• MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI 5-MAVZU. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR
  • TARQATMA MATERIALLAR MAVZU. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR
  • TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR AUDITINING
  • Tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligi va saqlanishini nazorat qilishni tekshirish uslubiyati.
  • Moddiy boyliklarni sotish va boshqacha tarzda hisobdan chiqarishga doir muomalalarni tekshirish.
  • Amaliy audit




    Download 13,28 Mb.
    bet73/211
    Sana18.05.2024
    Hajmi13,28 Mb.
    #242509
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   211
    Bog'liq
    Amaliy audit

    Talab qilinadi:

      1. Tekshirish natijalar bo’yicha aniqlangan xatolar va kamchiliklar solishtirma qaytnomasida rasmiylashtirilsin.

      2. Yuqorida bayon qilingan vaziyatlar buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilgani tekshirilsin

      3. Auditor qanday usullar va auditorlik muolajalari bilan auditorlik dalillar yig’adi?

      4. Bunday vaziyatlarda auditorning harakatlarini izohlang?

    1. Masala. Materiallar omborida 1 oktyabr 2012 yil holatiga inventarizatsiyasi natijalari bo’yicha quyidagilar aniqlandi:

    Materiallar

    O’lch ov bir ligi

    Bahosi

    Hisob ma’lumotlari
    bo’yicha qoldiq

    Haqiqiy qoldiqlar

    Miqdori

    Summasi, ming so’m

    Miqdori

    Summasi, ming
    so’m

    Qirqiladigan
    yog’ochlar

    m3

    252,46

    98,02

    24746

    98,02

    24746

    Tog’terak yog’ochi
    (brus)

    m3

    1638,8
    9

    10

    16388,9

    10

    16388,9

    Dub fanerlari

    m3

    200

    10

    2000

    8

    1600

    DSP

    sht

    11,5

    783

    9000

    783

    9000

    Mozilka

    l

    11,0

    100

    1100

    110

    1210

    Lak

    l

    8,0

    100

    800

    85

    680

    Jami



















    Inventarizatsiya o’tkazish komissiyasining qarori bilan dub fanerlari va lakning kamomati xarajatlarga o’tkaziladi. Mozilka bo’yicha ortiqchaligi ichki buxgalteriya o’tkazmasi D-t – 1010 – “Xom ashyo va materiallar” K-t 1080 – “Inventar va xo’jalikka jixozlari” bilan materiallar tarkibiga o’tkazildi.


    Lakning bozor narxi 12500 so’m, mozilkalar – (bo’yoqlar) – 17000 so’m, dub fanerlar – 27500 so’m.
    Talab qilinadi:

    1. Taqqoslama qaydnoma tuzilsin;

    2. Tuzatuvchi buxgalteriya o’tkazmalar yozilsin;

    3. Moddiy zarar summasini aniqlang;

    4. Auditorlar qanday usullar yoki auditorlik muolajalari bilan dalillar yig’adi?

    5. Bunday vaziyatlarda auditorning xarakatlarini izohlang.



    MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI


    5-MAVZU. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR
    AUDITINING USLUBIY MUAMMOLARI

    1. Tovar-moddiy zaxiralar auditining maqsadi, vazifalari va ma'lumot manbalari nimalardan iborat?

    2. Tovar-moddiy zaxiralar auditining ketma-ketligi qanday?

    3. Tovar-moddiy zaxiralar mavjudligi va saqlanishi qanday tekshiriladi?

    4. Tovar-moddiy zaxiralar omborxona va boshqa saqlash joylaridagi hisobi qanday tekshiriladi?

    5. Tovar-moddiy zaxiralarii baholashning to`g`riligi qanday tekshiriladi?

    6. Tovar-moddiy zaxiralar sotilishi va boshqacha tarzda hisobdan chiqarilishi kanday tekshiriladi?

    7. Tugallanmagan ishlab chiqarishlarni tekshirishni xususiyatlari nimalardan iborat?

    8. Tovar-moddiy zaxiralari inventarizatsiyasini o`tkazish muddatlari va tartibi qanday?

    9. Inventarizatsiya materiallarini rasmiylashtirishda qaysi me'yoriy hujjatga asoslaniladi?

    10. Tovar-moddiy zaxiralar bo`yicha katta summada kamomad aniqlanganda, auditorni xatti-harakati qanday bo`lishi kerak?

    TARQATMA MATERIALLAR



    1. MAVZU. TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR

    AUDITINING USLUBIY MUAMMOLARI
    Tovar-moddiy zaxiralari audit obyektlari

    Ko`rsatkichlar nomi



    Schyotlar raqami

    Moliyaviy hisobot shakllaridagi
    ko`rsatkichlar

    1- shakl

    4- shakl

    Satr
    raqami

    Satr
    raqami

    1

    2

    3

    4

    Tovar-moddiy zaxiralari (satr.
    150+160+170+180), jumladan:




    140




    Ishlab chiqarish zaxiralari

    1000, 1100,
    1500, 1600

    150




    Tugallanmagan ishlab chiqarish

    2000, 2100,
    2300, 2700

    160




    Tayyor mahsulot

    2800

    170




    Tovarlar (2900 dan 2980 ning
    ayirmasi)




    180




    Material, ish, xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to`lanadigan
    pul mablag`lari







    020






    TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR AUDITINING


    USLUBIY MUAMMOLARIMAVZUSI BO’YICHA TAQDIMOT

    REJA

      1. Tovar-moddiy zaxiralarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish maqsadi, vazifalari.




      1. Tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligi va saqlanishini

    nazorat qilishni tekshirish uslubiyati.



      1. Tovar-moddiy zaxiralarni kirim qilish va ishlab chiqarishga sarflash vaqtida baholashning to‘g‘riligini tekshirish.




      1. Moddiy boyliklarni sotish va boshqacha tarzda hisobdan chiqarishga doir muomalalarni tekshirish.






    Tovar-moddiy zaxiralarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning maqsadi ularning saqlanishi, tejamli va oqilona ishlatilishi, hisobga olishning to‘g‘ri tashkil etilishini aniqlashdan iborat. Shuningdek, hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchliligini va tovar-moddiy zaxiralar bilan bog‘liq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini, hamda nazorat tuzulmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o‘tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi. Zaxiralarni tekshirish, ular hajmi katta bo‘lgan korxonalarda auditning asosiy qismi deb qaraladi.

    Tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha hisobot ko‘rsatkichlarining haqqoniyligini tekshirishda boshqa audit obyektlaridagi kabi, dastavval, balansning «Ishlab chiqarish zaxiralari»(120-satr), «Tugallanmagan ishlab chiqarish (130-satr)»,


    «Tayyor mahsulot»(140-satr), «Sotish uchun olingan tovarlar»(150-satr) degan moddalari, Bosh daftar, jurnal-orderlar va boshqa hisob registrlari orasidagi tenglikni aniqlash zarur. Shu bilan birga, sintetik va analitik hisob
    ma’lumotlarining muvofiqligiga ishonch hosil qilishi muhimdir. Moddiy boyliklarni ishlab chiqarish xarajatlariga olib borish va ularning baholarini tekshirish, ishlab chiqarishga sarflash me’yorlari va boshqalarni tekshirish zarur. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga da’vo qo‘zg‘atishning o‘z vaqtidaligi va to‘g‘riligi hamda yo‘ldagi (korxonaga yetib kelmagan) materiallar
    qoldig‘ining haqqoniyligini ham tekshirish kerak.

    Yo‘ldagi moddiy boyliklarni tekshirishning vazifalari: yo‘ldagi moddiy boyliklar sifatida hisobda turgan har bir jo‘natishning asosliligini aniqlash, yuklarni yetkazib berishi muddatlarining o‘tib ketmaganligini aniqlash, xo‘jalik tomonidan yuklarni qidiruv choralarining ko‘rilishini aniqlash, bosh buxgalter va ta’minot xodimlari tomonidan yo‘ldagi moddiy boyliklarni hisobga olish ustidan nazorat o‘rnatilishi kabilarini aniqlashdan iborat. Bulardan tashqari hisob ma’lumotlarining haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga mos kelishi va tovar mahsulotlar ishlab chiqarish to‘g‘risidagi hisobotlarda qo‘shib yozish faktlari aniqlanadi.

    Tekshiruv jarayonida auditor quyidagilarni aniqlashi lozim:



      1. zaxiralarning haqiqatda mavjudligi;

      2. zaxiralar bilan bog‘liq barcha muomalalarning buxgalteriya hisobi

    schyotlarida to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilganligi;

      1. barcha zaxiralar korxona mulki ekanligi ya’ni ularga mulkiy huquq mavjudligi, qarz sifatida aks ettirilgan summalar esa majburiyat ekanligi;

      2. zaxiralarni va ular bilan bog‘liq majburiyatlarni baholashning

    to‘g‘riligi;

      1. tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tamoyillari to‘g‘ri tanlanilganligi va qo‘llanilishining to‘g‘riligi.


    Tovar-moddiy zaxiralarni tekshirishda quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalaniladi:





        1. Moddiy boyliklarni qabul qilish, hisobga olish, saqlash va berishga

    aloqador me’yoriy hujjatlar.



        1. Hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruq.




        1. Tovar - moddiy zaxiralar bilan bog‘liq muomalalarni rasmiylashtirishga doir dastlabki hujjatlar.




        1. Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va materiallar.




        1. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya hisobi registrlari va buxgalteriya hisobotlari.


    Auditor tekshiruvga kirishish chog‘ida tekshiruvning ushbu sohasi bo‘yicha tanlangan hisob yuritish usullari va uslublari to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi lozim. №4-«Tovar-moddiy


    zaxiralar» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti talablariga muvofiq korxonaning hisob yuritish siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘ida tovar-moddiy boyliklarni hisobga olishning uslubiy jihatlari, xususan quyidagilar haqidagi axborotlar aks ettirilishi lozim:

    • asosiy vositalar bilan inventar va xo‘jalik ashyolari o‘rtasidagi chegaralar;

    • tovar-moddiy boyliklarni sotib olish (tayyorlash)ni hisobga olish;

    • tovar-moddiy boyliklarni ularning turlari bo‘yicha hisobdan o‘chirish chog‘ida baholash usullari.




    Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishda qo‘llaniladigan dastlabki hujjatlar shakllari korxonadagi moddiy qiymatliklarning turlari va guruhlariga
    bog‘liq. Qo‘llaniladigan dastlabki hujjatlarda barcha zarur rekvizitlar bo‘lishi shart. Bunday dastlabki hujjatlarga quyidagilar kiradi: moddiy qiymatliklarni olish uchun ishonchnomalar, kirim orderlari, materiallar, inventar va xo‘jalik ashyolarini kirimga olish va hisobdan o‘chirish dalolatnomalari, limit-zabor kartalari, talabnoma-nakladnoylar, tovar- transport nakladnoylari, ombor hisobi kartochkalari yoki daftari.


    Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va boshqa ma’lumot manbalariga quyidagilar kiradi:

      • korxona rahbarining buyrug‘i (yoki farmoyishi) direktor kengashi

    majlisining bayonnomalari, ta’sischilar va boshqa komissiyalar yig‘ilish qarorlari. Agar korxona ustav kapitalining miqdorini shakllantirish yoki o‘zgartirish chog‘ida ulush sifatida materiallar, inventar va xo‘jalik
    ashyolari, tovarlar qo‘shilgan bo‘lsa, shuningdek, agar dividendlar yoki daromadlar moddiy qiymatliklar bilan to‘lansa ushbu hujjatlarni o‘rganish auditor uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi;


    • korxonada o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlari o‘tgan yillardagi hisobotlari




    • tovarlar, materiallar, xomashyolar va hokazolarni yetkazib berish shartnomalari;




    • moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnomalar.

    Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya registrlari xilma- xil bo‘lishi mumkin. Ular korxonada qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi shakli va usullariga hamda mavjud tovar-moddiy zaxiralarning turlari va guruhlariga bog‘liq. Ammo, har qanday holatda ham auditor 1010-1090, 1080, 1510 va 1610 schyotlar bo‘yicha analitik va sintetik hisob registrlarini, saldo vedomostlari, omborxona hisobi kartochkalari, daftarlar, inventarizatsiya materiallarini hamda tugallanmagan ishlab chiqarishlar (2010, 2110, 2310-schyotlar) bo‘yicha hisob registrlarini tahlil qilib chiqishi lozim.




    Tovar-moddiy zaxiralar bilan bog‘liq xo‘jalik muomalalarini auditorlik tekshiruvidan quyidagi ketma-ketlikda o‘tkazish maqsadga muvofiq:



    • mazkur tekshiruv uchastkasining yo‘nalishlari bo‘yicha hisob siyosatining

    qoidalarini o‘rganish;



    • tovar-moddiy zaxiralarga doir ichki nazorat tizimining ishonchlilik darajasini baholash. Buning uchun ombor xo‘jaligi va omborxonalarning holatini tekshirib chiqish; moddiy javobgarlik va moddiy javobgar shaxslar hisobotlarining tashkil etilishini o‘rganish;




    • tovar-moddiy boyliklarning hisobot sanasiga tarkibini tahlil qilish;




    • tanlab inventarizatsiya qilinadigan obyektlarni va inventarizatsiya o‘tkazish pozitsiyalarini aniqlash;




    • tovar-moddiy zaxiralar harakatini tahlil qilish;




    • tovar-moddiy zaxiralarni baholashning to‘g‘riligi;




    • tovar-moddiy zaxiralar sintetik va analitik hisobining tashkil etilishi hamda holatini tekshirish.


    Inventarizatsiyada aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) kamomadi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:


    Kam chiqqan TMZ larning haqiqiy qiymati (balans qiymati) bo‘yicha hisobdan o‘chirilishi.


    Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti


    Kredit 1000-«Materallarni hisobga oladigan schyotlar» (1010-1090)


    Agar baholash natijasida TMZ larning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan TMZ lar haqiqiy qiymatidan yuqori bo‘lsa, olingan daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:





    1. kam chiqqan TMZ larning bozor qiymatiga Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti Kredit 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti







    1. aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olinishi lozim bo‘lgan bozor qiymatida

    Debet 4730-«Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzlari» schyoti


    Kredit 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti



    1. aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan undirilishi lozim bo‘lgan summa va TMZ larning haqiqiy qiymati o‘rtasidagi farq summaga

    Debet 9220 «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti


    Kredit 9320-«Boshqa aktivlarning chiqimidan olingan foyda»

    Olingan daromad summasi umumiy belgilangan tartibda soliqqa


    tortiladi.

    TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI HARAKATI BILAN BOG’LIQ MUOMALALAR AUDITINING



    Download 13,28 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   211




    Download 13,28 Mb.