Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar auditi




Download 13,28 Mb.
bet76/211
Sana18.05.2024
Hajmi13,28 Mb.
#242509
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   211
Bog'liq
Amaliy audit

2. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar auditi
Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxini hisoblashni auditorlik tekshiruvidan o`tkazishdan maqsad, sodir bo`lgan xojalik muomalalarini hisobga olish va soliqqa tortishda qo`llanilayotgan tartibning O`zbekiston Respublikasi me'yoriy hujjatlari talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Subyektlarda ishlab chiqarish xarajatlari va soliqqa tortish hisobini tartibga soluvchi asosiy hujjat O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g`risidagi Nizom» bo`lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining to`g`riligini va mahsulot, ish hamda xizmatlar tannarxi to`g`risidagi hisobotni tuzishning to`g`riligini aniqlash uchun quyidagilarni tekshirish lozim:

  1. Hisobot davridagi haqiqiy xarajatlarning ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarida o`z vaqtida, to`liq va ishonarli aks ettirilishi.

  2. Ishlab chiqarishga xarajat qilingan xom-ashyolar, materiallar, yoqilg`ilar, ehtiyot qismlar va yoqilg`i-moylash materiallarini baholashning to`g`riligi.

  3. Belgilangan xarajat smetalari, lavozim maoshlari, tarif stavkalari, ishlab chiqarish xodimlarining mehnatiga haq to`lash va mukofatlash haqidagi Nizomga rioya qilish ustidan nazoratning ta'minlanganligi.

  4. Noishlab chiqarish xarajatlari va yo`qotishlarning paydo bo`lish sabablari hamda hisobdan o`chirilishning asoslanganligi va ularni kamaytirish bo`yicha qabul qilingan chora-tadbirlar.

  5. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashning to`g`riligi.

  6. Tovarlar, YOMM va boshqa qiymatliklar tabiiy kamayishini hisobdan o`chirishning to`g`riligi.

  7. Quyidagi xarajatlarni mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga qo`shishning to`g`riligi va asoslanganligi:

  • ta'sis hujjatlariga muvofiq, qo`shma subyektda ishlab chiqarishda bevosita ishlaydigan chet el fuqarolariga berilgan turar joylar va kommunal xizmatlar uchun to`lovlar;

  • xizmat safarida va yo`lda bo`lgan vaqt turar joy ijarasi, xizmat safari joyiga borib qaytish yo`l xarajatlari uchun tasdiqlangan me'yorlar doirasida ishlab chiqarish faoliyati bilan bog`liq chet el xizmat safari xarajatlari.

Asosiy xarajatlar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlarining to`g`ri va asoslangan hamda me'yorlarga muvofiqligini tekshiriladi. Mahsulot (ish, xizmat) larning rejadagi va hisobot kalkulatsiyasining to`g`riligini xarajat moddalari bo`yicha tekshiriladi. Natijada reja va haqiqiy tannarx o`rtasidagi tafovutlarni moddalar bo`yicha taxlil qilinib, tafovutlar sababi aniqlanadi. Xomashyo va materiallarni sarflashning to`g`riligi, baholar to`g`riligini tekshirish
metodlari, mahsulot (ish, xizmat) birligiga to`g`ri keladigan xarajat me'yoriga rioya qilinishi tekshiriladi.
Auditor shuni yaxshi bilishi zarurki, mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxi buxgalteriya hisobida oddiy faoliyat turlari bo`yicha hisobot davrida mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko`rsatish) va realizatsiya bilan bog`liq xarajatlar yig`indisi kabi aniqlanadi.
Xojalik faoliyatidagi faktlarning vaqtinchalik aniqlik tamoyili tannarxni to`g`ri shakllantirish uchun tovar-moddiy zaxira (ish, xizmat) lar qiymatining to`langanlik fakti emas, balki ularni ishlatish (xarajatlash) fakti ahamiyatli ekanini bildiradi. Masalan, auditorga tekshiruv o`tkazish uchun taqdim qilingan hujjatlar mazmunidan ma'lum bo`lishicha, tekshirilayotgan subyekt tomonidan o`tgan yili dekabr oyida keyingi yil uchun ishlab chiqarish binolarining ijara haqi to`langan. Ushbu xarajat shu vaqtning o`zida, ya'ni o`tgan yili dekabr oyida mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib borilgan. Auditor ushbu xojalik muomalasini asossiz, ya'ni o`tgan yildagi mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxini sun'iy ravishda oshirgan va moliyaviy natijani hamda foyda solig`ini pasaytirgan deb topdi va tuzatish kiritishni tavsiya qildi. Shu bilan birga to`langan ijara haqi keyingi yil davomida umumiy summaning 1/12 qismi miqdorida har oyda xarajatga hisobdan o`chirishi lozimligini tushuntirdi. O`zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to`g`risida» gi qonunning 9-moddasiga muvofiq, subyektda sodir etilgan barcha xojalik muomalalari amalga oshirilayotgan vaqtda yoki amalga oshirilib bo`lingandan so`ng tegishli dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Xarajatlarni hujjatlashtirish tamoyili auditorning xarajatlarni asoslash uchun isbotlovchi hujjatlarning mavjudligi, hamda ushbu muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to`g`riligini tasdiqlash vazifasini belgilab beradi.



Download 13,28 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   211




Download 13,28 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar auditi

Download 13,28 Mb.