|
Tovar-moddiy zaxiralari bilan bog`liq boshqa muomalalar auditi
|
bet | 69/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditTovar-moddiy zaxiralari bilan bog`liq boshqa muomalalar auditi
Ombor xo`jaligining ahvoli va tovar-moddiy zaxiralar saqlanishini tekshirish eng muhim auditorlik amallaridan biri bo`lib hisoblanadi. Subyekt faoliyatining ushbu sohasini har tomonlama o`rganish uchun auditor omborlar, sexlar va ishlab chiqarish zahiralari saqlanadigan boshqa joylarni tekshiradi. Bunda ishlab chiqarish zaxiralarini saqlash sharoitlari, yong`in xavfining oldini olish, omborlarning qurilmalar, texnikalar, asboblar bilan jihozlanganligi va ularning to`g`ri ishlatilishi, ombor binolarini qo`riqlash holati ham o`rganiladi. Ombor xo`jaligining qoniqarsiz tashkil etilganiligi tovar-moddiy zaxiralar saqlanishi ustidan ichki nazoratning past darajada ekanligidan dalolat beradi.
O`rganish jarayonida moddiy qiymatlikdarni qabul qilish, saqlash va berishga aloqador xodimlarning moddiy javobgarliklarini tashkil etishga maxsus e'tibor qaratiladi. Xodimlarning huquq va burchlari, ularning ish tartibi, qiymatliklarni qabul qilish va berish, hamda ularni hujjatlashtirish tartibi, omborlarda natural o`lchovlarda hisobni yuritish, buxgalteriyaga hisobotlarni taqdim etish muddatlari ko`rsatilgan standartlar yoki yo`riqnomalarni ishlab chiqish va moddiy javobgar shaxslarga taqdim qilish moddiy qiymatliklarni saqlashni ta'minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Nazoratchi doimiy inventarizatsiya master fayllar aniqligi asosida yil oxirigacha olinishi mumkin bo’lgan jismoniy hisob-kitobga oid qaror qabul qiladi. Auditor jismoniy hisob-kitoblarning samaradorligiga ishongandagina mijozning ichki nazorat olib borishiga ruhsat beradi. Mijoz ichki nazorat qilayotganida, u
inventarizatsiya sonini kuzatadi va yil oxiriga tegishli doimiy inventarizatsiya qayd operatsiyalarini tekshiradi. Doimiy qaydlar aniq bo'lsa va tegishli nazorat natijasida samarali faoliyat ko'rsatilsa, mijoz yil oxiridagi inventarizatsiya hisob-kitobini qilishiga zarurat bo’lmaydi. Doimiy qaydlardagi qo’shimcalar va qisqartirishlar ustida o’tkazilgan nazorat orqali faoliyat samarador dep topilgan bo’lsa, nazoratchi yil davomida qulay vaqtda inventarizasiya qaydlari bilan solishtirishi mumkin. Agar inventarizasiya moddiy bo’lsa, mijoz hisobot davri oxiriga yaqin to'liq jismoniy inventarizatsiya olish kerak.
Auditorlar asosan tekshiruv usullariga qaraganda mijozning tartiblariga e’tibor qaratganlari sababli, hisob-kitob qilishlari kerak bo’lgan inventarizasiya buyumlarini belgilashda qiynaladilar. Qulaylik uchun, jismoniy kuzatishning namunaviy hajmini inventarizatsiya ob'ektlar soni o'rniga sarf qilinga umumiy soat soni bo'yicha ko'rib chiqilishi mumkin. Inventarizatsiya sinovlari uchun kerak bo'lgan vaqtning asosiy faktorlari ichki nazorat ustidan o’tkazilgan jismoniy hisob-kitobning etarliligi, doimiy inventarizatsiya master fayllarining aniqligi, jami dollar miqdori va inventarizatsiya turi, turli muhim inventarizatsiya joylashish hududlari, avvalgi yillarda kashf etilgan tabiiy va keng ko’lamli xatolar va boshqa tabiiy xavflardan iborat.
Ba'zi moddiy vaziyatlarda, auditorlarning inventarizatsiya jismoniy hisob- kitobini olib borishida rioya qilishi kerak bo’lgan o'nlab talab mavjud. Boshqa vaziyatlarda esa, bir auditor qisqa vaqt ichida nazoratni amalga oshirishi mumkin. Inventarizatsiya hisob-kitobi nazoratni rejalashtish va mijoz kadrlari bilan muvofiq holda ishlash juda muhim hisoblanadi, chunki yomon rejalashtirilga nazorat ko’plab qiyinchiliklar tug’ilishiga sabab bo’ladi. Masalan, hisob tugaganidan so'ng mijoz kadrlarining inventarizatsiya hisob-kitobini kuzatish imkoniyati bo’lmayda va u jismoniy inventarizatsiya qabul qilingan so'ng, namuna hajmini kengaytirish yoki sinovlari qayta o’tkazish qiyin.
|
| |