariga "inventarizatsiyagacha ...da (sana)" deb ko`rsatgan holda viza qo`yadi, bu esa buxgalteriyaga hisob ma'lumotlari bo`yicha inventarizatsiyani boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini aniqlash uchun asos bo`lib xizmat qilishi kerak.
|
| |